Barcha sohalarda ijtimoiy xizmatlarni ko‘rsatuvchi ijtimoiy xodim
lavozimiga quyidagi malakaviy talablar qo‘yiladi:
483
https://lex.uz/docs/4856349
421
oliy toifa – ijtimoiy xizmat yoki muqobil (ijtimoiy, tibbiy, pedagogik, psixo-
logik, yuridik) sohada oliy (bakalavriat, magistratura yoki oliy ta’limdan keyingi
ta’lim) ma’lumot, ijtimoiy xizmat bo‘yicha qayta tayyorgarlik to‘g‘risidagi diplom
va ijtimoiy sohada besh-yildan kam bo‘lmagan mehnat stajiga ega bo‘lishi;
birinchi toifa – ijtimoiy xizmat yoki muqobil (ijtimoiy, tibbiy, pedagogik,
psixologik, yuridik) sohada oliy (bakalavriat, magistratura yoki oliy ta’limdan
keyingi ta’lim) ma’lumot, ijtimoiy xizmat bo‘yicha qayta tayyorgarlik to‘g‘risidagi
diplom va ijtimoiy sohada uch-yildan kam bo‘lmagan mehnat stajiga ega bo‘lishi;
ikkinchi toifa – ijtimoiy xizmat yoki muqobil (ijtimoiy, tibbiy, pedagogik,
psixologik, yuridik) sohada oliy (bakalavriat) ma’lumot, ijtimoiy xizmat bo‘yicha
qayta tayyorgarlik to‘g‘risidagi diplom va ijtimoiy sohada bir yildan kam
bo‘lmagan mehnat stajiga ega bo‘lishi;
toifasiz – ijtimoiy xizmat yoki muqobil (ijtimoiy, tibbiy, pedagogik, psixo-
logik, yuridik) oliy (bakalavriat) ma’lumotga ega bo‘lishi, ish staji talab
etilmaydi
484
.
Ijtimoiy ishchilar vaziyatning ekspert baholash va aralashuvda birinchi o‘rinda
e’tibor qaratishlari lozim bo‘lgani – bular oila muhiti, oila va muhitning o‘zaro
harakatda kelishganligi yoxud kelishmaganligini o‘rganishdir. Oila va ijtimoiy
faoliyati sohasidagi E.Auersu-el’d (1968, 1971), K.Djermen (1973,1979), E.Xartman
(1978), K.Meyer (1970) kabi mutaxassislar va boshqalar ishlab chiqqan ekologik
tamoyillar hamda konsepsiyalardan o‘sib chiqqan bu yondashuv oila va uning atrof-
muhiti bilan o‘zaro aloqasi to‘g‘risida egiluvchan tasavvur yaratishga yo‘naltirilgan.
Zaruriy bahoni ekologik xarita yordamida olish mumkin (E. Xartman, 1978). Ijtimoiy
ishchi va oilaning asosiy maqsadi oila va uning muhitidagi kelishuvchanlikka erishish
hisoblanadi, agar oilaga turli mahsulotlarga ega bo‘lish, xizmatdan foydalanish,
ijtimoiy muhitga singib ketishida yordamlashilsagina erishish mumkin. Aralashuv
strategiyasida e’tibor asosan atrof-muhitni o‘zgartirishga jalb etilishi kerak, ular
orasida – mavjud imkoniyatlardan foydalanish va yangi imkoniyatlar, brokerlar xiz-
mati, oqlovchilar, shuningdek, oilalarga atrof-muhitdan eng yaxshi tarzda foydala-
nishga yordamlashadigan mutaxassislarni izlash kabi jihatlar muhim. Ijtimoiy
ishchilarning ma’lumotlariga muvofiq (E.Pinderx’yuz, 1985; B.Solomon, 1976)
oxirgi yillarda ko‘pchilik oilalar hayotidagi asosiy muammo himoyasizlik, zaiflik
hisoblanadi. Oila bilan ekologik ishning asosiy maqsadi oila va uning muhiti orasidagi
munosabatda o‘zgarish hosil qilish, ya’ni oila a’zolari o‘z hayotlarining asosiy
sohalari ustidan nazorat va katta hukmronlikka ega bo‘lishlari hisoblanadi. Masalan,
ba’zi yomon uyushgan oila ko‘pincha xuddi shunday – yomon uyushgan borliq va
vaqtda yashay-dilar. Mutaxassis oila va uning muhiti orasida turg‘un o‘zaro
munosabat mavjudligini aniqlab, oilaga uning atrofidagi tizimga quyidagi tarzda
ta’sir ko‘rsatishda yordamlashishi mumkin:
1) noteng yoki javobsiz munosabatni oshkor etib;
2) mahsulot va xizmatlar to‘g‘risidagi muzokaralarni olib borib;
484
Ижтимоий ходимларнинг мақоми, вазифалари, функциялари ва малакавий талаблари тўғрисидаги
Йўриқнома - https://lex.uz/docs/4856349
422
3) boshqa odamlar va ijtimoiy muhit bilan potensial tarzda murosa qilmaydigan
zaif yoki noteng aloqalarni mustahkamlab;
4) oilaga uni o‘rab turgan jamiyat va odamlarning afzalliklaridan
foydalanishda yordam berib, masalan, vaqt va borliqni rejalashtirish yordamida;
5) oila va oiladagi kelishuvni muayyan oilaviy tamoyillarni yaratish yordamida
mustahkamlab.
Bunday harakatlar muhitda bo‘lganidek, oilaning ichki olamini ham
o‘zgartirishi mumkin (hiyla murakkab va qiziqarli namunalarni o‘rganish uchun
E.Xartman va Dj.Leard kitobiga murojaat qilish kerak, 1983).
O‘zgarishning ikkinchi juda muhim yo‘nalishi oilada ifodalangan avlodlar
orasidagi aloqalar tizimi hisoblanadi. Inson va uning bugungi kundagi oilasiga
ko‘p hollarda shunday aloqalar ta’sir ko‘rsatishidan kelib chiqilsa, bu ta’sirlarni
o‘rganish oilaning bugungi holati va hayotini yuzaga chiqaradi. Keyin avlodlar
orasidagi aloqalar, ularning imkoniyatlari ijobiy o‘zgarishga safarbar etilishi
mumkin. Avlodlar orasidagi aloqalar to‘g‘risidagi axborot manbasi genogramma –
oilaning bor tarixi aks etgan, qondoshlik aloqalari bilan oilaviy xarita hisoblanadi.
Bunda xarita shu tarzda tashkil etilishi mumkinki, u bo‘yicha oila hayotidagi
barcha asosiy hodisalarni kuzatish qiyin bo‘lmasin.
Genogramma turli avlodlarning e’tiqodlari va qarashlari, hayotiy tamoyillari
va oilaning atrof olamga qarashi tizimini aks ettiruvchi so‘rovnoma usuli bilan
yaratiladi va kengaytiriladi. Etnografik tadqiqotlar usuliga o‘xshab so‘rovnoma
usuli oila a’zolarini o‘zlari va o‘z olamlarini anglashlarida yordamlashuvchi
oilaviy madaniyatni bilish va qo‘llab-quvvatlashga undashi lozim. Bunday
so‘rovnomalar ushbu oilada ustuvor va hatto faqat bu oilaga tushunarli bo‘lgan
muloqotning o‘ziga xos tili hisoblanuvchi oilaviy afsonalar, rivoyatlar, tamoyillar,
ba’zi ramziy harakatlar, shuningdek, fikrlash tarzi va e’tiqodlarni diqqat bilan
tadqiq etish imkonini berishi mumkin (Dj. Leard, 1984). Garchi tadqiqotning bu
aspektlari har qanday oila uchun foydali bo‘lsa-da, ular ijtimoiy ishchi uchun
alohida ahamiyatga ega. Chunki ular bu tadqiqotlar sharofati bilan hayotiy
pozitsiyalar, har bir oilada deyarli turlicha bo‘lgan qadriyatlar tizimi to‘g‘risida
ko‘proq bilib oladilar.
Ba’zi vaziyatlarda aniqlangan muammo ushbu oilaning yashab ketishini
belgilovchi jarayonlar bilan chambarchas bog‘liq bo‘lishi mumkin (M.Selvini-
Palassoli va boshqalar, 1978). Bu sharoitda uni bartaraf etish bo‘yicha bevosita
zo‘r berish oila a’zolariga uning butligiga xavf soluvchi bo‘lib tuyulishi mumkin.
Bunday oilalar bilan ishlashda turli kuchlarni rag‘batlantirish uchun zaruriy
o‘zgarishlarga olib keluvchi ijobiy konnotatsiyadan
(lotincha konnotatsiya ‒ con
“birgalikda” + noto “belgi”)
foydalanish yetarlicha samarali hisoblanadi. Oila
bilan ishlashda ko‘pgina mutaxassislar foydalanadigan va M.Selvini-Palassoli
hamda uning hamkasblari tomonidan tasviriy san’atga kiritilgan ijobiy
konnotatsiya oilani tizimni u qanday bo‘lsa shundayligicha qabul qilishga olib
keladi. Ijobiy konnotatsiya yordamida oilaning qarshiligiga oson va tez barham
berish mumkin.
423
Mantiqqa mos kelmagan aralashuv turlicha amalga oshirilishi mumkin,
biroq, odatda, u go‘yoki kontrparadoks bo‘ladi. Bu oila mutaxassisga mantiqqa
mos kelmagan talab bilan murojaat etishi mumkin deganidir: “Simptomlarni
o‘zgartiring, ammo bizning oilamizni o‘zgartirmang!”. Bu ikki o‘ta qarama-qarshi
talab bo‘larkan, mutaxassis paradoksal vaziyatga tushib qoladi va uning javobi ular
ifodalagan simptomlar oilaga qanday yordam berishi va uni qo‘llab-quvvatlashini
ko‘rsatuvchi dalillar hisoblanadi, bunda mutaxassis o‘zgarishning ehtimoliy
natijalari haqida ogohlantiradi. Oila paradoksalga qarshi vaziyatda turadi va
yashashning noxush simptomlari hamda o‘zgarish xavfining muqarrarligi o‘rtasida
tanlashi lozim. Bahsli vaziyatda doimo mavjud bo‘lgan uchinchi yo‘l shundan
iboratki, unda mutaxassisning fikri tan olinmaydi, biroq bundan qochishga
yordamlashuvchi ko‘plab strategiyalar mavjud.
Oila tizimi bilan ishlashda alohida e’tiborni tortuvchi masalalardan biri –
hayotiy siklni o‘zgartirish hisoblanadi. Bunday har bir o‘zgarish oilaning
uyushganligini izdan chiqaradi va qarshi harakatni chorlaydi. Bu ko‘pincha omonat
hayotiy muvozanatni turg‘unlashtirish uchun mo‘ljallangan zaruriy o‘zgarishlarga
qadam qo‘yishga qodir bo‘lmaslikdan sodir bo‘ladi. Dj. Xeyli (1980), masalan, o‘z
yondashuvini yoshlari “uyni tashlab chiqib keta olmaydigan” oilalarga nisbatan
qo‘lladi, E.Karter va M.Makgoldrik (1980) bu masalaga oilaviy hayot sikli
to‘g‘risidagi o‘z ishini nashr etish bilan ulkan ilmiy hissa qo‘shdilar.
Italiyada birinchi marta oilaviy terapiya qo‘llangan. Mazkur ishning asosi
patriarxal rol va majburiyat hisoblangan. Oila bilan tizim yoki yaxlit organizm
sifatida ish olib borilgan.
Qanday sinfga, irqqa va tuzilishga qarab turli oilaviy hayot turlicha qabul
qilinadi. “Me’yor”dagi oila haqida gapirish qiyin, har bir oila o‘z muloqoti va
qadriyatlari, xulqi o‘ziga xos namunaga ega. Shunda ekan, ijtimoiy ishchining
vazifasi “Bu oila qanday yashayapti?” savolini tushunish.
Ijtimoiy ish xodimi oilalar bilan ishlashda
Do'stlaringiz bilan baham: |