275
9-bob. ISTE’MOLCHI HUQUQLARI VA KONSYUMERIZM
Reja:
1. Iste’molchilar huquqlari: amaliyot kodekslari va “konsyumerizm”
tushunchasi
2. Ijtimoiy xizmat mijozi shaxs, fuqaro va xizmatlar iste’molchisi
sifatida
3. Himoya qilish (advokatlik). Mijozni mahalliy jamiyatga (qonun-
qoida-lardan xabardorlik) kiritish prinsipi, mijozga imkoniyatlar yaratib
berish.
Tayanch so‘z va iboralar:
iste’molchilar
huquqlari, kodekslar,
konsyumerizm, mijoz shaxsi, xizmatlar iste’molchisi, himoya qilish.
1.
Iste’molchilar huquqlari: amaliyot kodekslari va
“konsyumerizm” tushunchasi
Inson huquqlarini ta’minlash huquqiy davlat qurishning asosiy vazifasidir.
Davlat tomonidan inson huqularini ta’minlash huquqiy kafolatlash va amaliy ishlar
bilan birga olib boriladi. Davlat hamda uning organlari
sudda inson huquqlari
himoyasini ta’minlaydi, shaxsiy hayot daxlsizligini amalga oshiradi.
Respublikamizda qabul qilinayotgan qonunlarni amaliyotda tadbiq etish,
inson va fuqarolarning fuqaroviy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquq va
erkinliklarini amalga oshirish imkonini beruvchi samarali tizim va tuzilmalarga
muhim ahamiyat berilmoqda.
Shu jumladan, iste’molchilarning huquqlarini
himoya qilish masalasi dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.
Respublikamizda iste’molchilar huquqlarini himoya qilishga qaratilgan qator
Qonunlar tizimi mavjud. Ana shunday Qonunlarning eng asosiylaridan biri 1996-
yil 26-aprel kuni qabul qilingan “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish
to‘g‘risida”gi Qonuni hisoblanadi. Bu Qonunning
qabul qilinishiga asosiy
zaruriyatni quyidagilarda deb bilish mumkin:
1. Jamiyatda qonun ustuvorligiga erishish uchun faqatgina davlat yoxud
huquqni muhofaza qiluvchi organlarning faoliyatigina yetarli emas. Buning uchun
fuqarolar o‘zlarining Konstitutsion huquq va erkinliklarini tanishlari,
fuqarolik
burchlarini bilishlari, o‘z haq-huquqlarini talab qilishi va ularni himoyalash ko‘nik-
malariga ega bo‘lishlari zarur. Boshqacha qilib aytganda, fuqarolar Konstitutsiya
va Qonunlarga amal qilib yashashni hayot tarziga aylantirishlari lozim.
2.
Ikkinchidan, bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrida bozorlarimiz davlat
tasarrufida bo‘lmagan korxonalar tomonidan “arzon bo‘lsa bas” qabilida ish tutib
keltirila boshlandi. Ko‘pchilik hollarda bozorlarda sotilayotgan tovarlar qalbaki-
lashtiriladi.
3. Uchinchidan, bozorda muvaffaqiyatga erishish garovi, yuksak texnologiya
asosida yuqori sifatli xalq iste’mol
tovarlari ishlab chiqarish, xalqaro aloqalarni
rivojlantirish va me’yoriy hujjatlarning jahon andozalariga mos kelishini
ta’minlash talab etiladi. Aynan shu tamoyillar iste’molchilar
huquqlarini himoya
276
qilish bilan bog‘liq qator Qonunlarni ishlab chiqishga turtki bo‘ldi. Mazkur
Qonunning 1-mod-dasida
Do'stlaringiz bilan baham: