205
gubernator
Devid Jonston imzolagan
280
.
Ayni damda evtanaziya borasidagi yangi qonun faqat Kanada fuqarolari
uchun amal qiladi. Undan ruhan sog‘lom va 18 yoshdan yuqori bo‘lgan Kanada
fuqarosi foydalana oladi.
Ma’lumot uchun: evtanaziya – bu og‘ir va tuzalmas darddan azob
chekayotgan insonning ixtiyoriy ravishda hayotini to‘xtatishlariga rozi bo‘lishi.
Yonlama amiotrofik skleroz kasaliga uchrab, harakatlana va gapira olmay
qolgan, odamlar bilan nutq sintezatori yordamida muloqot qiladigan mashhur
britaniyalik olim Stiven Xoking hayotdan ketish
uchun evtanaziyaga murojaat
qilishi mumkinligini haqida quyidagicha munosabat bildirib o‘tgan: “Agar kuchli
og‘riq sezsam, fanga boshqa yangilik kirita olmasam yoki atrofdagilarga ortiqcha
yuk bo‘la boshlasam, evtanaziya yo‘lini qo‘llashim mumkin”. Olimning fikricha,
“har bir inson o‘z hayotini istaganday va istagan paytida yakunlash huquqiga
ega”
281
.
Xalq hokimiyati, huquqiy tizim o‘rnatilgan deyarli barcha davlatlarda
muhim qarorlar qabul qilinishidan avval referendumlar o‘tkaziladi, ijtimoiy fikr
o‘rganiladi, masalaga fuqarolarning munosabati tahlil qilinadi.
Lekin
shunday savollar borki, ularni omma e’tiboriga havola qilib
bo‘lmaydi. Masalan, “Maoshlar oshirilishi kerakmi?”, “Soliqlar kamaytirilishi
lozim deb o‘ylaysizmi?” degan savollarni o‘rtaga tashlashdan mantiq yo‘q. Chunki
javob tayin, garchi ko‘pchilikning bu boradagi fikri bir joydan chiqsa-da, baribir,
hukumat imkoniyatlariga ko‘ra va vaziyatdan kelib chiqib ish ko‘radi.
Ana shunday, ijtimoiy fikr o‘rganilganda so‘ralmaydigan savollardan, refe-
rendumda kun tartibiga qo‘yilmaydigan masalalardan biri bu “O‘lim jazosini yoq-
laysizmi, yoki og‘ir jinoyat qilganlar oliy jazo sifatida qatl etish qo‘llanilishi
tarafdorimisiz?” ‒ degan savolni qo‘yishdir. Chunki mutlaq aksariyat odamlar
mud-hish jinoyat qilganlar o‘lim jazosiga hukm qilinishini yoqlab chiqishlari aniq.
Shunday bo‘lsa-da, ko‘plab davlatlarda, shu jumladan, O‘zbekistonda ham
oliy jazo sifatida o‘lim jazosi butun umrlik yoki katta muddatlarga ozodlikdan
mah-rum qilish jazosiga almashtirilgan.
Umuman olganda, o‘lim jazosi insoniyat
abadiy tortishib o‘tadigan, aniq to‘xtamga kelish qiyin bo‘lgan bahslardan biridir.
O‘lim jazosi ‒ qonun tomonidan yo‘l qo‘yiladigan oliy jazo turi bo‘lib, og‘ir
jinoyatlari uchun insonning qatl etilishi. O‘lim jazosi ijro etilayotgan vaqtda davlat
tomonidan belgilangan vakillar ishtirok etishi va aynan ular qatlni amalga oshirish-
lari shart, aks holda bu jarayon qotillik deya baholanadi.
Hozirda dunyoning 130dan ortiq davlatida o‘lim jazosi qo‘llanilmaydi.
Lekin insoniyat borki, bu jazo turi ham mavjud. Butun dunyo huquqshunoslari
baravar bu jazoga qarshi chiqqanlarida ham uning yo‘qolib ketishiga ishonish
qiyin. Yildan-yilga kamayib borayotgan bo‘lsa-da, hali-hanuz ko‘pchilik
davlatlarda o‘lim jazosi muntazam qo‘llanilib kelinadi. Bu davlatlar qatorida
o‘zining huquqiy tizimi bilan barchaga o‘rnak bo‘lishga harakat qiladigan AQSh
ham bor.
Yevropada esa, aksin-cha, deyarli barcha davlatlar bu jazo turidan voz
280
https://kun.uz/44443693
281
https://kun.uz/uz/news/2015/06/03/stiven-xoking-evtanaziya-yordamida-hayotiga-nuqta-qoyishi-mumkin
206
kechishgan. Lekin tarix nuqtayi nazaridan bu jazoni eng ko‘p qo‘llagan va
takomillashtirib, o‘ziga xos san’at dara-jasiga olib chiqqanlar ham aynan ko‘hna
qit’a davlatlaridir.
Kamdan-kam tarixiy filmlar o‘lim jazosi sahnasisiz kechadi. Albatta,
ko‘rgan-siz, baland sahn ko‘rinishida tiklangan qurilma (eshafot), unga o‘rnatilgan
dor, bir chetda turgan kunda, niqob kiygan jallod va qo‘li bog‘lanib cho‘kkalab
turgan mahkum. Pastda esa son-sanoqsiz olomon....
Bu anchayin insonparvar sahna ko‘rinishi. Film ijodkorlari ham
tomoshabinda noxush hislar qoldirmaslik uchun ko‘proq shu ko‘rinishdan
foydalanadilar. Lekin u davrlarda o‘lim jazosining usullari shu qadar ko‘p
bo‘lganki, ularning nomini eshitiboq kishining eti junjikadi. Mahkumlar dorga
osilgan, o‘tda yoqilgan,
parcha-lab tashlangan, boshlari olingan, past olovda
qaynatilgan, toshbo‘ron qilingan, tirik-lay ko‘milgan, yirtqich hayvonlarga yem
qilingan, qoziqqa o‘tqazilgan… Bular ham hammasi emas, mahkumning aybiga
ko‘ra yanayam shafqatsiz usullar o‘ylab topil-gan yoki uning joni uzilgunga qadar
bir necha usullar qo‘llanilgan.
U davrlarning o‘ziga
xosligi shundaki, bizning nazdimizda og‘ir jinoyatlar
deya baholanadigan qotillik, davlatga xiyonat qilish kabi qilmishlar uchungina
emas, aksildiniy qarashlar, g‘alayon qilish, o‘g‘irlik, turmush o‘rtog‘iga xiyonat,
harbiy xizmatdan qochish, shohni yoki tuzumni yomonlash,
fohishalik va hatto
arzimagan hazillar uchun ham o‘limga mahkum qilinib, hukm ham darhol ijro
etilgan. Mahkum shaharlarning markazlarida, bozorlarda, umuman, odamlar
gavjum joylarda qatl qilingan va jazo har doim ham ming-minglab odamlar ko‘z
o‘ngida amalga oshiril-gan. Qatl jarayoni ommaviy yig‘inlarga, xalq tantanasiga
aylanib ketgan.
Televizor, gazetalar kabi ommaviy axborot vositalari yo‘q
davrlarda bu olomon uchun o‘ziga xos tomosha vazifasini o‘tash bilan birga
boshqalarga o‘rnak bo‘ladigan juda kuchli targ‘ibot vazifasini ham bajargan.
Zamonamizda bu jazo quyidagi ko‘rinishlarda mavjud: bekor qilingan;
oddiy sud amaliyotida bekor qilingan, lekin maxsus sud amaliyotlarida (masalan
urush holatida) qo‘llanilishi mumkin; Qonun tomonidan bekor qilinmagan bo‘lsa-
da, qo‘llanilmaydi; oliy jazo sifatida o‘lim jazosi qo‘llaniladi. Hozirda o‘lim jazosi
belgilanganidan so‘ng ham, hukm ijro qilingunga qadar ham ko‘p yillar o‘tib
ketadi va ko‘pincha mahkumlar tabiiy o‘limdan vafot etishadi. O‘sha vaqt
mobaynida mahkumga apellyatsiya berish imkoniyati beriladi va sud jarayoni bir
necha marta qaytalanishi mumkin. Masalan, AQShning Jorjiya shtatida yashovchi
Jek Oldermen xotinini o‘ldirgani uchun 1975 yilning 14 iyunida o‘lim jazosiga
hukm qilingan, lekin oradan 33 yil o‘tibgina, 2008 yilning 16
sentabrida qatl
etilgan
282
.
Bu jazo vositalari asrlar osha takomillashtirib kelingan. Hozirda rivojlangan
va bu jazo bekor qilinmagan davlatlarda ko‘proq to‘pponchadan otish, gaz
kamerasi, elektr stullar, o‘lim in’yeksiyasi qo‘llaniladi. Aksariyat davlatlarda bu
jazo qamoqxonalarda va maxsus belgilangan joylarda ijro etilsa Eron, Saudiya
Arabistoni kabi davlatlarda hozir ham bu jazo ko‘pincha omma oldida amalga
Do'stlaringiz bilan baham: