15-rasm
Ichkaridan qo‘shsha
Raqib oyoqlarini keng qo‘yib oldinga egilgan yoki harakatlanganda bu usulni bajarish qulay (16-rasm).
DH - raqibning olishuvni boshlash holati. Ushlashlar chap yoki o‘ng yengdan va yoqa qaytarmasidan.
hujumchi oyog‘ini yarim qadam oldinga qo‘yib, oyoq yuzini ichkariga burish.
bir vaqtning o‘zida raqibning muvozanatini hujumdagi oyoq tovoniga keltirish, raqibni muvozanatdan chiqara turib, hujumdagi oyoqda aylanib, tayanch oyoqni raqibga yaqin qo‘yib, tayanch oyog‘ini biroz bukish.
4-5-6- raqibni hujumchi oyoqqa mindirgan holda qo‘llar yordamida uning gavdasini o‘ngga, pastga, yonga, ostiga burab yelkasiga uloqtirish.
16-rasm
Yuk (yuklama) usullari texnikasi va usulga qarshi usullarni
o‘rgatish
Kurashchi o‘z qulayini olib, raqibni muvozanatdan chiqarib, o‘ziga ishonch hosil qilib, raqibini bel qismi bilan oshirib tashlaydigan barcha usullar “Yuk” (“Yuklama”) deb nomlanadi.
Beldan oshirib uloqtirish
Raqib oldinga egilgan yoki hujumchi tomonga intilgan paytda bu usulni bajarish qulay (17-rasm).
DH - raqibning olishuvni boshlash holati. Kurashchi bir yonlama turadi. Ushlashlar raqibning yaktagi yelkasidan va chap yoki o‘ng yengidan.
1-2- raqibni kuch bilan silkitib tortib, muvozanati oyoq uchlariga keltiriladi.
bir vaqtning o‘zida raqibga yaqin qadam qo‘yib, orqa bilan burilib, gavdani pasaytirib, mahkam o‘ziga qisib olinadi.
5-6- oldinga egilgan holda raqibni pastdan tos bilan oldinga - yuqoriga urib yuborib, yelkalari bilan gilamga uloqtiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |