32
3-bob. PARABOLIK TIPDAGI TENGLAMALARNI MATEMATIK
PAKETLAR YORDAMIDA SONLI YECHISH
Hisoblash matematikasini tor ma’noda keng doiradagi
amaliy masalalarni
yechishning sonli usullar nazariyasi va algoritmlari deb tushunish mumkin. Ana shu
mazmunda hisoblash matematikasining ayirmali sxemalar nazariyasi boʻlimi
oddiy
yoki xususiy hosilali differensial tenglamalarni chekli
ayirmali tenglamalarga al-
mashtirish orqali taqribiy yechish usullarini oʻrganadi.
Matematik-fizikaning
koʻpgina xususiy hosilali differensial tenglamalarini matematik paketlar (Maple,
Matlab, Mathcad va boshqa) bilan chekli ayirmalar usuli yordamida sonli yechish ju-
da oson va bundan oʻquv jarayonida va muhandislik
amaliyotida samarali foyda-
lanish mumkin. Buni quyidagi misollar va ularning chekli ayirmalar usuli yordamida
sonli yechimlari tarzida tushuntirib oʻtamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: