Chig’anoqli qisqichbaqalar kenja sinfi – Ostracoda. Ancha mayda,
ba’zan faqat mikroskopda ko’rinuvchi, dengiz va chuchuk suv havzalarida
yashovchi qisqichbaqasimonlarni o’z ichiga oladi. Hozirgi vaqtda 2000 ga yaqin
turi ma’lum. CHuchuk suvlarda keng tarqalgan turlaridan biri Cypris pubera.
Bularning tanasi ohakdan iborat ikki pallali chig’anoq ichida joylashgan bo’ladi.
Oliy qisqichbaqalar kenja sinfi – Malacostraca. Eng katta guruh
hisoblanib, 14 mingdan ortiq turni o’z ichiga oladi. Ushbu kenja sinf
hayvonlarining xarakterli belgilari shuki, gavda segmentlari doimiy bo’lib, bosh
4 ta, ko’krak 8 ta va qorin 6 ta segmentdan iborat. Turlari dengiz va okeanlarda,
turli chuchuk suv havzalarida va quruqlikda ham uchraydi. Kenja sinf 14 ta
turkumdan iborat bo’lib, ayrimlari bo’yicha qo’yidagilarni aytib o’tish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |