287
shoshilinch qarorlar qabul qilishni boshladi. Yurtimizda karantin e’lon qilingan
davrdan boshlab, birinchi navbatda aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash
masalasi
kun tartibidagi dolzarb vazifa etib belgilandi.
Shu munosabat bilan, Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan
Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi negizida Homiylik xayriyalarini
muvofiqlashtirish markazi tashkil qilindi. Mazkur Markaz 1197
qisqa raqami
orqali yordamga muhtoj shaxslar, yordam berishda o‘z hissasini qo‘shmoqchi
bo‘lgan ko‘ngillilar va xayriya qilishni istovchi fuqarolar ma’lumotlarini qabul
qilishni boshladi. Birgina Toshkent shahri misolida, ushbu Markaz tomonidan 7-
aprel holatiga ko‘ra, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi uchun umumiy 1 708 650 000
so‘mlik birlamchi oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berildi.
Bu tadbir yurtimizda
aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash borasidagi navbatdagi qadam bo‘ldi.
Ushbu tashabbusning mantiqiy davomi sifatida O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasi tomonidan koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi
kurashish va boshqa global xavf-xatarlar davrida xalqimizning tarixiy va ma’naviy
qadriyatlarini, mehr-saxovat, oqibat va himmat kabi yuksak
fazilatlarini inobatga
olgan holda aholini samarali ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida 2020-yil 22-
apreldagi farmoyishi bilan, “Mahalla” xayriya jamoat fondining Qoraqalpog‘iston
Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar hamda tuman (shahar) bo‘linmalari
negizida, yuridik shaxs tashkil etmagan holda, “Saxovat va ko‘mak” jamg‘arma-
sining tashkil etilishi belgilab berildi
384
.
Unga ko‘ra, jamg‘arma mablag‘laridan foydalanishda har bir tuman (shahar)
sektori rahbari tegishli mahalla mas’ul vakillari bilan birgalikda ehtiyojmand
hamda ijtimoiy yordamga muhtoj aholi qatlamlariga zaruriy iste’mol
va dori-
darmon mahsulotlarini beg‘araz tarqatish majburiyatini oldi. Mazkur jamg‘arma
tashkil etilgan vaqtdan boshlab, salkam 15 milliard so‘mga yaqin mablag‘lar uning
hisobiga kelib tushdi. Albatta, yuqorida tashkil etilgan ijtimoiy ko‘maklar bugun
pandemiya, global inqiroz sharoitida o‘zining yuqori cho‘qqisiga chiqishga
ulgurdi. Sababi, bu kabi aholi keng qatlamini ijtimoiy himoyalashga qaratilgan
tadbirlar tendensiyasi pandemiya davridan oldingi holatga qaraganda keskin ijobiy
tomonga siljidi. Tan olish kerakki, mamlakatimizda pandemiya holatiga qadar ham
jamiyatni har tomonlama ijtimoiy muhofazalashga
qaratilgan davlat dasturlari,
me’yoriy hujjatlar, ijtimoiy-huquqiy himoya institutlari, jamg‘armalar tizimi
mavjud edi.
Do'stlaringiz bilan baham: