Samarqand davlat universiteti isoqjon negmatov ijtimoiy ishning etik



Download 3,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet259/320
Sana26.01.2023
Hajmi3,6 Mb.
#903183
1   ...   255   256   257   258   259   260   261   262   ...   320
Bog'liq
544380b408b004544d7b8cdc14ddc379 Ijtimoiy ishning etik professional qadriyatlari

Marginal shaxs
(lot. marginalis – arosatdagi shaxs) – muayyan ijtimoiy 
guruhlar o‘rtasidagi oraliq vaziyatni egallagan individ yoki biror tabaqa, qatlamga 
mansub bo‘lmagan individni ifodalovchi atama. Marginal shaxs atamasi 
amerikalik sotsiolog R.Park tomonidan XX asrning 20-yillarining ikkinchi yarmida 
mulatlarga nisbatan ilk bor qo‘llangan. Uning fikricha, jamiyatda egallab turgan 
mavqeyiga ko‘ra o‘ziga xos xususiyatlarga, ya’ni bezovtalik, tajovuzkorlik, 
shuhratparaslik, qiziqqonlik, tortinchoqlik va egoistik jihatlarga ega bo‘lgan 
kishilar marginal shaxsdir. Marginallik holati individ yoki guruhning ruhiyati, 
maqomi, jamiyatda tutgan o‘rniga muayyan ta’sir o‘tkazib, ularning ijtimoiy-
siyosiy xulq-atvorida yaqqol namoyon bo‘ladi. Marginal shaxs va marginallik 
ko‘proq qoloq mamlakatlar ijtimoiy hayotiga xos hodisa bo‘lib, ayrim hollarda 
jamiyat taraqqiyotiga, uning iqtsodiy va siyosiy barqarorligiga xavf tug‘diradi. 
Masalan, Bangladesh, Birma, Shri-Lanka singari Osiyo va bir qator Afrika 
davlatlarida marginal qatlamlar ta’sir kuchiga ega bo‘lib, davlat to‘ntarishlari, 
milliy-etnik to‘qnashuv-mojarolar, uyushgan jinoyatchilikning avj olishi, ya’ni 
ijtimoiy barqarorlikning izdan chiqishiga sabab bo‘ladi. Shunday qilib, marginal 
shaxs deganda mamlakat aholisi ma’lum bir qismining “arosatda qolgan”, o‘z 
ijtimoiy guruhidan begonalashgan, boshqa ijtimoiy guruhga qo‘shilib, uning 
tarkibida o‘z ijtimoiy maqomiga ega bo‘lmagan, huquqiy holati noaniq yoki haq-
huquqlari aniq belgilanmagan guruh yoki shaxs tushuniladi. 
Marginal guruhlar.
Marginallar (lot. marginalis – chetga chiqib qolgan) – 
ongi, xulq-atvori va maqomi ijtimoiy guruhlar chegarasida joylashgan kishilar 
majmuyi. Bular bir ijtimoiy (masalan, milliy, diniy) muhitdan chiqib, o‘zi uchun 
yangi bo‘lgan boshqa ijtimoiy-madaniy muhitga qo‘shila olmagan kishilardir. 
Marginallar maqomi chegaraviy xususiyatga ega bo‘ladi, shu bois marginal o‘zini 
o‘zi aniq identifikatsiya qila olmaydi. 
Marginallik ijtimoiy hodisa sifatida hozirgi jamiyatda ancha keng tarqalgan. 
Ijtimoiy marginallik kuchli ijtimoiy bo‘hronlar yuz berayotgan jamiyatlarda 
ayniqsa, keng tarqaladi (barqaror jamiyatda marginallar jamiyat ijtimoiy 
strukturasida ahamiyatga molik o‘rin egallamaydilar va uning rivojlanish 
jarayoniga sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatmaydilar). 
Hozirgi vaqtda MDHda butun ijtimoiy strukturaning marginallashuvi 
muammosi dolzarb ahamiyat kasb etayotir (uysiz odamlar, qarovsiz bolalar va 
h.k.). Marginallashuv – bu jamiyatda marginallar sonining ko‘payish jarayonidir. 
So‘nggi yillarda qishloqdan shaharga ko‘chib kelgan odamlar (qishloqda ish 
yo‘qligi va h.k.), qochoqlar (millatlararo mojarolar va h.k.), ishsizlar, ozodlikdan 
mahrum qilish joylaridan chiqqan shaxslar soni sezilarli darajada ko‘paydi.


351 
Ijtimoiy o‘zgarishlar jarayoni shikastsiz kechishi mumkin emas. Ular yuzlab 
va minglab kishilar, oilalar, milliy va ijtimoiy guruhlarning ijtimoiy holati, moddiy 
farovonlik darajasi va taqdiriga o‘z ta’sirini ko‘rsatishi muqarrardir.
1991-yil 1-sentabrda o‘z davlat mustaqilligini e’lon qilgan O‘zbekiston 
totalitar tuzumdan demokratik jamiyatga, rejali-markazlashgan iqtisodiyotdan 
bozor iqtisodiyotiga, aholining eng muhim manfaatlari mafkuraviy aqidalarni keng 
yoyish yo‘lida qurbon qilingan jamiyatdan iqtisodiy o‘sish va inson farovonligini 
ta’minlash bosh vazifaga aylangan jamiyatga o‘tish yo‘liga kirdi.
Iqtisodiy o‘sish, daromadlar darajasi, sog‘liqni saqlash va ta’lim 
xizmatlaridan bahramand bo‘lish, atrof muhitni muhofaza qilish, davlat 
boshqaruvining samaradorligi bilan bog‘liq muammolar asosan o‘tish davrida 
namoyon bo‘ldi. Biroq amalga oshirilgan tahlil natijalari O‘zbekistonda mazkur 
muammolar zamirida sho‘ro tuzumi davri va mamlakatning murakkab tarixiy 
o‘tmishi yotishini ko‘rsatadi. O‘zbekiston hukumati mazkur muammolarning 
shikastli ta’sirini mumkin qadar kamaytirish uchun yangi iqtisodiy va ijtimoiy 
tizimga o‘tishning bosqichma-bosqich, tadrijiy yo‘lini tanladi. O‘tgan 20-yil 
mobaynida O‘zbekistonda XX asrning 80-yillari oxiri – 90-yillari boshida sobiq 
Ittifoq respublikalarining barchasini chulg‘ab olgan inqiroz oqibatlari asta-sekin 
bartaraf etilmoqda. 

Download 3,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   255   256   257   258   259   260   261   262   ...   320




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish