280
va manfaatlariga daxldor bo‘lgan hujjatlar, qarorlar va boshqa materiallar bilan
tanishib chiqish imkoniyatini yaratib berishi lozim”
374
ligi belgilangan. Aynan shu
moddaga binoan har bir fuqaroning iste’molchi sifatida ham huquqlari
kafolatlanadi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 11-sentabr-
dagi PF-5817-sonli “Iste’molchilar huquqlarini himoya
qilishning huquqiy va
institutsional tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi
farmoni qabul qilindi. Unda iste’molchilar huquqlarini himoya qilish sohasida
yagona davlat siyosatini amalga oshirish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2019-yil 24-yanvardagi “O‘zbekiston
Respublikasi Monopoliyaga
qarshi kurashish qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-4126-son
qarorini samarali amalga oshirish maqsadida:
Vazirlar Mahkamasining iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va
reklama bozorini tartibga solish sohasida yagona davlat siyosatini hamda davlat
organlari va tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirishni amalga oshiruvchi
vakolatli davlat organi hisoblanuvchi O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga
qarshi kurashish qo‘mitasi huzuridagi Iste’molchilar
huquqlarini himoya qilish
Agentligini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilib, quyidagilar
Agentlikning asosiy vazifalari etib belgilandi:
“iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama bozorini tartibga solish
sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amaliy ijrosini ta’minlash;
iste’molchilarning tovarlar (ishlar, xizmatlar), ularning ishlab chiqaruvchisi,
ijrochisi va sotuvchisi to‘g‘risidagi haqqoniy va to‘liq ma’lumotlarni, shu
jumladan, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llagan holda olish
imkoniyatlarini ta’minlash;
aholining iste’molchilik bilimi va savodxonligini oshirishga qaratilgan
dasturlarni ishlab chiqish va
amalga oshirish;
iste’molchilarga ularning huquq va manfaatlarini himoya qilishda yordam
ko‘rsatish;
iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga
rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish, shuningdek,
tovarlar
(ishlar, xizmatlar) xavfsizligi va ularning sifatini nazorat qilish sohasida hamkorlik
qilish;
iste’molchilar huquqi buzilishi sabablarini tahlil qilish, ularni bartaraf etish
yuzasidan takliflar tayyorlash hamda iste’molchilar huquqi buzilishi holatlarining
oldini olish;
tadbirkorlik va iste’molchilik madaniyatini takomillashtirish, reklama
sohasida nohalol raqobatga va noto‘g‘ri reklamaning yuzaga kelishiga yo‘l
qo‘ymaslik maqsadida reklama bozorini tartibga solish;
iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama bozorini tartibga solish
sohasida fuqarolik jamiyati institutlari va boshqa tashkilotlar
bilan hamkorlik
qilish;
374
Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси. - Тошкент: Ўзбекистон, 2019. – Б.12.
281
iste’mol bozorini, davlat tomonidan narx-navosi tartibga solinadigan
tovarlarga (ishlarga, xizmatlarga) narxlarning dinamikasi va narx shakllanishi
mexanizmlarini o‘rganish;
iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama bozorini tartibga solish
masalalari bo‘yicha xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlik qilish”
375
.
Bundan
tashqari,
2020-yil
24-avgustda
O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining 4813-sonli qarori bilan MDH doirasida amal qiluvchi iste’molchilar
huquqlarini himoya qilish sohasidagi hujjatlar tasdiqlandi. Xususan, ushbu hujjatga
muvofiq:
– Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi ishtirokchi-davlatlarini iste’molchilar
huquqlarini himoya qilish sohasida hamkorlik qilishning asosiy yo‘nalishlari
to‘g‘risida Bitim (2000-yil 25 yanvar, Moskva);
– Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi ishtirokchi-davlatlarini iste’molchilar
huquqlarini himoya qilish sohasida hamkorlik qilish to‘g‘risida 2000-yil 25-yan-
vardagi Bitimiga o‘zgartirish kiritish haqidagi Bayonnoma (2011-yil 19-may,
Minsk) tasdiqlandi.
Mazkur
qarorga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi
kurashish qo‘mitasi huzuridagi Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi
Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha MDH Maslahat kengashining
to‘laqonli a’zosiga aylandi. Ushbu Kengash faoliyatining asosiy yo‘nalishlari
bo‘lib:
– iste’molchilar huquqlarini himoya qilish sohasida MDH ishtirokchi-
davlatlar hamkorligining muvofiqlashtirilgan siyosatini
olib borish prinsiplari va
qoidalarini ishlab chiqish, uni amaliyotda qo‘llash bo‘yicha amaliy yordam
ko‘rsatish;
– MDH ishtirokchi-davlatlar davlat organlari va jamoat tashkilotlari
o‘rtasida, shu jumladan, MDH ishtirokchi-davlatlarning
fuqarolar tegishli
huquqlarini ta’minlash bo‘yicha milliy tajribasi va iste’molchilar huquqlarini
himoya qilishning jahon tajribasi to‘g‘risida axborot almashinuvining samarali
tizimini yaratish;
– MDH ishtirokchi-davlatlarida huquqni qo‘llash amaliyoti bo‘yicha tajriba
almashish va qonunchilikni uyg‘unlashtirishda ko‘maklashish
376
kabi vazifalar
belgilandi.
MDH Maslahat kengashi tarkibini bugungi kunga qadar,
Do'stlaringiz bilan baham: