282
Зоҳидов А. Ўлим жазоси: ким қандай фикрда? - https://kun.uz/47576914
207
oshiriladi. Mahkumlar dorga osiladi, xaloyiq tomonidan toshbo‘ron qilinadi.
Saudiya Arabistonida ko‘pincha jallod mahkumni cho‘kkalatib qo‘yib, qatl oldidan
qilich bilan o‘lim raqsini ijro etadi. Eronda bu jazoga, ayniqsa, e’tibor beriladi.
Xalq yaxshi tomosha qilishi uchun dorlar avtokranlarga baland qilib yasaladi va
hatto toshbo‘ronda mahkumning joni tez uzilmasligi uchun olomonga o‘rtacha
kattalikdagi toshlar otish tavsiya qilinadi. Iroq va Afg‘onistonning ayrim
hududlarida osish usuli ko‘p qo‘llaniladi. O‘z davrida bu davlatlarning rahbarlari
bo‘lgan Saddam Husayn, Najibullo kabi arboblar ham dorga osilgan.
Ko‘pchilik davlatlar amaliyotida davlat rahbarlari (prezident, podshoh yo
qirol, bosh vazir) tomonidan o‘limga mahkum etilgan inson afv etilishi mumkin.
So‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra quyidagi davlatlarda o‘lim jazosi eng ko‘p
qo‘llanilgan: 1. Xitoy; 2. Eron; 3. Saudiya Arabistoni; 4. AQSh; 5. Pokiston.
O‘lim jazosi Angliyada 1969-yildan, Fransiyada 1981-yildan, G‘arbiy
Germaniyada 1949-yildan, GDRda 1987-yildan, Ispaniyada 1975-yildan,
Rossiyada 1996-yildan buyon qo‘llanilmaydi. Portugaliya 1867-yilda, Yevropada
birinchi bo‘lib o‘lim jazosini bekor qilgan. Ko‘hna qit’ada bu jazoni hali-hanuz
qo‘llab kelayotgan oxirgi davlat Belarusdir
283
.
AQShda o‘lim jazosi o‘ziga xos tarixga ega. Hatto XX asrga qadar ham
ko‘pchilik hududlarda sheriflar jinoyatchi deb hisoblagan odamlarini yakka o‘zlari
o‘limga mahkum qilib, shu ondayoq jazoni ijro etaverganlar. Hozirda ham turli
shtatlar qonunlariga ko‘ra 5 xil usul ‒ osish, otuv, elektr stuli, gaz kamerasi, o‘lim
in’yeksiyasi qo‘llanilishi mumkin. Qatl oldidan mahkumga oxirgi tamaddi
imkoniyati beriladi va u xohlagan taomlar taqdim etiladi. Shuningdek, so‘nggi
so‘zlar ham tinglanadi. Ijroni advokat, ruhoniy bilan birga mahkumning va u
o‘ldirgan
kishilarning
qarindosh-urug‘lari
kuzatib
turishlari
mumkin.
Be’manilikday tuyular, lekin qatl etiluvchi albatta, sog‘lom bo‘lishi shart. Betob
bo‘lsa, shifoxonada davolanadi va sog‘ayganidan keyingina hukm ijro qilinadi.
2009-yilda AQShda turli usullar bilan 106 kishi qatl etilgan. Bu o‘lim jazosi
qayta qo‘llanila boshlangan 1976-yildan buyon eng past ko‘rsatkichdir. 1994-yilda
eng ko‘p ‒ 328 marta jazo ijro etilgan. O‘lim jazosi hozirgi kunga qadar Yaponiya,
Singapur, Malayziya, Shimoliy Koreya kabi davlatlarda ham qo‘llaniladi.
Xitoyda o‘lim jazosi nafaqat qotillik, balki iqtisodiy jinoyatlar uchun ham
qo‘llaniladi va otuv usulida amalga oshiriladi. Ko‘pincha mahkumlar yangi yil
oldidan yirik maydonlarda, omma oldida qatl etiladi. Hukm ijro etilganidan so‘ng
mahkumning qarindoshlaridan o‘q uchun 9 yuan undirib olinadi. Agar qarindoshlar
pulni to‘lashdan yoki mahkumdan voz kechsa, qatl etiluvchi o‘q pulini to‘lashi
yoki shunga yarasha ishlab berishi lozim.
Ma’ruzamizning boshida o‘lim jazosi qo‘llanilishi yakuni yo‘q bahslardan
biri dedik. O‘lim jazosi tarafdorlari mudhish jinoyatga qo‘l urganlar bu dunyoda
yashashga haqqi yo‘q, deb hisoblaydilar. Rossiyada bir ayol farzandining qotili
butun umrlik qamoq jazosiga hukm qilinganida: “Men bir soliq to‘lovchi sifatida
o‘z farzandimning qotilini butun umr boqib o‘tamanmi?”, deya e’tiroz bildirgan.
Bu jazoga qarshilar inson boshqa bir insonning hayotiga nuqta qo‘yishga haqqi
283
Зоҳидов А. Ўлим жазоси: ким қандай фикрда? - https://kun.uz/47576914
208
yo‘q, aks holda bizning o‘sha qotillardan farqimiz qolmaydi, degan fikrni ilgari
surishadi. Shuningdek, qatl jazo emas, qasosdir, qasos esa faqat Haqdandur, deya
bong urishadi. Yana xato tufayli nohaqdan hukm qilinganlarda hech qanday
imkoniyat qolmasligini ham bu jazo o‘rinsizligiga sabab sifatida ko‘rsatishadi.
Ma’lumki, 1993-yilgi Inson huquqlari sohasidagi Vena deklaratsiyasi va
Harakat dasturida inson huquqlari sohasidagi vaziyatni yaxshilash bo‘yicha aniq
samarali va uzoq muddatli tadbirlar yaratish maqsadida har bir mamlakatda Inson
huquqlari sohasida milliy harakat rejasini ishlab chiqish imkoniyatini ko‘rib
chiqishni tavsiya etilgan.
Bu borada mustaqillik yillarida mamlakatimizda bir qator islohotlar amalga
oshirildi. Jumladan, 2005-yil 1-avgustda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
“O‘zbekiston Respublikasida o‘lim jazosini bekor qilish to‘g‘risida”gi Farmoni
qabul qilindi. Farmonda “O‘lim jazosini qo‘llash sohasining bosqichma-bosqich
kamayib borayotganligi O‘zbekiston Respublikasida sud-huquq tizimini, jinoiy
jazolarni liberallashtirish borasida amalga oshirilayotgan jarayonlarning muhim
yo‘nalishi” bo‘lganligi ko‘rsatilgan. Mamlakat mustaqillikka erishgan paytda
jinoyat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari o‘lim jazosini nazarda tutuvchi 30 dan ortiq
moddalardan iboratligi, O‘zbekiston Respublikasining 1994-yilgi Jinoyat
kodeksida bunday moddalar soni 13, 1998-yilda 8, 2001-yilda esa 4 tagacha
kamaytiril-gan”ligi
ko‘rsatilgan.
2003-yilda
jinoyat
qonunchiligini
liberallashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilgandan so‘ng,
faqat ikki turdagi jinoyat javobgarlikni og‘irlashtiradigan holatlarda ‒ qasddan
odam o‘ldirish va terrorizm jinoyatlarini sodir etganlik uchun o‘lim jazosi
nazarda tutilishi ta’kidlangan
284
. Shuningdek, farmonda bir qator vazifalar
belgilangan bo‘lib, ular izchilik bilan amalga oshirib kelinmoqda. Jumladan,
farmonda quyidagi vazifalarni amalga oshirish lozimligi ko‘rsatilgan:
“...mamlakatda amalga oshirilayotgan jamiyat va davlat hayotini demokratik
jihatdan yanada yangilash, mamlakatni modernizatsiya qilish borasidagi islohotlar-
ning mohiyati va mazmuni, sud-huquq tizimini liberallashtirish bo‘yicha olib bori-
layotgan ishlarning natijalari jazo turi sifatida o‘lim jazosi bekor qilinishini hamda
uni umrbod yoki uzoq muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosi bilan almash-
tirilishi zarurligini taqozo etmoqda.
Shu
bilan
birga,
ushbu
muhim
sohadagi
islohotlar,
ijtimoiy
munosabatlarning rivojlanishi va insonparvarlik ruhida olib borilishini hamda
insonlar ongida demo-kratik qadriyatlar tobora mustahkamlanishini inobatga olgan
holda izchillik bilan amalga oshirib borilishi lozim.
O‘lim jazosining bekor qilinishi aholi orasida keng tushuntirish ishlari olib
borishni, birinchi navbatda, mamlakatimizning huquqiy demokratik davlat va
fuqarolik jamiyatini shakllantirish yo‘lidagi izchil harakatlarini asoslab berishni,
jinoiy jazoni yanada liberallashtirish, shu jumladan, o‘lim jazosini bekor qilish
zaruratining anglab yetilishini kishilar ongida mustahkamlashni taqozo etadi.
284
Ўзбекистон Республикаси Президентининг “Ўзбекистон Республикасида ўлим жазосини бекор қилиш
тўғрисида”ги Фармони - Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами, 2005 й., 30-31-сон, 223-
модда.- https://lex.uz/docs/1264447
209
O‘lim jazosi umrbod yoki uzoq muddatga ozodlikdan mahrum etish bilan
almashtirilgan shaxslarni saqlash uchun majmua va inshootlar qurish, zarur shart-
sharoitlarni yaratish, ana shu muassasalarda ishlash uchun xodimlarni tayyorlash
bilan bog‘liq bir qator tashkiliy-tayyorgarlik tadbirlarini amalga oshirish lozim”.
O‘zbekistonda inson huquqlari sohasida qo‘yilgan eng muhim qadamlar
qatorida 2008-yil 1-yanvardan e’tiboran, o‘lim jazosi to‘la bekor qilindi. O‘zbekis-
ton Parlamenti Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro paktning o‘lim
jazosiga taalluqli Ikkinchi Fakultativ protokolini ratifikatsiya qildi. O‘zbekiston
Ikkinchi Fakultativ protokolni ratifikatsiya qilgan jahondagi 67-davlat bo‘ldi.
O‘zbekiston BMT Bosh Assambleyasining “O‘lim jazosini qo‘llashga mora-
toriy e’lon qilish” rezolyutsiyasini qo‘llab-quvvatladi va o‘lim jazosiga qarshi IV
Butunjahon kongressi ishida (2010-yil fevral, Jeneva) ishtirok etdi.
Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro pakt qoidlarini to‘la
amalga oshirishga yo‘naltirilgan demokratik institutlar – “Xabeas korpus” va “Mi-
raida qoidalari” huquqni qo‘llash amaliyotiga joriy etildi. Mazkur institutlarning
joriy etilishi insonning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklarini himoya
qilishning, uning daxlsizligi ta’minlashning muhim omiliga aylandi.
Sudlar amaliyotida yarashtirish instituti keng ommalashdi. Buni 100
mingdan ko‘proq kishiga nisbatan yarashtirish tartibi qo‘llanilganligi ko‘rsatib
hisoblaganda, turmadagilar soni 151 nafari tashkil etadi. Bu MDH va Yevropa
mamlakatlarida eng past ko‘rsatkichlardan biri hisoblanadi. Keyingi 10-yil
davomida mamlakatda qamoqqa olinganlar, ozodlikdan mahrum etish joylarda
saqlanadiganlar soni ikki baravardan ko‘proqqa kamaydi
285
.
Do'stlaringiz bilan baham: |