Samarqand davlat universiteti


O’tmish mutafakkirlarining musiqa san’ati yoshlarning ma’naviy – axloqiy dunyoqarashlarini va musiqiy idrokni shakllantirishdagi tutgan o’rni



Download 0,6 Mb.
bet3/8
Sana28.06.2017
Hajmi0,6 Mb.
#18984
1   2   3   4   5   6   7   8

1.1. O’tmish mutafakkirlarining musiqa san’ati yoshlarning ma’naviy – axloqiy dunyoqarashlarini va musiqiy idrokni shakllantirishdagi tutgan o’rni.

Musiqa qadim zamonlardan boshlab kuchli tarbiya vositasi sifatida ta’lim – tarbiyaning barcha tizimlarida keng qo’llanilgan. Ko’zga ko’ringan davlat arboblari, olimlar, pedagoglar san’atning barcha turlarida jumladan musiqa san’atida ham insonlarning ongli va ruhiyatida chuqur ta’sir qilib ularda yuksak ma’naviy xislatlarni shakllantirish hamda rivojlantirish vositasi sifatida qarashganlar va bunda katta e’tibor berganlar.

Musiqa san’atning har bir janri shunday mavzular mazmunini o’z ichiga oladiki, unda mamlakatning, xalqning, insoniyatning boshidan kechirgan u yoki bu davri xalqning yoki millatning ruhi ifodalanadi.

Musiqa asarlarining kuchi uning haqchil va tushunarliligida kishilar ichkiy ruhiy dunyosiga emotsional ta’sir ko’rsata olishidadir. Barkamol avlodni tarbiyalashda musiqa san’atining ana shu xususiyatini hisobda olish muhimdir.

Milliy dastur yuksak ma’naviy talabalarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlashni taqozo etar ekan bu borada musiqiy merosimizning o’rni ham ahamiyatlidir.

Musiqaning keng ta’sirchan tarbiyaviy imkoniyatini o’rta asr mutafakkirlari Forobiy, Ibn Sino, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy va boshqalar yuqori baholashganlar. Navoiy buyuk shoir mutafakkir olim, musiqachi, tarixchi, pedagog va mashhur davlat arbobi bo’lganligi barchamizga ayon. Shoir o’z asarlarida musiqa san’atining tarbiyaviy imkoniyatlarini yuqori baholaydi. U musiqa san’atida nihoyatda katta e’tibor qaratib, mazkur san’at turi kishilar ongi va ruhiyatiga kuchli ta’sir etuvchi vosita sifatida qaragan. Bunda u ayniqsa xalq og’zaki ijodiyotiva professional musiqa asarlariga alohida urg’u beradi va ushbu asarlar kishini ruhlantirish, unda ijobiy fazilatlarni rivojlantirish hamda yuksak his-tuyg’ularni shakllantirish kuchiga ega ekanligi xususida fanlar yuritadi. Musiqa tarbiyasi va ta’lim nazariyasi hamda amaliyoti butun madaniyatimiz bilan chambarchas bog’liq. Insoniyat madaniyatining boshqa sohalarida bo’lganidek musiqa ham uning tajribiy taraqqiyot bosqichlarini o’rganish jarayonida muhim xususiyatlar va qonuniyatlar yorqin namoyon bo’ladi. O’zbek musiqa san’atining ildizlari qadim zamonlarda borib taqaladi. Qadimgi madaniyatning kundan-kun obidalari, buyuk mutafakkirlari, shoirlari, yozuvchilarining boy adabiy merosi bundan guvohlikberadi. Tarix o’rta asrlarda talaygina atoqli musiqachilar, shoirlar san’atkorlarning nomlarini saqlab qolgan. O’rta osiyo musiqasi haqida qimmatli ma’lumotlarni IX asrdan buyon saqlab kelayotgan yozma manbaalardan olish mumkin. O’rta asrlarda musiqa matematika va astronomiya qatori fanlarning yagona sikliga kirganligidan O’rta osiyoning ko’pgina madaniyat arboblari unda o’z asarlaridan joy ajratganlar, Shuningdek uning nazariy asoslarida maxsus risolalar bag’ishlanganlar. Musiqa ta’limida nihoyatda katta ahamiyat bergan O’rta osiyolik mashhur musiqachilar orasida qomusiy olim Muhammad al Forobiy alohida o’rin egallaydi. Olim filosof va siyosiy masalalar bilan uzviy bog’liq holda maorif rivojlantirish yosh avlodni tarbiyalash va o’qitish masalalariga o’z asarlaridan salmoqli joy ajratgan. Forobiy alohida o’rin egallaydi. Olim filosofik va siyosiy masalalar bilan uzviy bog’liq holda maorifni rivojlantirish yosh avlodni tarbiyalash va o’qitish masalalariga o’z asarlaridan salmoqli joy ajratgan. Forobiy o’rta asrlarda matematik fanlar sarasiga kirgan musiqa nazariyasining asoschilaridan biridir. Turli sohalarda ko’rib chiqilgan musiqa ijodi masalalari Forobiy asarlarida muhim o’rinni egallaydi. Uning «Kitob ul musiqiy al kabir», qalam fil musiqiy hamda «Kitob fi ixso-al ulum va al ta’rif» (fanlarning tasnifi va xarakteristikasi haqida kitob) fundamental asari nihoyatda mashhur bo’lgan. Bu asarlar musiqa fani va madaniyati sohasida keyingi taraqqiyotlarga sezilarli ta’sir ko’rsatgan.

O’zbek musiqa san’atining ildizlari juda qadimiydir. Tarixiy adabiyotlardagi ma’lumotlar va arxeologik qazilma topilmalari shundan dalolat beradi. Eramizdan oldingi III asrda qariyib 2400 yil muqaddam Iskandar Zulqarnay O’rta Osiyoni zabt etganida yunonlar ajdodlarimiz bo’lmish va xorazmiyliklarning boy musiqa madaniyatidan hayratda qolganlar. Ularning mashshoq xonandalari ajdodlarimizning ajoyib va dilkash qo’shiq va kuylarini yuksak ijrochilik san’ati shuningdek xushnavo turli cholg’u asboblarini o’rganib o’zlarining musiqa madaniyatini boyitganlar. Natijada ayrim cholg’u asboblarimiz ovropa xalqlari amaliyotida qo’llanib yangi ko’rinish (shakl) va nomlanishda tarqalgan (ud, lyutniya, dutor, dutor – gitara, arganik – arfa va boshqalar).

Ajdodlarimizning qadimgi zardushtiy (amashparastlik) diniy kitobi «Avesto» yozuvlarida binoan xudolarga sig’inish bilan bog’liq bo’lgan turli marosimlarda ham qo’shiqlar kuylagan.

II asrda O’rta Osiyoga islom dinini olib kelgan arablar ham ajdodlarimiz musiqa madaniyatidan bebahra qolmadilar. IX – X asrlarga kelib, samoniylar davlatida Buxoro yuksak san’at va ilmu-fan maskaniga aylandi. Bu davrda olamga mashhur olimlar, shoirlar va musiqachilar yetishib chiqdilar. Mashhur faylasuf al-Forobiy Ahmad farg’oniy alloma Abu Rayxon Beruniy buyuk, Abu Ali Ibn Sino, Abu Abdulla Rudakiy, Abulqosim Firdavsiy va boshqalar o’rta asr sharq madaniytaida katta hissa qo’shdilar.

XI-XX asrlar davomida o’zbek xalqining madaniyati yangi cho’qqilarga erishdi. Ayniqsa pomiriylar zamonida o’zbek musiqa madaniyati yuksak rivojlandi. Bunda Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy Mirzo Ulug’bek, Zahariddin Muhammad Bobur kabi ulug’ allomalarning xizmatlari alohida hurmatga sazovvor.

XIX asrning ikkinchi yarmida Turkiston xonliklari rus chorizm tomonidan bosib olina boshlandi natijada musiqa madaniyatimizga russiya orqali Ovrupa musiqasi ta’siri jarayoni boshlandi.

Shuro davrida musiqa madaniyatimizda turli o’zgarishlar ro’y berdi, chunonchi maktab ta’limi va musiqa o’quv yurtlarida musiqali ovrupaga fan sifatida o’rganish joriy etildi, shuningdek teatr konsert muassasalari tashkil etildi. Kompozitorlik musiqa ijodiyoti uslubi vujudga keldi natijada o’zbek kompozitorlari yetishib chiqdi. Ayniqsa shu uslubda ijod etilgan bolalar musiqasiga e’tibor kuchaydi.

Yuqorida ta’kidlab o’tganimizday, o’zbek xalqining musiqa madaniyati ko’p asrlik tarixga ega. Xalq musiqa merosining zarchashmalari tarixan olislardan boshlanib xalq ijtimoiy hayoti bilan uzviy bog’liq holda rivojlanib kelmoqda. Xalq musiqa merosining ilk ko’rinishi va tafakkurining taraqqiy etishi natijasida tabiat go’zalliklaridan ilmhomlangan inson tomonidan mehnat jarayonida vujudga kelgan. Darhaqiqat, inson turmushniqo’shiqsiz, musiqasiz, tasavvur qilib bo’lmaydi. San’at kishilarga faqatgina ma’naviy kamolotga erishuviga ham muhim rol o’ynagan. Mashhur alloma Abu Ali Ibn Sino o’zining «Kitob-ash-shifo» asarida yozishicha «Musiqa-kishi ruhini davolovchi inson qalbiga kuchli ta’sir etuvchi estetik vositalardan biridir»- deydi. Musiqa va kuyning paydo bo’lishini olish shunday izohlaydi. «Tbiatning o’zi odamlarga nutq ato etgan. U shartli xarakterga ega bo’lib xushomat qilganda o’z tabiiyligini bildirganda yoki yalinib yolvorganda tovush mayinlashib natijada so’z ta’sirli va o’z maqsadiga erishadi. Keyin

tahlid qilish ayniqsa odamlarga katta orom bag’sh etadi». O’zbek shoiri va mutafakkiri Alisher Navoiy asarlarida, tanbur, rubob, g’ijjak, nay, karnay, sunray kabi ko’pgina cholg’u asboblarining nomlari qayd qilinadi. Shoir o’z asarlarida insonning go’zalligini va ma’naviy boyligini ijodiy mehnatini zavq-shavqini tarannum etadi. Jumladan olim o’z asarlarida musiqa san’atining tarbiyaviy imkoniyatini yuqori baholaydi.

Umuman olganda o’tmish mutafakkirlarimiz musiqa san’ati borasida so’z yuritishar ekanlar, ular musiqa san’atining o’sib kelayotgan va davlatimiz, xalqimiz, qolaversa butun jahonga xizmat qiluvchi barkamol avlodimiz bo’lish yoshlarning ma’naviy axloqiy dunyoqarashlarini va ularning musiqiy idrokni shakllantirishdagi tutgan o’rnini yuqori baholashadi. Bu bejiz emas albatta chunki, musiqa san’atini sevib, uni chin yurakdan, qalbdan chuqur his qila oladigan, uni idrok eta oladigan inson ongi va qalbi doimo go’zallikka ezgulikka, yaxshi niyatlar sari talpinadi. Qalbi go’zal bo’lgan inson esa xunuklik va xudbinlik, qo’pollik va noinsoflikdan xazar qiladi, nafratlanadi. Bas shunday ekan, biz-bo’lajak musiqa o’qituvchilarining asosiy vazifasi qalbi pok, go’zal, har tomonlama barkamol insonni voyaga yetkazishdir. Musiqa darslari jarayonida o’quvchilarning musiqiy idrokini shakllantirish yo’llari haqida.

Bizga ma’lumki pedagogic ishlarning muvoffaqiyati ko’p jihatdan o’qituvchilarning kasbiy faoliyati bog’liq bo’ladi. Har dars jarayoni uning oldiga bir qancha ta’lim tarbiyaviy vazifa hamda muallimlarni qo’yadi. Ba’zan bu muallimlar to’satdan o’qituvchi uchun kutilmaganda sodir bo’ladi. Shuning uchun ham o’qituvchi faqatgina o’zining mutaxassisligi bo’yicha bilishlariga suyanibgina qolmasdan turli xildagi metodik vositalardan mohirona foydalanishi lozim. O’qituvchi ijodiy sezgirlik, tez fikrlay olish va aniqlovchilik xususiyatlariga ega bo’lishi lozim.

Mana shu xususiyatlarning barchasi to’g’ridan-to’g’ri musiqa o’qituvchisiga tegishli chunki musiqa darslarida bola qalbida qanday jarayon kechayotganligi musiqa sadolari ostida bolada qanday ichki emotsional kechinmalar gavdalanayotganligi u qay darajada u yoki bu musiqa asarlarini idrok etayotganligi haqida aynan musiqa o’qituvchisi bilishi shart. Musiqa darslari ana shunday musiqaga xos nozik jihatlari va talablari bilan boshqa dars turlaridan farq qiladi. Xatto chetdan kuzatib tinglangan asar bola ijrosida xatosiz to’g’ri ijro etilgan taqdirda ham bu bola kuylayotgan yoki chalayotgan musiqa asarining asl mohiyatini chuqur amglab olgan degani emas. Masalan tabiatan musiqiy qobiliyatga ega bo’lgan ovozi tonga aniq tushadigan bo’lsada bola shu qo’shiqni jonsiz emotsional hissiyotsiz «quruq» ijro etishi mumkin. Buning sabablari bir necha xil bo’lishi mumkin. Masalan bu qo’shiq bolaga yoqmadi yoki uni ijro etish bolaga huzur bag’shilamaydi. Bu holda ijro sifatsiz eshitiladi aksincha bola qo’shiqni zavq bilan ijro etishi, unga bu qo’shiq tushunarli kuy ohangi yoqimli ekanligidan dalolat beradi. Bu holatda bola asarning emotsional tomonlariga berilib falsh kuylashi yana aniq tonlikdan chiqib ketib yozilgan notalarga e’tiborsizroq bo’lishi mumkin. Bunday holatlarni musiqa o’qituvchisi doimo o’z malakasida o’rgatib turadi. Xo’sh u holda o’qituvchi bolaning u yoki bu musiqa asarini qay darajada idrok qilganligini qanday aniqlashi mumkin? Sinfdagi 40-45 ta boladan qaysi biri ijro etilayotgan musiqa asarini diqqat bilan tinglaydi, qaysilari shunchaki jim o’tiradi? Qo’shiq bolalar ko’nglidan joy oladimi yoki keyingi darsda bola bu qo’shiqni hatto eslolmasligi ham mumkinmi? Bola «Musiqa asari senga yoqadimi» degan savolga qoniqarli javob berishi ham chinakkamiga unda kuchli hissiyotlarni uyg’otganligidan dalolat bo’la olmaydi. Ko’pgina juda kuchli emotsional, ammo keskin va vahimami musiqa asari bolada shunday kuchli ta’sir qilishi mumkinki, bola bu qo’shiq unga yoqmaganlik sababini asarning quvnoq emasligi bilan tushuntirish mumkin. Musiqa asarlari jarayonida shunday holler ham uchrab turadiki bunda o’qituvchi bolalarning darsga aktiv qatnashishlarini ko’rib, asar haqida ularning umumiy fikrlarini eshitib kerakli va mo’ljallangan natijada erishildi, deb hisoblashadilar. Ammo ko’p hollarda bu xato tasavvur ekanligi tezda ma’lum bo’ladi sinchiklab tekshirilib ko’rganda har bir o’quvchi ongida turli xil tasavvurlar va obrazlar gavdalanganligini ko’rishimiz mumkin. Hatto natnning soda va aniq tuzilganligiga qaramasdan ba’zi qo’shiqlar o’qituvchining ichki dunyosidan kelib chiqqan holda bir biriga o’xshamagan turli-tuman tasavvurlar keltirib chiqarishi mumkin.

Bulardan kelib chiqib aytishimiz mumkinki, bolaning musiqiy idroki shakllanishi juda muhim va nozik masala bo’lib, musiqa o’qituvchisi mazkur jarayonga o’ta diqqat bilan ehtiyotkorlik bilan yondoshmog’i lozim. Darsda o’quvchilarning ideal darajadagi chiroyli qo’shiq ijrosini eshitib o’qituvchi cheklanib qolmasligi kerak, aksincha bola darsdan tashqari ko’cha kuyda boshqa joylarda shu qo’shiqni hirgoya qilib kulayotganligi yoki yo’qmi. Ushbu qo’shiqni kuylash jarayonida u xursandchilik sezadimi kabi savollarga javob izlashi, ularni doim nazorat qilishi lozim.

Musiqa darsi ko’pqirrali dars sterukturasiga kirganligi sababli musiqa darsida bola rivojlanadi, musiqiy va dunyoviy bilimlarni egallaydi. Ma’naviy dunyosini yanada boyitadi. Shuning uchun ham musiqa o’qituvchisi dars jarayonida har bir o’quvchini ham qo’shiq kuylash ham kuylash ham savol-javoblarda qatnashish ham musiqa savodini organishda nazorat qilishi va kuzatishi juda muhim. Musiqa darslarining guzalligi eng avvalo uning shakliga bogliqdir.Ozbek halqining musiqiy merosi shaklan yani jonli nihoyatda hilma-hildir.Bu rang-baranlik qadimdan halq ichida keng tarqalgan alla mehnat qoshiqlari ramazon qoshiqlari laparlar yallalar bolalar qoshiqlari katta ashula patnisaki ashula maqom dostonchilik va boshqalar qatori zamonaviy janrdagi ariya romans poema syuita kantata opera simfoniya balet kabi yana koplab janrlarda oz ifodasini topadi.Shakl esa oz navbatida asarning mazmuni bilan bevosita bogliq buladi va bu ikki jihat birlashib asarning qiymatini belgilab beradi.Musiqa asarining mazmunan guzal bulishi quyidagi jihatlarga bevosita bogliqdir.

I tiglavchilarning manaviy ehtiyojini qondira olishi;

II melodiya (kuy) va akkordlardagi guzallik;

III tenglovchiga etkizilishi zarur bo’lgan fikrlar va his hayajonning aniq va

ta’sirli ifodalanishi;

IV Xilma-xil a’zolar musiqa asboblari tovushlari rang-barangligi

V Milliy ohangdorlik va bezaklar bilan yo’g’rilgan bo’lishi.

VI Ijro mahoratining yuksalishi

VII Tinglovchining kayfiyatiga mos kelishi va h.k.

Eng muhimi shundaki shakl va mazmunning tub zamirida tinglovchiga aytilishi, yetkazilishi lozim bo’lgan axloqiy fikrlar yotadi. Musiqaning shakli va tasviriy vositalari aynan shu maqsadni ochib berish, tinglovchiga singdirish uchun xizmat qiladi. Bu maqsad faqat mualliflarning ehtiyoji emas, balki shu muallif yashayotgan guruh va jamiyatning ham manfaatini ifodalashi lozim. Bu esa jamoaning ma’naviy axloqiy normalarni amalgam oshirish va ma’naviy ehtiyojni qondirish uchun xizmat qiladi.

Musiqa asarlaridagi shakl va sibolar va mazmunning buzilishi insonning shu go’zallikka bo’lgan intilishini susaytiriradi va tasavvurini xirolashtiradi. Go’zallik o’rnini endi xunuklik egalaydi va u tinglovchilarda nafaqat xislatlarini paydo bo’lishi darajasiga ham olib kelishi mumkin.

Ma’lumki musiqa eng avvalo kishi tasavvurida obrazlar yaratish orqali inson ruhiyatiga sig’inib boradi. Lekin yoqimli musiqa kishiga yaxshi kayfiyat uyg’otadi va u kishi ruhiga ko’tarinkilik olib kiradi. Yxshi musiqadan ruhlangan o’z kuchiga ishonch hosil qiladi. Ma’lum muammolar oldida bardam his qiladi va turli hayotiy holatlarda dadillik ko’rsatishga tayyor bo’ladi. Aksincha sozga tushunmay qo’shiq kuylash o’ta bachkana va yengil yelpi mazmundagi asarlarni ijro etish tinglovchilarning kayfiyatini buzadi. U bunday musiqa ta’sirida asabiylasha boshlaydi va bunday musiqaga qarshi oshkora jang e’lon qilib uni yo’qotish harakatiga tushadi. Musiqani bunday buzib cholishni to’xtatish imkoniyati bo’lmagan hollarda tinglovchida ruhsizlanish yoki asabiylashish hollari yuz beradi.

Musiqa asarlarida ko’tarinkilik kayfiyati faqat shodlik va xursandchilikni ifodalabgina qolmay balki tinglovchilarda qahramonlik hissiyotlarini paydo bo’lishiga ham olib keladi. Ayni paytda musiqada ishq muhabbat yo’lida o’zini qurbon qilishga tayyor bo’lish, o’shalmagan orzu-armonlarining azobini tortish kabi dragedik holatlar ham musiqaning turli janrlaridan o’z o’rnini topgan. Ayni paytda kishini kulgusini keltiradigan komik obrazlar hajviyalar ham musiqa asarlarida o’z ifodasini topgan.

Yuqorida talqin qilinganlardan kelib chiqqan holda shunday xulosaga kelish mumkinki musiqa asarlarida estetik hislar, axloqiy hislar bilan chambarchas bog’lanib ketadi va ular biri ikkinchisini to’ldiradi.

Xalqning hayoti beshikdan qabrga qadar qo'shiq bilan bog'liq: inson ruhiga qo’shiq chaqaloqligidayoq alla orqali kiradi, keyin butun umr davomida unga qo’shiq hamrohlik qiladi. Quvonchli kunlarida ham, qayg’uli kunlarida ham oxiratdalarida ham yig’I yo’qlov qo’shiqlari bilan kuzatiladi. Binobarin, xulosa qilish mumkinki odam bolasi qo’shiq tinglab ulg’ayadi, qo’shiq eshitib, yaratib yashaydi. Qo’shiq vositasida dunyoni tark etadi. Uning butun hayiti turli-tuman qo’shiqlarda mujassam.

Qo’shiqda xalq hayoti butun qirralari bilan xalq kayfiyati barcha ko’rinishlari bilan namoyon bo’ladi. Qo’shiqda xalq tafakkuri, dunyoqarashi an’analari, urf-odatlari o’zga xos xususiyatlari aks etadi. Xalq xarakteri boshqa biror narsada uning qo’shiqlaridagidek aniq va yorqin ifodalanmaydi. Aslida xalq ruhiyatini uning qo’shiqlari orqali o’rganish kerak.

Bu qo’shiqlarda xalqning har qanday davr, har qanday taqiqlarda ham sinmagan metin irodasi o’lmas ruhiy ifodalangan eng qorang’u zamonlarda ham so’nmagan yorug’ ishonchi o’z aksini topgan: xalqning ovozini bug’sa, u tili bilan, tilini tuksa dili bilan kuylayvergan. Har qanday tuzumga ham xalqning ijod qilishdan to’xtamaganligi uning yorqin isbotidir.

Xalq yaratishdan to’xtasa – hayot to’xtab qoladi, xalq qo’shiq aytmay qolsa - dunyo jimib qoladi, xalq qo’shiq tinglamay qolsa - san’at o’ladi. Holbuki, xalq bo’lishiga sira yo’l qo’ymaydi – yashash yaratish huzurlanishdan charchamaydi. Xalqning buyukligi siri ham anashunda.

O’zbek xalq qo’shiqlari rang-barang janrlardan tarkib topgan bo’lib, inson tug’ilishidan tortib to hayotining so’ngi kunlarigacha bo’ladigan jamiki marosimlar, an’ana va udumlari bari turli tuman qo’shiqlardan iborat. Inson ruhiyatining ming bir xilda tovlanishlari, hasrat nadomati, orzu tilaklari, voqealikka bo’lgan munosabati qalb to’ridan buloqday jo’shib qaynab chiqqan qo’shiqlarida mujassamlashgan. Azaldan qo’shiqsevar ajdodlarimiz ijtimoiy hayotning murakkabligini, tabiat va jamiyat munosabaining sirlarini tushunishda qalbida tug’ilgan tug’yonlarni misralarida joy etishga intilgan. Olis yulduzlar jilvasidan tortib yangi ostonaga ibo bilan qadam qo’ygan kelinchakka bildirilgan ezgu tilaklar hayajonini, burgut parvozi, ma’suma oy karashmasi yaproqlarning osuda shtirlashini chuqur badiiy idrok etgan xalqimiz o’z his tuyg’ularini qo’shiq qilib kuylagan.

Asirlarni bo’ylab kelayotgan xalq qo’shiqlari o’zining go’zal shakli va teran mazmuni, chuqur falsafasi bilan hamisha tinglovchini hayratga solib keladi. Xalq qo’shiqlaridagi soddalik va ravonlik joziba va jarangdorlik tabiiylik va samiiylilik so’z ustalari uchun mudom yetib bo’lmas yuksaklik bo’lib kelgan.

Xalq o’z fikrlarini doimo qisqa va lo’nda tuyg’ularini aniq va tiniq ayni paytda go’zal ta’sirchan ifodalaydi. U aytmoqchi bo’lgan gapini goh qavat-qavat ma’no pardasiga so’rasa goh juda soda ifodalab qo’ya qoladi. Lekin ular ikki holda ham o’z jozibasi va ta’sirchanligi bilan alohida ajralib turadi. Chunochi:

Oq olma qizil olma pishmadikan

Ikki yaxshi bir yerda tushmaydikan

Ikki yaxshi bir yerga tushib qolsa

Bu dunyodan o’tganini bilmaydikan.

Bu dunyodan o’tganin bilmaydikan.
Bir daraxtda ham oq, ham qizil olma pishmaganidek, ikki yaxshi kishi hayotda kamdan-kam birga bo’ladi. Hayotda asosan ikki – yorti bir butun qoidasi ustivor. Mobodo ikki yaxshi bir joyga tushib qolsa umrining qanday o’tganni ham bilmay qoladi. Bu tera hayotiy falsafani xalq anshunday soda va ta’sirchan mistalarda ifodalaydi. Xalq orasida asrlar osha og’izdan-og’izga, nasldan – naslga ko’chib pishgan xalq donoligi singib silliqlangan bunday qo’shiqlarda har bir so’z, har bir detal alohida ahamiyatga egadir.

Xalq qo’shiqlarida ko’pincha soda va aniq qiyoslab tashbehlarni ko’ramiz:



Yaxshi bilan o’ynashsang ko’ngling bozor

Yomon bilan o’ynashsang ko’ngling ozor

«Xalq ijodkorlari va qo’shiqchilarining so’z, tasviriy vositalarga zargarona munosabati tufayli har bir to’rtlikda fikr anor donalaridek zich, yetuk darajada ifodalangancha sayqal topadi. Xalq sira gapni uzoqdan boshlamaydi daromad gaplar qilib, ensani qotirmaydi, balki lo’ndasi – bo’larini aytadi va jon-joyidan oladi:»



Guli sapsarni ko’ring suvga qarab qayriladi.

Bevafo yorni ko’ring o’lmay turib ayriladi.

«Xalq she’riyatining lirik marvaridlari bo’lgan qo’shiqlar – shakli, qisqa obrazlari, yorqin iboralari o’tkir bo’ladi. Shuning uchun tez esiga qolib, tez taraqaladi.Yengil, ommabop bo’lgan qo’shiqlarning yana bir xususiyati kuy – ohang bilan aytilishidadir. Xalq qo’shiqning kuylanishinigina emas, o’yin bilan ijro etilishini ham istaydi». Shuning uchun ham xalq qo’shiqlari hamma davrlarda mashhur va ommabop bo’lgan. Shuning uchun ham san’atkorlar hamisha xalq qo’shiqlariga murojaat qilib kelishgan. Xalq qo’shiqlarini kuylagan hofizning dovrug’I ham baland bo’lgan.

Xalq qo’shiqlariga muhabbat biror-bir davrda so’nmagan. Hatto shuro davrida ham ular alohida mehr bilan kuylangan va tinglangan. Garchi ba’zi qo’shiqlar zamon ruhiga moslab o’zgartirilgan, hukmron mafkuraga bo’ysundirilgan bo’lsada, ular o’z jozibasi, ta’sirchanligini saqlab qolgan.

Xalq juda ko’p ajoyib qo’shiqlarni yodida saqlab keladi. Asrlar bo’yi aytilib kelgan bu qo’shiqlar avvloddan-avlodga o’tib, tobora mukammalashgan, xalq hayotida yuz bergan o’zgarishlar natijasida doim yengillanib eng yaxshilari bizning davrimizga qadar yetib kelgandir.

Qo’shiq hamisha zamon bilan hamnafas bo’ladi: davr talabiga javob bermagan qo’shiqlar sahnadan tushib qoladi yoki yangi zamonga moslab qayta ishlanadi. Masalan:

Fabrikaning yo’lidan

Ro’molcha topib oldim,

- deb boshlanadigan qo’shiqni bugungi kunda aytib bo’lmaydi. Paranji tashlash inqilov, partiya, kolxoz hayoti, sotsialistik mehnat hatto urush haqidagi qo’shiqlar ham eskirib natijada sovet davridagi ko’plab go’zal va mashhur qo’shiqlarni yangi zamon talabiga muvofiq kelmasligi jihatidan ushbu to’plamga kiritishning iloji bo’lmaydi. Ular asosida mashhur qo’shiqlarni shuro davrida moslashtirgan variantlaridir. Masalan: - «ovozim», «Chamaningda gulzor- Paxtakor qizlar», «Olmacha anor» - «Hayroning bo’lay», «Otmang meni toshlar bilan», «Zavq», «Chamanda gul», «Terimchi qizlar» deb o’zgartirilgan «Yo’l bo’lsin», «Yallama yorim» qo’shiqlari, ko’plab yor-yor omon yor va gulyorlar ham zamonga moslashtirilgan. Aytaylik:



Yorim keladir yashnab

Zar kokilini tashlab

Xipcha belini ushlab,

Shakkar labini tishlab,

Misralari «»Kolxozchilar qo’shig’i ga aylantirilib, quyidagi o’zgartirilgan:



Ishga kelasan yashnab,

Sochlaring o’rib tashlab

Q’shiq aytib kelasan

O’rtoqlaringni boshlab.

«Yor-yor»lar mana bunday tarzda qayta ishlangan:



Kelinchakning ko’rkida

«Oltin yulduz», yor-yor

Muhabbatda, mehnatda

Vafoli qiz, yor-yor.

«Xalq ashulalarining yashashi zamona talablariga javob beradigan darajada bo’lishiga bog’liq». Binobarin ularni istiqlol davriga moslab qayta ishlash mumkin va lozim. Zero xalq qo’shiqchiligida shunday an’ana mabjud: xalq qo’shiqlari hamisha zamonga muvofiq ravishda o’zgartirib ijro etilib kelgan. Xalq qo’shiqlarining o’ziga xos xusisyati ham shunda. Mustaqillik davrida ham shunday qo’shiqlar paydo bo’lmoqda. Go’zal, ta’sirchan, o’ynoqi kuy va qo’shiqlardan foydalanish, ularning ba’zilarini qayta ishlab, zamonga moslashtirish ijobiy natija berishi shubhasiz.

Masalan Forobiyning yo’lidan… qo’shig’i yangi matn yozib, ijro etsa, bunday qo’shiqchiligimiz faqat yutadi.

«San’atkor o’qimishli har taraflama bilimli, zukko odam bo’lishi kerak – der ekan. Komiljon Otaniyozov o’z shogirdlariga – xonanda savodli, ma’lumotli bo’lishi, og’zidan chiqqan so’zning ma’bosiga tushunishi uchun adabiyotni ko’p o’qishi kerak. Adabiyot bilan san’at og’a – ini, balki egizakdir. Haqiqiy san’atkor shoirlar adiblar bilan yaqin aloqada bo’lmog’i lozim».

Hikoya qilishlariga mashhur xonanda Rasulqori Mamadaliyev navbatdagi ashulasini tayyorlar ekan undagi bir so’zning mazmunini sira chaqolmaydi. O’sha birgina so’zning ma’nosini tushuntirib beradigan kishini butun Qo’qonda izlab topolmagach, ikki ko’zi ojizligiga qaramay, shaharlararo avtobusga o’tirib, Farg’onaga boradi. Ikki kun ovora bo’lib, o’sha so’zning ma’nosini bilib olgachgina qo’shig’ini rasman ijro eta boshlaydi.

Bunday so’zga talabchan, o’z ishiga fidoiy san’atkorlarni hozir topish qiyin. Ko’pchilik yosh xonandalar ba’zi so’zlarning ma’nosini uyoqda tursin, hatto talaffuzini bilishmaydi. San’atkorlar va shoirlar orasidagi aloqalar esa yo’q darajada. Shuning uchunmi, hozirda qo’shiqchiligimiz saviyasi bir qadar tushganligi sir emas. Xususan, yosh xonandalar mutolaasining nochorligi tufayli matn topishda qiynalib, o’zini shoir deb tanishtirgan istagan qofiyabozning etagidan ushlamoqdalar she’r yozib ber deb. Yki avval musiqa topib, keyin unga bir amallab ma’no – mantig’I bo’lmasa-da so’zlar tizmasini joylab chiqmoqdalar.

San’at asari xalq saviyasi va didiga moslashishi emas balki xalq didi va saviyasini o’ziga moslashtirishi kishilarni haqiqiy san’at durdonalarini tushunib yetish qadar yuksaltirish, umumiy saviyani hech bo’lmasa bir pog’ona ko’tarishi kerak. Binobarin, sab’atkor xalqning ortidan ergashishi emas, balki xalqni o’z ortidan ergashtirishi lozim. San’atning vazifasi, san’atkorning burchi shuni taqozo qiladi. Bizda esa teskari jarayon kechayapti: yosh xonandalarni-ku qo’ya turaylik, ko’pgina nomi chiqqan, yoshi bir joyga borib qolgan hofizlarimiz ham yoshlar didiga nomlashishga harakat qilmoqdalar. Yoshlar orqali nom qozonish, shuhrat cho’qqisiga ko’tarilish nisbatan osonroq-da! Lekin bu shuhrat yoshlarning kayfiyati kabi o’tkinchi ekanligini unutmaslik kerak.

Xuddi ana shunday bir davrda biz mumtoz ashulalarimizga, xalq qo’shiqlariga ko’proq murojaat qilishimiz, ularga suyanib, zamonaviy qo’shiqchiligimiz saviyasini ko’tarishimiz kerak. Mumtoz ashulalar va xalq qo’shiqlari qo’shiqchiligimizdagi mavjud bo’shliqni to’ldiribgina qolmay uning saviyasini ham bir pog’ona ko’taradi, san’atkorlarimizning mas’uliyatini oshiradi, shoiralarimizni yaxshi qo’shiqlar yozishga ilhomlantiradi Mazkur to’plam ish ezgu maqsad yo’lidagi amaliy qadashlardan biri sifatida yuzaga keladi.

Xalq so’zi bilan aytiladigan ashulalar xalqning hamisha sevib tinglaydigan qo’shiqlaro bo’lishiga qaramay, aynan milliy qo’shiqchiligimiz durdonalariga aylangan mashhur xalq qo’shiqlari hozirga qadar etilgan faqat o’tgan asrning 30 yillari o’rtalarida shoir Elbek to’plagan xalq qo’shiqlari mo’jaz bir to’plam shaklida chop qilingan xolos. O’zbek xalq qo’shiqlarining mavjud nashrlari esa xalq oqinlari va fol’klor ijrochilari og’zidan yozib olingani bo’yicha chop qilinib kelmoqda. Albatta ular terma qo’shiqlar, yor-yorlar, o’lanlar, laparlar, allalar, marosimlar, mehnat qo’shiqlari hajviy qo’shiqlar sifatida tasnif qilingan. Lekin lirik qo’shiqlar mustaqil ashulalar sifatida deyarli ajratilmagan ular mavzu va vazn jihatidan ham alohida turkumlarga bo’linmagan. Fol’klor ijrochilari repertuariga (turkumlarga) asoslangan bunday sidirg’a nashrlar sa’natkorlarimiz uchun ularni tanlab, qo’shiq qilishlarida muayyan qiyinchiliklar tug’dirmoqda. Xonandalar bu to’rtliklar orasidan o’zlariga yoqqan uch to’rttasini tanlab olib ularni ma’nosi o’zaro muvofiq qilish-qilmasligi, vazni turli-tumanligiga qaramay, ba’zida pala-partish qo’shiqqa solmoqdalar natijada ular aytayotgan xalq qo’shiqlaridagi to’rtliklarning biri bog’dan, biri tog’dan bo’lib qolayotgan o’zaro bog’lanmasligi ham bir emas. Xolbuki, milliy qadriyatlar ulug’lanayotgan istiqlol davrida san’atkorlarimiz orasida xalq qo’shiqlariga qiziqish kuchayib, ular goh xalq yo’lida goh Estrada janrida goh terma qilib kuylanmoqda. Shun e’tiborga olib, el sevgan san’atkorlarimiz tomonidan aytilib kelgan va hozirda ham xalq o’rtasoda mashhur qo’shiqlarni tanlab bir kitobga (tartib) jamlash mumkin.

Ma’lumki, fol’klorshunoslikda har bir qo’shiqning mukammal matnini yaratish asosida masala hisoblanadi.

Xalq qo’shiqlari ijrosida rang-baranglik mavjud: bu har bir san’atkorning xalq terma to’rtliklaridan o’z didiga mos, dardiga hamohanglarini tanlab olib, qo’shiq matnini shakllantirishga bog’liq. Xalq qo’shiqlari mustaqil to’rtliklar shaklida yaratilsalar ham, biroq ular alohida holiday kishilar dilidagi kechinma va tuyg’ularni bo’lish murakkabligi doimiyligi bilan ifodalay olmaydilar. Shuning uchun qo’shiqchilar turli-tuman kechinmalarni ifodalovchi to’rtliklarni mazmun, ohang jihatidan bir-birlariga uyg’unlikda ulab, yagona badiiy mantiq asosida murakkab kechinma hamda tuyg’ularni to’la qamrab oluvchi zanjirli kompozitsiyaga ega bo’lgan yirik hajmli qo’shiqlar yaratadilar. Masalan, «O’zgancha», «Farg’onacha» qo’shiqlari rang-barang to’rtliklar ifodasidan tashkil topgan.

Ko’pincha mashhur to’rtliklar bir necha o’nlab qo’shiqlar tarkibida keladi. Chunonchi quyidagi to’rtlik ham «O’zgancha» ham «Tanavor» ham «Mening berar yorim», «O’shal Namangan», ham «Bevafo yor» kuyi bilan ijro etiladi:



Download 0,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish