196
2. Ratsionallik va “mantiqiy egoizm” (xudbinlik)
Bilish jarayoni, bu – to‘laligicha ratsional, faqat aqlga bo‘ysunuvchi, formal,
quruq
jarayon emas, chunki u tirik kishilar tomonidan amalga oshiriladi, shu
sababli bilish emotsional elementlarni – iroda, niyat, istaklarni o‘z ichiga oladi.
Shu muno-sabat bilan aytish joizki, narsalar, atrofdagi
voqelik hodisalari
subyektning nazariga tushgan, nimasi bilandir uning diqqatini tortgan, u bilan
o‘zaro aloqada bo‘lgan, uning tomonidan jami boshqa predmetlar va jarayonlardan
ajralib olingan taqdir-dagina
bilish obyektiga aylanadi
262
. Shu ma’noda subyekt
obyektni shakllantiradi, shuning uchun ham obyektsiz subyekt bo‘lmaganidek
subyektsiz obyekt ham bo‘lmaydi, deydilar.
Agar biz sezgilar vositasida hodisalar olamini aks ettirsak, sezgi bilan idrok
etib bo‘lmaydigan mohiyatni aql bilan bilib olamiz. Aql bizning sezgi a’zolarimiz
tashqi olamdan olgan axborotlarga asoslanib, hodisalar mohiyatini xiralashtiruvchi
va yashiruvchi tashqi, tasodifiy holatlardan abstraktlashib
hodisalar dunyosini
tashqi, nomuhim xususiyatlar va aloqalardan xalos qiladi. Muhimni nomuhimdan
farqlantira va ajrata olmaydigan sezgilardan farqli o‘laroq, aql hodisalardan
hamma narsani emas, balki faqat eng muhimini, barqarorini, qonuniyatlisini oladi.
Shuning uchun abstraksiyalar hissiy bilish uchun g‘oyat harakaterli bo‘lgan
yorqinlik, bevositalik va yaqqollikdan mahrumdir.
Ratsionalizm
(lot. rationalis, ratio ‒ aql)
‒ aqlga odamlarning bilish va xulqi-
ning asosi, deb qaraydigan falsafiy yo‘nalish
263
. Ratsionalizm atamasi XIX asr
o‘rtalarida falsafaga kirib keldi. Ratsionalizm an’analari qadimgi yunon faylasuflariga
borib taqaladi. Masalan, Parmenid bilimni aql vositasida olingan “haqiqiy”
bilimga
va sezgilari orqali olingan bilimlarga ajratdi; aqlga haqiqatning mezoni sifatida qaradi.
Yangi zamon tabiatshunosligining taraqqiyoti natijasida ratsionalizm gnoseologik
qarashlar tarkibiga kirdi. XVII-XVIII asrlar klassik ratsionalizm o‘rta asr sxolastikasi
va diniy dogmatizmga zid ravishda (Dekart, Spinoza, Leybnits) butun olamning
sababiy bog‘langanligi g‘oyasini ilgari surdi. Ratsionalizm prinsiplaridan
materialistlar (Spinoza) ham, idealistlar (Leybnits) ham foydalandilar.
XVII-XVIII
asrlar ratsionalizm insonning faoliyati va bilishda aqlning birlamchiligi g‘oyasini
ilgari surishi bilan jamiyatning mafkurasi bo‘lib qoldi. Aqlni ulug‘lash, madh etish
tendensiyasi XVIII asr fransuz materialist (Lametri, Gelvetsiy, Didro, Golbax)lariga
ham xos edi. Ratsionalizm sensualizmga qarama-qarshi holda haqiqiy ilmiy
bilimlarni, haqiqatning asosi va mezoni sifatida namoyon bo‘ladigan aql orqali
hosil
qilish mumkin, deb hisobladi. Ratsionalizm ilmiy bilishning yagona asosini
aqlda deb biladi va bundan hissiyotlardan xoli (Leybnits) fikrlash qobiliyati yoki
tug‘ma g‘oyalar (Dekart) mavjudligini ta’kidlaydi. Dunyoni bilishda hissiy qabul
qilish rolining kamaytirilishi obyektiv reallikni bilishda fikrlar tarqoqligiga olib keldi.
XVIII asrdagi ko‘plab ratsionalistlar olamning mohiyati
yoki ibtidosini bilish
mumkin emasligini (Kantning “narsa o‘zida”sini) tan oldilar. Bilish jarayoni
262
Фалсафа. Ахмедова М.А. умумий мухаррирлиги остида. Ўзбекистон Республикаси олий ва ўрта махсус
таълим вазирлиги томонидан олий ўқув юртлари учун дарслик сифатида тавсия қилинган. Тошкент, 2005.
– Б. 214.
263
Фалсафа қомусий луғат. – Тошкент: “Шарқ”, 2004. – Б.344-345.
197
(Gegeldagi kabi) aqlning o‘z-o‘zini bilishga qaratilishi, obyektiv olamning rivojlanishi
esa, sof mantiqiy, ratsionalistik jarayon sifatida kursatadi.
XIX-XX asrlar G‘arb falsafasida aqlning cheksiz kuchiga bo‘lgan ishonch
yo‘qolib (pozitivizm, neopozitivizm va b.), insonning hech narsa bilan
cheklanmagan aqliy faoliyati va aqlning kuch-qudrati
kabi ideallarni himoya
qiluvchi klassik ratsio-nalizm keskin tanqid qilindi. Bu tanqid irratsionalizm
(freydizm, intuitivizm, prag-matizm va ekzistensializm) tomonidan hamda
“cheklangan” ratsionalizm ruhida olib borildi. Obyektiv
olamni bilishda aqliy va
hissiy bilishning dialektik birligini tan olish bilan bog‘liq bo‘lgan bilish jarayonini
tahlil qilish asosida ratsionalizm va sensualizm o‘rtasidagi ziddiyatlar hal etila
boshlandi.
Umuman olganda, ratsionallik zamirida bilimlarning ontologik birikmasi mu-
jassamlashgan bo‘ladiki, ularni quyidagicha ko‘rsatib o‘tish mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: