Samarqand davlat universiteti



Download 0,6 Mb.
bet6/8
Sana28.06.2017
Hajmi0,6 Mb.
#18984
1   2   3   4   5   6   7   8

Yil mavzusi: Musiqada shakl va mazmun.

I – chorak Musiqa ifoda vositalari.

1. Qo’shiq kuylash qoidalari.

2. Rustam Abdullayev. Qo’zichoq.

3. Raqs haqida tushuncha. Salom maktab.

4. Kuylagim.

5. Oltin paxtam – oppog’im.

6. Nota bilan kuylaymiz.

7. Dirijyorlik «Bolalar uchun vals»

8. Chorak pauza.

9. MSNI – 1.

II – chorak Xor va orkestr.

10. Farxod Alimov. Oppoq qandim.

11. Nisholda.

12.Xor. Qor.

13. Orkestr. Nota bilan kuylaymiz

14. Qo’shig’imiz avjida.

15. Major va minor.

16. Yangi yil qo’shig’i MSNI – 2.

III – chorak Musiqaning tuzilishi.

17-18. Yosh askarlar qo’shig’i. Uch tovushlik.

19. Quvnoq bolalar qo’shig’i.

20. Ton va yarim ton.

21. Habibulla Rahimov. Men g’unchaman.

22. Al’taratsiya belgilari.

23. Nevaralar qo’shig’I

24. Musiqada dinamik belgilar.

25. Binofsha qo’shig’i.

26. MSNI – 3

IV – chorak Oddiy musiqa shakllari. Band va naqorat.

27. Laylo Mujdabova. «Yalpiz»

28. Navro’z keldi.

29. Baxtiy erkatoy.

30. Svetafor.

31. Repriza.

32. Qo’zilarim.

33. Keng Turkiston.

34. Rus kompozitori P.I.Chaykovskiy. MSNI – 4 .


Mavzu nomi

Ajratilgan soat

Yil mavzusi: O’zbek xalq musiqa madaniyati.

34 soat

O’zbek xalq aytim va cholg’ulari.

9 soat

Bayram va marosim qo’shiqlari.

7 soat

mavsum qo’shiqlari

10 soat

bahor fasli qo’shiqlari.

8 soat

Yil mavzusi: O’zbek xalq aytim va cholg’ulari.

I – chorak O’zbek xalq aytim va cholg’ulari.

1. Xalq qo’shiqlari.

2. Tomdan tarasha tushdi.

3. Shaftoliga savolim.

4. O’zbekistonim.

5. Mehnat qo’shiqlari.

6. Do – major tonalligi

7. O’zbek xalq qo’shiqlari.

8. O’lkamizni o’rganaylik.

9. Damli va zarbli cholg’ular. MSNI – 1

I – Chorak Bayram va marosim qo’shiqlari.

10. Yaxshi bola.

11.To’y marosim qo’shiqlari.

12. Kulcha non.

13. Xalq raqslari. Kamarinskaya.

14. Lizginka. Yallama yorim.

15. alla aytimlari.

16. Sol’ major tonalligi. MSNI – 2


III – chorak

17. Mavsum va marosim qo’shiqlari. Biz askarmiz.

18. Baxshi jasorati.

19. Qorbo’ron.

20. Nay sadosi.

21. Sovuq kimni izlaydi.

22. Ramazon marosimi qo’shiqlari.

23. Ona qo’llari.

24. Navro’z bayrami qo’shiqlari.

25. Boychechak

26. Fa – major tonalligi.

IV – chorak

27. Bahor fasli qo’shiqlari haqida tushuncha.

28. Re – major tonalligi.

29. Temur bobom – mening bobom.

30. Bolalar xalq qo’shiqlari.

31. Bastakor Komiljon Jabborov

32. Bahor elchilari haqida qo’shiq.

33. Chumchuqvoy.

34. Bastakor Faxriddin Sodiqov MSNI – 4

Yuqori sinflarda ham shu reja asosida amalga oshiriladi:
Beshinch sinf haftasiga 1 soat.


Mavzu nomi

Ajratilgan soat

Yil mavzusi: Kompozitorlik musiqa janri

34 soat

O’zbek xalq cholg’ulari orkestri. Xor san’ati.

9 soat

Simfonik orkestr. Musiqada vokal simfonik janrlari.

7 soat

Sahnaviy musiqa asarlari. Balet va raqs san’ati. Musiqada drama va komediya bolalar uchun musiqali ertak tomoshalar.

10 soat

Opera san’ati. O’zbek musiqasida opera janri.

8 soat

Yil mavzusi: Kompozitorlik musiqa janri.

I – chorak. O’zbek xalq cholg’ulari orkestri xor san’ati.

1. Orkestr turlari haqida. O’zbek xalq cholg’ulari orkestri va uning

damli cholg’ular guruhi.


  1. O’zbek xalq cholg’ulari orkestrining torli – urma va mizrobli cholg’ular guruhi.

  2. O’zbek xalq cholg’ulari orkestrining zarbli va torli kamonli cholg’ular guruhi.

  3. Xor san’ati.

  4. Xor ijrosi uchun xalq qo’shiqlarini moslashtirish.

  5. Xor uchun professional janrlarda ijod qilishi.

  6. Xor jamoalarining tuzilishi va turlari.

  7. MSNI – 1

  8. Dars konsert.

II – chorak Simfonik orkestr. Musiqada vokal simfonik janrlar.

  1. Simfonik orkestr va uning torli kamonli cholgular guruhi.

  2. Simfonik orkestrning yog’och va mis damli cholg’ular guruhi.

  3. Simfonik orkestrning zarbli cholg’ular guruhi.

  4. Musiqada vokal simfonik janrlar

  5. Qasida janri. Kontata va fatorillar.

  6. MSNI – 2

  7. Dars konsert. O’tilganlarni mustahkamlash.

III – chorak. Sahnaviy. Musiqa asarlari – balet va raqs san’ati. Musiqali drama va komediya bolalar uchun musiqali ertak-tomoshalar.

17. Sahnaviy musiqa asarlari.

18. Balet san’ati.

19. O’zbek baletlari.

20. O’zbek raqs san’ati.

21. Musiqali drama.

22. To’xtasin Jalilovning «Tohir va Zuhra» musiqali dramasi va uning o’zbek san’atida tutgan o’rni va ahamiyati.

23. Musiqali komediya.

24. O’zbek bastakorlari – I.akbarov, S.Jalil, M.Bafoyev, F,Alimov va boshqalar ijodida musiqali drama va komediyalarning o’rni

25. MSNI – 3

26. Respublika teatrlarida bolalar uchun yaratilgan musiqali ertak tomoshalar.

IV – chorak Opera san’ati va o’zbek musiqasida opera janri.

27. Opera san’ati

28. Jahon opera san’atida J.Verdi ijodining o’rni va ahamiyati.

29. M.Mosart, J.Bize, P.Chaykovskiy, N.R-imskiy – Korsakov kabi dunyo tan olgan bastakorlarning operalari

30. O’zbek musiqasida opera janri Muxtor ashrafiyning o’zbek musiqasining rivojidagi o’rni.

31. Sulaymon Yudakovning «maysaraning ishi» operasi, uning yaratilish tarixi, o’rni va ahamiyati.

32. Bolalar uchun operalar.

33. Zamonaviy bastakorlik ijodiyotining madaniy rivojlanishimizdagi ahamiyati MSNI – 4.

34. Takrorlash.


Oltinchi sinf. Haftasiga 1 soat.

Mavzu nomi

Ajratilgan soat

Yil mavzusi: Mumtoz musiqa.

34 soat

Mumtoz musiqa haqida tushuncha.

9 soat

Sharq xalqlari mumtoz musiqasi.

7 soat

Zamonaviy musiqa va uning asosiy xususiyatlari.

10 soat

Yevropa mumtoz musiqasi haqida tushuncha.

8 soat

Yil mavzusi: Mumtoz musiqa.

I – chorak. Mumtoz musiqa haqida tushuncha.

1. Mumtoz musiqa.

2-3. Mumtoz kuylari, mumtoz ashula.

4. Shashmaqom mumtoz musiqamiz asosi.

5. Farg’ona – Toshkent vohasining mumtoz musiqasi.

6. Xorazm vohasining mumtoz musiqasi.

7. Surxandaryo – Qashqadaryo mumtoz musiqasi.

8. MSNI – 1 .

9. Mumtoz musiqasining madaniyatimizdagi o’rni.

II – chorak. Sharq xalqlari mumtoz musiqasi.

10. Turk, Ozarbayjon va Turkman xalqlarining mumtoz musiqasi.

11. eron va arab xalqlari mumtoz musiqasi.

12. Xitoy va uyg’ur xalq mumtoz musiqasi.

13. Yapon xalq mumtoz musiqasi.

14. Hind xalq mumtoz musiqasi.

15. Qozoq va qirg’iz xalqlarining mumtoz musiqasi. MSNI – 2

16. Tojik xalq mumtoz musiqasi. Sharq xalqlari kasbiy musiqasining o’xshashligi.

II – chorak. Zamonaviy musiqa va uning asosiy xususiyatlari.

17. O’zbek zamonaviy musiqasi.

18. Fol’klor musiqasi.

19. Estrada ,usiqasi.

20. Botir Zokirov

21-22. Estrada guruhlari «Yalla» guruhi.

23. Zamonaviy musiqaning turlari.

24. Rok va Jaz janrlari.

25. MSNI – 3

26. Musiqa san’ati bo’yicha ko’rik tanlov va festivallarning o’tkazilishi.

IV – chorak. Evropa mumtoz musiqasi haqida tushuncha.

27. Evropa mumtoz musiqasi.

28. Volfgang Amadey Mosart.

29. Simfoniya Lyudvig Van Betxoven.

30. Fridrik Shopen.

31. Mixayil Ivanovich Glinka.

32. P.I.Chaykovskiy.

33. MSNI – 4.

34. Evropa musiqasining jahon xalqlari orasida ommalashish.


Ettinchi sinf haftasiga 1 soat.



Mavzu nomi

Ajratilgan soat

Yil mavzusi: Xalq musiqasining mahalliy uslublari. Maqomlar haqida umumiy tushuncha.

34 soat

Surxandaryo, Qashqadaryo, Buxoro, Samarqand vohalarining musiqiy uslublari.

9 soat

Farg’ona – Toshkent va xorazm vohalarining musiqiy uslublari.

7 soat

Shashmaqom.

10 soat

Xorazm maqomlari. Farg’ona – Toshkent maqom yo’llari.

8 soat

I – chorak Surxandaryo, Qashqadaryo, Buxoro, samarqand vohalarining musiqiy uslublari.

1-2. Surxandaryo-Qashqadaryo musiqa uslubi haqida tushuncha.

3. Maqomot qo’shiqlari.

4. Surxandaryo, Qashqadaryo dostonchilik an’analari.

5. Buxoro Samarqand musiqa uslublari haqida tushuncha.

6. Sozandachilik san’ati.

7. Mavrigi janri.

8. Buxoro Samarqand dostonchilik an’analari. MSNI – 1.

9. O’tilganlarni takrorlash.

II – chorak Farg’ona va Xorazm vohalarining musiqiy uslublari.

10. Farg’ona Toshkent musiqa uslubi haqida tushuncha.

11. Yallachilik san’ati. Xalq ashulalari.

12. Xorazm musiqa uslublari haqida tushuncha.

13. Xorazm dostonchilik an’analari.

14. Xalfachilik san’ati.

15. Xorazm ashulachilik san’ati. MSNI – 2..

16. O’tilganlarni takrorlash.

III – chorak Shashmaqom.


  1. maqom haqida tushuncha.

  2. 18. O’n ikki maqom.

19-20. Shashmaqom. Shashmaqom cholg’u kuylari.

21-22. Shashmaqom aytim yo’llari.

23-24. Sarhablar aytim yo’llari.

25. MSNI – 3

26. «Talqin» va «Nasr» aytim yo’llari.

IV – chorak. Xorazm maqomllari Farg’ona Toshkent maqom yo’llari.

27. Xorazm maqomlari.

28. xorazm maqomlari. Chertim yo’llari.

29-30. Xorazm maqomlari aytim yo’llari.

31. Farg’ona Toshkent maqom yo’llari. Farg’ona Toshkent maqom cholg’u yo’llari.

32. Farg’ona Toshkent maqom ashula yo’llari.

33. MSNI – 4.



34. O’tilganlarni takrorlash.
Xususiy metodlar o’qitish faoliyati maqsadga qarab 4 ga bo’linadi:

  1. Darsni musiqaviy umumlashtiruvchi metod.

  2. O’tilgan darslarga oldindan «Yugurib» bog’lanib o’tish va ilgari o’tilganlarga qaytim metodi.

  3. Dars mazmunini emotsional dramaturgiyasi metodi.

  4. Darsning pedagogic jihatdan kuzatilishi va bilimlarning baholanish metodi.

  1. Darsning musiqaviy umumlashtirish metodi yetakchi metodlaridan biri bo’lib bu metodni sinfdan va maktabdan tashqari mashg’ulotlarda qo’llashimiz mumkin. Bunda o’quvchilarni musiqiy idrokni mantiqiy badiiy qobiliyatini rivojlantirishga qaratiladi:

    • O’qituvchi darsda hal qilinishi lozim bo’lgan konkret vazifalarni vujudga keltiradi.

    • O’qituvchi va o’quvchi birga hamkorlikda vazifani yechadi.

    • O’quvchilar tomonidan yakuniy xulosalar chiqariladi.

  2. Emotsional dramaturgiya metodi bilan darsning mantiqiy yaxlitligiga erishiladi. Bunda chorak mavzusi asosida dars rejasi uchun asarlar tanlanadi. Tanlangan mavzular ham maqsadga muvofiq bo’lib, boshlanishi va yakunlanishiga bog’liqdir. O’qituvchi darsni ijrochilik mahorati so’z ustaligi bilan qiziqarli qilib o’tishi kerak va o’quvchilarni darsga faol qiziqtirish, darsning emotsional dramaturgiyasi, yani avjiga erishishi lozim. Musiqa o’qituvchisi maktabda musiqa darsidan tashqari konsertlar badiiy kechalar, uchrashuvlar o’tkazishni talab etadilar.

  3. Oldinga «Yugurib o’tish» ya’ni ilgari o’tilgan materialdan foydalanib o’quvchilarni yangi material o’zlashtirishga tayyorligini sinab ko’rish va bunda oldin egallagan bo’lishlariga suyanish uchun foydalaniladi.

Darsni pedagogic kuzatilishi va bilimlarni baholash maqsadga qarab bir necha turlarga bo’linadi:

    • O’quvchilarni bilish faoliyatini tashkil etuvchi va amalgam oshiruvchi turi.

    • Bilim faoliyatini rag’batlantirish va tanbehlash talablarini qo’yish.

    • O’qish bilish faoliyatini samaradorligini boshqarish va nazorat qilish. Baholashda shunday ehtiyotkor bo’lish kerakki, o’quvchilarni kayfiyati tushib ketmasin. Darsga qo’shiq kuylashga qiziqishi so’nmasin. Rag’batlantirishda esa aksincha o’qituvchi va o’quvchi munosabatlari me’yordan chiqib ketmasligi kerak. Balki, rag’batlantirish, sinfda boshqa o’quvchilarga namuna bo’lib xizmat qilsin va ular odobli, aqilli bo’lishga intilsinlar, shunday qilib, musiqa o’qitish metodlarini boshqa turlari ham mavjud:

  1. Musiqa o’qitishning og’zaki metodlari.

  2. Ko’rgazma o’qitish metodlari.

  3. Amaliy o’qitish metodlari

  4. O’yin metodlari.

  5. Taqqoslash metodlari

  6. Musiqiy o’quvi bo’sh bo’lgan bolalar bilan ishlash metodi.

1) Musiqa o’qitishning og’zaki metodlari. Musiqa darsida o’qituvchining so’z mahoratiga alohida talab qo’yiladi. O’qituvchi o’zining asar haqidagi badiiy kirish so’zi bilan o’quvchilarni ajoyib va sehrli musiqa olamiga olib kiradi hamda qiziqarli hikoya yoki suhbat yo’li bilan bolalar diqqatini jalb qilib, musiqani badiiy idrok etishlariga erishadi. Asosan, bu metoddan boshlang’ich sinfda ko’proq foydalaniladi.

Hikoya – bu o’qituvchining musiqa asari haqida jonli emotsional yorqin bayoni, hikoya qisqa, obrazli, jonli, qiziqarli bo’lib, uning maqsadi o’quvchilarni badiiy idrok etishga o’rgatish.

Suhbat o’qituvchi va o’quvchilar orasidagi dialog shaklidagi faoliyatidan iborat bo’lib, o’quvchilarni mustaqil fikrlashga undaydi. Ularni nutqini o’stiradi, fikriy faoliyatini kuchaytiradi, bilish qobiliyatini faollashtiradi hamda dunyoqarashini kengaytiradi.

Tushuntirish – ilmiy isbotlash metodi sifatida musiqa darsida qo’llaniladi. Bu asosan, musiqa savodi faoliyatida qo’llaniladi.

2) Ko’rgazmali o’qitish metodlari. Ma’lumki musiqa harakatlanuvchi kuy va ohang tovushlaridan iborat bo’lgan san’atdir. Uni faqat eshitish organlari orqali tinglab, idrok etish mumkin. Ko’rgazmali o’qitishni esa nnota yozuvlarni, plakatlar, rasmlar o’qituvchining so’zi, dirijyorlik ifodalari, raqs harakatlari, bolalar cholg’u asboblari, musiqani jonli va aniq ijrosi, texnik vositalaridan foydalaniladi. Demak, musiqaning jonli yangrashi darsda, sinfdan va maktabdan tashqari mashg’ulotlarda asosiy ko’rgazma bo’lib xizmat qiladi.


  1. Amaliy o’qitish metodlari. Amaliy metodlar vositasida o’quvchilar vocal – xor malakalari musiqaning tuzilishi hamda ifoda vositalarini tahlil etish, uning janr va shakllarini aniqlash hamda nota yozuvini o’rganish malaka va ko’nikmalarni shakllantirish uchun foydalaniladi. Amaliy metodlar, vocal-xor malakalarini rivojlantirishda muhim vosita bo’lib hisoblanadi.

4) O’yin metodi. Boshlang’ich sinflarda ko’proq ijobiy natija beradi. Yangi dastur asosida yaratilayotgan qo’llanma va darsliklarda o’yin va uning elementlari keng joriy etilgan. Boshlang’ich sinf o’quvchilari serharakat va o’yingga moyil bo’ladilar. Darsda qo’llaniladigan musiqali o’yinlar o’quvchilarning musiqiy o’quvini o'stiradi, musiqiy qobiliyatini rivojlantiradi, xotirasini mustahkamlaydi va musiqa darsiga qiziqish uyg’otadi.

5) Taqqoslash metodi. Musiqa darsi jarayonida kontrakt, ya’ni taqqoslash metodi keng qo’llaniladi. U vocal – xor ishlarida o’qituvchi o’quvchilar bilan gramyozuvdagi ijrolarini taqqoslashda musiqa asarining tahlili va janrlarni belgilashda keng qo’llaniladi. Masalan, raqs, marsh, janrlarni templari, turli cholg’u asboblaridagi ijrolar farqini aniqlashda foydalaniladi.

6) Musiqa o’quvi bo’sh bo’lgan bolalar bilan ishlash metodi – musiqa o’quvi bo’sh bo’lgan o’quvchilar bilan dars jarayonida differensial guruhlarga bo’lib va darsdan keyin vaqt ajratib, yakka (individual) tarzda ish olib boriladi. Differensial guruh deganda o’quvchilarni musiqiy qobiliyati, o’quvi va ovoziga qarab uch guruhga bo’linadi.

Birinchi – guruhga ovozi jarangli, yaxshi musiqiy qobiliyatga ega bo’lgan o’quvchilar kiradi.

Ikkinchi – guruh ovozi musiqiy qobiliyati o’rtacha bo’lgan, ya’ni o’qituvchining ovoziga ergashib, tayanib kuylaydigan o’quvchilar kiradi.

Uchinchi – guruhga esa ovozi uncha yaxshi bo’lmagan musiqiy qobiliyati bo’sh bo’lgan o’quvchilar kiradi.

Sinfdan va maktabdan tashqari mashg’ulotlar jarayonida bu o’quvchilar quyidagi tartibda o’tkaziladi. Birinchi qatorda o’qituvchini ovoziga tayanib kuylaydiganlar, ikkinchi qatorga musiqiy o’quvi bo’sh, yaxshi musiqiy qobiliyatga ega bo’lmagan o’quvchilar, uchinchi qatorga qobiliyatli ovozi jarangdor bo’lgan bolalar o’tkaziladi. Bunda ikkinchi qatordagi o’quvchilar musiqa ohanglarini atrofdagilar eshitib ularning ovozlariga ergashib, chiroyli to’g’ri kuylashga harakat qiladilar. Shu uslub bilan o’quvchilarni musiqiy o’quvini o’stirish mumkin. Ba’zi musiqiy o’quvi bo’sh bo’lgan bolalar bilan musiqiy mashg’ulotlardan keyin alohida, yakka tartibda shug’ullanib, topshiriqlar beriladi va ovozlari sozlanib qo’shiqlar alohida o’rgatiladi. Shu tariqa hamma o’quvchilarni musiqaga qiziqisho qo’shiq kuylashi, musiqa tinglash ishtiyoqi, qobiliyati, musiqiy o’quvi, bir xilda bo’lib, qo’shiq kuylash malakalari hosil bo’ladi.
2.2. Musiqiy mashg’ulotlarni o’tkazish va unga

qo’yiladigan talablar.

Musiqa mashg’ulotlari jihozlangan xanada olib boorish yoshlarni kasb-hunarga yo’naltirgan iqtidorli rivojlantirish bo’yicha amaliy ishlarni moddiy ba’zasini yaratish va mustahkamlash maktabdan tashqari ta’lim muassasalarining muhim vazifalaridan biridir.

Mashg’ulotlarni samarali o’tkazishga o’quv xonalarning jihozlanishi quyidagi belgilarga qarab aniqlanadi.


  • Mashg’ulotlarni olib borishi uchun ajratilgan xonanaing talab darajasida ekanligi;

  • Xona saxni undagan jihozlarning to’g’ri joylashuvi va undan oqilona foydalanish darajasi;

  • Xonada mashg’ulot o’tishda xilma-xil uslublardan foydalanish mumkinligi;

  • Tegishli hujjatlar va o’quv qo’llanmalarning talab darajasida saqlanayotganligi;

  • Xonada yaratilgan sanitariya va gigena sharoitlarining to’g’ri tashkil qilish;

  • Xonada texnika xavfsizligini talablariga javob beradilagn shartlarning yaratilishi, shu jumladan yong’inga qarashli chora ko’ringanligi;

  • O’quv uskuna, material va hujjatlarni saqlash uchun masalalarning mavjudligi.

Musiqa mashg’ulotlarini talab darajasida olib boorish uchun mashg’ulot xonasi quyidagi jihozlar bilan ta’minlanishi zarur;

  • Musiqa asboblarida, ilg’or pedagogic tajriba materiallari, o’quvchilarning eng yaxshi ishlarini namoyish etadigan moslamalar; (sahna bezaklari, ko’rgazma qurollari, ijodiy ishlar va h.k.)

  • Texnik vositalardan foydalanadigan moslamalar (ovoz kuchaturgich, ekran, texnika vositalar va ular o’rnatiladigan tagliklar)

  • O’quvchilar va rahbarlari uchun nota yozuvlari aks etgan o’quv adabiyotlar.

Xonada guruhli yoki yakka tartibda mashg’ulot olib boorish uchun tegishli sharoitlarni yaratish kerak.

Mashg’ulot qatnashchilarining huquq va vazifalari.

Huquqlari: Maktab o’quvchilari o’zlari qiziqqan sohaga tegishli bo’lgan to’garakka ixtiyoriy ravishda a’zo bo’ladilar. O’quvchilar o’zining bo’sh vaqtini bekor o’tkazmasligi uchun bir yoki bir nechta to’garak mashg’ulotlarida ishtirok etishi mumkin. O’quvchi kasb-hunar to’garaklari o’rtasida o’tkaziladi turli ko’rik tanlovlarda o’z ijodiy ishlarini taqdim etish va xohlagan ko’riklarda qatnashishi huqulariga ega. Mazkur ko’riklar maktablararo o’tkaziladigan taqdirda qaysi maktab yoki to’garak tomonida ishtirok etish o’quvchi ixtiyorida bo’ladi.

Vazifalari: Mashg’ulot a’zoligiga umumta’lim maktablarida ta’lim olayotgan o’quvchi yoshlarning irqi, millati, ijtimoiy kelib chiqishidan qat’iy nazar 1-2 sinf o’quvchilari, litsey va kollej hamda oily o’quv yurti talabalari qabul qilinishlari mumkin.

Mashg’ulotlariga qatnashish istagini bildirgan o’quvchi, avvalo yozama ravishda mashg’ulot rahbarlariga ariza berishlari shart. Ularga musiqa mashg’ulotlarida ishtirok etayotganliklarini ota-oanalari hamda o’zlari ta’lim olayotgan o’quv dargohi ma’muriyatiga bildirib qo’yishlari kerak. Musiqa mashg’ulotlariga qatnashayotgan o’quvchi mashg’ulot jadvaliga qat’iy amal qilishi talab etiladi. U mashg’ulotlarni sababsiz qoldirishi mumkin emas. Agarda uning uzurli sabab bo’lsa mashg’ulot rahbarini ogohlantirib qo’yilishi lozim. Mashg’ulot qatnashchilari avvalo kasb-hunar sirlarini bilishga uni mukammal egallab aytishga harakat qilishlari zarur. Mashg’ulot rahbarlari tomonidan uyiga topshiriq sifatida beriladigan vazifalarni o’z vaqtida bajarishlari talab etiladi. Mashg’ulot a’zolari quyidagi ichki tartib qoidaga amal qilishlari majbur:

O’quv mashg’ulotlarga begona odamlarni boshlab kelishi mashg’ulot xonalaridagi texnik vositalarga ko’rgazmali qurollarga, elektr tarmoqlari, magnitafon va ovoz kuchayturgichlarga rahbarning ruxsatisiz teginishlari qat’iyan man qilinadi.



1. Rahbarda lozim bo’lgan hujjatlar:

  • Muassasa Nizomi: (bunda nizom qonunda belgilangan tartibda ro’yxatdan o’tkazilgan bo’lishi kerak)

  • Ish reja va uning bajarilishi:

  • Muassasaning istiqbol rejasi va uning bajarilishi;

  • «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ni ro’yobga chiqarishni bosqichlarini amalga oshirish bo’yicha tadbirlar va ularda belgilangan vazifalarni bajarilishi;

  • Pedagog xodimlarni kasbiy mahoratini aniqlash ularga uslubiy yordam ko’rsatish maqsadida kuzatilgan mashg’ulotlar tahlili;

  • Pedagog kengash rejasi va uning bajarilishi;

  • Rahbar huzurida o’tkazilishi lozim bo’lgan yig’ilishlar rejasi va uni rasmiylashtirilishi;

  • Shahar, tuman, viloyat miqyosida o’tkaziladigan ommaviy tadbirlar rejasi va ularning bajarilishi;

  • Kam ta’minlangan olilalar hamda yetim-yesirlarni moddiy va ma’naviy qo’llab –quvvatlash bo’yicha amlga oshirilgan ishlar;

  • Muassasada amalga oshirilgan ishlarning uch yillik tahliliy ko’rsatkichlarini manitoring tahlili;

2. Uslubchisida lozim bo’lgan asosiy ish hujjatlar:

  • Ish rejasi va ularning bajarilishi;

  • Musiqa mashg’ulotlari jadvali;

  • Uslubiy birlashmalar ish hujjatlari;

  • Musiqa mashg’ulotlarini kuzatish tahlil qilish daftari;

  • Ilg’or ish tajribalarini o’rganish va ommalashtirish ishlari;

  • Malaka oshirish va qayta tayyorlash ishlarini rejasi va uning bajarilishi;

  • Mashg’ulot jurnallari;

  • Mashg’ulotlarni tahlil qilish daftari;

3. To’garak rahbarlariga lozim bo’lgan hujjatlar:

  • Ish rejasi;

  • Mashg’ulotlar ma’ruzalari va shunga oid o’quv materiallari;

  • To’garak jurnallari;

  • O’z ustida ishlash rejasi;

  • O’zaro mashg’ulotlarni kuzatish daftari.

Maktabdan tashqari ta’lim muassasalari uslubiy uyushmalar faoliyatini tashkil etish.

Maktabdan tashqari ta’lim muassasalari «Uslubiy uyushmalar faoliyatini tashkil qilish» O’zbekiston Respublikasi xalq ta’lim Vazirligining 2002 yil 8 iyuldagi 109 sonli buyruqlarining ilovasi bilan tasdiqlangan. «Tuman uslubiy uyushmalari to’g’risida»gi Nizom asosida ta’lim yo’nalishi bo’yicha uslubiy uyushmalar faoliyat ko’rsatadi. Bu uyushmalarning maqsadi maktabdan tashqari ta’lim muassasalaridagi uslubiy birlashmalar faoliyatini muvofiqlashtirib boorish, yangi pedagogic texnologiyalarning ilg’or tajribalarini o’rganish ijobiy tashabbuskorlikni uyg’unlashtirish, ta’lim-tarbiya berishning zamonaviy usullarini ishlab chiqish ularning kasbiy mahoratlarini muntazam takomillashtirib borishda ko’maklashishdan iborat.

Maktabdan tashqari ta’lim yo’nalishidan tashkil etilgan uslubiy uyushmasi o’z faoliyatida O’zbekiston Respublikasining «Ta’lim to’g’risida» gi qonuni «Kadrlar tayyorlash milliy dastur» xalq ta’limi boshqaruvi organlari tomonidan tasdiqlangan me’yoriy hujjatlar hamda «Shahar fan uslubiy uyushmalari to’g’risida» gi Nizomda amalgam qiladi.

Uslubiy uyushmaga eng ijodkor va tajribali (uslubchi) maktabdan tashqari muassasa rahbarlari uyushmasiga yig’ilishda saylangan rais rahbarlik qiladi. Uslubiy uyushma faoliyati bilan bog’liq barcha tashkiliy ishlar va hujjatlarni yuritish xalq ta’limi bo’limining maktabdan tashqari ta’lim yo’nalishi bo’yicha shug’ullanuvchi mutaxassisi tomonida nazorat qilinadi.


Download 0,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish