424
2. Ko‘p sonli tadqiqotlar ko‘rsatdiki, oila mustaqil bir butunlik sifatida
mavjuddir. Bu fenomenni ta’riflash uchun Jackson (1954) tadqiqotlarida “oilaviy
gomeostaz” atamasi kiritildi
486
.
a) ushbu konsepsiyaga muvofiq oilaning barcha harakatlanishi oilaviy
gomeostazni saqlashga yo‘naltirilgan;
b) oilaning har bir a’zosi ochiq yoki yashirin tarzda oilaviy muvozanatga
erishish va uni qo‘llab-quvvatlashga ko‘maklashadi;
d) oilaviy an’analar, o‘zaro harakatning qoida va namunalari – mana har
qanday oilaning gomeostatik mavjud bo‘lishini nimalar ta’minlaydi;
e) qachonki oilayi gomeostaz buzilsa, oila a’zolari o‘zlarining barcha
kuchlarini uni tiklashga sarflaydilar.
3. Er-xotinlik munosabatlari oilaviy gomeostaz xarakteriga ta’sir ko‘rsatadi:
a) er-xotinlik munosabati o‘zida oiladagi boshqa munosabatlarning shaklla-
nishi uchun o‘zakni ifodalaydi. Aynan er-xotinlar oilaning “arxitektorlari”
hisoblanadilar;
b) er-xotinlik munosabatlarining buzilishi bolada ota-onalik munosabatlari-
ning funksiyasini buzilishini tug‘diradi.
4. Identifikatsiyalangan patsiyent – boshqalarga qaraganda ota-onasining er-
xotinlik munosabatidagi qiyinchilikni boshqalardan ko‘ra ko‘proq his qilgan,
shuningdek, “bola – ota-ona” munosabatidagi buzilishga ko‘proq moyil bo‘lgan
oila a’zosi:
a) uning simptomlari ota-ona bilan munosabatning buzilganligi to‘g‘risidagi
SOS signalini o‘zida aks ettiradi, ular oilaviy muvozanatsizlikning bevosita
natijasidir;
b) uning simptomlari – bu uning o‘z ota-onasining azoblarini kamaytirish va
yumshatishga urinishidir.
5. Ko‘pgina terapevtik usullar “oilaviy terapiya” nomini olgan, biroq o‘zida
oilani mustaqil bir butunlik sifatida emas, balki oilaning asosan bitta a’zosiga
yo‘naltirilgan bu yondashuvning o‘ziga xosligini tasavvur qilish zarur. Ularning
qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin:
a) oilaning har bir a’zosida shaxsiy terapevtning mavjudligi;
b) Oila a’zolarining ularni har biri bilan alohida uchrasha oladigan bitta
terapevtga murojaat qilishi;
d) patsiyentda aynan uning “foydasi uchun” oilaning boshqa a’zolarini
kuzatadigan o‘z terapevtiga ega bo‘lishi.
6. Hozirgi vaqtda klinik tadqiqotlarning yana bir yo‘nalishi rivojlanmoqda.
Uning asosiy g‘oyasi shundan iboratki, oilaviy terapiya oilaga butunlikda
yo‘naltirilishi darkor. Bunday yondashuvning asosi bo‘lib oilaning tan olingan
“shizofrenik”i va uning butun oilasini harakat qilishi uchun kuzatuv natijasi
hisoblanuvchi qator dalillar xizmat qiladi. Belgilandiki:
a) oilaning barcha a’zolari xayrixoh bo‘ladilar, “bemor”ning individual
davolanishida garchi ko‘p hollarda aynan oila uning “kasalligi” manbasi
hisoblansa-da, ishtirok etishga intiladilar;
Do'stlaringiz bilan baham: