Sezgi organlari. Erkin suzib hayot kechiruvchi guruhlarida sezgi
organlari yaxshi rivojlangan. Sezuvchi hujayralar terida ko’p bo’ladi.
Polixetalarning antennalari, palpalari, prostomiumdagi kiprikli chuqurchalar,
parapodiylardagi mo’ylovlar maxsus sezgi organlaridir.
O’troq holda hayot kechiruvchi polixetalarning tanasini oldingi
segmentlarida bittadan birnechtagacha muvozanat saqlash organi statosistlar
bo’ladi.
Polixetalarning deyarli hamma guruhlarida ko’zlar bo’ladi va ular
prostomiumning tepa qismida 2 ta yoki 4 ta bo’lib joylashgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |