Samarqand davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti


Jinsiy organlar va urchish



Download 0,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/154
Sana31.12.2021
Hajmi0,92 Mb.
#203928
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   154
Bog'liq
zoologik tadqiqot uslublari

Jinsiy organlar va urchish. Ko’pchilik qisqichbaqasimonlar ayrim jinsli 
va  jinsiy  dimorfizm  ma’lum  darajada  aniq  ifodalangan.  Masalan,  daryo 
qisqichbaqasining o’rg’ochisi qornining bir muncha kengligi hamda 2-nchi juft 
qorinoyoqlarining  shakli  va  funksiyasi  boshqacha,  1-nchi  juft  qorinoyoqlar 
rudimentga  aylangan.  Ko’pgina  tuban  qisqichbaqasimonlarning  erkagi 
o’rg’ochisidan biroz kichik bo’ladi. 
Qisqichbaqasimonlar  aksariyat  jinsiy  usulda  urchiydi.  Ayrimlarida  esa 
(asosan  tuban  qisqichbaqasimonlarda)  partenogenez  va  partenogenetik  hamda 
ikki  jinsli  avlodlarning  gallanishi  ko’zatiladi.  Bunday  sikl  jarayoni  mavsumiy 
xarakterga  ega.  Qisqichbaqasimonlarda  erkaklik  va  urg’ochilik  jinsiy  organlar 
sodda  tuzilgan.  Ular  juft  gonadalar  va  ulardan  boshlanuvchi  chiqarish 
yo’llaridan iborat. 
       Daryo  qisqichbaqasida  urug’donlardan  juft  urug’  yo’llari  chiqadi.  Bu 
yo’llar birmuncha uzun va buralma bo’ladi. Erkaklarida jinsiy teshiklar 5- nchi 
juft  ko’krak  oyoqlarining  asosida  joylashgan  bo’lsa,  urg’ochilarining  jinsiy 
teshiklari 3-nchi juft yurish oyoqlarining asosida joylashgan.  
       Tuxumlar  turlicha  urug’lantiriladi.  Ba’zi  qisqichbaqasimonlarda  urug’ 
suyuqligi  juftlashish  vaqtida  urg’ochi  qisqichbaqaning  jinsiy  yo’llariga 
o’tkaziladi.  Bunda  avval  sperma  urg’ochi  qisqichbaqaning  urug’  qabul 


qilgichiga borib to’planadi. Ba’zan esa sperma urg’ochi qisqichbaqaning jinsiy 
teshigi yonidagi teriga yopishtirib qo’yiladi. 
Rivojlanishi.  Urug’langan  tuxumlar  har  xil  yo’l  bilan  rivojlanadi.  Bunday 
turlicha rivojlanish tuxumdagi sariqlik miqdoriga bog’liq.     
       Qisqichbaqasimonlarning  rivojlanishi  ikki xil, ya’ni  to’g’ri  va  metamorfoz 
yo’l  bilan  boradi.  Tuban  qisqichbaqasimonlarning  tuxumidan  to’liq  notekis 
bo’linish  natijasida  sodda  tuzilgan  kichik  nauplius  lichinkasi  chiqadi.  Uning 
bitta  toq  ko’zi  va  uch  juft  ortig’i  bo’ladi.  Naupliusda  ko’krak  va  qorin 
segmentlari  oxirigacha  rivojlanmagan  bo’ladi.  Gavda  faqat  antennulyar, 
antennal  va  mandibulyar  hamda  anal  segmentlaridan  iborat  bo’ladi.  Nauplius 
metamorfoz  bilan  rivojlanib,  metanaupliusni  hosil  qiladi.  Unda  maksillyar  va 
ko’krak segmentlari aniq ifodalangan bo’ladi. Metanauplius bir necha bor po’st 
tashlab, voyaga yetadi.  
       Oliy  qisqichbaqasimonlarda  to’la  ifodalanmagan  metamorfoz  bo’ladi. 
Ularda  protozoyea  va  zoyea  bosqichlaridagi  lichinkalar  bo’ladi.  Protozea 
bosqichidagi  lichinkada  murakkab  fasetkali  ko’zlarning  paydo  bo’lishi, 
jag’oyoqlarning  rivojlanishi,  boshko’krak  bilan  qorinning  ro’y-rost  ajralib 
turishligi xarakterlidir. Zoyea bosqichli lichinkada esa keyingi ko’krak oyoqlari 
boshlang’ichlarining  paydo  bo’lishi  va  bosh  ko’krak  hamda  qorin 
bo’limlarining 
bir-biridan 
yanada 
ko’proq 
chegaralanganligi 
bilan 
protozoyeadan  farq  qiladi.  Krevetkalarda  zoyea  bosqichli  lichinkadan  keyin 
mizid  lichinkasi  shakllanadi.  Ushbu  lichinkada  ikki  shoxli  ko’krak  oyoqlari 
to’la shakllanadi, qorin oyoqlari paydo bo’ladi. Mizid lichinkasi bir necha bor 
tullagach, voyaga yetgan qisqichbaqaga aylanadi. 

Download 0,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish