189
Darhaqiqat, mazkur asotirda omadning o‘tkinchilik mohiyati juda chiroyli va
majoziy ochib berilgan; bir umr omadli odam yo‘q, omad ‒ tasodif, baxt ‒
zaruriyat; omad ‒ istisnoli, baxt ‒ qonuniy hodisa. Omad shaxsning bir zumlik
holatini aks ettiradi, baxt esa inson nimaga erishmog‘i lozim, degan savolga bir
umr mobaynidagi amaliy javobdir.
Baxtni tushunish har bir davrda, ma’lum
tarixiy sharoitda millat, shaxs va
jamiyatning taraqqiyot darajasiga qarab, turlicha muayyanlashish xususiyatiga ega.
Ya’ni ideal kabi uning ham tabiati o‘zgaruvchan. Axloqshunoslikda baxt mezoniy
tushunchasini alohida o‘rganadigan an’anaviy evdeymonchilik deb ataladigan
yunoncha “eudaimonja” (baxt) so‘zidan olingan yo‘nalish mavjud.
Forobiyning falsafiy konsepsiyasida, kamolot va komillik tushunchasi
insonga xos va taalluqli bo‘lib, u tug‘ma xususiyat emas. Inson komillikka
jiddu-jahd bilan intilishi natijasida erishadi. Insonning asl ruhiy kamoloti
dastlab Haqni tanish orqali hosil bo‘ladi va bu ma’rifat, baxt-saodat va
kamolot sari qo‘yilgan birinchi qadamdir
250
.
Voqelikdagi barcha narsalar o‘zining mazmun-mohiyatiga ega: ularning
nomi, xususiyati,
qolaversa, foydasi va zarari ham bor. Bu xususiyat insonga
ham xos: uning ismi, fe’l-atvori, fazilati va illatlari bor. Biroq, komillik
hamma-ga ham nasib etavermaydigan ma’naviy hodisaki, insonga xos bo‘lgan
bunday kamolotni Forobiy “eng yetuk baxt-saodat” deb ataydi. Bunday baxt-
saodat shu yuksak kamolotga erishish yo‘lida bo‘lgan har turli juz’iy
narsalarni o‘zida birlashtiradi. Juz’iy narsalar eng yetuk baxt-saodatga olib
boruvchi fazilatli san’at(kasb-hunar)lardir
251
.
Shuningdek, baxt tushunchasi Abu Rayhon Beruniy, Ibn Sino kabi
alloma-larning axloqiy qarashlarida markaziy o‘rinni egallaydi. Bu haqda
Beruniy “Komil kishi bo‘lishning birinchi sababi ilm va ma’rifat, ikkinchisi
san’at va amal hosil qilish bilan bo‘ladi”
252
, deydi. Shuningdek, u inson baxtini
go‘zallik, ko‘rkamlik,
olijanoblik, mardlikda deb bilgan. Mehnat tarbi yasini
baxtning kaliti hisoblab, yoshlarni mehnat qilishga o‘rgatish zarurligini
ta’kidlagan.
A.A.Guseynov va R.G.Apresyanlarning “Etika” nomli kitobida esa “Ax -
loq bu: 1) aqlning affekt (jazava) ustidan hukmronligi; 2) oliy baxt-saodatga
intilishi; 3) jamiyatda insonning yashash usuli; 4) erkin yashashi, beminnat
xizmat qilishi; 5) insoniylik yoki odamlarga nisbatan insoniy munosabatda
bo‘lishi; 6)
iroda erkinligi; 7) axloqiylikning oltin qoidalari asosida o‘zaro
munosabatda bo‘lishi”
253
,‒ degan ta’rif berilgan. Bunda oliy baxt-saodatga
intilishi axloqning asosiy vazifalaridan biri sifatida ko‘rsatib o‘tgan.
Bu borada faylasuf olima M.Nurmatova o‘z ilmiy izlanishlarida “baxtli
hayot kechirish har bir insonning hayot mazmunini tashkil etuvchi yuksak
orzusi bo‘l-sa, unga erishish uchun sodir etayogan aniq axloqiy xatti-harakati,
250
Абу Наср Форобий. Фазилат, бахт-саодат ва камолот ҳақида. – Тошкент: Ёзувчи, 2001. –Б. 13–15.
251
Абу Наср Форобий. Фозил одамлар шаҳри. – Тошкент: Абдулла Қодирий номидаги халқ мероси нашриёти, 1993.
–Б. 185–186.
252
Тўрақулов Э., Раҳимов С. Абу Райҳон Беруний руҳият ва таълим-тарбия ҳақида. –Т.: Ўқитувчи, 1992. -68 б.
253
Гусейнов А.А., Апресян Р.Г. Этика. Учебник – М.: Гардарики, 2004. – С. 26.
190
ya’ni mehnat-sevarligi, insoniyligi, sabr-qanoati bu reallikdir”
254
‒ deb
ko‘rsatib o‘tgan.
Ma’lumki, qadriyatlarning shaxsiy, kasbiy, etnik, milliy va umuminsoniy
turlari mavjud bo‘lib, ular bir-biri bilan chambarchas bog‘liq bo‘lishi bilan birga,
bir-birini taqozo etadi.
Demak, ma’naviy qadriyatlar hayotdan ajralgan qandaydir abstrakt kuch
emas, balki dunyoviy negizga ega bo‘lgan moddiy va ma’naviy kuch
ekanligini e’tirof etish lozim. Shuningdek, jamiyat rivojining burilish
nuqtalarida millat, elat, xalqni har xil bo‘hronlardan asrab qoluvchi ma’naviy
kuch ekanligini bilish asosida quyidagicha tasniflash mumkin:
1. Ma’naviy qadriyatlarning mazmuniga ko‘ra burch,
or-nomus, vijdon,
qadr-qimmat, sabr-qanoat, kamtarlik, sobitqadamlik, rostgo‘ylik va hokazo-
larga; shakliga ko‘ra esa ijobiy yoki salbiy, ya’ni yaxshilik va yomonlik,
adolat va adolatsizlik, baxt va baxtsizlik, hayo va bexayolik kabilarga ajratish
mumkin.
2. Ma’naviy qadriyatlarni amal qilish doirasiga ko‘ra:
a) umuminsoniy ma’naviy qadriyatlar ‒ insonparvarlik, adolatparvarlik,
vatanparvarlik, o‘zaro hurmat, qonuniylik, jamoatchilik va boshqalarga;
b) milliy ma’naviy qadriyatlar-xayrixohlik,
kattalarga nisbatan hurmat,
saxovat, homiylik, ota-onani e’zozlash, bolajonlik va hokazolarga;
c) shaxsiy ma’naviy qadriyatlar – kasbiy burchni bajarish, vazifasini sid-
qidildan bajarish, halol rizq topish, so‘zining ustidan chiqish, oila sha’nini
saqlash, haromdan hazar qilish kabi turkumlarga bo‘lish mumkin.
3. Ma’naviy qadriyatlarni axloqning tarkibiy tuzilishiga qarab:
-axloqiy ongda barqaror shakllangan ma’naviy qadriyatlar: jamiyat
tomo-nidan ishlab chiqilib, hayotga tadbiq etilayotgan kodekslar, normalar,
tamoyil-lar, mafkuraviy g‘oyalar. Masalan, “Harbiy qasamyod”, “Shifokor
qasamyodi”, “Ichki ishlar idoralari xodimlarining kasb odobnomasi”, “Ijtimoiy
ish xodimi-ning axloq kodeksi” va h.k;
-amaliyotda bevosita qo‘llaniladigan ma’naviy qadriyatlar: yaxshilik
yoki yomonlik, adolat yoki razolatdan iborat maqsadni ko‘zlab,
uni amalga
oshirish-ning ixtiyoriylik yoki majburlash vositalarini qo‘llab pirovard natijaga
olib keluvchi qadriyatlar;
-axloqiy munosabatlar tufayli zohir bo‘ladigan ma’naviy qadriyatlar:
burch,
shartni
bajarish,
halollik,
saxiylik,
kamtarlik,
uddaburonlik,
tadbirkorlik, kelishuvchanlik, murosa va hokazolarga ajratish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: