Samarqand davlat universiteti


Maktabdan tashqari ta’lim muassasalarining jihozlanishi va yangi o’quv yiliga tayyorgarlik ko’rish



Download 0,6 Mb.
bet7/8
Sana28.06.2017
Hajmi0,6 Mb.
#18984
1   2   3   4   5   6   7   8

Maktabdan tashqari ta’lim muassasalarining jihozlanishi va yangi o’quv yiliga tayyorgarlik ko’rish.
Maktabdan tashqari ta’lim muassasalarida mashg’ulotlarni sifatli va samarali o’tish uchun quyidagilarga e’tiborni qaratish maqsadga muvofiqdir:

1. Ta’limning moddiy texnik negizini mustahkamlash va takomillashtirish;

2. Maktabdan tashqari ta’lim muassasalaridagi to’garlarini zamonaviy texnik jihozlar bilan ta’minlash;

3. Ta’lim muassasalaridagi mashg’ulot xonalarini zamonaviy kompyuter texnikasi va zarur o’quv jihozlari bilan to’liq ta’minlash;

4. Mashg’ulot xonalarida ta’lim-tarbiya berish maskani ekanligini hisobga olib, davlatimiz ramzlari aks ettirilgan «Ma’naviyat ko’zgusi» va mashg’ulot fanlari haqidagi tegishli ma’lumotlar tashkil etilishi shart. Ma’naviyatimiz fidoiylari ilmu-fan allomalarimiz haqidagi ma’lumotlar, ulardan meros qolgan durdona asarlar bilan jihozlanishi;

5. Ta’lim muassasalarida jihozlarning saqlanishi yuzasidan muassasa rahbarlarining har bir xodim, o’quvchi va ularning ota-onalarini mas’uliyatini oshirish chora tadbirlarini ko’rish. O’quvchi yoshlarga ta’lim – tarbiya berishda e’tiborini ko’proq mashg’ulot xonalaridagi har bir jihozni ko’z ko’rachog’iday saqlash, jamoat mulkiga xurmat bilan qarashni o’rgatish juda muhimdir. Shuning uchun yo’lak va mashg’ulot xonalarida shu mavzuga oid rangdor suratlar, plokatlar, devoriy ro’znomalar ilingan bo’lishi kerak;

6. Mashg’ulot a’zolarini zaruriy adabiyotlar, o’quv qurollari bilan ta’minlashda ota-onalar, mahallalar va homiy tashkilotlar bilan hamkorlikda ish olib boorish;

7. Yangi o’quv yili ish rejasini zamon talablari darajasiga mos ravishda yangicha uslubda ishlab chiqish lozim;

8. O’quvchilarni o’quv yili davomida turli qiziqarli tadbirlar, sayohatlarga jalb qilish, turli tuman mavzulardagi yangiliklar, tadbirlar bilan boyitish eng asosisi har bir o’tiladigan mashg’ulot hozirgi kun talablaridan kelib chiqqan holda milliy istiqlol mavzulari bilan sug’orilgan bo’lishi kerak.

Sinfdan tashqari musiqa tarbiyasining asosiy maqsadi o’quvchi yoshlarni bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazishi, iqtidorli, qobiliyatli, san’atga qiziquvchan o’quvchilardan ansambl, xor, raqs, fol’klor, rubobchilar, dutorchilar ansambllari tuzish ularni ijobiy faoliyatlarini tarbiyalsh bilan birgalikda o’tkaziladigan turli ko’rik tanlovlar, bayram va kechlarga jalb qilib, ularning dunyoqarashlarini va ma’naviyatlarini yanada boyitishda asosiy manba bo’lib xizmat qiladi. To’garak rahbari to’garak ish rejasini maxsus dastur asosida to’garakning spesifik xususiyatini o’quvchilarni qobiliyati va yoshiga qarab mustaqil tuzadi. Ushbu reja maktab rahbari tomonidan tasdiqlanadi. To’garak ishlarining asosi musiqa darslarida shakllanadi.

Zero darsda o’quvchilarning layoqati hisobga olinib, biroq to’garakka jalb etiladi. To’garak yoshlarini faollashtiradigan narsa, bu maktab sahnasidir. Pedagoglar o’quvchilarda nimaga ishtiyoqi borligini payqab, ularni ma’lum to’garakka jaln etadilar. Bu esa o’quvchilarni iste’dodini to’g’ri rivojlantirishga yo’naltirildi. Sinfdan va maktabdan tashqari musiqa mashg’ulotlari mazmun va forma jihatidan ko’p qirralidir. Ularni shartli ravishda quyidagi guruhlarga ajratish mumkin: guruh bilan olib boriladigan va individual ishlar bu ommaviy – siyosiy tadbirlardir. Maktabdan tashqari ta’lim muassasalarda yashkil qilingan to’garaklar xilma-xil bo’lib, ulardan biri badiiy to’garalardir. Badiiy to’garaklarga drama xor, musiqa, tasviriy san’at, ashula va raqs, xalq cholg’u asboblari kabilar kiradi.

Ma’lumki har bir to’garak, mutaxassislar tomonidan tuzib chiqilgan va Vazirlik tomonidan tasdiqllangan yillik dasturlar asosida ishlaydi. Ana shu dasturlar asosida to’garaklar rahbarlari o’zlarining ish rejalarini tuzadilar. Reja tuzishda to’garakrahbarlari dasturda berilgan ba’zi mavzularni mahalliy sharoitni hisobga olgan holda o’zgartirishi ham mumkin.

To’garaklarning ish rejasi yarim yillik yoki bir yillik qilib tuzadi. To’garakning ish rejasi quyidagi elementlardan tashkil topishi mumkin.

1) To’garakning maqsadi va vazifasi.

2) O’tiladigan mavzularning kolendar muddati.

3) Har bir mavzuning qisqacha mazmuni

4) ommaviy ishlar.

Mashg’ulotlarning haftalik va yillik soat miqdori maktabdan tashqari muassasalarning nizomda aniqlab berilgan. Unda birinchi yil tashkil qilingan to’garak haftada ikki marta 2 soatdan yiliga 144 soat. Ikkinchi va uchinchi yil ishlaydigan to’garaklar uchun haftasiga 6 soatgacha yiliga 216 soatni tashkil qiladi. Bu normative faqat maktabdan tashqari muassasa xodimlarigagina tegishlidir. Maktablar ko’pincha haftasiga bir marta 2 soatdan o’tilib, yiliga 72 soatni tashkil etadi. To’garak mashg’ulotlari ham quyidagi elementlardan tashkil topishi mumkin:



1) To’garak rahbarining mashg’ulotga tayyorlanishi;

2) Mashg’ulotlarning boshlanishi;

3) Amaliy qism;

4) Mashg’ulotning yakuni.

Ma’lumki klublar ish mazmuni forma va uslublarning xilma-xilligi jihatdan to’garaklardan farq qiladi. Klublar bu yoshlarning turli xil qiziqish istak va xohishlarini qondirish, qobiliyatlarini o’stirish maqsadida tashkil qilinadigan o’quvchilarning ommaviy, ixtiyoriy birlashmasidir.

Klublarning to’garaklardan farqi, uning faoliyat darjasining kengligi va ko’p qirraligidadir. To’garak mashg’ulotlarida 10-25 tagacha o’quvchi qatnashadi. Klub ishlariga esa, yuzlab o’quvchilar qatnashadi. Bir klubda 10-15 ta to’garak va turli xil ommaviy-madaniy ishlar tashkil qilinishi mumkin. Maktabdan va sinfdan tashqari musiqa mashg’ulotlari o’quvchilarni ma’naviy dunyoqarashini shakllantirishni asosiy ma’nosi bo’lib xizmat qiladi.

To’garak o’quvchilar bo’sh vaqtlarida o’z xohishi va qiziqishi bilan qatnashadilarkim rahbardan o’quvchilarni shu qiziqishdan foydalanib, ularga chuqur va mazmunli bilim berishni talab qiladi. Eng muhimi rahbardan o’quvchilarni to’garaklarga jalb qilish foizini oshirish bilan ularni ma’naviy – ahamiyat sifatlarini shakllantiradi.

Badiiy havaskorlik ijtimoiy-tarixiy hodisa sifatida yoshlarning ijodiy aktivligi sohasidir. Havaskorlikni tashkil etishning umumiy uslubiy xususiyatlarini o’rganishdan oldin, ijodiy faoliyatning eng umumiy masalalarini tahlil qilib chiqishi kerak. Havaskorlikni keng falsafiy ma’noda abstract katigoriya darajasida insonning faoliyatini qandaydir shartli xarakteristikasi, ikkinchidan esa konsert tarixiy formalardagi real ijtimoiy hodisa deyish mumkin.

Havaskorlikni falsafiy tushunish, bir qancha muhim qoidalarni ta’riflash imkonini beradi. Havaskorlik bu faoliyat insonning aktivligidir. Biroq har qanday faoliyat, har qanday aktivlik ham havaskorlik emas, havaskorlik ichki xususiy omillarga bog’liq faoliyat, ya’ni tashqi sabablari yoki turtkilar asosida emas balki ichki ehtiyojlar taqozo etadigan faoliyatlar o’quvchilar badiiy havaskorlikni o’zlari qiziqqan sohalari bo’yicha shug’ullanib, ularning o’sha sohani har taraflama va chuqur o’zlashtirib egallab olishlariga ko’maklashadi. Bu to’garaklarning maqsadi o’quvchilarning qiziqqan sohasi bo’yicha faoliyat ko’rsatishni ta’minlaydi. Har bir shaxsning ma’lum bir sohasidagi talantini ro’yobga chiqarishda to’garaklar asosiy manba bo’lib xizmat qiladi. O’quvchilarning axloqiy va badiiy tarbiyasini shakllantirishda, xususan ularning, zamonamizning har jihatdan yetuk, ma’naviy rivojlangan didi baland, tabi nozik, go’zallikning qadriga yetadigan Vatanparvar kishilar bo’lib yetishlarida musiqa san’ati katta rol o’ynaydi. Bunga konsert, adabiy kechalar, ijodiy uchrashuvlar, alifbo, navro’z bayramlari, teatr musiqa haftalari va ekskursiyalar kiradi. Ommaviy ishlar shaklining har biriga oldindan reja tuzib, jiddiy tayyorgarlik ko’riladi. Reja maktab tarbiyaviy ishlar bo’yicha o’rinbosari bilan kelishilgan holda tuzilib, maktab rahbari tomonidan tasdiqlanadi. Tadbirlar o’quvchilarni tarbiyaviy imkoniyatlarini va yoshini hisobga olgan holda o’tkaziladi. Shu bilan birga badiiy rahbar o’quvchilarni musiqa san’atiga qiziqtirishini yanada oshirib borishi lozim bo’ladi. Shundagina mustaqil O’zbekistonimiga zamon talabiga javob beradigan har tomonlama mukammal shakllanganlar. Yetuk shaxs tayyorlab berishga o’z hissasini qo’ygan bo’ladi.

Sinfdan va maktabdan tashqari muassasalarda maqom to’garaklari tashkil qilish uslublari.

Mustaqil O’zbekistonning o’quvchi-yoshlarga o’zbek xalq muassasalari asosida ta’lim – tarbiya berish hozirgi kunning eng muhim masalalaridan biridir. Zero sho’rolar tuzumi davrida umumta’lim maktablarida «Musiqa» darslarining mohiyat – yo’nalishi yevrosentrizm g’oyaviy uslubiga asoslanganligi natijasida o’zining milliy kuy – ohanglaridan begonalashgan yosh avlodlar yetishib chiqa boshladi. O’zbek – yigit qizlari manqurt sifat parda ohanglarida qo’shiqlar kuylab, milliy o’zligidan uzoqlasha boshladi. Jumladan oxir- oqibat o’zbek xalqi qadriyatlari uchun xavfli bu oqimni zudlik bilan to’xtatish chora – tadbirlarini izlash zaruriyati hozirda shuning dolzarb muammolardan biri bo’lib qolmoqda.

Respublikamiz mustaqillikka erishgandan keyin o’sib kelayotgan barkamol avlod milliy ruhni o’zida in’ikos etgan maqom san’atini o’rgatish, hozirda qadriyatlarimizni qayta tiklanishida muhim ahamiyatga ega bo’lib bormoqda. Binobarin, yuksak maqom san’atini o’rganish jarayoni ayni vaqtda, istiqlol sari qadam tashlayotgan yosh avlodning ijodiy va vatnparvar tuyg’ularini ravnaq toptiruvchi muhim tarbiyaviy qurol hamdir. Shu bilan birga salobatli maqom san’ati ijrochilar zimmasiga bir qator jiddiy ijodiy vazifalar yukladi. Ularning amaliy yechimi esa har bir sozanda va xonandadan yuqori badiiy saviya teran idrok va o’tkir did talab etadi. Albatta maktab yoshidagi o’quvchilarning iste’dodi va imkoniyati bu kabi talabalarga to’la javob bera olmasligi tabiiydir. Zotan sadolarda in’ikos etgan falsafiy maqom kuy ashulalarni chuqur his etish va teran mushohada eta olish uchun ko’pgina olimlar qatori yetuk tafakkur ham bo’lishi lozim. Shularni nazarda tutib, aytish mumkinki, o’quvchilar uchun belgilangan ijodiy vazifalar – bu ayni vaqtda maqom san’atini amaliy o’zlashtirish yo’lida qo’yilgan ilk bosqich, xolos. Bunda o’quvchilarda zarur dastlabki idrok va ijro ko’nikmalarini shakllantirish ko’zda tutiladi. Shashmaqom shaklan rivojlangan va ijro uchun murakkab musiqa asarlarini birinchi qadamdanoq o’rinishlar kutilmagan mushkilotlar keltirib chiqarishi mumkin. Umuman talabalarda maqom san’atiga nisbatan qiziqishni shakllantirish eng asosiy vazifalardan biri hisoblanadi.

Ansambl mashg’ulotlarini haftasiga ikki marta o’tkazish maqsadga muvofiq bo’ladi. Amaliyot sinovi ham shuni taqozo etadi. Mashg'ulotlar davomida eng avvalo vazifalari («Nola», «Qochirim» kabi ijro usullaridan tortib yaxlit maqom kuylarigacha) ustida ish olib borilsa ansambl rahbari maqom san’atiga oid tarixiy, nazariy va boshqa ma’lumotlarni ham berib borishi, gram yozuv va magnit lentasi vositalaridan foydalanib, namuna bo’la oladigan ijrolarni tinglovchilarga eshitilishi orqali ularning maqom san’atiga bo’lgan qiziqishini oshiradi.

Maqom ansambllarida ishtirok etish uchun asosan yuqori sinf o’quvchilari jalb etiladi. Chunki bu davrda kelib o’quvchilar «Musiqa» darslari dasturiga binoan maqomlar borasida zarur ijodiy malakalarni egallab boshlaydilar. Ushbu ansamblga istesno tarqiqasida, fol’klor hamda ashula va raqs anszmbllariga yaxshi qatnashmayotgan va ayni iste’dodli bo’lgan o’rta sinf o’quvchilarning ham qabul qilish mumkin. O’tkazilgan umumiy tanlovda esa o’quvchi ovoz hajmining kengligi musiqaga bo’lgan ijobiy qobiliyat darajasi ijrochilar, sozandalar yoki ashulachilikda egallagan ko’nikmalari musiqa darsiga ishtiyoq, musiqa to’garaklariga faol qatnashishi kabi omillar mavjudligi muhim ahamiyat kasb etadi. Maqom ansambllari o’z tarkibiga ko’ra sozandalar va ashulachilar guruhiga ajraladi. Sozandalar guruhida, an’anaga ko’ra ikki soz tanbur va doira yetakchi hisoblanadi. Tanburda maqom kuylari ijro etilsa, doirada – termik usullar chertilib, ijro sur’ati muhim boshqarib boriladi. Maqomdan ustoz Ishoq Rajabiyning olib brogan ilmiy tadqiqotlaridan ma’lum bo’lishicha o’tmishdagi maqom ansambli tarkibida ikkita tanbur, bitta dutorm bitta qobuz yoki sato, doira va bir guruh jo’rxon xonandalar bo’lgan. Hozirda esa ansambllarga chang, nay, qo’shnay, g’ijjak, qashqar rubobi, qonun, ud kabi sozlar ham kiritila boshlaydi. Albatta, maqom ansamblining tarkibi har bir muayyan shart-sharoitlar va mavjud imkoniyatlardan kelib chiqqan holda tuziladi. Dastlabki davrlarda ansambl rahbarlari o’quvchilar uchun murakkab bo’lgan sozlardan biri (tanbur ijrosi) bilan cholg’uchilarga ko’mak berishi mumkin.

Maqom ansambli bilan ishlash usullari asosan ikki shaklda yakka va umumiy tarzda bo’ladi. Yakka ishlash usuli umumiydan avval kelishi maqsadga muvofiqdir. Shuningdek, ansambl repertuaridan o’rin olgan musiqa namunalari puxta o’zlashtiriladi. Bu jarayon davomida nota yozuvlaridan foydalanishi mumkin. Ammo shuni yodda tutmoq lozimki, og’zaki an’ana mahsuli bo’lgan maqomlarning barcha muhim jihatlari nota yozuvi asosida doim ham to’liq aks etavermaydi. Aksariyat hollarda notalar vositasi maqomlarning sxemasini in’ikos etadi, xolos. Ularning ma’no mohiyati esa malakali jonli ijro jarayonida tarannum etiladi. Shunday bo’lgach mashg’ulot davomida ustozlar an’anasiga keng o’rin berish maqsadga muvofiqdir. Demakki «Og’zaki» uslubda o’rgatish amaliyotdan ham foydalanish zarur. Bunda rahbar o’z ijrosi bilan o’quvchilarga shaxsiy namuna bo’lmog’i, muayyan asarini o’zlashtirilishiga ilhomlantirishmog’i lozim. Shuningdek atoqli san’atkorlar ijrosidagi gram yozuv va magnit tasmalaridan foydalanish ayni mudaodir.

Hozirda O’zbekistonda maqomotning uch turi mavjud. Ular quyidagicha cholinadi.

I. Buxoro shashmaqomi (yoki Buxoro maqomlari).

II. Xorazm maqomlari yoki (yoki Xorazm shashmaqomi).

III. Farg’ona va Toshkent maqom yo’llari.

Buxoro va Xorazm maqomlari olti maqom turkumi shaklida bo’lganligi bois «Shashmaqom» deb ham yuritiladi. Bu maqomlar Buxoro an’anasida Buzruk, Rost, Navo, Dugoh, Segoh va Iroq tarzida kelsa, Xorazm turkumida avval Rost maqomi so’ngra Buzruk, Navo, dugoh, Segoh va Iroq bo’lib tartiblanadi. Buxoro va Xorazm maqomlarining shakl tuzilishlari ham ko’p jihatdan o’zaro o’xshash: har bir maqom ikki yirik bo’lim cholg’u va ashula yo’llaridan tarkib topadi. Buxoro an’anasiga ko’ra bu bo’limlar «Mushkilot» (cholg’u) va «Nasr» (ashula) deyilsa, Xorazmcha nomlar «Chertim yo’li» (yoki «Mansur») va «Aytim yo’li» (yoki «Manzum») kabi ataladi. Mazkur bo’limlar o’z navbatida bir necha qismlarga ajraladi. Chunonchi cholg’u bo’limlarida bunday qismlar asosi beshta bo’lib, ular Shashmaqomda tubandagicha:



I Tasnif – ma’nosi ijod etilgan mukammal asar, ijodiy mehnat.

II Tarje’ – qaytariq, takrorlash naqorat.

III Gardun – falak gardini, qismat.

IV Muhammas – beshlik, boshlangan

V Saqil – vazmin, og’ir.

Xorazm maqomlarida ham Tarje’, Gardun, Muhammas, Soqil nomli cholg’u kuylar mavjud. Biroq ularda Buxoro maqomlarining dastlabki cholg’u kuylarida keluvchi «Tasnif» atamasi o’rnida ijro etilayotgan maqomning nomi keladi, ya’ni «Maqomi Rost», «Maqomi Buzruk» va shu kabidir. Shuningdek Xorazm maqomlarining chertim (cholg’u) yo’llari Peshrav va Uffor nomli kuylar keng o’rin egallaydi.

Ansambl ishtirokchilari bilan birma-bir amaliy mashg’ulotlar olib borilgach, umumiy shakldagi mashg’ulotlarda o’tiladi. Bu shaklda ham avvalgi mashg’ulot usullari deyarli takrorlansa ishtirokchilarni o’zaro munosib va hamohang ijro etishlariga erishmoq zarur bo’ladi. Umumiy mashg’ulotlar mazmuni faqatgina ishtirokchilik bilan cheklanib qolmasligi kerak. Rahbar an’anaviy ijrochilikka oid yoki o’rganilayotgan har bir maqom asari, haqida ma’lum ma’lumot (tarixiy, nazariy va boshqalar) berib boorish muhim ahamiyatga ega. Xususan, «Maqom» ashulalarida qo’llangan g’azal matnlarining mantiqiy va falsafiy mazmunini oddiy tahlilda tushuntirib berilishi asarlardagi obrazlar harakatlari tahlil qilinib, ijobiy, salbiy qahramonlarni o’z navbatida turli pedagogic yo’llar bilan yoshlarni ma’naviy-axloqiy sifatlarni shakllantirishning asoslari, poydevorlari yoritiladi va asarni badiiy jihatdan o’zlashtirishda yana bir karra muhi ahamiyat kasb etadi.

Maqomlarni o’rgatish jarayonida eng avvalo doira usullariga e’tibor berish lozim. Chunki bu yo’sinda takror bo’luvchi doira usullari maqom kuylarini ma’lum o’lchov asosida ritmik vaqt jihatidan, tartiblashtirib turuvchi muhim omildir. Binobarin maqom ijrochisi usul harakatini yaxshi his etishi lozim. O’quvchilarda usullarni idroklash hissini tarbiya toptiruvchi dastlabki bosqichlardan biri, ustozlar ta’limi an’anasiga ko’ra, shu usullarni (ijrochi sozanda yoki ashulachi bo’lishdan qat’iy nazar) alohida o’rganib chiqish muhimdir. Maqom ansamblidan bevosita o’quv imtihonlari topshirilmasada, ammo o’z faoliyati davomida turli sinovlardan o’tib turishi shart. Ommaviy konsert berish ana shunday muhim sinov shakllaridan biridir. Zero konsert sinovlari ansamblning yutuq va kamchiliklarini namoyon etadi. Bu hol o’quvchilarni o’z ustida yanada ko’proq ishlashga, ansamblning ijro mahoratini oshirishga hamda «Sahna madaniyatini» o’zlashtirishga xizmat qiladi. Ayni vaqtda ansamblning ommaviy konsert chiqishlari keng tinglovchilar orasida maqomlarni targ’ib etilishida ham ma’lum hissadirki o’quvchilarda estetik did va milliy iftixor, milliy qadriyat tuyg’ularini kuchaytiradi.



O’tkazilgan tarbiyaviy tadbirlarda o’quvchi yoshlarning egallashlari shart bo’lgan musiqa madaniyatlariga oid quyidagi bilim, ko’nikma va malakalar:

  • O’zbek milliy musiqa merosi to’g’risida chuqur bilimga ega bo’lish;

  • Har bir mahalliy uslubda o’ziga mos ijrochilik uslublari va cholg’u asboblari to’g’risida ma’lumotli bo’lish;

  • Farg’ona – Toshkent, Samarqand – Buxoro, Surxandaryo – Qashqadaryo va Xorazm ijrochilik uslublari xususiyatlari, mashhur musiqa janrlarini, ularning mashhur ijrochilarini bilish;

  • Maqom haqida tushuncha, o’zbek maqomlari va ularni asosiy turkumlari, shashmaqom, uning cholg’u ashula yo’llari, Farg’ona - Toshkent maqomlari, Xorazm maqomlari, cholg’u va aytim yo’llarini bilish;

  • O’zbekiston hududida mumtoz musiqaning ko’p tarmoqli va mahalliy an’analarga ega ekanligi, ularning o’xshashligi va o’ziga xosligi, mahalliy musiqiy an’analarning zamonaviy musiqa, bastakorlik va kompozitorlik ijodiy sohasida namoyon bo’lishni bilish;

  • Kuylashda forte va piano dinamik tuslarini bajarish, o’zi va o’rtoqlari idrok etgan qo’shiqlarning ijrochilik saviyasi va badiiy sifatini baholay bilish;

  • Mashhur qo’shiq va ashulalar yor-yorlar hamda ushshoqlarning mahalliy uslub variantlarini tinglab ajrata olish;

  • Kuylash va tinglash madaniyatiga ega bo’lish;

  • Musiqa naqadar qadimiy san’at ekanligi, o’zbek xalq musiqasining ildizlari uzoq davrlarga borib taqalib, yillar, asrlar davomida sayqal topib, rivojlanib kelganligi, shu bois xalqimizning boy madaniyatini, milliy qadriyatlarimizni o’zda aks ettirish va nihoyat o’zbek milliy musiqamiz umumbashariy jahon musiqa madaniyatining ajralmas bir bo’lagi ekanligini tasavvur qila olish;

  • O’zbek milliy musiqiy merosini o’rganish orqali ularda milliy g’urur va Vatanparvarlik hislarini shakllantirish.

Badiiy havaskorlik qatnashchilarining ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish uslublari.

Badiiy rahbar musiqiy to’garak qatnashuvchilari jamoasi bilan hamda yakka tartibda ish olib boorish yo’l-yo’riqlarini bilishi lozim. Badiiy havaskorlik jamoalarida qatnashuvchilarning ijodiy qobiliyatini rivojlantirish maqsadida ma’lum bo’lgan repertuar materiali asosida ish olib boorish tavsiya etiladi. Ayrim ijodiy uyushmalarda ijodkorlar bilan ish olib boorish uchun hamisha ham shart-sharoit mavjud bo’lavermaydi. Masalan: har bir to’garak qatnashchisining imkoniyatlari, qobiliyatlari va individual xususiyatlariga maksimal darajada mos keladigan shart-sharoitlar bo’la vermaydi. Havaskorlarni ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish va ularning darajasiga qarab ijodiy pozitsiyaga qo’yish uslublari pedagogikada muammoli evristik uslubiyat (evristika grekcha – haqiqatni topish, san’ati nazariy tadqiqotlarning usullari va uslubiy qoidalar sistemasi) deb ataladi. Badiiy rahbar qatnashuvchilarning ijodiy va aktivlik qobiliyatlariga qarab ularni rivojlantirish maqsadida quyidagi guruhlarga ajratishi mumkin:



1 – guruh. Badiiy rahbar muammo qo’yadi va hal etadi. Qatnashuvchi uning hal etish yo’llarini eslab qoladi va takrorlaydi.

2 – guruh. Badiiy rahbar qatnashuvchilarga masala yoki muammo qo’yadi, shartlarni bayon qiladi, hal etishning mumkin bo’lgan variantlari bilan tanishtiradi va eng samarali variantlarini tanlashni taklif qiladi.

3 – guruh. Badiiy rahbar faqatgina muammoni yoki vazifani ko’rsatibgina qolmasdan, to’garak qatnashuvchilarga uni har tomonlama o’rganish va hal qilishni taklif qiladi.

4 – guruh. To’garak qatnashchisining o’zi muammoni ko’ra bilish, ifodalash va uni hal qilishi kerak. To’garak qatnashuvchilarining ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish borasida ish olib borganda ularning faoliyatni mativlari haqidagi masalani alohida ajratib ko’rsatishi kerak. Badiiy havaskorli to’garak rahbarining pedagogic mahorati va professional omilkorligining ko’rinishlaridan biri qatnashchilar uchun ular bajara oladigan va jamiyat chinakkam qadrlaydigan ijodiy vazifalar va faoliyat ob’ektlarini topa olishidir. Bunday qilish qatnashchilar nazarida mashg’ulotlarning muhimligini kuchaytiradi. Masalan badiiy havaskorlik guruh rahbari yangi qatnashchi bilan birinchi uchrashuvda unda qandaydir sabaga ko’ra yoqimsiz taassurot qoldirishi mumkin. Bunda salbiy tartibdagi boshlang’ich emotsional reaksiya paydo bo’ladi. Bu holat rahbarning hatti-harakatidagi iliqlik deb baholanadi, to’la ob’ektiv bo’lmagan ya’ni, ilgari paydo bo’lgan ta’sir nuqtai nazari bilan noxilisona munosabat den tasvvur etiladi. Biroq, birinchi taassurot ijobiy ham bo’lishi mumkin. Madaniy ma’rifiy muassasalardagi havaskorlik guruhlarining xilma-xilligini o’rganish qatnashchilarning aktivlik darajasiga qarab guruhlarning tiplarini belgilash imkoniyatini beradi. Qatnashchilar aktivligi izchil ortib boorish, bo’yicha guruhlarning bir-biriga qiyoslash qatnashchilar aktivligini rivojlantirishni guruhlarning yanada tashabbuskor va ijodkor guruhlarga aylanishni ta’minlaydigan tashkiliy pedagogic harakatlarning ba’zi umumiy uslubiyatini aniqlash imkonini beradi. Shu nazariyaning asosiy qoidalariga ko’ra alohida xususiyatlarga ega bo’lgan guruhlar o’quvchining individual ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish uchun eng qulay sharoitlar yaratadi.

Birinchidan to’garak qatnashishlarida ijtimoiy ahamiyatli maqsadlarining mavjudligi va ularga erishish yo’lidagi qarashlarini bir xil bo’lishi.

Ikkinchidan aniq taxminiy demokratik struktura, ixtiyoriy ravishda qabul qilinadigan huqular majburiyatlarning belgilanganligi yaxshi tashkil etilgan faoliyat havaskorlik jamoasining samarali ish olib borilishni ta’minlashning eng muhim shartlaridan biri hisoblanadi.

Uchinchidan, qatnashchilar o’rtasidagi emotsional aloqalarning ijobiy xarakteri, shuningdek o’quvchining guruhdagi «Himoyalanganligi» jamoasining belgisi va uning har bir a’zosi yaxshi ish olib borishidan dalolat beradi.

O’quvchi – yoshlarning musiqa mashg’ulotlariga qatnashishi ularning musiqaviy faoliyatlarining bir turidir. O’ziga xos xususiyatga ega bo’lgan musiqiy mashg’ulotlar professional jamoalarning ayrim jihatlari bilan farq qilib turadi. Avvalo bu ikkala musiqa mashg’ulot qatnashchilarining o’rtasida farqni aytish lozim. Musiqa mashg’ulotlariga o’quvchilar havaskor sifatida qatnashmadilar. Bu alohida ziyraklik va diqqat e’tiborni talab etadi. Har bir to’garak qatnashchisi u yoki bu badiiy asarda mavjud bo’lgan va san’atkorning tasvirlanayotgan narsaga munosabatini uning his tuyg’ulari va fikrlarini o’z ichiga oluvchi muallifning maqsadini o’qib olishni o’rganibgina qolmasdan, balki uning hayotidagi u yoki bu xodimlarga o’z munosabatini ifodalashning vositasi bo’lgan san’at tilini erkin egallab olishi ham kerak. Binobarin, ijodiy rivojlanishga idrok etish bilan faoliyat o’rtasida mustahkam aloqa bo’lishii taqozo etuvchi jarayon deb qaralmog’I kerak. U yoki bu asarni idrok etganda o’quvchining ijodiy tafakkuri birinchi navbatda ijod usullari va ijodiy mahsulotni yaratish yo’llari to’g’risidagi bilimlarga tayanadi, buning natijasida badiiy forma va vositalarni tushunish asarlari shakllanadi.

Sinfdan va maktabdan tashqari musiqiy tarbiyaning ommaviy shakllarini maqsadi o’quvchilarni ko’proq musiqaning tarbiyaviy imkoniyatlari bilan tushuntirish va ularni ommaviy tarzda musiqa tarbiyasiga jalb etish, eng asosi ularning ma’naviy-axloqiy dunyoqarashlarini shakllantirish taqozo etadi. Bular ashula bayramlari, musiqa haftaligi, san’at bayramlari, ijodiy uchrashuvlar teatr va konsertlarga tanlovlarga ishtirok etish, leksiya konsertlar va boshqa ommaviy tadbirlardan iboratdir.

Ammo bularning har biriga o’quvchilarni oldindan tayyorlan qatnashishlarni tashkil etish kerak. Bu tadbirlarning har biri yuksak badiiy darajada tashkil etilib, amalgam oshirilishi chinakkam badiiy – musiqiy bayram ruhini kasb etishi lozim. O’tkazilayotgan tadbirlarning muvoffaqiyatli, yuksak saviyada o’tishi uchun tadbirlarning aniq reja asosida olib bborish chora tadbirlarni ko’rish lozim. Musiqa tarbiyasining mazkur formasida o’quvchilar musiqa o’quvini tekshiruvdan o’tkazilmasdan turib erkin ishtirok ettirishmaydi.


Download 0,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish