Samarqand davlat universiteti isoqjon negmatov ijtimoiy ishning etik



Download 3,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet137/320
Sana26.01.2023
Hajmi3,6 Mb.
#903183
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   320
Bog'liq
544380b408b004544d7b8cdc14ddc379 Ijtimoiy ishning etik professional qadriyatlari

Ma’naviy qadriyatlar 
deganda, inson ma’naviyati va axloqiy qiyofasiga 
daxldor bo‘lib, jamamiyat a’zolarini tarbiyalashga, ularning ma’naviy barkamol-
ligini ta’minlashga xizmat qiladigan qadriyatlar tizimini ifodalovchi tushunchadir. 
Ma’naviy qadriyatlarga inson tarbiyasi va kamolotida muhim ahamiyatga ega, 
jamiyat va shaxs ma’naviyatini yuksaltiruvchi, tafakkur rivoji uchun ijobiy 
ahamiyatli bo‘lgan qadriyat shakllari tushuniladi. Masalan, urf-odatlar, an’analar, 
Vatanni sevish, o‘z xalqi va millatini hurmat qilish, ota-onasini e’zozlash, tinchlik va 
totuvlikni saqlash va h.k. Ma’naviy qadriyatlar muayyan sharoitlarda shakllanadi va 
shu ma’noda milliy muhit ularni yaratish va saralashning asosiy manbayidir. Bu 
jarayonda etnik qadriyatlarning eng yaxshilari milliy darajaga ko‘tariladi va ular 
voyaga yetkaziladi hamda jahon miqyosiga olib chiqiladi. Va, aksincha, umum-
insoniy qadriyatlar shu millatga mansub har bir kishining boyligiga aylantiriladi. 
Ma’naviy qadriyatlarni tushunish va ularga munosabat, o‘z millatiga, yurtiga, 
eliga tegishli qadriyatlarni jamlash, asrab-avaylash jarayonini birlashtiradi, ularda 
o‘ziga ishonch va hurmatni mustahkamlaydi, o‘z Vatanining istiqboliga katta umid 
bilan qarashga undaydi. Muayyan millatning o‘z ma’naviy qadriyatlariga munosa-
bati qanchalik ehtiyotkor va faol bo‘lsa, shu millatning taraqqiyotida ma’naviy va 
moddiy omillar uyg‘unligi ta’minlanadi
243
.
Fanda ma’naviy qadriyatlarning qator funksiyalari bor. Avvalo, ular jamiyat 
a’zolarini o‘zini o‘zi tarbiyalashga, avlodlardan meros qolgan qadriyatlar va 
ideallarga munosib bo‘lishga undaydi. Bu jarayonda quyidagi ikki xil holat 
kuzatiladi: 
Birinchi holatda ma’naviy qadriyatlar jamiyat a’zolari tomonidan ongli 
tarzda yaratiladi, ya’ni odamlar o‘zlarida mavjud bo‘lgan ma’naviy me’yorlar va 
mezonlar haqidagi tasavvurlar asosida va ularga mos keladigan qadriyatlarni va 
ideallarni yaratadilar. Bunday jamiyat a’zolarining ma’naviy faolligini oshiradi, 
izlash, izla-nish va yaratishga chorlaydi;
Ikkinchi holatda esa, jamiyat a’zolari tomonidan o‘qilgan kitoblar, turli urf-
odatlar yoki boshqa madaniy-ma’rifiy tadbirlar jarayonida olgan taassurotlari ular-
ning ma’naviy qadriyatlarini takomillashtiradi.
Ma’naviy qadriyatlarning shakllanishida har ikki holatning ham ta’siri kuza-
tiladi. Ma’naviy qadriyatlar inson faoliyati va ma’naviy-axloqiy kamolotida ikki 
xil funksiyani bajaradi:
a) u yoki bu darajadagi faol va muttasil ma’naviy-axloqiy intilishlarini 
shakllantiradi; 
b) o‘z ma’naviy-axloqiy xatti-harakatlarini va turli hayotiy vaziyatlarda 
o‘zla-rini tutishlarini baholash uchun mezon vazifasini o‘taydi. 
243
 Маънавият асосий тушунчалар изоҳли луғати. – Тошкент: Ғофур Ғулом, 2010. – Б. 329. 


185 
Ma’naviy qadriyatlar ijtimoiy ong shakllariga mos keladigan madaniy, 
ma’rifiy, axloqiy, diniy, huquqiy, ilmiy va hokazo turlarga bo‘linadi. Ular 
insonning aqli, kamoloti, dunyoni bilishning maqsadi, bilimlarimizning haqiqatga 
mos kelish darajasini aniqlash mezoni yoki biror ideal tarzida ham namoyon 
bo‘ladi. Ma’naviy qadriyatlarning inson tarbiyasi va jamiyatdagi o‘rniga doir 
asosiy funksiyasi ham ana shular bilan bog‘liq. Ma’naviy qadriyatlarning yana bir 
muhim jihati shuki, ularning ba’zilari insoniyat tarixi davomida asta-sekin 
shakllanadi va takomillashib boradi. Ularning miqdori va sifatining ortishi jamiyat 
a’zolarining tafakkur darajasi hamda insoniyat taraqqiyoti qanchalik 
ilgarilaganligini belgilovchi ko‘rsatkich hamdir. Qachonlardir, o‘tmishda ba’zi 
qadriyatlar ‒ gazeta, radio, TV to‘g‘risida umuman tasavvur bo‘lgan emas. Bunday 
yangi ma’naviy qadriyatlarlar asrlar o‘tgan sari shakllanib, qadriyatlar qatorini 
boyitib borgan. Ayni vaqtda, ma’naviy qadriyatlar etnik, milliy, mintaqaviy va 
umuminsoniy bo‘lishi tabiiydir. Chunki “qadriyat” tushunchasi muayyan vaziyat va 
sharoitda shakllanadi, jamiyat taraqqiy etgani sari jahonning barcha xalqlariga 
tegishli, ya’ni umuminsoniy ma’naviy qadriyatlar ko‘payib va takomillashib
boraveradi.
Ma’naviy qadriyatlari uzoq tarixiy jarayonda shakllanib, rivojlanib kelgan. 
Ularni o‘tmishi uch ming yildan ortiq davrni o‘zida mujassamlashtirgan xalqimiz
sivilizatsiyasini yaratgan. Bizning ma’naviy qadriyatlarimiz ana shu sivilizatsiyaga 
uzviy bog‘liq bo‘lib, ular millatimiz shakllangan makon va ona yurtga ehtirom, 
avlodlar xotirasiga sadoqat, kattalarga hurmat, muomalada mulozamat, hayo, 
andisha kabi ko‘plab tushunchalarda ifodalanadi. Ma’naviy qadriyatlarimizda 
jahonning boshqa xalqlariga o‘xshamaydigan urf-odatlar, rasm-rusumlar, 
marosimlar va an’analar ko‘plab uchraydi. 
Insoniyat paydo bo‘lgandan boshlab, bu davr ichida o‘zining turli-tuman 
va xilma-xil moddiy va ma’naviy ne’matlarini yaratdi. Bu moddiy va ma’naviy 
ne’matlar umuminsoniy, milliy va shaxsiy qadriyatlar shaklida qaror topdi. 
Ular xalqlar, millatlar, mamlakatlar ma’naviy taraqqiyotida muhim o‘rin tutib 
kelmoqda. 
Ma’lumki, qadriyatlar o‘z-o‘zidan yuzaga kelmaydi. Ular uzoq tarixiy 
jarayonda shakllanadi, ijtimoiy taraqqiyot qonuniyatlari asosida ri vojlanadi
xalq va millatning moddiy-ma’naviy shahodatnomasi sifatida sayqal topadi. 
“Inson ana shu qadriyatlarni yaratish, idrok etish jarayonida o‘zi ham kamolga 
yetadi. Ana shunday shakllangan qadriyatlar tizimi o‘zining dunyoviy va diniy 
xarakteri, moddiy va ma’naviy asoslari, mohiyati bilan jamiyat va inson 
taraqqiyotiga xizmat qiladi hamda insonni komillikka yetkazuvchi omil vazi -
fasini bajaradi. Demak, inson bir tomondan, barcha yaratilgan hamda yaratila-
yotgan moddiy va ma’naviy qadriyatlarning ijodkori, bunyodkori sifatida 
namoyon bo‘lsa, ikkinchi tomondan, ajdodlar bilan avlodlar vorisiyligini 
ta’minlovchi ijtimoiy-ma’naviy omilga aylanadi. Bu muntazam davom 


186 
etadigan dialektik jarayondir”
244
, ya’ni hayotning mazmunini belgilovchi 
indikatordir. 
Ma’naviy jarayonlarning pirovard maqsadi komil insonni shakllan-
tirishdan iborat. Komil insonni shakllantirish hamma davrlar uchun xos 
bo‘lgan ijtimoiy muammo sanaladi. Bu borada falsafiy tafakkur tarixida rang-
barang qarashlar, g‘oyalar, nazariyalar va ta’limotlar mavjud. Jumladan
ma’naviy taraqqiyot bosqichlarining antik davrida Geraklit, Pifagor, 
Empedokl, Suqrot, Demokrit, Aflotun, Arastu, Epikur kabi faylasuflar insonni 
barkamol qilib tarbiyalashga doir ko‘plab fikrlarni bayon qilganlar. Bu borada 
Arastuning qarashlarini alohida qayd etish mumkin.
Arastuning tasnifiga ko‘ra, hayot mazmuniga inson uchun zarur bo‘lgan 
axloqiy fazilatlarga-jasurlik, dovyuraklik, mo‘tadillik, saxiylik, muloyimlik, 
to‘g‘rilik, dilkashlik, mehribonlik, adolatparvarlik, salobatlilik, himmatlilik 
kabilar kiradi. Jumladan, “Olijanoblik ‒ kibr va xorlikning, saxiylik-
isrofgarchilik va xasislikning, kamtarlik-uyatchanlik va uyatsizlikning, 
xayrixohlik-xushomadgo‘ylik 
va 
adolatning, 
haqgo‘ylik-ayyorlik 
va 
maqtanchoqlikning, nafrat-hasadgo‘ylik va ichi qoralikning, ehtiyotkorlik-
buzuqlik va toshbag‘irlikning o‘rtasidir,”‒ deydi
245

Mashhur alloma Majididdin Xavofiy, yashash uchun ovqatlanurlar, 
ovqatlanish uchun yashamaslar, degan hikmatni ko‘p takrorlar ekan. Xo‘sh, aslida 
inson nima uchun yashaydi? Yashashdan maqsad nima? Inson hayotining ma’nosi 
nimada? 
Har bir inson o‘z umri mobaynida ana shu savollarga javob topishga urinadi 
va hayotining ma’nosini o‘ziga xos tarzda tushunadi. Shu bois u ijtimoiy ish 
etikasining ancha murakkab tushunchalaridan hisoblanadi. 
Avvalo, shuni aytish joizki, hayotning mazmunini yashashdan maqsad degan 
tushuncha bilan qorishtirib yuborish hollari ko‘p uchraydi. Vaholanki, ularni 
aynanlashtirish mumkin emas, chunki hayotning maazmuni maqsadga nisbatan 
juda qamrovli tushuncha, o‘z ichiga o‘nlab, balki yuzlab maqsadlarni oladi, 
aniqrog‘i, u muayyan maqsadlar tizimidan tashkil topadi. Shu bois kimningdir 
biror-bir ezgu maqsadi amalga oshmay qolsa, uning hayotini “mazmun va 
ma’nosiz” deb bo‘lmaydi. 
Ba’zan hayot “mazmun va ma’nosiz” kechishi ham mumkin. Bunda 
kishidagi maqsadlar o‘tkinchi, mayda, yuksak orzu-intilishlardan yiroq, hayvoniy, 
tuban, hatto yovuz bo‘lishi mumkin. Mazkur kishi – “hayot egasi”ning bunday 
tabiati jamiyat erishgan axloqiy daraja bilan baholanadi. Zero, kimdir o‘z hayoti 
ma’nosini qanday yo‘l bilan bo‘lmasin boy-badavlat, to‘kin-sochin yashashda deb 
tushunadi: harom-xarishning farqiga borib o‘tirmaydi, birovning haqidan 
qo‘rqmaydi yoki qanday vositalar bilan bo‘lmasin, martabaga erishishni o‘z oldiga 
hayotiy maqsad qilib qo‘yadi, faqat «yulsam» deydi. Boshqa birov esa qonunni 

Download 3,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   320




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish