Samarqand davlat universiteti isoqjon negmatov ijtimoiy ishning etik



Download 3,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet316/320
Sana26.01.2023
Hajmi3,6 Mb.
#903183
1   ...   312   313   314   315   316   317   318   319   320
Bog'liq
544380b408b004544d7b8cdc14ddc379 Ijtimoiy ishning etik professional qadriyatlari

Ekotizimli model
ga binoan inson o‘z o‘zidan alohida 
qaralmaydi, balki ijtimoiy atrof-muhitda bo‘lgan inson kabi qaraladi, bunda oila, 
yaqin insonlar, turli ijtimoiy institutlar (misol uchun, maktab), mahalla, ijtimoiy 
xizmatlar va shu kabilar atrof-muhit deb tushuniladi. Shunday qilib, ekologik 
ko‘rinish umumiy ijtimoiy mazmunining oila yoki bola faoliyatidagi mumkin 
bo‘lgan buzilishlariga ta’sir ko‘rsatadi. Ushbu yondashuv xavf ostida bo‘lgan 
oilalar, nogiron bolalar va boshqa zaif guruhlarga jamiyat tomonidan salbiy 
munosabatning o‘zi ularning zaifliklari sababi sifatida qaralishi mumkin. Bu, o‘z 
navbatida, o‘z ehtiyojlarini qondirishlari uchun ularning imkoniyatlarini 
pasaytiradi. Mana shu mazmunda munosabatlarning o‘zgarishi va salbiy fikrlardan 
voz kechish oila va bolaning farovonligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. 
Shuning uchun ijtimoiy ish xodimlar ijtimoiy o‘zgarishlar agentlari hisoblanib, zaif 
va marginal guruh insonlariga nisbatan jamiyatda mavjud noto‘g‘ri va odatiy 
fikrlarni pasaytirish maqsadida reklama kompaniyalari va ta’lim dasturlari orqali 
jamiyatning xabardorligini oshirishga intiladilar. 
“Ekoxarita” – Attenev (Atteneave, 1976) va Xartmanlar (Hartman, 1979) 
tomonlaridan taklif etilgan texnika. Uning maqsadi – oilani sxematik tasvirlash va 
uning ehtiyojlarini hamda boshqa oilalar, ijtimoiy tashkilotlar va institutlar bilan 
aloqalarini o‘rganish. Aloqalar, keskinlik, yordam ko‘rsatish oila ichki va 
metaoilaviy munosabatlarning boshqa ko‘plab ko‘rinishlari ushbu metodika 
asosida yaqqol taqdim etilishi mumkin, bundan tashqari, u oilaning hissiy va 
moddiy resurslarini aniqlashga imkon beradi. 
Ekoxarita kengaytirilgan oila va metaoilaviy munosabatlarga mo‘ljallangan 
oilaga kompleks psixologik yordamni boshqarish strategiyasi zarur tarkibiy qismi 
hisoblanadi – u psixoterapevtik jarayonga individlarning maksimal sonini jalb 
etishga imkon beradi. Ekoxaritani tuzish uchun mijozlar atrofida haqiqatda oilaviy 
muammolarni hal qilishda yordam ko‘rsatishlari mumkin bo‘lgan, ammo oila turli 
sabablarga ko‘ra ularga murojaat etmagan insonlar (qarindoshlari, qo‘shnilari, 
hamkasblari) borligini aniqlab olish kerak. Bu oilaga yordam ko‘rsatuvchi 
mutaxassislar – o‘qituvchilar, ijtimoiy xodimlar, shifokorlarga ham taalluqli – ular 
odatda bir-birlariga ishora qiladilar, ammo hech qachon uchrashmaydilar. J.Stanton 
va M.Stanton (Stanton, Stanton, 1984) har qanday ijtimoiy tizim yoki individ, uni 
o‘zlari uchun qulay va odatiy yo‘nalishga moyilliklarini va bu ko‘pincha keskinlik 
va oilaviy nizolar sababi bo‘lishini ta’kidlaydilar. 
Oilaning atrofi “oila, mahalla va jamiyatdan tashkil topgan” ekotizim 
sifatida tushuntirilishi mumkin (Chung & Pardeck, 1997, Background section, 
para4).
 
Masalan, bola ham oila tizimiga kiritilgan bo‘lib maktab, tengdoshlari, 
qo‘shnilar, jamoa hamda ijtimoiy xizmatlar sohasi kabi mahalliy tashkilotlar va 
muassasalardan iborat o‘zining keng atrof-muhitiga jalb etilgan. Bunday holatda 
ijtimoiy xodimlar ko‘rsatib o‘tilgan bola atrofdagi muhit qismlaridan har biri 
uning ehtiyojlarini qondirishga yordam berishini va bolaning ehtiyojlarini 
qondirish maqsadida ushbu qismlar bir-birlari bilan qanday aloqada bo‘lishlarini 
tahlil qilishi kerak. Bu vaziyatga boshqa burchak ostida qarash imkonini beradi. 


430 
Misol uchun, bolaga g‘amxo‘rlik bo‘lmagan noqobil oiladagi vaziyat 
qaralayotganda ijtimoiy xodim ekologik modeldan foydalanib, quyidagi savollarga 
javob topadi: qaysi tashkilotlar, muassasalar va insonlar ushbu ekotizimning 
qismlari hisoblanadi; ularning faoliyatlari ushbu oila tizimi ichidagi vaziyatga 
qanday ta’sir ko‘rsatadi va shu kabilar. Shunday qilib, bolaning farovonligi uchun 
faqat oilaning emas, balki ushbu oila atrofidagi ijtimoiy muhitning roli va 
mas’uliyati ta’kidlanadi. 
Ekologik manzara ijtimoiy xizmatlar tizimi kamchiliklarini tushunishda 
katta hissasini qo‘shadi. Misol uchun, bolaning ehtiyojlari ekologik xaritasi tuzilar 
ekan, aniq biror-bir bolaga yoki oilaga xizmat ko‘rsatishda u yoki bu ijtimoiy 
xizmatlarning kamchiliklarini yoki ushbu oila bilan ishlashda ushbu agentliklar 
o‘rtasida o‘zaro aloqalarning yo‘qligini ko‘rish mumkin, bu bolani muassasaga 
joylashtirishning oldini olishga yordam berishi mumkin. 

Download 3,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   312   313   314   315   316   317   318   319   320




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish