Qisqichbaqasimonlar sinfining sistematikasi
Hozirgi zamon sistematikasiga binoan qisqichbaqasimonlar qo’yidagi kenja
sinflarga bo’linadi:
1. Jabraoyoqlilar - Branchiopoda.
2. Sefalokaridalar - Cephalokarida.
3. Jag’oyoqlilar - Maxillopoda.
4. Chig’anoqli qisqichbaqalar - Ostracoda.
5. Oliy qisqichbaqalar - Malacostraca.
Jabraoyoqlilar kenja sinfi – Branchiopoda. Ushbu kenja sinfiga
kiruvchi qisqichbaqasimonlar ancha qadimiy turlarni o’z ichiga olib, tananing
geteronom segmentlari doimiy sonda bo’lmasligi, ko’krak oyoqlarining shakli
bargsimon bo’lib, ular harakatlanish, nafas olish va oziqani yig’ishga
moslashganligi, qorin bo’limining oxirida ayri dumchaning bo’lishi
xarakterlidir. Ushbu kenja sinf turlari dengizlarda, aksariyati chuchuk suv
havzalarida yashaydi. Jabra oyoqlilar 2 ta turkumga ajraladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |