425
b) patsiyentni kasalxonaga yotqizib davolash yoki alohida qilib qo‘yish
ko‘pincha uning ahvoli
yomonlashishiga olib kelgan, garchi uning kasallik
simptomlari aynan oilada o‘zaro harakatning buzilishi oqibatida yuzaga kelgan
bo‘lsa-da, qarindoshlarining tashrif buyurishi bilan esa yaxshilangan;
d) ko‘pincha oila a’zolari o‘rtasida o‘zaro munosabatlar aynan patsiyent
yaxshi bo‘la boshlaganida yomonlashgan, chunki uning kasalligi
oilaning
birgalikda harakat qilishiga asos bo‘lgan.
7. Bu kuzatuv ko‘pgina shaxsiy-yo‘naltirilgan
psixiatrlarini davolash
tamoyilini qayta ko‘rib chiqish va tekshirishga undadi.
a) ular ta’kidladilarki, oilada patsiyentni qurbon sifatida qabul qilganlarida,
ularga davoni belgilash va patsiyent holatini prognoz qilish osonroq bo‘lgan.
Bunga quyidagilar imkon bergan:
♦ oilaning barcha a’zolari unga qurbon sifatida munosabatda bo‘lganlar;
♦ patsiyent o‘zini bemor, baxtsiz, azoblanuvchi rolida tasdiqlashga
ko‘maklashgan.
b) ular patsiyent holatining ijobiy o‘zgarishiga to‘sqinlik qiluvchi
ko‘chirmani yengib o‘tishdagi qiyinchiliklarni belgiladilar. Bunda ko‘chirma deb
nomla-nuvchilar aslida patsiyentning sun’iy va xavotirlanuvchi sharoitda
terapevtning axloqiga reaksiyasi bo‘lgan. Buning ustiga terapevtik vaziyat
patsiyentga uni
eski muammolardan xalos etib, biroq yangilarining paydo
bo‘lishini qo‘zg‘atgancha zarar yetkazishi xavfi mavjud. Agar patsiyentning
muayyan axloqi o‘zida ko‘chirmani aks ettiradi (ya’ni onasi va otasi bilan
munosabatda unga xos bo‘lgan fe’l-atvorni yuzaga chiqarish), unda ehtimol
terapevt uning oilasiga murojaat etgancha katta muvaffaqiyatga erishishi mumkin;
d) ular s’yezdilarki, terapevt davolash jarayonida patsiyentning real
hayotidan ko‘ra tasavvurlari olamiga ko‘proq qiziqadilar,
u patsiyent hayotining
shaxsiy versiyasini yaratadi va undan bu versiyaga mos tushuvchi axborotni
olishga intiladi;
e) ular bir patsiyentning turmush tarzini o‘zgartirishga intilgancha
mohiyatan chidamli oilaviy o‘zaro munosabatlarning bor majmuyini o‘zgartirishga
intiladilar.
Barcha bu dalillar patsiyentning o‘z holatini o‘zgartirishga emas, balki
prinsipial tarzda uning butun oilasida yangi munosabatlarni o‘rnatishga intilishi
zarurligi haqida so‘zlayapti. Aynan patsiyent birinchilardan bo‘lib oilaning
turmush tarzini o‘zgartirishga uringan, biroq uning barcha kuchlanishlari oila
tomonidan uning o‘ziga hiyla tanqidiy munosabatga olib keldi, xolos. Bu esa unda
shaxsiy kuchiga ishonchsizlikni tug‘dirdi.
8. Bu yondashuv vakillarining fikriga ko‘ra, qachonki terapevtlar oilani bir
butun yaxlitlikda ko‘rib chiqsalar, unda oilaviy hayotdagi og‘riqli simptomatikaga
sabab bo‘layotgan aspektlarni (birinchi qarashda sezilmaydigan) ko‘ra olgan
bo‘lardilar. Warren Brodey
487
er-xotinlarning “me’yoriy” qarindoshlar va simptom
namoyon bo‘lganlar bilan turlicha muloqot qilishlari haqida gapiradi.
“Me’yordagi” bola ishtirokida ota-onalar erkin, yengil va xavfsiz munosabatni
487
https://dash.harvard.edu/handle/1/41127186
426
qo‘llashlari mumkin, biroq buni axloqida u yoki bu simptom namoyon bo‘lgan
boshqa bola bilan ularning o‘zaro harakatlarini kuzatib,
takrorlashlariga ishonish
qiyin. Munosabat-larning patologik chizig‘i oilaning bundan birmuncha azob
chekuvchi a’zolari bilan muloqotda kuchayadiganga o‘xshaydi. Va hodisalarning
bunday keskin o‘zgarishi paradoksal bo‘lib tuyuladi.
9. Biroq psixik kasalliklarning shaxslararo tabiati nafaqat oilaviy terapiya
tarafdorlari tomonidan ta’kidlandi, Sullivan
488
va From-Reicomano
489
kabi muta-
xassislar ham bu muammoga e’tibor qaratdilar. Oilaviy
terapiya tamoyillarini
ushbu kitobda taqdim etilgan shu ko‘rinishda ishlab chiqishda “Bolalar tarbiyasi”
harakatining qatnashchilari faol ishtirok etdilar. Ular ham terapiyani oilaning bitta
a’zosi bilan emas, balki butun bir oila bilan o‘tkazish zarurati haqidagi g‘oyani
qo‘llab-quvvatlaydilar:
a) ushbu yo‘nalish terapevtlari ikkita jarayondan iborat: ona va bola, va
terapiyaning barcha seanslari shu ikkita patsiyentning birgalikdagi ishtirokida
o‘tadi;
b) shuningdek, keng ko‘lamdagi tadqiqotlar natijasi terapevtik jarayonga
otani ham jalb etish zaruratini aniqladi. Shunday bo‘lsa-da,
bu tamoyil muayyan
qiyinchiliklarni tug‘dirdi, chunki otaning terapiyaga qiziqishi shubha ostida edi.
Terapevtlar otaning ota-onalik tuyg‘usi onaning shunday tuyg‘usidan
zaifroq, va agar bolaning axloqida og‘ish aniqlansa, unda xotin – bu oilaning
yordamiga umid qilish mumkin bo‘lgan yagona a’zosidir. Otani o‘z farzandining
psixik salomatligi uchun mas’ul ekanligiga ishontirish murakkablik kasb etadi.
Ushbu yo‘nalishning klinik amaliyotida uning “onalik”ka yaqqol
ifodalangan yo‘nalishiga qaramay, psixoterapevtik jarayonga doimiy ravishda
“otalik”ni jalb etish zaruriyati yuzaga keladi. Biroq hatto terapevt bilan ishlashga
ota jalb qilingan taqdirda ham bu yondashuv vakillari
er va xotinni ularning er-
xotinlik munosabatlarini nazardan qochirgancha faqat bolaning ota-onasi sifatida
ko‘rib chiqadilar. Er-xotinlik munosabatlarining keskinlashuvi ota-onalik
munosabatlarida aks etishi haqida yuzakigina eslab o‘tilgan, xolos. Demak, Murray
Boweo
490
so‘zlariga ko‘ra: Amaliyot ko‘rsatdiki, bunday ota-onalar hissiy jihatdan
yopiq, patsiyentdan ko‘ra e’tiborni ko‘proq bir birlariga jamlaganlar, biroq ayni
vaqtda patsiyent ularga muhtoj. Qachonki ota-onalardan qay biridir e’tiborini
patsiyentga qaratsa, patsiyent tez va avtomatik tarzda inqirozga yuz tutadi. Ota-
onalar hissiy jihatdan yopiq bo‘lganlarida patsiyent ustidan o‘z “boshqaruv”larini
muvaffaqiyatli amalga oshiradilar. Uni mumkin bo‘lgan axloq, jazo, o‘g‘il yoki
istalgan har qanday “boshqaruvchi” ta’siri doirasida belgilangan qat’iy muomala
vositasida nazorat qiladilar. Qachonki ota-onalar hissiy jihatdan tarqoq bo‘lsalar,
ularning barcha “boshqaruvchi” ta’sirlari teng darajada samarasiz bo‘ladi.
10. Oilaviy terapevtlar otani individualdan ko‘ra
oilaviy terapiya bilan
qiziqtirish osonligini aniqladilar:
Do'stlaringiz bilan baham: