288
tajovuzga duch kelgan insonlar, uy-joy masalalari bo‘limi, qamoqxona,
bolalar
joylashtiriladigan muassasalar bilan o‘zaro hamkorlikni amalga oshiradi. Ijtimoiy
ish xodim bevosita o‘z mijozining himoyachi-advokat ham sanaladi.
“Ijtimoiy himoya: atamalar izohli lug‘ati”da advokatga quyidagicha ta’rif
keltirilgan.
Advokat
(lot. ‒ yordamga chaqirish)
‒ oliy ma’lumotli huquqshunos-
yurist, maslahat yoki advokatlar hay’atining a’zosi, sudda himoya qilish orqali
malakali yuridik yordam ko‘rsatuvchi
385
. Advokat maslahatlar va yuridik masalalar
bo‘yicha tushuntirishlar beradi:
- qonunchilik bo‘yicha og‘zaki va yozma ma’lumot;
- huquqiy tavsifdagi arizalar, shikoyatlar va boshqa hujjatlar tuzish;
- himoyachi; jabrlanuvchining, fuqaroviy da’vochining,
fuqaroviy
javobgarning vakili sifatida jinoiy ishlar bo‘yicha sudda va dastlabki tergov
jarayonida ishtirok etish;
- sudda, hakamlar sudida va boshqa davlat idoralarida fuqarolik ishlari
hamda ma’muriy qonunbuzarliklar bo‘yicha ishlarda vakillikni amalga oshiradi.
Vakil yoki himoyachi sifatida namoyon bo‘lar ekan advokat quyidagilarga huquqli
hisoblanadi:
- tegishli masalalarni hal etishga vakolatli bo‘lgan
barcha davlat va
jamoatchilik tashkilotlarida yuridik yordam so‘rab murojaat etgan shaxslarning
huquqlari va qonuniy manfaatlarini yoqlaydi;
- yuridik yordam ko‘rsatish bilan bog‘liq bo‘lgan zaruriy ma’lumotlar,
tavsifnomalar va boshqa hujjatlarni yuridik maslahat orqali davlat va jamoatchilik
tashkilotlaridan talab qiladi, bu tashkilotlar belgilangan
tartibda talab etilgan
hujjatlarni yoki ularning nusxalarini berishga majburdir
386
.
Advokat o‘z faoliyatida amaldagi qonunchilik talablariga og‘ishmay va aniq
amal qilishi, o‘ziga yuridik yordam so‘rab murojaat etgan fuqarolar va
tashkilotlarning huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qiluvchi, qonunda
ko‘zda tutilgan vositalar va usullarning barchasidan foydalanishi kerak.
Advokatning, agar u muayyan ish bo‘yicha manfaatlari ish olib borish haqida
iltimos bilan murojat etgan, manfaatlariga zid bo‘lgan shaxslarga yuridik
yordam
ko‘rsatishi kerak bo‘lsa yoki avval yordam ko‘rsatgan bo‘lsa yoxud sudya,
prokuror, tergovchi, iqrorlantirishni amalga oshirgan shaxs, ekspert,
mutaxassis,
tarjimon, guvoh, shuningdek, ishni tekshirish yoki ko‘rib chiqishda advokat bilan
qarindoshlik munosabatidagi lavozimdor shaxs qatnashadigan hollarda yuridik
yordam ko‘rsatish haqidagi topshiriqni olishga haqi yo‘q.
Iste’molchilarning muhim huquqlaridan biri tovar(ish, xizmat)ning xavfsiz
bo‘lishiga talab qo‘yish huquqidir. Tovar(ish, xizmat)ning
xavfsizligi deganda,
avvalo, ushbu tovar (ish, xizmat)dan foydalanish natijasida iste’molchiga hech
qanday zarar (moddiy ziyon, ma’naviy zarar) yetmasligi kerakligi tushuniladi. Bu
huquq bir qancha xalqaro hujjatlarda, jumladan, BMTning iste’molchilar huquqlari
himoyasiga oid Rezolyutsiyasida Yevropa Kengashi (Soveti) tomonidan qabul
Do'stlaringiz bilan baham: