Samarqand davlat universiteti isoqjon negmatov ijtimoiy ishning etik



Download 3,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet315/320
Sana26.01.2023
Hajmi3,6 Mb.
#903183
1   ...   312   313   314   315   316   317   318   319   320
Bog'liq
544380b408b004544d7b8cdc14ddc379 Ijtimoiy ishning etik professional qadriyatlari

488
 https://www.springer.com/gp/book/9783319630335 
489
 https://lib.uni-dubna.ru/search/files/psy_satir/~psy_satir.htm 
490
 http://www.thefsi.com.au/us/bowen-theory 


427 
a) bunday yondashuv tarafdorlari terapevtik jarayonda otaning roli 
muhimligini ta’kidlaydilar, oilaviy hayotda bo‘lganidek terapiyada ham hech kim 
uning o‘rniga gapira olmaydi yoki uning o‘rnini egallay olmaydi. Otaga uning 
ahamiyatini 
tushunishga 
yordamlashgancha 
terapevtni 
terapevtik 
ishda 
qatnashishga jalb qilish oson bo‘ladi; 
b) xotin (ona rolida) terapiyani soxtalashtirishi mumkin, biroq bu holatda 
terapevtik jarayon unda ota ishtirok etganiga qaraganda boshqacha rivojlanadi. 
d) oilaviy terapiya, umuman olganda, oila uchun muhim. Er va xotin: 
“Nihoyat biz munosabatlarimizni birgalikda hal qilishimiz mumkin”, deb ayta 
oladilar. 
11. Terapevt birinchi intervyuda nima uchun oila a’zolaridan biriga 
terapevtik yordam zarurligi haqidagi shaxsiy tasavvuridan kelib chiqib, harakat 
qiladi: 
a) odatda, birinchi uchrashuv begonalardan kimdir Djonnini “axloqida 
og‘ishi bo‘lgan bola” deb atagani uchun sodir bo‘ladi. Qoidadagidek, bu uchrashuv 
o‘zini tarbiyasi og‘ir bola Djonnining onasi roliga muvofiq tutayotgan xotinning 
(uni Meri Djons deb ataymiz) tashabbusi bo‘yicha yuzaga keladi. Bolaning 
axloqida og‘ishish aniqlangan va, shubhasiz, u ona sifatida aybdor
b) biroq, balki Djonnining axloqi begonalardan kimdir uni tarbiyasi og‘ir, 
deb aytishidan ancha ilgariroq umum tan olingan qoidalardan og‘a boshlagandir; 
d) begonalardan kimdir (odatda, o‘qituvchi) Djonnini “og‘ishgan xulqli 
bola” deb atamagunlariga qadar, Djonsning oila a’zolari, ehtimol, o‘zlarini uning 
axloqida go‘yoki hech qanday o‘zgarish sezmagan kabi tutgandirlar. Uning axloqi 
oilaviy o‘zaro harakatda muayyan vazifani bajargani sababli qabul qilingan. 
e) odatda, simptomatikaning paydo bo‘lishiga qandaydir hodisa sabab 
bo‘ladi. Bunday hodisalar quyidagilar bo‘lishi mumkin: 
♦ oila o‘zagiga nisbatan tashqi muhitning o‘zgarishi: urush, inqiroz va h.k. 
♦ ajdodlar oilasidagi o‘zgarishlar: buvining kasalligi, buvaning moliyaviy 
qiyinchiliklari va h.k. 
♦ kimdir oilaviy negizni to‘ldiradi yoki tashlab ketadi: buvi oilada yashashga 
keladi va oila chegarani kengaytiradi; yana bir farzand dunyoga keladi; qiz 
turmush-ga chiqadi va h.k. 
♦ biologik o‘zgarishlar: bolaning ulg‘ayishi, onaning menopauzasi, otani 
kasalxonaga joylash. 
♦ ahamiyatli ijtimoiy o‘zgarishlar: oilada tarbiyalanayotgan bola maktabga 
boradi, oila boshqa uyga ko‘chadi; otaning mansab lavozimi oshadi; o‘g‘il kollejga 
o‘qishga kiradi va h.k. 
f) bunday hodisalar simptomlarning paydo bo‘lishini qo‘zg‘atishi 
mumkinligi sababli er-xotinlik munosabatida umumiy o‘zgarishlarni uyg‘otadi. 
Ular er-xotinlik munosabatlari uchun keskin vaziyatni yaratishi mumkin, chunki 
shu bilan oilaviy muvozanatni buzgancha oilaviy munosabatlar transformatsiyasini 
talab qiladi; 


428 
g) oilaviy gomeostaz ba’zi muddatda oila a’zolari uchun funksional bo‘lishi 
va boshqalarida bunday bo‘lmasligi mumkin. Shu bilan birga, oilaning har bir 
a’zolari har bir hodisani turlicha boshdan kechiradilar; 
h) biroq agar oila a’zolaridan biri hodisadan kuchli hayajonlansa, boshqalar 
ham u yoki bu tarzda shuni boshdan kechiradilar. 
12. Meri Djons bilan birinchi uchrashuvdan keyin terapevt uning eri (uni 
Djo deb nomlaymiz) bilan munosabatiga nisbatan ba’zi taxminlarni qilishi 
mumkin. Agar boladagi mavjud simtoplarning asosiy sababchisi er-xotin 
munosabatlarining disfunksionalligi haqidagi faraz to‘g‘ri bo‘lsa, unda terapevt
birinchi navbatda, er-xotin o‘rtasidagi munosabatni ko‘rib chiqishi zarur: 
a) Meri va Djo qanday odamlar? Ular qanday oilada tarbiya topganlar? 
Avvaliga ular turli oilada tarbiyalangan ikkita turli odamlar edilar. Endi ular yangi 
– o‘z shaxsiy oilalarining “arxitektorlari” bo‘ldilar; 
b) nima uchun ko‘p odamlar orasidan ular bir birlarini tanladilar? Qachon va 
qayerda o‘zaro ko‘ngil qolish ularning munosabatlariga sabab bo‘ldi? Ular bir 
birlariga ixlosi qaytganligini qay tarzda ifodalaydilar. Bu Djonnining Djonsga 
oilani birgalikda ushlab turishi uchun qay tarzda simptomlarni namoyon qilishiga 
ta’sir ko‘rsatadi? 
Oilani qo‘llab-quvvatlash xizmati og‘ir hayot sharoitida bo‘lgan bolalar va 
oilalarga oilani saqlab qolish, bolani oiladan olib qo‘yilishining oldini olish, ota-
onalarning farzandlariga g‘amxo‘rlik qilish qobiliyatini kuchaytirish va bolalarni 
rivojlantirishga qaratilgan xizmatlarni taqdim etadi. Xizmatlar Markaz asosida 
ham, mobil guruh sharoitida ham taqdim etiladi. Erta aralashish xizmati bolalar 
rivojlanishidagi buzilishlarni erta tashxislash va ota-onalarga ushbu bolalarni 
tarbiyalash va o‘qitish uchun maqbul sharoitlarni yaratishda yordam berish uchun 
maxsus ehtiyojli bolalar va ularning oilalari uchun kunduzgi xizmatlarni taqdim 
etadi. Ota-onalarda alohida ehtiyojli bolani tarbiyalash uchun zarur bo‘lgan 
vakolatlarni shakllantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu bolalarni maxsus 
turar joy muassasalariga joylashtirishning oldini olishga yordam beradi. Kichik 
guruh uyi-bu yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni 
tarbiyalash va ijtimoiy moslashuvi, imkon qadar oila sharoitlariga yaqin 
sharoitlarda. 
Kichik guruh uyida bolalar bilan ishlash bola va uning oilasi bilan 
ishlashning individual rejalari usuli bo‘yicha amalga oshiriladi, bu ishni asosiy 
ijtimoiy ishchi boshqarishini va u bilan bolada uning o‘rnini bosuvchi birikma 
hosil bo‘lishini ta’minlaydi. Bolaning ehtiyojlari va uning oilasi resurslaridan kelib 
chiqib, muammoni hal qilishning uchta varianti mavjud: kelib chiqqan oilaga 
qo‘shilish, tarbiyaning oilaviy shakllariga joylashtirish, bolani mustaqil hayotga 
tayyorlash va jamoada muvaffaqiyatli moslashish. Kichik guruh uyida xizmat 
ko‘rsatuvchi xodimlar yo‘q, shuning uchun bolalar ijtimoiy ishchilar bilan 
birgalikda o‘z hayotlarini boshqaradilar. Har bir bola o‘z hayotiga ta’sir qiladigan 
rejalashtirish va qaror qabul qilish jarayonlarida faol ishtirok etishi shart. Ushbu 
yondashuv bolalarni mustaqil hayotga maksimal darajada tayyorlashga imkon 
beradi. 


429 
Shuningdek, oilalar bilan ishlashda ekotizimli yondashuv ham muhim aha-
miyat kasb etadi. 

Download 3,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   312   313   314   315   316   317   318   319   320




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish