289
qilingan. Iste’molchilar haquqlari Xartiyasida, 1975-yil 14-aprel va 1981-yil 19-
maydagi Iste’molchilar huquqlarining himoyasi va Informatsion (ma’lumot)
siyosatga oid Dastlabki (Birinchi) va Ikkinchi dasturlarida ham o‘z aksini topgan.
Tovar (ish, xizmat)lar ulardan mo‘ljallangan maqsadda foydalanishga muvofiq va
boshqa maqsadda foydalanishda xavfsiz bo‘lishi lozim.
Davlat standartlar va
majburiy qoidalar orqali iste’molchining bu huquqini kafolatlaydi.
Iste’molchiga sotilgan tovar, ko‘rsatilgan ish (xizmat) natijasi undan oddiy
sharoitlarda foydalanganda, saqlanganda, tashilganda hamda yo‘q qilinganda uning
hayoti, sog‘ligi hamda atrof-muhit uchun xavfsiz bo‘lishi va uning mol-mulkiga
zarar yetkazmasligi iste’molchining tovar (ish, xizmat) xavfsiz bo‘lishiga talab
qo‘yish huquqining asosini tashkil etadi. Tovar (ish, xizmat) xavfsizligi deganda,
zarar yetkazilishi mumkin degan xavfga yo‘l qo‘yilmaslik holatiga aytiladi. Tovar
(ish, xizmat)dan xavfsiz foydalanish, saqlash, tashish va yo‘q
qilish qoidalari
iste’molchilar manfaatlaridan kelib chiqishi va maksimal tarzda o‘rganilishi lozim.
Hozirgi davrga kelib, Iste’molchilar masalalari bo‘yicha standartlashtirish xalqaro
tashkilotining qo‘mitasi ushbu masala bilan maxsus shug‘ullanmoqda. Mazkur
qo‘mita nafaqat iste’molchilarning o‘ziga, balki ularning mol-mulklari hamda
atrof-muhitga ham yetkaziladigan zararlarning oldini olish va ularni bartaraf etish
borasida juda katta ishlarni amalga oshirmoqda.
Qonun iste’molchilarning hayoti, sog‘ligi, mol-mulki hamda atrof-muhit
uchun xavf tug‘diruvchi tovar ishlab chiqargan (ish bajargan, xizmat ko‘rsatgan)
ishlab chiqaruvchi (ijrochi) bilan bir qatorda, normativ
hujjatlarni tasdiqlagan,
muvofiqlik sertifikati bergan, sog‘liqni saqlash, tabiatni muhofaza qilish,
veterinariya xizmati organlari yoki xavfli tovar (ish, xizmat)ni ishlab chiqarish
yoxud realizatsiya qilishga ruxsat bergan boshqa organlar ham javobgar
bo‘lishlarini
belgilagan.
Tovar
(ish,
xizmat)ning
xavfsiz
bo‘lishi
ta’minlanmaganligi oqibatida iste’molchining hayoti, soqligi yoki mol-mulkiga
yetkazilgan zarar to‘liq hajmda qoplanadi (Qonunning 20-moddasi). Qonunning
12-moddasi 6-qismiga ko‘ra, agar tovar (ish, xizmat)dan xavfsiz foydalanish yoki
uni shu tarzda tashish va saqlash uchun maxsus qoidalarga rioya etish zarur bo‘lsa,
ishlab chiqaruvchi (ijrochi) bunday
qoidalarni ishlab chiqishi, sotuvchi (ijrochi)
esa, ularni iste’molchilar e’tiboriga yetkazishi shartligi belgilangan. Bu qoidalar
ommaviy qoidalar emas, balki alohida, maxsus qoidalar bo‘lib hisoblanadi. Shuni
alohida e’tirof etib o‘tish lozimki, bu yerda juda ham muhim holat, ya’ni ishlab
chiqaruvchi (ijrochi) esa uni iste’molchiga yetkazishi o‘z ifodasini topgan. Demak,
maxsus qoidalar ishlab chiqil-maganligi, tegishli tartibda tasdiqlanmaganligi,
iste’molchiga yetkazilmaganligi yoki yetarli bo‘lmaganligi javobgar shaxsni
aniqlashda
hamda davlat organi, ishlab chiqaruvchi (ijrochi) va sotuvchilar
o‘rtasidagi majburiyatni taqsimlashda muhim ahamiyat kasb etganligi uchun uni
alohida e’tirof etish lozim. Agar tovardan foyda-lanish, uni saqlash, tashish yoki
utilizatsiya qilish ish(xizmat)i natijalari iste’molchining hayoti, sog‘ligi, mol-
mulkiga yoki atrof-muhitga zarar yetkazayotganligi yoxud zarar yetkazishi
mumkinligi
aniqlansa, ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi) zarar keltiruvchi
sabablar bartaraf etulgunga qadar ularni ishlab chiqarishni (bajarishni, realizatsiya
290
qilishni) darhol to‘xtatishi, muomaladan chiqarish va iste’molchilardan qaytarib
olish choralarini ko‘rishi shart. Zararning sabablarini bartaraf etish mumkin
bo‘lmagan taqdirda ham ishlab chiqaruvchi (ijrochi) bunday tovarni ishlab
chiqarishdan olib tashlashga, ishni bajarishni va xizmat ko‘rsatishni to‘xtatishga
majbur. Shu bilan birga oziq-ovqat mahsuloti sotuvchi yoki ishlab chiqaruvchi
tomonidan albatta, utilizatsiya qilinishi kerak. Bu majburiyatlar ishlab chiqaruvchi
(ijrochi) tomonidan
bajarilmagan taqdirda, tovarni ishlab chiqarishdan olib
tashlash, ishni bajarishni va xizmat ko‘rsatishni to‘xtatib qo‘yish, muomaladan
chiqarish va iste’molchilardan qaytarib olish tovar (ish, xizmat)ning xavfsiz
bo‘lishi va sifati ustidan nazorat qiluvchi davlat boshqaruvi organlirining
ko‘rsatmasi bilan amalga oshiriladi.
“Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi
Qonunning 30-
moddasida “iste’molchilarning ijtimoiy himoyaga muhtojlar toifasiga kiritilgan
ayrim guruhlariga qonun hujjatlari asosida savdo,
maishiy xizmat va xizmat
ko‘rsatishning boshqa turlari bo‘yicha imtiyozlar va afzalliklar berilishi
mumkin”ligini alohida e’tirof etadi. Masalan, yoqilg‘i quyish shahobchalarida
urush qatnashchilari va 1-guruh nogironlari avtomashinalariga bepul xizmat
ko‘rsatish amalga oshirilishi, umumiy transportlarda yosh bolalarga,
nogironlarga
maxsus o‘rindiqlar ajratilishi, savdo korxonalarida qariyalarga, nogironlarga
tovarlar navbatsiz va ayrim hollarda imtiyozli narxlarda sotilishini misol qilib
keltirish mumkin.
Iste’molchilarning yuqorida ko‘rib o‘tilgan asosiy huquqlarini amalga
oshirish avvalo, har bir iste’molchining o‘ziga bog‘liqdir. Amaliyotda, ya’ni
savdo-sotiq, ishlar, xizmatlar soxalarida qonunning barcha talablariga amal
qilinishi va iste’molchilarning ushbu qonunda mustahkamlangan huquqlarining
ta’minlanishi iste’molchilarning huquqiy madaniyati, o‘z huquqlarini bilishi hamda
ularni talab qilishida namoyon bo‘ladi.
O‘zbekiston ijtimoiy yo‘naltirilgan mamlakatlar qatoriga kiradi.
Bunday
mamlakatlarda davlat jamiyat hayotidagi ishtiroki ancha muhim bo‘lib, u o‘z
fuqarolari oldidagi ijtimoiy majburiyatlarini keng ko‘lamda amalga oshirilishini
nazarda tutadi. Bu esa jamiyatning ijtimoiy zaif qatlamlarini davlat tomonidan
qo‘llab-quvvatlash zaruriyatini keltirib chiqaradi.
Kuchli ijtimoiy siyosat degani davlat institutlari tomonidan ijtimoiy
ne’matlarni jamiyatning
Do'stlaringiz bilan baham: