Samarqand davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti



Download 0,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/154
Sana31.12.2021
Hajmi0,92 Mb.
#203928
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   154
Bog'liq
zoologik tadqiqot uslublari

Tana  tuzilishi.  Qisqichbaqasimonlarning  gavdasi  harxil  kattalik-dagi 
segmentlardan tuzilgan va ularning soni ham turlichadir. 
Gavda  uch  qismdan,  ya’ni  bosh  (cerhalon),  ko’krak  (thorax)  va  qorin 
(abdomen)  bo’limlaridan  iborat.  Ko’pgina  tuban  taraqqiy  etgan  qisqichba-
qasimonlarning  gavda  segmentlari  bir  xilda  (gomonom)  bo’lganligi  tufayli 
gavda  bo’limlarini  aniq  ajratish  qiyin.  Ko’pgina  qisqichbaqasimonlarning 
ko’krak  segmentlari  bosh  segmentlari  bilan  qo’shilib  ketgan  va  boshko’krak 
(cephalothorax)  deb  ataluvchi  yaxlit  bo’limni  hosil  qilgan.  Masalan,  daryo 
qisqichbaqasida (Potamobius astacus) shunday. Qisqichbaqasimonlarning bosh 
qismi akron bilan hisoblaganda 5 segmentdan iborat va besh juft bosh ortiqlari, 
ya’ni  1)  tuyg’u  muylovlari  yoki  antennulalar;  2)  ikkinchi  juft  muylovlar  yoki 
antennalar; 3) bir juft yuqori jag’ yoki mandibulalar; 4) ikki juft pastki jag’lar 
yoki maksillalardan iborat. 
Antennulalar 
morfologik 
jihatdan 
halqali 
chuvalchanglarning 
paypaslagichlari  (palplari)  ga  mos  keladi.  Antennulalar  tuyg’u  va  hid  bilish 
funksiyasini  bajaradi.  Antennalar  halqali  chuvalchanglarning  parapodiylaridan 
paydo bo’lgan oyoqlarning birinchi juftidir. Ko’pgina qisqichbaqasimonlarning 
nauplius  lichinkasida  antennalar  ikki  shoxli  bo’lib,  voyaga  yetish  jarayonida 
uning  bir  shoxi  reduksiyalanib  boradi.  Antennalar  ham  sezish  funksiyasini, 
ba’zilarida  esa  harakatlanish  (lokomotor)  funksiyasida  ishtirok  etadi.  Yuqori 
jag’ (mandibula) yoki kovshagich ko’pgina qisqichbaqasimonlarda qattiq tishli 
chaynash plastinkalariga aylangan. Nihoyat 1-nchi va 2-nchi pastki jag’lar (1 va 
2 maksillalar) chaynash funksiyasini bajaradi. 


Ko’krak  qismida  har  xil  tuzilgan  ko’krak  oyoqlari  bo’ladi.  Masalan, 
daryo qiqichbaqasining ko’krak qismi 8 ta segmentdan iborat bo’lib, unda 8 juft 
oyoqlar  joylashgan.  Ko’krak  oyoqlarining  birinchi  uch  jufti  oyoq  jag’lar  yoki 
maksillopedlar deb atalgan oyoqlarga aylangan. Bu oyoqlarning asosiy vazifasi 
oziqani  tutib  turish  va  og’iz  tomonga  surishdir.  Lekin  ularda  qisman  jabralar 
bo’lganligi sababli nafas olish jarayonida ham ishtirok etadi. Ko’pgina boshqa 
qisqichbaqasimonlarda  ko’krak  oyoqlarining  birinchi  uch  jufti  harakatlanishda 
ishtirok etadi. 
Daryo qisqichbaqasida 4-nchi juft ko’krak oyog’i yirik va qisqich oyoqqa 
aylangan, 5-8 juftlari esa haqiqiy yurish oqlaridir. 
Qorin  qismida  tuban  qisqichbaqasimonlarda  oyoqlar  bo’lmaydi.  Oliy 
qisqichbaqasimonlarda esa qorin oyoqlari ko’krak oyoqlariga nisbatan kamroq 
rivojlangan. Bunday oyoqlarning ko’pchiligida jabralar bo’ladi va nafas olishda 
qatnashadi.  Daryo  qisqichbaqasining  erkagi  bilan  urg’ochisida  qorin  oyoqlari 
bir-birinikidan  farq  qiladi,  ya’ni  erkak  qisqichbaqaning  1-nchi  va  2-nchi  juft 
qorin oyoqlari o’zgarib,  juftlashish organiga  aylangan.  Urg’ochisida  esa  1  juft 
qorin  oyoqlar  rudimentlashgan,  2-5  juftlari,  erkaklarida  3-5  juft  qorin  oyoqlar 
so’zgich ko’rinishidagi oyoqlardir. Urg’ochi qisqichbaqada qo’yilgan tuxumlar 
qorin oyoqlarga yopishib qoladi va unda yetiladi. 
Daryo  qisqichbaqasida  hammasi  bo’lib  tanasi  19  ta  segmentdan  iborat. 
Uning eng 1-nchisi  boshning akroni hisoblanadi. Eng oxirgi tana segmenti esa 
(6-nchi juft qorin oyoqlar) shakl o’zgartgan bo’lib, so’zgich kurakka aylangan. 
U telson deb ataladi. 
Qisqichbaqasimonlarning 
muskullari, 
boshqa 
barcha 
bo’g’imoyoqlilarniki singari ko’ndalang targ’il tolalardan iborat. Ushbu muskul 
tolalari yaxlit teri-muskul xaltasini hosil qilmaydi, balki ma’lum darajada kuchli 
muskul  tolalaridan  iborat  tutamlar  hosil  qilib,  skeletning  ichki  yuzasini  turli 
nuqtalarini  o’zaro  birlashtirib  turadi.  Ko’p  hollarda  muskul  tutamlarining  bir 
uchi  bir  segmentning  ichki  devoriga  tutashsa,  ikkinchi  uchi  bilan  boshqa 
segment (yoki oyoq bo’g’imi) ning ichki devoriga kelib tutashadi. 

Download 0,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish