Samarqand davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti


Kezib  yuruvchilar  kenja  sinfi  –  Errantia



Download 0,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/154
Sana31.12.2021
Hajmi0,92 Mb.
#203928
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   154
Bog'liq
zoologik tadqiqot uslublari

Kezib  yuruvchilar  kenja  sinfi  –  Errantia.  Bu  kenja  sinfga  bosh  qismi 
yaxshi  rivojlangan  va  gavda  segmentlari    ma’lum  darajada  gomonom  bo’lgan 
turlar kiradi. 
Masalan, Nereis pelagica (5-10 sm uzunlikda), gigant polixeta - Yeunice 
gigantea (3 m uzunlikda). 
O’troq  polixetalar  kenja  sinfi  –  Sedentaria.  Bularning  bosh  qismi 
shakllanmagan. 
Gavda 
segmentlari 
geterenom. 
Paropodiylari 
yaxshi 
rivojlanmagan.  Aksariyati  naycha  ichida  yashaydi.  Vakil  Arenicola  marina. 
Uzunligi  30  sm.  Qumdan  uya  yasab  yashaydi.  Ko’pchiligida  nay  tarkibi 
ohakdan iborat. 
 
 
5 Ma’ruza      
 
Mavzu: Qisqichbaqasimonlar va o’rgimchaksimonlarning tadqiqot uslublari. 


 
Reja: 
1.  Bo’g’imoyoqlilarning tashqi va ichki tuzilishidagi asosiy xususiyatlar. 
2.  Bo’g’imoyoqlilarning  sistematikasi.  Asosiy  kenja  tiplari  hamda  ularning 
o’zaro farq qiluvchi belgilari. 
3.  Jabra bilan nafas oluvchilar kenja tipi. Qisqichbaqasimonlar sinfi. Tashqi 
tuzilishi. Tashqi organlarning tuzilishi va funksiyalari. 
4.  Qisqichbaqasimonlarning  ichki  organlari  va  sistemalarining  tuzlishi  va 
funksiyalari. 
5.  Xeliseralilarning tuzilishidagi xususiyatlar. 
6.  O’rgimchaksimonlar sinfi. Tashqi tuzilishi. 
7.  O’rgimchaksimonlarning  ichki  organlari  va  sistemalarining  tuzilishi  va 
funksiyalari. 
8.  O’rgimchaksimonlarning  jinsiy  sistemasining  tuzilishi  xususiyatlari. 
Ko’payishi va rivojlanishi. 
9.  O’rgimchaksimonlarningasosiyturkumlari. 
Ularningtarqalishivaahamiyati. 
 
Bo’g’imoyoqlilarboshqahayvonlarorasidaturlariningsonijihatidanvaYeryu
zidatarqalishijihatidanbirinchio’rindabo’lib, 
hozirgihisoblargako’ra 
1,5 
mlngayaqinturnio’zichigaoladi. 
Butipningvakillariturlixilsuvhavzalarida, 
ayniqsaquruqlikdajudakengtarqalgan. 
Bug’imoyoqlilarumurtqasizhayvonlarorasidaengyuqoritaraqqiyetganguruhidirva
ularningyuqoridarajadataraqqiyqilganliginiqo’yidagibelgilarqo’rsatadi: 
 
1.  Gavdasi  xitinli  zich  kutikula  bilan  qoplangan.  Xitin  ba’zilarida  qalin, 
ba’zilarida  yupqa  parda  ko’rinishida  bo’ladi.  Uning  qanday  bo’lishidan  qat’iy 
nazar,  u  hayvon  tanasini  boshdan-oyoq  qoplab  turadi.  Xitinli  kutikula 
qattiqligidan  tashqari,  suv  bug’larini  o’tkazmasligi  yoki  hayvonni  qurib 
qolishdan  himoya  qilishligi  bilan  chuvalchanglarning  oddiy  kutikulasidan  farq 
qiladi. Ba’zi bo’g’imoyoqlilarning kutikulasida xitindan tashqari, turli miqdorda 
organik  va  anorganik  moddalar  ham  bo’ladi.  Xitinli  kutikula  o’z  xususiyati 
bilan  egiluvchan,  lekin  cho’ziluvchan  emas.  Shunga  binoan  bo’g’imoyoqli 
hayvonning  rivojlanish  jarayonida  gavda  hajmining  oshishi  tufayli  vaqti-vaqti 
bilan  po’st  tashlaydi(tullaydi).  Bu  jarayonda  eski  po’st  tushib,  uning  o’rniga 
gipoderma hisobidan yangi xitinli kutikula hosil bo’ladi.  
 
2.  Oyoqlarining  bug’im-bug’imliligi.  Bug’imoyoqlilar  ajdodlari  hisob-
langan  halqali  chuvalchanglarning  tashqi  segmentlanish  belgilarini  saqlab 
qolgan  holda,  bo’g’imli  harakatchan  oyoqlar  hosil  qilgan.  Bunday  bug’imli 
oyoqlar  birinchi  navbatda  shu  hayvonlarning  harakatlanish  organlari  sifatida 
vujudga kelgan. Turli-tuman bo’g’imoyoqlilarning xilma-xil shakldagi oyoqlari, 
jumladan  qisqichbaqasimonlarning  antennalari,  kapalaklarning  muylovlari, 
qo’ng’izlarning  baquvvat  jag’lari,  kapalaklar-ning  so’ruvchi  xartumlari  yoki 


chivinlarning  chaqadigan  og’iz  organlari  va  hakozolarninng  hammasi  shaklan 
o’zgargan parapodiy tipidagi organlardir. 
3.  Bo’g’imoyoqlilarda  teri-muskul  xaltasi  bo’lmaydi  va  uning  o’rniga 
turli  tomonlarga  yo’nalgan  to’p-to’p  muskul  tutamlari  ko’rinishidagi 
ixtisoslashgan muskullar rivojlangan. Bundan tashqari bo’g’imoyoqlilar  uchun 
xos  narsa,  ularda  ko’ndalang  targ’il  muskul  tolalarining  rivojlanishidir. 
Muskullarning  bir  uchi  tana  a’zolariga,  ikkinchi  uchi  tana  qoplag’ichining 
qalinlashgan joylariga birikkan. Bu xususiyati bilan halqali chuvalchanglarning 
teri-muskul xaltasi devori va silliq muskul tolalaridan farq qiladi. 
Aksariyat bug’imoyoqlilar ko’ndalang targ’il muskullari faoliyati tufayli 
juda  ham  harakatchan  va  aktiv  ravishda  oziqasini  topib  oladi.  Bu  esa  o’z 
navbatida  nerv  sistemasi  va  sezuv  organlarining  rivojlanganlik  darajasini 
ko’rsatadi. 
4. Ovqat hazm qilish sistemasi uch bo’limdan, ya’ni oldingi, o’rta va orqa 
ichakdan  iborat.  Ichak  tuzilishining  bu  bo’limlarida  ovqat  hazm  qilishda 
qatnashuvchi  va  fermentlar  ishlab  chiqaruvchi  bezlar  bo’ladi.  Oldingi  va 
keyingi  ichaklar  ektodermadan  hosil  bo’lganligi  tufayli  ularning  ichki  yuzasi 
xitinli  kutikula  bilan  qoplangan  va  ushbu  bo’limlarda  kiprikli  epiteliy 
bo’lmaydi. 
5. Qon aylanish sistemasi ochiq va uning markazida, ya’ni tananing orqa 
tomonida uzunchoq yoki pufaksimon shakldagi yurak joylashgan. Qon yurakka 
qapqoqchali  teshiklar  (ostiylar)  orqali    o’tib,  qon  tomirlari  orqali  yoki  to’g’ri 
yurakdan gavda bo’shlig’iga chiqadi. 
Bo’g’imoyoqlilarda  qon  gavda  bo’shlig’ida  gavda  suyuqligi  bilan 
aralashib ketadi. Shunga binoan bunday qon gemolimfa deyiladi. 
6.  Nafas  olish  organlarni  turli-tumandir.  Birlamchi  suvda  yashovchi 
bo’g’imoyoqlilarda  nafas  olish  a’zolari  jabralardan  iborat.  Quruqlikda 
yashovchilarida esa o’pkalar va traxeyalar sistemasi shakllangan. 
7.  Nerv  sistemasi  halqali  chuvalchanglarning  nerv  sistemasiga  o’xshash 
bir  juft  bosh  nerv  tugunlari  (bosh  miya),  halqumni  aylanib  o’tadigan 
konnektivalar  va  qorin nerv  zanjiridan iborat. Bosh  miya  uch bo’limdan, ya’ni 
oldingi  (protoserebrum),  o’rta  (deytoserebrum)  va  oxirgi  (tritose-rebrum) 
qismlaridan  iborat.  Shunga  binoan  bo’g’imoyoqlilar  boshqa  umurtqasizlarga 
nisbatan nerv sistemasi va sezgi a’zolarining murakkab tuzilganligi hamda turli-
tuman hulq-atvori bilan ajralib turadi. 
8. Ajratish sistemasi ko’pchilik bo’g’imoyoqlilar uchun xos bo’lgan mal-
pigiy naychalaridan iborat. Naychalar orqa ichakning oldingi qismiga ochiladi. 
Lekin  suvda  yashovchi  bo’g’imoyoqlilarning  ajratish  organlari  halqali 
chuvalchanglarning  metanefridiylarini  o’zgarishidan  hosil  bo’lgan  bir    juft 
naysimon  bezlardan  iborat.  Bu  bezlarning  chiqarish  teshigi  ko’krak  oyoqlar 
yoki antennalar asosiga ochilganligi sababli ular koksal bezlar deyiladi. 
9.  Aksariyat  bug’imoyoqlilar  ayrim  jinsli  hayvonlardir  va  faqat  jinsiy 
usulda ko’payadilar. Ba’zan esa ayrim guruhlarida partenogenez ko’payish usuli 


ham  mavjuddir.  Bo’g’imoyoqlilarning  ko’pchiligida  jinsiy  dimorfizm  belgilari 
aniq ifodalangan.  
      Bug’imoyoqlilar tipi 4 ta kenja tipga ajraladi.  
        1. Jabra bilan nafas oluvchilar - Branchiata. 
        2. Traxeyalar - Tracheata. 
        3. Trilobitsimonlar - Trilobitomorpha. 
        4. Xeliseralilar - Chyelicerata. 

Download 0,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish