Samarqand davlat universiteti



Download 0,6 Mb.
bet1/8
Sana28.06.2017
Hajmi0,6 Mb.
#18984
  1   2   3   4   5   6   7   8
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
ALISHER NAVOIY NOMIDAGI

SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI
Qo’lyozma huquqida
RUZIYEVA ORZUGUL
«SINFDAN VA MAKTABDAN TASHQARI MUSIQA MASHG’ULOTLARINING O’QUVCHI YOSHLARNI KOMIL INSON QILIB TARBIYALASHDAGI TUTGAN O’RNI ».

Mutaxassislik: 5A 111101 – Musiqa mutaxassisligi magistri

akademik darajasini olish uchun yozilgan

D I S S E R T A S I YA



Ish ko`rib chiqildi va himoyaga ruxsat berildi.

“Musiqa pedagogikasi va cholg`u ijrochiligi” kafedrasi mudiri,katta o`qituvchi. Djalilov E.K _______



M.O`




Ilmiy rahbar:

Pedagogika fanlari nomzodi,



Dots. N.Tolliboyev______________


Samarqand – 2011



Mavzu: «Sinfdan va maktabdan tashqari musiqa mashg’ulotlarining o’quvchi yoshlarni komil inson qilib tarbiyalashdagi tutgan o’rni ».

REJA:

Kirish.

Komil inson kelajagi buyuk davlat poydevori.

Asosiy qism.

I-bob

Musiqa ta’limi va tarbiyasining o’quvchi yoshlarni komil inson qilib tarbiyalashdagi o’rni.



    1. O’quvchi yoshlarni ma’naviy-axloqiy sifatlarini shakllantirishda musiqa ta’limi va tarbiyasidan samarali foydalanish

    2. Hozirda Respublikamizda musiqa ta’lim va tarbiyasiga ko’rsatilayotgan e’tibor.

II-bob

Sinfdan va maktabdan tashqari musiqiy mashg’ulotlarni tashkil qilishning pedagogic asoslari.

2.1. Sinfdan va maktabdan tashqari mashg’ulotlarni tashkil qilish uslublari.

2.2. Musiqiy mashg’ulotlarni o’tkazish va unga qo’yiladigan talablar.

2.3. O’quvchilarning bo’sh vaqti va pedagogic rahbarlik.



Xulosa

Ilova: Jadvallar, suratlar va boshqalar

Foydalanilgan adabiyotlar.

Kirish.

Tadqiqot mavzusining dolzarbligi.

Bugungi murakkab globallashuv davrida ma’naviyat sohasida vujudga kelayotgan dolzarb muammolar, xalqimiz ma’naviyatini asrash va yuksaltirish, ayniqsa yosh avlodni sinfdan va maktabdan tashqari to’garaklar asosida tarbiyalash orqali qalbi va ongini turli zararli g’oya va mafkuralar ta’siridan saqlash va himoya qilish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Har qaysi xalq yoki millatning tafakkuri, turmush tarzi, ma’naviy qarashlari o’z - o’zidan, bo’sh joyda shakllanib qolmaydi. Ularning vujudga kelishi va rivojlanishida aniq tarixiy, tabiiy va ijtimoiy omillar asos bo’ladi. Ota – bobolarimiz ruhiy olamining tomir – ildizlari aynan shu ma’naviy zaminda, tarixda ham, bugun ham barchaning havasini tortib kelayotgan olijanob fazilatlar asosida shakllangan.

Bu murakkab dunyoning azaliy va abadiy muammolari, shu bilan birga, har bir davrning dolzarb masalalariga har tomonlama asosli ilmiy javoblar topilgan taqdirdagina ma’naviyat olami yangi ma’no – mazmun bilan boyib boradi. Boshqacha aytganda, har bir ilmiy yangilik, yaratilgan kashfiyot – bu yangicha fikr va dunyoqarashga turtki beradi, ma’naviyatning shakllanishiga o’ziga xos ta’sir o’tkazadi.

Shu nuqtai nazardan qaraganda, sinfdan va maktabdan tashqari musiqa mashg’ulotlari orqali yoshlarni komil inson qilib tarbiyalash uchun bugun Respublikamizda amalgam oshirilayotgan ishlarni shuning uchun ham to’garak mashg’ulotlari orqali yoshlarni bo’sh vaqtidan unumli foydalanish va komil insonni tarbiyalash ushbu tadqiqot ishining dolzarb muammosi hisoblanadi.

Har qanday mamlakatning kelajagi milliy kadrlarning intelektual salohiyati, malakalari va kasbiy mahorati, ma’naviy yetukligi va tarixiy xotirasining mustahkamligiga bog’liq bo’ladi. Sinfdan va maktabdan tashqari musiqa mashg’ulotlarida xalqimizning milliy musiqiy merosi yosh avlodni ilm-fan, adabiyot va madaniyat sohalarida ulkan muvoffaqiyatlarga erishishida mustahkam zamin bo’lib xizmat qiladi.

Magistirlik dissertatsiyasining maqsadi va vazifalari.

Birinchidan, sinfdan va maktabdan tashqari musiqa mashg’ulotlarining to’garak shakllarini o’rganish, ularning mazmuni va mohiyatini yoritish, ularning ta’lim jarayonidagi xususiyatlarini belgilab berish.

Ikkinchidan, sinfdan va maktabdan tashqari musiqa mashg’ulotlari xalq qo’shiqlaridan foydalanish va ularni ta’limga keng joriy etishning dolzarbligini belgilovchi omillarni ko’rib chiqish; ularni samarali amalga oshirishning pedagogic shart – sharoitlarini ifodalash; ajdodlarimiz merosini zamonaviy ta’lim texnologiyasi bilan bog’lash; buning istiqbolini asoslash.

Uchinchidan, hal qilishishi lozim bo’ladigan muammolarni ajratib ko’rsatish, ommaviy to’garak mashg’ulotlari orqali o’quvchilarning qiziqishini oshirishga xizmat qiluvchi usullardan foydalanish;

Muammoning ishlab chiqilish darajasi.

sinfdan va maktabdan tashqari musiqa mashg’ulotlarida xalq merosidan unumli foydalanish albatta ta’lim sifati va samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Ammo bu masala yuzasidan amalga oshirilgan ishlar ozchilikni tashkil qiladi.



Tadqiqotning ilmiy yangiligi.

O’quvchilar ishtirokida badiiy kecha uyushtirish orqali yoshlarni komil inson qilib tarbiyalashdagi xalq qo’shiqlaridan samarali foydalanishning pedagogic uslublarni o’rganish.



Tadqiqot predmeti.

Tadqiqot predmeti «Musiqa madaniyati darslari» va darsdan tashqari ommaviy musiqa mashg’ulotlari, musiqiy to’garaklar.



Tadqiqot ob’yekti.

Ilmiy tadqiqot ob’yekti: 12 - umumta’lim maktabi. Iste’dodli maktab o’quvchilari.



Ilmiy – amaliy ahamiyati.

Ma’naviy hayotimizni, milliy ong va qadriyatlarimiz, e’tiqod va tafakkurimiz, urf – odat va an’analarimizning madaniy jihatdan asrab – avaylash, ma’naviy olamimizni yuksaltirishga intilar ekanmiz, ommaviy musiqa to’garaklari ilmiy axloqiy, estetik, pedagogic ilmiy – amaliy ahamiyat kasb etadi.

Komil insonnin shakllantirishga bevosita ta’sir qiladigan muhim hayotiy omil esa – ta’lim – tarbiya tizimi bilan chambarchas bog’liqdir.

Kelajagimiz poydevori bilim dargohlarida yaratiladi, ya’ni xalqimizning ertangi kuni qanday bo’lishi yosh avlodning bugun qanday ta’lim va tarbiya olishiga bog’liq.



Magistrlik dissertatasiyasining tuzilishi.

Magistrlik dissertatsiyasi mundarija, kirish, ikkita bob (boblar ham o’z navbatida paragraflardan tashkil topgan), xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.

Birinchi bob, «Musiqa ta’limi va tarbiyasining o’quvchi yoshlarni komil insonni tarbiyalashdagi o’rni» deb nomlanib, yoshlarni ilmiy axloqiy, pedagogic – psixologik jihatlarini yoshlarning ongiga yetkazishdan iborat.

Ikkinchi bob, «Sinfdan va maktabdan tashqari musiqa mashg’ulotlarini tashkil qilishning pedagogic asoslari» deb nomlanib ta’lim tizimida to’garak va ommaviy mashg’ulotlardan foydalanishning shakl va metodlari va ularni tajriba – sinov ishlarida qo’llashning pedagogic asoslaridan tashkil topgan.

Bugungi kunda ma’naviy bar kamol avlodni tarbiyalab voyaga yetkazish biz uchun umummilliy, umumdavlat miqyosidagi kechiktirib bo’lmaydigan vazifa hisoblanadi. Bu ezgu maqsad yo’lida amalgam oshirilayotgan ishlarimizni izchillik va qat’iyatlilik bilan davom ettirish bugungi siyosatimizning diqqat markazida turibdi. Komil insonni tarbiyalash bugungi kunning eng muhim va dolzarb vazifalaridan biridir. Komil inson ongiga milliy istiqlol g’oyalarini singdirish ular ongida umuminsoniy qadriyatlarga hurmatni shakllantirish g’oyaviy-siyosiy yetuklikni mustahkamlash hozirgi vaqtda juda ham muhimdir.

Ushbu vazifani hal qilishning asosiy omili ko’p qirrali tarbiya tuzimidir. Mazkur tizimda yosh avlodni musiqa ta’limi orqali komil inson qilib tarbiyalash muhim ahamiyat kasb etadi. Musiqa ta’limi yosh avlodning milliy ma’naviy va axloqiy tarbiyasiga katta ta’sir ko’rsatadi. Zero musiqa ta’limi barkamol avlodning ma’naviy, badiiy, axloqiy sifatlarini shakllantirishga ular ongida milliy g’urur va vatanparvarlik tushunchalarini tarkib toptirishga ularni komil inson qilib tarbiyalashga xizmat qiladi.

Avvalambor komil inson qanday sifatlarga ega bo’linish kerakligi haqida fikr yuritsak komil inson birinchi navbatda har tomonlama yetuk va unda hamma ezgu fazilatlar mujassam bo’lishi kerak. Komil inson tushunchasini tarixiga nazar tashlaydigan bo’lsak, bu tushuncha o’rta asrlarda ishlab chiqilgan bo’lib, musulmon sharqida asosan islomiy nuqtai nazardan ta’riflab kelingan. Aslida «Komil inson» tushunchasining dunyoviy mazmuni borligini ham e’tibordan sodiq qilish mumkin emas. Uning falsafiy ma’nosi umumiylilik ahamiyatga ega umuminsoniy qadriyat sifatida asrlar davomida sayqol topib rivojlanib kelmoqda. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov «O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida» asarida sharq falsafasining bir qismi bo’lgan islom sivilizatsiyasining fazilatlarini chuqur tushunishni istamaslik kayfiyatini tandiq qilgan edi. Shu nuqtai nazardan tasavvur falsafasida komil inson konsepsiyasi alohida diqqatga sazovordir. «Komil inson» tasavvuf adabiyotida ko’p marta tilga olinib munozaralarga sabab bo’lgan va bu haqda maxsus kitoblar yozilgan. Shullardan Ibn al-arabiy, Husayn Voiz Koshifiy, Sayyid Abdulqodir Geloniy, Aziziddin Nasafiylarning risolalalarini tilga olib o’tish mumkin. Islom ismining bilimdonlari ko’rsatishiga ollohiy nur barcha mavjudodlardan hatto yer va osmondan ham avval yaratilgandir.

Arabiyning fikriga qaraganda, tangri taolo ilohiy nurdan aqliy avvalni yaratgan va uning suvrati shaklini «Komil inson» qiyofasida zarur etdi. Shu ma’noda olloh odamni rahmon suratidayaratdi, degan hadis mavjud. (N.Komilov. Tasavvuf I-kitob 145 bet). Ibn Arabiyning ta’kidlashiga ko’ra komil insonning yerdagi timsoli hazrati payg’ambarimiz Muhammad Sallolohi alayhi Vasalmdir. Ul zot vujudida aqliy, ruhiy kamolot, dunyoviy va ilohiy bilimlar jamuljam edi. Alisher Navoiyning «Hayratul abror» idan olingan quyidagi baytda Muhammad alayhi hissalomning odam Atodan burun borligi aytilgan: «Ulki odamdin burun ul bor edi, Ham Nabi, ham sohibi asror edi». Bu hikmat zamirida ollohning odamga bo’lgan buyuk muhabbati yetadi. Ketma-ketligi jihatidan olam birinchi odam ikkinchi barpo bo’ladi. Lekin olamni yaratishdan montiqan ko’zlangan maqsad odam edi. Odam maqsad, olam-vosita edi. Buni Aziziddin Nasaffiyning «Komil inson» risolasida ham ko’rishi mumkin. U aytadiki «inson olami sag’ir (kichik olami), ilohiy va moddiy olam birgalikda olami kabir» (ulug’ olam) dir. Ulug’ olamdagi jamiki narsa va xususiyatlar kichik olamda mavjuddir, inson katta olamning kichraytirilgan nusxasidir.

Demak olim nazdida, komil inson, birinchidan real odam u yaxshi sifatlarni egallash orqali komillashadi.

Ikkinchidan komil inson martabasi tariqat va riyozat yo’li bilan qo’lga kiritiladi. Komil inson xalqqa yaxshilik keltiradi, kishilar mushkulini oson qiladi, olamni esa balo-kulfatlardan saqlaydi. Mavjudod ichra komil insondan ko’ra ulug’roq va donoroq narsa yo’q. Ayrim olimlar komil inson deganda real insonga xos belgilarni nazarda tutishni maslahat beradilar. Masalan: nasafiy o’zining «komil inson» asarida uni ruh tushunchasi bilan aloqada olib tekshiradi. Inson martabalari sifatida qaraladi. Shu ma’noda komil inson insonlarga xos bo’lgan fazilatni ham ifodalashi mumkin. U insonlarning eng mukammal, eng aqlli va eng donosi, ayni paytda olloh bilan odamlar orasidagi vositachi ollohning xalifasi. U azaldan martabasi aniq bo’lgan ruh emas, balki axloqiy ma’naviy poklanish jarayonida kamolga erishgandir.

Ushbu qarashlar, garchi bir-biriga zid bo’lib ko’rinsa-da aslida o’zaro yaqindir. Bu yerda eng muhim inson kamoloti buyukligi e’tirof etilishini ko’ramiz. Bunday qarashga binoan inson va koinot, inson va iloh, inson va mavjudot o’zaro aloqada bog’lanishdadir. Ahli shariat tushunchasiga ko’ra inson kamoloti azaldan ma’lum bo’lib taqdiri azal tomonidan belgilab qo’yilgan. Tasavvuf ahli aytadiki insonga erkin faoliyat uchun inson-ixtiyor berishgan, u harakat qilib komillikka erishuvi mumkin. Aziziddin nafaqat kamolotning ikki belgisi bor deb ta’kidlaydi: birinchisi, yaxshi axloq, ikkinchisi o’z-o’zini tanish. Komil inson yaxshi axloqiy o’z-o’zini ta’nigan insondir.

Biz yuqorida komil inson tushunchasi shariat va tasavvuf ilmida qanday qo’yilganligi to’g’risida ba’zi ma’lumotlarga ega bo’ldik.

Endi komil inson tushunchasining ilmiy falsafiy jihatdan tavsifnomaning ba’zi jihatlarini qarab chiqaylik. I.A.Karimov «O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida» asarida ko’p masalalarni tushunishda «dinning yuksak rolini e’tirof etish bilan birga diniy dunyoqarash tafakkurining insinning o’zini o’rab turgan dunyoga o’zi kabi odamlarga munosabatining yagona usuli bo’lmaganligini ham ta’kidlash zarurdir» degan edi. (I.A.Karimov «O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida» 36 bet)

Darhaqiqat, dunyoviy fikr, dunyoviy turmush tarzi ham mavjud. U din va diniy turmush tarzi bilan yonma-yon yashab rivojlanib kelgan.

Komil insonni tushuntirishda dunyoviy fikrning asosida nima yetadi? Prezidentimiz o’qtirganidek, odam tabiiy omillarga ko’ra, o’zi mansub bo’ladigan irq va elatni tashlay olmaydi. Lekin dunyoqarashni axloqiy madaniyatini hech kimning taziqisiz va ayniqsa, zo’ravonligisiz o’zi tanlab olishi mumkin va lozim. Modomiki shunday ekan, mamlakatimizda huquqiy demokratik tamoyillarga asoslangan davlat, fuqorolik jamiyati qurish sari borayotgan ekanmiz, qanday dunyoqarashga asoslanishimiz kerak?

Hozirgi zamon odamlari ishlayotgan ijtimoiy muhitda asosan ikki yo’nalishdagi – ilmiy falsafiy va diniy mistik dunyoqarash mabjudligi o’z-o’zidan ayon. Ularni bir-biriga qarama-qarshi qo’ymagan holda shuni ta’kidlash kerakki, O’zbekistonning asosiy qomusi –konstitutsiyasida dunyoviy davlat qurish nazarda tutilganligi bois bag’cha, maktab, oliy o’quv yurtlari va boshqa muassasalardagi ta’lim tarbiya tizimi jarayonida ilmiy falsafiy dunyoqarash shakllantiriladi.

Yoshlarda dunyoqarash ilmiy-falsafiy yo’nalishda bo’lmay, diniy dunyoqarash esa respublikadi dunyoviy davlat qurish manfaatlari doirasida rivojlanishi kerak. Chunki ilmiy falsafiy dunyoqarashda diniy va milliy ekstremizm yo’liga o’ziga xos to’siq yuzaga keladi.

Shu nuqtai nazardan komil inson masalasini ham ilmiy falsafiy mazmunda tushunish, ta’lim –tarbiya ishini ham shu asosda qurish maqsadga muvofiq bo’ladi. Shu o’rinda aytish kerakki, bu sohadagi ham nazariy, ham amaliy ish komil inson haqidagi barcha nisbiy fikrlar va qarashlarning eng foydali tomonlaridan shu jumladan islom qadriyatlaridan ham foydalanishga asoslanadi.

Ayni vaqtda aytish lozimki komil inson to’g’risidagi ilmiy falsafiy ta’limot o’z mohiyati, ijtimoiy vazifasi va maqsadlari bilan diniy tasavvufi qarashlaridan farq qiladi.

Komil inson to’g’risidagi nazariya va uslubiyat metadologik jihatdan O’zbekiston respublikasi Prezidenti asarlarida, O’zbekiston respublikasi konstitutsiyasida, «Ta’lim to’g’risidagi qonun»da, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» da va boshqa hujjatlarda har tomonlama ishlab chiqilgan shularga muvofiq ravishda ta’lim tizimini yangi zamon talablari darajasiga ko’tarish, sog’lom barkamol ma’naviyatni yoshlarni tarbiyalash eng muhim vazifa ekanligi belgilab berilgan.

Ma’naviyati boy insongina komil inson bo’la oladi. Yuksak axloqiy, madaniy va jismoniy fazilatlar harjihatdan uyg’un bo’lgan, chuqur va zamonaviy bilimga, keng ilmiy-falsafiy dunyoqarashga ega bo’lgan inson komil bo’ladi.

Yuksak ma’naviy fazilatlar egasi bo’lgan komil inson: nafs xurujini lazzatlarga bo’lgan tayillik ojizlikni yenga oladigan zotdir; odamni komil inson va muharram inson martabasiga ko’tarish uning ma’naviyatini yuksaltirish demakdir. Har bir jamiyat tayanadigan ma’naviy qadriyatlar qanchalik umuminsoniy mazmunga ega bo’lsa u shunchalik umrboqiydir. Odam ham shunday. Odam qanday xulq axloqiy madaniy sifatga ega bo’lsa, faoliyat tarzini namoyon etsa, uning qadr qiymati ham shunchalik yuksak bo’ladi. «Sir emaski, har qaysi davlat, har qaysi millat nafaqat yer osti va yer usti tabiiy boyliklari bilan harbiy qudrati va ishlab chiqarish salohiyati bilan balki birinchi navbatda, o’zining yuksak ma’naviyati bilan kichlidir». (I.A.Karimov). Bu narsa inson shaxsiga nisbatan e’tibor ham, talab ham kuchayganligini ko’rsatadi.

O’zbekistonda ma’naviyat sharq falsafasi bilan uzviy bog’liq zero falsafaning o’zi ma’naviyat I.A.Karimov alohida ta’kidlaganidek, «asrlar mobaynida xalqimizning yuksak ma’naviyati, adolatparvarlik, ma’rafatparvarlik kabi ezgu fazilatlari sharq falsafasi va islom dini ta’limoti bilan uzviy ravishda rivojlanib keladi».

Ma’naviyat sharqona falsafaga tayanib ta’riflanishi kerak. Shunda u O’zbekiston tanlangan yo’lining o’ziga xosligini ifodalaydi. Sharq falsafasi islom falsafasidan ozuqa oladi. Islom falsafasi murosasozlik falsafasi ekanligi ham harakatlanadi. U odamlarning to’qnashuvi, o’zaro kurash va qon to’kishlar zo’rlik, kuch ishlatishni qoralaydi. Odamni kamol toptirish uchun jamiyatni o’zgartirish marksizim mafkurasining jamol topishi edi. Bu tamatil odamlarni ur-yo’qitlarga o’zaro janjallarga yetakladi. Islomiy falsafa esa jamiyatni o’zgartirish uchun odamning o’zini o’zgartirish kerak deb hisoblaydi. Jamiyat uning a’zolarining kamoloti natijasida va fuqarolarning barkamolligi darajasida takomillashadi deb o’rgatadi. Sharq falsafasida inson omili yuksak ritbada turadi u o’z xulqining ham, o’zi ishlayotgan jamiyat ma’naviyatining ham ijodkori va aynan shu sababli ham o’zining ham zamondoshlarining ma’naviy sifatlari uchun javobgar. Ko’rinib turibdiki ma’naviyati past odam tubanlik sari ketadi. Komillikning har bir davriga xos mezonlari bo’lganligini ham alohida ta’kidlash kerak. Nodonga nisbatan oqil, loqaydga nisbatan sergak, baxilga nisbatan saxiy, tanbalga nisbatan serg’ayrat qorqoqqa nisbatan botirlik kabi xislatlar o’ziga xos uychov vazifasini ham o’tagan.

Mamlakatimizda yangi jamiyat barpo etilmoqda, uning bag’rida shakllanishi lozim bo’lgan komillikning mohiyati shartlari va nizomlari qanday bo’ladi. Qanday yurtdoshimizni komil deb ataymiz? Eng avvalo, ota-bobolarimizning ibratli yo’li biz uchun namunadir. Binobarin komillik g’oyasi biz uchun yot narsa emas. Aytish mumkinki, O’zbekiston insoniy komillikning chuqur an’analariga ega bo’lgan. O’lka tadqiqotchilarining qayt etishlariga, bu an’ana uchun turli avlodlar o’rtasida ruhiy yaqinlikni mustahkamlaydi, yoshlar qalbida vorislik tuyg’usini uyg’otadi.

Demak, komillik eng avvalo insoniylik sharti va buyuk ajdodlarimizga vorislik taqozosi.

(Q.Yuldoshev. Komillikning to’rt jihati. «Tafakkur», 1997 yil, 2-son)

Komillikning bosh mezoni insoniylik hisoblanadi. Insonning eng noyob fazilatlaridan biri uning komillikka intilishidir. Mehnat, aql, idrok, odob-axloq odamlarga yaxshilik qilish-insonning oddiy fazilati. Har bir xalqning o’z yetuk allomalari komil inson unvoniga musharraf bo’lgan ajdodlari bor. Ularning mehnati merosi avlodlar ko’ksini g’uru bilan to’ldiradi. Xorazmiy Forobiy, Farg’oniy, Ibn Sino, Ismoil Buxoriy, Marg’iloniy, Beruniy, Ulug’bek, Navoiy, Muqimiy va boshqalar inson qadr-qimatini hamma narsadan ustun qo’yishga harakat qilganlar.

Forobiy insonning yaratuvchanlik qobiliyatiga yuksak baho beradi. U inson biologic mavjudod emas, balki aql-zakovat sohibi jonligini o’z mehnati bilan ijtimoiy mohiyat kasb etishni o’qtiradi. Yusuf xos Hojib ham insonga aql berib qo’yilgan, shuning uchun ham yer yuzida har qanday mushkillikni oson yenga oladi, degan fikrni bildiradi. Navoiy dunyoda insonga qaraganda ulug’roq kamolot yo’q deydi: «Menga ney yoru, ne oshiq havasdir. Agar men odam o’lsam ushbu basdir».

Bordi-yu kamolotning eng yuksak mezonlariga odob va yuksak ma’naviyatni kiritadigan bo’lsak, bunda mukammallikning jihatlari aqlli, axloqiy madaniy jismoniy faoliyat bilan bog’liq ekanligini ta’kidlash joizdir, bularning har biri ham, o’z navbatida bir qancha sohalarni qamrab oladi. Chunonchi jismoniy faoliyat kasb-hunar bilan shug’ullanishi o’z ichiga oladi. Insonni go’zal qiladigan uning hunari, ilmi va odobi deb aytish mumkin. Hunar ham ilm ham odobni yuksaklikka ko’taradi, unga katta obru va shuhrat keltiradi. Biroq shaxs yaxshi hunar sohibi bo’lsayu odob va axloq bobida qusurga yo’l qo’ysa u shubhasiz obru topa olmaydi. Ilm sohibi haqida ham shunday deyish mumkin. Zamondoshlarimizning chuqur ilmiy dunyoqarashiga zamonaviy bilim va muayyan kasb egasi bo’lishi sohasida uyg’unlikka erishishi O’zbekistonda kadrlar tayyorlash milliy dasturi ruhida singdirib yuborilganining boyisi ana shunda.

Inson kamolotida jismoniy go’zallik muhim ahamiyat kasb etadi. Jismoniy baquvvat, sog’lom bo’lish nafaqat shaxsiy, balki ijtimoiy qadriyatdir. I.A.Karimov tomonidan ishlab chiqilgan va izchillik bilan amalgam oshirilayotgan «sog’lom avlod dasturi» ning mazmuni shu bilan belgilanadi. Ayni vaqtda har bir inson o’zining salomatlik madaniyatini ham shakllantirmog’i va mukammallashtirmog’I lozim. «O’zining salomatligi haqida shaxsan g’amxo’rlik qilib boorish madaniyatini oila maktab, mahalla sog’liqni saqlash tizimi, jismoniy tarbiya va sport vositasida yoshlikdan singdirib boorish kerak.

Komillikning yana bir jihati Vatanga, millatga, elu yurtga sadoqat bilan xizmat qilishdir. Vatanini sevmagan millatning tarixi va taqdiriga loqayd qaraydigan insonning komilligi haqida so’z bo’lishi mumkin emas. Prezidentimizning «Elim deb, yurtim deb, yonib yashash kerak», degan da’vati negizida ana shunday buyuk g’oya yotadi.

Komil inson tarbiyasida oilaning roli beqiyos katta ekanligi ma’lum. «O’zbeklarning aksariyati-deb yozadi. I.A.Karimov o’zining shaxsiy farovonligi to’g’risida emas, balki oilasining, qarindosh-urug’lari va yaqin odamlarining, qo’shnilarining omon esonligi to’g’risida g’amxo’rlik qilishni birinchi o’ringa qo’yadi. Bu esa oliy darajada ma’naviy qadriyat inson qalbining gavharidir».

Oila tarbiyasida doimiy ta’sirchan kuch oiladagi munosabat, oila muhiti oila a’zolarining o’zaro aloqasi, ota-ona, aka-uka va boshqalarning xulq-atvori madaniy va siyosiy saviyasi muomala madaniyati, oilaning daromati, yashash sharoiti va boshqa holatlar bola kamolotiga ta’sir qiladigan asosiy omillardir. Oila qanchalik tartibli, yaxshi xulq-atvori uninga’zolarining o’zaro munosabatlari samimiy bo’lsa oila tarbiyasi ham shunchalik samarali bo’ladi.

Tarbiyaning an’anaviy va zamonaviy turlari va usullari ko’p, shulardan biri shajaraviy tarbiyadir. Bu tarbiya usuli ma’lum bir ajdoddan kelib chiqqan avlodlarning qarindoshlik darajasini izchillik bilan sinab ko’rsatuvchi hujjatlarga asoslangan bo’lib, bunda bolalarga ajdodlarimizning kimligi shajaranomlar orqali eslatib boriladi. Bu tarbiya usuli orqali ajdodlar bilan faxrlanish hissi shakllantiriladi, ularga munosib bo’lishga da’vat etiladi.

Islomda ham har bir musulmon o’zining yetti pushtini bilishi karakligi ta’kidlanadi. Shajara tuzish ishini qayta davom ettirayotgan allomalardan biri faylasuf olim Omonulla Fayzullayev deyish mumkin. Tarixiy hujjatlarga asoslanib u kishi Shayx Zayniddin Bobo Toshkandiy ibn Shayx Shahobiddin AbuUmar Suhravordiy shajarasini tuzdi. Omonulla Fayzullayev Shayx Zayniddin Boboning 45- avlodi ekanligi ma’lum bo’ldi.

Ma’naviy yetuklikning shartlaridan biri insoniy sifatlarining uyg’unligi masalasidir. Kishining ichki va tashqi dunyosi, sog’lom fikr va oqilona so’zi bilan amaliy faoliyati tili bilan dini birday bo’lish yetuklik mezoni va shart-sharoitidir. Bunday uyg’unlikka erishgan odam baxtiyor bo’ladi. Bir hakimdan baxtiyor kim? Deb so’radilar. U «Uch narsaning uch narsa bilan, ya’ni fikrni to’g’rilik bilan, so’zni rostlik bilan, fe’lni saxovat bilan bezagan kishi baxtiyor», deb javob beradi.

Ulkan yunon faylasufi Suqrot o’z nasihatlaridan birida shunday deydi: uch narsani barbod qilmaslik uchun uch narsani ehtiyot qiling: boshdan ayrilmaslik uchun tilingni saqla, nomozdan ayrilmaslik uchun tahoratni saqla, yurakdan ayrilmaslik uchun g’azablanishdan ehtiyot bo’l.

Barkamollikning qirralari ko’p ekanligi haqida yuqorida aytib o’tildi. Har bir shaxsni ilk chinligidan boshlab mantiqiy fikrlashga o'rgatish hayot talabadir. Shunga ko’ra, unga har doim mantiqiy tafakkur yuritish tamoyillarini singdirib borish lozim.

Yoshlarni sog’lom fikrlashga ayniqsa mustaqil fikr yuritishga o’rgatish zarur. Ba’zi bolalar yoshligidan boshlab men yoki «o’zim» deb fikr yuritadi. Sharqona tarbiyada o’zining gapini, fikrini o’tkazishga intilish yoki man-manlik hamma vaqt ham qo’llab quvvatlanmaydi. Ko’pincha kattalar o’z fikrlarini o’tkazishga intiladilar, shunga qaramay fikri bor odam odatda «fikrli odam» deyiladi.

Mustaqillik sahroitida to’g’ri ma’nodagi mustaqil fikrlash har bir yoshning qobiliyati olamiga faol munosabatini, malakasini tarkib topishida muhim ma’naviy omil ekanligi ta’kidlanadi. Prezidentimiz «Tafakkur» jurnali muharriri bilan qilgan suhbatida quyidagilarni ta’kidlagan edi: «Ta’limning yango modeli jamiyatda mustaqil fikrlovchi erkin shaxsning shakllanishiga olib keladi, o’zining qadr-qimmatini anglaydigan, irodasi baquvvat, iymoni butun hayotda aniq maqsadga ega bo’lgan insonlarni tarbiyalash imkoniga ega bo’lamiz. Anashundan keyin ongli turmush kechirish jamiyat hayotining bosh me’zoniga aylanadi. Shunda odam olamon bo’lib, har lahzada serkaga ehtiyoj sezib emas, aksincha – o’z aqli, o’z tafakkuri, o’z mehnati, o’z mas’uliyati bilan ongli tarzda ozod va hur inson bo’lib yashaydi». (I.A.Karimov. Jamiyatimiz Mafkurasi xalqni-xalq, millatni-millat qilishga qilishga xizmat etsin. 21-22 betlar.)

Fikr mafkurani keltirib chiqaradi va u o’ylash, muhokama yuritish ma’nolarini bildiradi. Mutafakkir so’zining o’zagi ham «Fikr»dir. Lekin har qanday fikrlaydigan kishini mutafakkir deb bo’lmaydi. Bunday fazilatlarga ega bo’lgan kishi «Har bir narsani aql, mantiq tarozisiga solib ko’radi. O’z fikri, o’yi, xulosasini mantiq asosida qurgan kishi yetuk odam bo’ladi.» (I.A.Karimov Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q 6-bet.)

Barkamol avlod tushunchasiga kiradigan muhim talablar sharq tafakkurida alohida tizimni tashkil qiladi. Ular shaxsning bosiqligi, vazminligi, bag’rikengligi, kamtarligi, serfarzandligi, keksa va yoshlarga mehr shavqatliligi kabilar bilan xarakterlanadi. Bular sirasiga kishining boshqa e’tiqoddagi yoki dindagi insonlarga nisbattan sabr-toqatliligi hurmati,tabiatni sevish, butun jonli tabiatga muhabbat bilan qarash kabi fazilatlarni ham kiritish mumkin.Respublikamizda istiqlol tufayli shakllanayotgan va tobora kishilar e’tiqodiga aylanayotgan mustaqillik tafakkuri mazmunini tashlik etayotgan bunday tushunchalar tobora hayotimizda keng o’rin egallamoqda.

Komil insonni tarkib toptirish tushunchasi yangi insonni tarbiyalash bilan uzviy bog’langan va uning asosiy talablaridan kelib chiqadi. Bunda yoshlarimizda milliy iftixor tuyg’usini tarkib toptirish va chuqurlashtirish ahamiyati favqulotda katta ahamiyat kasb etadi. Milliy iftixor tuyg’usi o’z millatining boy tarixi, madaniyati va ma’naviy me’rosidan uning jahon sivilizatsiyasiga qo’shgan hissasidan g’ururlanish hissiyotidir. Prezidentimiz I.A.Karimov asarlarida komil inson tushunchasi va uni tarbiyalashni yo’l-yo’riqlari mohiyati tamoillari alohida ta’kidlab o’tilgan, uning xalqning o’tmishi va kelajagi shon-shuhrati haqidagi har-bir fikrida komil inson g’oyasi uni voyaga yetkazishga qaratilgan mulohazalari chuqur ma’no topadi. Komil inson tarbiyasi mustaqillikka erishgan mamlakatimizda Davlat siyosatining ustivor sohibi deb e’lon qilingan. Demak prezidentimizning so’zlari bilan aytganda «Komil inson deganda biz avvalo ongi yuksak mustaqil fikrlay oladigan xulq atvori bilan o’zgalarga ibrat bo’ladigan bilimli, ma’rifatli kishilarni tushunamiz.» (I.A.Karimov Tarixiy xotirasiz – kelajak yo’q. 6-bet.)



Download 0,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish