Sefalokaridalar kenja sinfi – Cephalokarida. Vakillari ancha mayda
(2-3 mm) qisqichbaqasimonlar bo’lib, dengiz tubidagi balchiqqa ko’milib hayot
kechiradi. Tanasi yaxlit bosh, 10 segmentli ko’krak va 9 segmentli qorin
qismidan iborat. Boshda antennula va antenna joylashgan, ko’zi bo’lmaydi. Bu
belgi ularni qumda (balchiqqa) ko’milib hayot kechirishidan paydo bo’lgan.
Qornining oxirgi uchida uzun ayrisimon qilcha joylashgan. Hozirgi vaqtda 4 ta
turi ma’lum. Vakil Hutchinsoniella. Bu tur Atlantika okeanida uchraydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |