Samarqand davlat universiteti



Download 0,6 Mb.
bet5/8
Sana28.06.2017
Hajmi0,6 Mb.
#18984
1   2   3   4   5   6   7   8

I chorak 9 soat

II chorak 7 soat

III chorak 10 soat

IV chorak 8 soat

Jami bir yilda 34 soat dars o’tiladi. Shuningdek har bir o’quv yilida 12-14 ta qo’shiq o’rgatiladi, shunga qarab, musiqa savodi va musiqa tinglash jarayonida 12 – 14 asarlar tinglanadi. Boshlang’ich sinf o’quvchilari asosan bir ovozli qo’shiqlari sof unisonda kuylash malakalarini puxta o’zlashtiradi va ayrim hollarda ko’p ovozlikka o’tmishga tayyorgarlik ko’riladi.

Ikkinchi sinfning ikkinchi yarmidan boshlab, ikki ovozlik elementi bor qo’shiqlar kiritilgan. III – IV sinflarda o’quvchilarni ovoz apparatlari shakllangan bo’lib, ikki ovozli qo’shiqlarni kuylash, ko’nikma va malakalarga ega bo’ladilar. Shunga ko’ra oddiydan murakkabga prinsipi asosida musiqaviy asarlar tanlanadi. Boshlang’ich sinfda dars strukturasi beshta faoliyat turidan iborat bo’ladi:

1. Xor bo’lib kuylash.

Bolalarni musiqiy o’quvini ijodiy rivojlantirishda ayniqsa, vokal-xor ishlarining ahamiyati katta. Bunda o’quvchilarni kuylashga qiziqtira olish ko’p jihatdan o’rganadigan har bir mashq yoki qo’shiq o’quvchi tomonidan chiroyli qilib kuylab berishga bog’liq. Chunki yosh bolalar bilan olib boriladigan vokal-xor ishi ko’pincha o’qituvchi ovoziga lish qilib kuylashga asoslanadi. Shuning uchun o’qituvchi yoqimli ovozi ustida muntazam ish olib borishi kerak. Vokal-xor ishlarini amalga oshirishda o’qituvchi ovoz sozlash qo’shiq o’rgatish jarayonida boshlang’ich sinf o’quvchilarning ovoz diapozoni (do1 – do2) ishga diapozoni (mi1 – fa1 – sol’1) primar tovushlarida kuylash uchun qulay bo’lgan (sol’1 – lya1) tovushlarini aniq bilishi lozim.

Musiqa madaniyati darslarida qo’shiq o’rgatish bir necha bosqich jarayonida amalga oshiriladi:


  1. Bolalar diqqatini qo’shiqqa jalb qilish.

  2. Qo’shiq haqida o’qituvchining kirish so’zi (qo’shiq mualliflari, asarining mazmuni tarixiy xususiyatlari haqida qisqacha hikoya qilish)

  3. Qo’shiqni tahlil qilinishi (musiqa ifoda vositalari, ladi, xarakteri mazmunini suhbat yo’li bilan belgilashish)

  4. Qo’shiqni musiqiy jumlalarga bo’lib, o’rgatish (to’g’ri nafas olish, jumlani oxirigacha tejab yetkazish ijrochilik sifatlari ustida ishlash).

  5. Qo’shiqni badiiy ijrosiga erishish (qo’shiq haqidagi bolalar taassurotlari yuzasidan qisqa suhbat o’tkazish ya’ni umumlashtirish)

2. Musiqa savodi.

Musiqa madaniyati darslari jarayonida musiqa savodi mustaqil dars faoliyatlar jarayonida musiqa asarlarini badiiy o’rganishi va ijro etish ishlarini savodxonlik asosida bajarish uchun qo’llaniladi. Musiqa savodi mazmuni o’quvchilarni tobora shakllantiradi va ularni doirasini tobora kengaytirib, chuqurlashtirib boradi. Shunday qilib musiqa savodi darsining ta’limiy vazifasini bajaradi. Musiqa savodi (faoliyatining) asosiy negizi va pedagogik maqsadi yangi dastur bo’yicha berilgan chorak mavzulari kuylash va tinglashga doir asarlarining savodli tahlil qilish orqali amalga oshiriladi. Ular o’quvchilarni kundalik hayotidan olinayotgan taassurotlari va musiqiy tajribalari asosida o’rgatiladi.

Musiqa savodi quyidagi belgilar bo’yicha o’rgatiladi.


  1. Bolalar diqqatini musiqa ifoda vositalari – kuy, registr, temp, ritm, dinamik belgilar o’rgatish.

  2. ovoz sozlash va qo’shiq ijro etish qoidalariga doir bilimlar chapak va cholg’u asboblar cholish qoidalariga amal qilishga o’rgatish

  3. Musiqa ijodkorlari: «Kompozitor», «Ijrochi», «Tinglovchi» mavzuning mazmuni va o’rganiladigan asarlarning mualliflari haqida ma’lumotlar, musiqa savodi orqali amalga oshiriladi.

3. Musiqa tinglash.

Musiqa tinglash, musiqa madaniyati darslarining asosiy omili hisoblanadi, chunki musiqaning yangrashi ongli ravishda idrok etilib, uning xarakteri mazmuni ongli ravishda o’zlashtiriladi. O’quvchilarni hayotiy tajribalariga tayangan holda har bir musiqa asari zamirida ma’lum, his-tuyg’u va fikr aks ettiriladi. Biz musiqa darsining qaysi faoliyatini olmaylik, u avval musiqani tinglab, musiqani idrok etishdan boshlanadi va o’quvchilarning ruhiyatiga ta’sir etadi, shuning uchun musiqa tinglash darsining yetakchi faoliyati bo’lib hisoblanadi.

Darsda tinglanadigan har bir musiqiy asar, badiiy – g’oyaviy mazmuni jihatidan chorak dars mazmuniga bog’liq bo’ladi va ilmiylik doimiylik, izchillik tamoyillariga amal qiladi.

Musiqa tinglash bir necha bosqichlar orqali amalga oshiriladi:



  1. O’quvchilar e’tiborini musiqiy asarga jalb qilish va o’qituvchining kirish so’zi.

  2. O’qituvchi ijrosida yoki magnit yozuvda asarni tinglash.

  3. Asarni suhbat yo’li bilan musiqiy va badiiy g’oyaviy jihatdan oddiy tahlil qilish.

  4. asarni bir butunligicha qayta tinglash va asar haqida o’quvchilarni umumiy taassurotlari yuzasidan yakuniy suhbat o’tkazish.

4. Musiqa xarakteriga mos harakatlar bajarish.

Boshlang’ich sinflarda ritmik harakatlarni bajarish, o’quvchilarni jismoniy rivojlantirish uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Boshlang’ich sinf o’quvchilari ovoz apparatlari nozik, diqqat e’tibori tarqoq, serharakat, o’yinqaroq, xotirasi, nutqi, to’liq rivojlanmagan bo’lganligi sababli musiqa darsida faoliyat turlari tez-tez almashib turish lozim. Musiqaga mos raqs, o’yin harakatlarini bajarish, o’quvchilarni diqqatini jamlashda, xotirasini mustahkamlashda va jismonan o’sishga yordam beradi. Dars davomida quyidagicha harakat turlaridan foydalanishi tavsiya etiladi: Marsh musiqalariga qadam tashlash, yugurish, raqsiy elementlarini bajarish mustaqil o’yinlar o’tkazish, musiqaning xarakteriga mos turli qo’l va tana harakatlari bilan ifodalanadi. Ma’lumki milliy musiqamiz madaniyatida raqs muhim o’rin tutadi va unga har bir bola qiziqadi. Raqs harakatlari musiq darsida o’quvchilar faollashuvini oshiradi. Eng muhimi shundaki, raqs va ritmik harakatlar vositasida bolalarning musiqiy iqtidori, ritm tuyg’usi faol rivojalandi. Har bir harakat turini o’qituvchi oldindan belgilaydi va o’zi uni aniq, go’zal va ifodali qilib ko’rsatib beradi. Har bir harakatni bajarishdan oldin unga doir musiqani mazmunini avval ongli ravishda tinglab yoki kuylab, so’ngra harakatlar bajarish yaxshi natija beradi. Bolalar musiqali o’yinlarga ha juda qiziqadilar. Ko’p musiqiy asarlar mazmunida o’yin metodlaridan foydalanish mumkin. Dars jarayoni bajarilgan har bir musiqiy harakat turi, musiqali o’yinlar, o’quvchilarni xotirasini mustahkamlaydi, nutqini o’stiradi, jismoniy sog’lom bo’lishiga ko’maklashadi va ularni ruhlantirib, musiqa darsiga qiziqishini oshiradi. Chunki boshlang’ich sinf o’quvchilarini diqqat e’tiborini tarqoq ovoz apparatlari, kuchsiz musiqiy o’quv qobiliyatlari to’la shkllanadigan, serharakat, o’yinga moyil bo’ladilar. Bunda darsning tuzilishi pedagogik maqsadlarga qarab darsni xohlagan dars faoliyatida boshlash mumkin. Bundan maqsad o’quvchilarni musiqaga qiziqtira olish musiqiy qobiliyatlarini o’stirish, dars faoliyatlarini bir-biri bilan chambarchas bog’lab mazmun jihatdan mantiqiy bir butunlikka erishishdir. Demak, yangi dastur mazmunida dars o’tish uchun, musiqa o’qituvchisi ijodkor bo’lishi musiqadosh zarur bilimlarga hamda ashulachilik malakalarida ega bo’lishi lozim.



5. Bolalar cholg’u asboblardan jo’r bo’lish.

Bu faoliyat turi eng qiziqarli mashg’ulotdir. Chunki bolalar cholg’u asboblari jonli tovushli o’yinchoqlar sifatida har bir o’quvchini qiziqtiradi. Bolalar cholg’u asboblari birinchi navbatda o’quvchilarda ijrolik elementlari orqali ijodkorlik musiqiy o’quv qobiliyatlarni rivojlantiradi. Musiqa madaniyati darslarida bolalar cholg’u asboblaridan foydalanish yaxshi natijalar berish bilan birga o’quvchilarni darsga intiluvchiligini, qiziqishini, musiqiy o’quvini oshiradi. Musiqa darslarida qo’llaniladigan bolalar cholg’u asboblari ikki turga bo’linadi: kuychan va kuchan bo’lmagan. (shovqinli) cholg’u asboblar kiradi.




  1. Kuychan cholg’u asboblarga metalafan va ksilafon kiradi.

2. Kuychan bo’lmagan cholg’u nasboblariga doirachalar oddiy cho’p qoshiqlar, kichik shiqildoqchalar, barabanchalar, uchburchak, markassa va rumbalar kiradi. Bolalar cholg’u asboblarida jo’r bo’lish turli metodlar amalga oshiriladi:

1. Avval bolalar kuyni tinglab, chapak chalish, ritmik jo’r bolish.

2. Musiqaga ritmik jo’r bo’lishni aniq bajarganlar, bolalar cholg’u asboblarida jo’r bo’ladigan.

3. keyinchalik esa, passiv bolalar to’g’ri ijro etishga intilish maqsadida ular ham jo’r bo’ladilar.

4. Bolalar cholg’u asboblarida jo’r bo’lish har xil cholg’u asboblarida bajariladi.

5. Sinfni ikki guruhga bo’lib, birinchi guruh chapak va cholg’uda ikkinchi guruh esa ovoz usul berish (bum-ba, baka-baka bum) bilan amalga oshirish mumkin.

6. Bolalar cholg’u asboblarida ritmik jo’r bo’lish grafik ko’rsatilgan ritmik ruzilmalariga qarab cholish ham o’quvchilar ijodkorligini oshiradi, faollashtirad, ijrochilik malakalarini va musiqiy qobiliyatlarini har tomonlama rivojlantiradi.

O’rta «V-VII» sinflarda esa dars faoliyati bir muncha kamayadi. Chunki, o’rta sinf o’quvchilari ko’nikma va malakalarga ega bo’ladilar. Dars mazmuni chuqurlashib o’quvchilar va bilim va malakalarini kengaytirishga xizmat qiladi. Musiqa darsi uchta faoliyat turi asosida olib boriladi:



  1. Xor bo’lib kuylash

  2. Musiqa savodi

  3. Musiqa tinglash

Bunda bolalarning ovoz apparatlari shakllangan musiqiy qobiliyatlari rivojlangan, musiqaning tuzilishi, shakli musiqa ifoda vositalari haqida bilimga ega bo’ladilar va musiqa tinglash qobiliyati rivojlangan bo’ladi.

O’rta sinfdagi o’quvchilar uchun V – VII sinf musiqa dasturi asosida darslar rejalashtirilib ikki ovozli, ovoz mashqlari, ikki ovozli qo’shiqlar, musiqa savodi va musiqa tinglashdan, shunga qarab murakkabroq asarlar tinglanadi. Har bir faoliyat bir-biri bilan bog’liq bo’lib dars mazmunini ya’ni bir butunlikni ta’minlaydi. Chorak mavzulari yil mavzulariga bo’y sunadi. Dars samaradorligini oshirishda o’quvchilarni bilim va malakalarini baholash muhim pedagogik ahamiyatga egadir. Qo’shiq kuylash bilan birga, ularni ko’proq fikr bildirish, bahoga tortish va amaliy faoliyatiga ko’proq jalb etish va odilona baholash lozim bo’ladi. Shunday qilib musiqa darslari yangi dastur asosida rejalashtirilib o’quvchilarni milliy musiqamizga mehr-muhabbat va qiziqish uyg’otish lozim.

Yuqorida ta’kidlaganimizning barchasini sinfdan va maktabdan tashqari tizimini tashkil etishda qo’llaniladi. Sinfdan va maktabdan tashqari musiqiy tarbiyani tashkil qilish o’quvchilarni iloji boricha ko’proq ommaviy va to’garak ishlariga jalb etib, ularning dunyoqarashini har tomonlama rivojlantirish, badiiy dididni o’stirish, tabiatga, ona Vatanga bo’lgan mehr-muhabbatini oshirishdir. Mazkur maqsadni amalga oshirishda maktablarda musiqa darslaridan tashqari ommaviy va to’garak ishlari olib borailadi. Sinfdan tashqari musiqa tarbiyasini ikki shakli mavjud.


  1. Musiqa tarbiyasining ommaviy shakli.

  2. Musiqa tarbiyasining to’garak shakli.

Sinfdan tashqari musiqa tarbiyasining ommaviy shaklida bolalarni musiqiy o’quvini tekshiruvdan o’tkazmay, yalpi tarzda jalb etishni taqozo etadi. Bularga qo’shiq bayramlari «Musiqa hafataligi», «O’zbekiston Vatanim manim», «Ilhom chamani» ko’rik tanlovlaridan ijodiy uchrashuvlar, teatr va kinoteatrlarga sayohat, alifbe bayramlariga shoir va bastakorlar bilan uchrashuvlar kiradi. Ammo , bularning har biriga bolalarning yoshi, qiziqishiga qarab, oldindan tarbiyalab borish kerak. Bu tadbirlarni har yuksak badiiy did bilan tashkil etib, amalga oshirish, chinakkam badiiy musiqiy bayram ruhini kasb etish lozim.

Musiqa o’qituvchining ommaviy ishlar rejasi maktab ma’muriyat tomonidan tasdiqlangan bo’lishi lozim. Ommaviy, musiqiy ishlar rejasi, musiqa o’qituvchisi va maktab ma’naviy-ma’rifiy ishlar mudiri maktab yetakchisi bilan hamkorlikda o’quvchilarning yoshiga, qiziqishiga qarab, bayramlar, uchrashuvlar, tadbirlarni hisobga olgan holda tuziladi. Bunda o’quvchilarning musiqiy o’quvi, qobiliyati hisobga olinadi. Ommaviy musiqa mashg’ulotlarining har biri aniq ishlab chiqilgan reja asosida amalga oshirilmog’I lozim. Bunda har bir mashg’ulot turiga qarab uning asosiy maqsadi, xususiyati, repertuar mazmuni, maktab imkoniyatlari, taklif etilgan mehmonlar hisobga olinib, o’quvchilarni jalb etiladi. To’garak ishlarini esa, ish rejasini musiqa o’qituvchisining o’zi, o’z xoxishi va imkoniyatlariga qarab, mustaqil tarzda tuzadi. O’qituvchi to’garak ishlarini o’quvchilarga musiqiy qobiliyati, xoxish istagi, qiziqiqshi, ovozga qarab tanlab oladi va turli to’garaklar tuzadi. Haftasiga 2-3 bor to’garakni guruhlarga bo’lib, ishlaydi. To’garak ishlarning asosi musiqa darsidir. To’garak ishlariga qobiliyatli, qiziquvchan, musiqa darslarida aktiv qatnashadigan o’quvchilar tanlab olinadi. Darsda har bir bolaning layoqati qiziqishi hisobga olinib, u yoki bu musiqa to’garagiga jalb etiladi. To’garak faoliyatini faollashtiradigan narsa bu maktab sahnasidir. O’qituvchilar tadbirda qo’shiqlar, raqslar ijro etib maktab jamoasi oldida e’tibor qozonib, tuman, shahar, respublika ko’rik tanlovlarida qatnashadilar. Bu ularni o’z mehnatidan zavqlantirish his tuyg’ularini ona Vatanga muhabbat, musiqa san’atiga hurmat, do’stlari orasida mehr muhabbat tuyg’usini oshirib boradi. Sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlarda o’qituvchi o’z imkoniyatlariga qarab turli to’garaklar tuzishi mumkin.



  1. Xor

  2. V.I.A.

  3. Ashula va raqs ansambllari

  4. Vokal ansambllari

  5. Cholg’uchilar ansambllari (dutorchilar, rubobchilar, doirachilar)

  6. Raqs ansambli

  7. Orkestr (duxovoy xalq cholg’u asboblari orkestri)

  8. Yakkaxon qo’shiqchilar.

  9. Fol’klor dastasi.

Sinfdan va maktabdan tashqari musiqiy tarbiya shakliga bolalar musiqa maktablari, bolalar ijodiyot markazlari. O’quvchilar saroylari, bolalar teatrlari, muzeylar kiradi. Mazkur muassasalarga qatnashadigan bolalar ham o’qituvchi nazoratida bo’lib, maktab hayotiga, ularning faol qatnshuvlarini ta’min etish lozim. Maktab hayotida boshlang’ich sinf musiqa o’qituvchisining o’rni beqiyosdir. Musiqa darslaridan tashqari, zamon talabiga mos ravishda tadbirlar tayyorlab, o’quvchilarda san’atga bo’lgan qiziqshni rivojlantirish lozim.


2.1. Sinfdan va maktabdan tashqari mashg’ulotlarni

tashkil qilish uslublari.

Musiqa mashg’ulotlari pedagogika fani sifatida tajribada sinalgan ishlarini nazariy qismlarni umulashtirib amaliyotda samarali natijalar berilgan o’qitish metodlari taqdim etadi. Metodika asosan pedagogika, psixologiya, estetik va san’atshunoslikning tadqiqot natijalariga asoslanadi.

U musiqa o’qitishning qonun-qoidalarini ta’riflab beradi, keljak yosh avlodni tarbiyalashda qo’llanadigan zamonaviy metodlarni belgilaydi. Musiqa mashg’ulotlari ta’lim-tarbiya jarayonida o’qituvchining o’quvchilar bilan ishlash usullarining, mazmuninin anglatadi. Musiqa mashg’ulotlari o’qituvchidan iste’dod, qobiliyatlar va ijtiyoqlar mavjud bo’lishini talab etadi, chunki san’at pedagogikasi mashshaqatli va juda mas’uliyatli sohadir.

Hozirgi kunda musiqa o’qitishni birdaniga kelib, shakllangan fan emas, balki bunga qadar mazkur fanni shakllanishi ijodiy va murakkab taraqqiyot yo’lini bosib o’tgan. Respublikamizda musiqa o’qitish mashg’ulotlarini shakllantirishda mahalliy olimlar, metodistlar, tajribali o’qituvchilarning qator izlanishlari o’quv qo’llanmalarining ahamiyati katta bo’ladi. Badiiy pedagogikaning metodika sohasidagi so’ngi yutuqlar talabalarni pedagogika faoliyatiga tayyorlash, ularni metodik bilim va mahoratlar bilan qurollantirish, musiqa o’qitish metodikasini, bu maqsadga erishish uchun amaliy mashg’ulotlar mobaynida uzoq ijtimoiy mehnat qilish talab etiladi. Ma’lumki maktabda o’quvchilarning yosh fizialogik xususiyatlarini ko’nikma va malakariga qarab, musiqa metodikasi qo’llaniladi. Bu yerda ta’lim, usuli o’quv materiallarining (o’quv reja, dastur) ta’lim prinsiplari, o’quv tarbiyaviy ishlarning umumiy maqsad va vazifalari muhim ahamiyatga egadir. Demak, musiqa metodikasi o’quvchilarning musiqa san’atiga o’rgatishning mazmuni vazifalari va metodlarini o’rgatuvchi va o’quv jarayonlarini tashkil etuvchi shakl va yo’llarini tadbiq etuvchi fandir. «Metodika» so’zi grekcha so’z bo’lib «Tadqiqot yo’li», «Bilish usuli» degan ma’nolarni anglatadi va ta’lim tarbiyaning alohida qismlari bo’lib hisoblanadi, ularning yig’indisi musiqa o’quv metodlari deyiladi. Musiqaning o’qitish metodlari deganda, maktab o’quvchilarning bilim, mahorat va malakalarini egallashda ularning ijodiy qobiliyatlari rivojlantirishda va dunyoqarashini tarkib toptirishda o’qituvchilarning qo’llagan ish usullari tushuniladi. Musiqa o’qitish metodikasi vazifalarini amalga oshirishda musiqa o’qitishning qator metodlari bilan birgalikda pedagogikaning amaliy yo’nalishni xususiy (optimal) metodlar egallab, musiqa darsida qo’llash muhim ahamiyat kasb etadi. Musiqa mashg’ulotlari vazifalarini amalga oshirishda musiqa darsida o’qitishning (optimal) xususiy metodlaridan unumli foydalanishga bog’liq. Yetuk olimlarimizning tadqiqotlarida maktab o’qituvchisining shaxsiyati va unga bo’lgan professional talablar va o’quvchilar munosabatini xususiy metodlardan foydalanish jarayonida hal qilish lozimligini milliy asosda ta’riflab berganlar. Xususiy metod biror bir fanning amaliy va ijodiy ishlarini mazmunini va mavzusini keng yoritib berish va mustahkamlashda o’qituvchi va o’quvchiu faoliyatida o’zaro aloqadorligini va o’quvchilarni bilish jarayonida izlanishga undovchi metoddir. Boshlang’ich sinflarda musiqa mashg’ulotlari quyidagi o’quv reja asosida olib boriladi:



Birinchi sinf. Haftasiga bir sozt.

Mavzu nomi

Ajratilgan soat

Yil mavzusi: «Biz musiqani sevamaiz»

3 – 4 soat

Biz yoqtirgan kuy va qo’shiqlar

9 soat

Musiqali o’yinlar, raqs va qo’shiqlar

7 soat

Xush navo cholg’u

10 soat

Xush navo cholg’ularimiz

8 soat

I – sinf I chorak.

Yil mavzusi: «Biz musiqani sevamiz»

I – chorak: Mavzu: «Biz yoqtirgan kuy va qo’shiqlar»

1. Tovushlarni to’g’ri talaffuz qilish. Milliy cholg’ular bilan tanishish.

2. Tovushlarning yuqorilashib va pastlashib borishi.

3. «Paxtaoy»

4. Kuz


5. Baxti erkatoy

6. Kakligim

7. Notalarni o’qitilishini o’rganish.

8. Andijon polkasi.

9. Kichkintoymiz-gijingtoymiz.

II – chorak: Musiqali o’yinlar, raqs va qo’shiqlar.



  1. Tovushlarning uzun qisqaligi.

  2. Ayiqcha, Do’loncha.

  3. Archa qo’shig’I

  4. Archa bayrami

  5. Rebus

  6. Yurish marshi

  7. Laylak keldi.

III – chorak: Xush navo cholg’ular.

17. Chertmoq

18. Do’ppi kiygan bola. Topshiriq.

19. Dilxiroj.

20. Dutor bayoti. Salom bergan bolalar.

21. Binafsha

22. Onajonlar bayrami

23. O’zingiz toping.

24. MSNI – 1

25. Butun nota. Yarim nota.

26. Dars konsert.

IV – chorak Xush navo cholg’ularimiz.

27. Diloromning qo’shig’I

28. Gulla qo’shig’I

29. Kapalak

30. Pianino

31. Qo’shiq aytish qoidalari

32. Bastakorlar, bastakorlik.

33. MSNI – 2

34. O’ynaylik, kuylaylik, ashula aytaylik.



Ikkinchi sinf haftasiga 1 soat.

Mavzu nomi

Ajratilgan soat

Yil mavzusi: «Musiqa nimani ifodalaydi va tasdiqlaydi»

34 soat

Yakkanavozlik, jo’rnavozlik va jo’rsozlik

9 soat

Yakkanavozlik va yakkaxonlik cholg’u va xonandalar dasturlari.

7 soat

Kuy nima? Kuyda nima ifodalanadi

10 soat

Musiqa ifoda vositalari.

8 soat

I – chorak Yakkanavozlik, jo’rnavozlik va jo’rsozlik.

1. qanday tovushlarni bilasiz?

2. Kakku

3. Yakkanavozlik. Maktabim.

4. Jo’rnavozlik. Bolalar va g’ozlar.

5. Bolalar va g’ozlar.

6. Qo’shiq aytish qoidalari.

7. Nota cho’zimining sanog’ini o’rganamiz.

8. Usmoniya.

9. MSNI – 1

II – chorak Yakkanavozlik va yakkaxonlik cholg’u va xonandalar dasturlari.

10. Nota bilan kuylaymiz.

11. Chu otim

12. O’ynaylik

13. Takt chizig’i

14. Usul tashlab notalarni, sanashni o’rganamiz.

15. Musiqaning ifoda vositalari. Kitobim qo’limda.

16. Archa bayram.

17. MSNI – 2

III – chorak. Kuy nima? Kuyda nima ifodalaydi?

18. Cholg’u ansambli. Rebus.

19. Yangi yilim – ya xshi yilim.

20. Shermat Yormatov. Sog’lom avlod qo’shig’i.

21. Uxlab turdim.

22. Tonika. «Ota – onalarga»

23. Bahor.

24. Gul teramiz.

25. Navro’zim – sho’x sozim.

26. MSNI – 3

Iv – CHORAK. Musiqa ifoda vositalari.

27. Dirijyorlik o’rganamiz.

28. Dakan xo’roz.

29. Nadim Norxo’jayev. Hakkalar.

30. Dilorom Omonullayeva. Vatanjonim Vatanim.

31. Major va minor.

32. avaz Mansurov. Musqaymoq.

33. Arg’umchoq.

34. MSNI – 4.

Uchinchi sinf haftasiga 1 soat.

Mavzu nomi

Ajratilgan soat

Yil mavzusi: Musiqada shakl va mazmun.

34 soat

Musiqa ifoda vositalari

9 soat

Xor va orkestr

7 soat

Musiqaning tuzilishi.

10 soat

oddiy musiqa shakllari. Band va naqorat.

8 soat


Download 0,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish