Iqtisodiyot fanlari



Download 41 Kb.
Sana28.03.2022
Hajmi41 Kb.
#513682
Bog'liq
Tezis FarDU 1-kurs magistranti M.A.Yursunova (3) (3)


Iqtisodiyot fanlari
M.A.Yursunova
Far DU 1-kurs magistranti


YANGI O‘ZBEKISTONDA XIZMAT KO‘RSATISH SOXASINI RIVOJLANTIRISH – INSON FAROVONLIGINI TA’MINLASH OMILI SIFATIDA

O‘zbekiston Respublikasida xizmatlar sohasini jadal rivojlantirish orqali aholini tadbirkorlikka yo‘naltirish, ishsizlik va kambag‘allikni qisqartirish taraыыiyot strategiyasining muhim yo‘nalishlaridan biriga aylangan. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 11 maydagi "Xizmatlar sohasini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-5113-sonli Qarori xizmat ko‘rsatish sohasining istiqbolini belgilab berdi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
Xizmatlar sohasining mamlakatimiz iqtisodiyotidagi ulushini ko‘paytirish, joylarda xizmatlar sohasidagi mavjud imkoniyatlarni to‘liq ishga solish, xizmatlar turlarini kengaytirish va sifatini oshirish bo‘yicha o‘z yechimini kutayotgan muammoli masalalarni hal qilish, mazkur yo‘nalishda tadbirkorlik sub’yektlarini yanada qo‘llab-quvvatlash, ularning g‘oya va tashabbuslarini rag‘batlantirish maqsadida respublikamizning har bir viloyatida 2021-2023 yillarda xizmatlar sohasini rivojlantirishning maqsadli parametrlari belgilandi.
Ammo hukumatimiz tomonidan qabul qilinayotgan Qaror va Farmoyishlarning mazmun-mohiyati mahallalarda o‘z vaqtida targ‘ib qilinmayotganligi natijasida fuqarolar o‘zlari uchun yaratib berilgan imkoniyatlardan bexabar qolib ketayotganligi achinarlidir.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 24 iyuldagi PF-6269-
sonli “Davlat xizmatlari ko‘rsatish infratuzilmasini takomillashtirish va aholining davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga asosan 2021 yil 1 noyabrdan boshlab, ijtimoiy himoya yagona reyestri» axborot tizimida ro‘yxatga olingan shaxslarga, shuningdek, I va II- guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga davlat xizmatlari markazlari va (yoki) Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali davlat bojlari, yig‘imlar va boshqa har qanday to‘lovlar bo‘yicha 50 foiz miqdorida chegirma qo‘llanilishi belgilab qo‘yildi.
Shuningdek, Prezidentimizning 2021 yil 3 dekabrdagi PF-29--sonli “Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risida”gi Farmoniga, asosan, respublikamizning har bir mahalla fuqarolar yig‘inlarida “Hokim yordamchisi” lavozimi joriy etildi. Kelgusida hokim yordamchilarining asosiy maqsadi mahallalarda istiqomat qilayotgan fuqarolarga yurtboshimiz tomonidan qabul qilingan Farmon va Qarorlarning mazmun-mohiyatini tushuntirish va imtiyozlardan foydalanish orqali kambag‘allikni qisqartirish hamda xizmatlar sohasini rivojlantirish asosiy vazifa etib belgilandi.
Kelgusida davlat xizmatlari agentligi xodimlari mahallabay targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib boradilar, hokim yordamchilari esa har bir oilaning turmush tarzi, yashash sharoitidan kelib chiqib, tadbirkorlikka jalb qilish, ularni qo‘llab-quvvatlash, bir so‘z bilan aytganda, ularning orzu-umidlarini ro‘yobga chiqarishda asosiy omil bo‘lib xizmat qiladi.
Prezidentimizning saylovoldi dasturidagi Murojaatlarida asosiy e’tibor inson qadri hamda farovon turmushini ta’minlashga qaratilganligi, xayotimizda “Davlat-insonlar uchun”, degan g‘oya ilgari surilayotganligi “Yangi O‘zbekiston – inson qadri ustuvor bo‘lgan jamiyat va xalqparvar davlat” ekanligining isbotidir.
Xizmat ko‘rsatish soxalaridan biri bo‘lgan sog‘liqni saqlash tizimida tibbiyotning birlamchi bo‘g‘ini xisoblangan tuman (shaxar) Oilaviy shifokorlik punktlari va Oilaviy poliklinikalarini qo‘llab-quvvatlash, aholining tibbiy savodxonligini oshirishga e’tibor kuchaytirilmoqda. Aholining to‘g‘ri ovqatlanishi, ommaviy sport bilan shug‘ullanishi hamda sog‘lom turmush tarziga rioya qilishi kasalliklarning oldini olish va umr ko‘rish davomiyligini uzaytirishda muhim omil sanaladi. Bu borada Prezidentimizning 2020 yil 30 oktyabrdagi PF-6099- sonli “Sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilingan.
Farg‘ona viloyati Oltiariq tumanida 2021 yilda tumanning Ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi, 6 ta qishloq oilaviy poliklinikasi, 2 ta qishloq vrachlik punkti binolarini rekonstruksiya qilish xamda elektron poliklinikani joriy etish maqsadida kompyuter jamlamalari, planshet hamda yuqori tezlikdagi internet tarmog‘i bilan ta’minlash uchun 4 627,0 mln.so‘m pul mablag‘i ajratildi.
Ushbu sohada raqamli tibbiyotga o‘tish orqali ish sifatini oshirishga erishilmoqda, www.xatlov.uz elekton poliklinika tizimi joriy etilgan. “Elektron poliklinika” tizimining ro‘yxat va ma’lumotlarni avtomatlashtirish, yagona elektron ambulatoriya tibbiy kartasini yuritish kabi afzalliklarga egaligi, bemorlar masofadan turib, o‘zi uchun qulay vaqtda shifokor ko‘rigiga navbat olishi mumkinligi xizmat ko‘rsatish sifatini oshiradi.


  1. PQ-5113-сон 11.05.2021. Xizmatlar sohasini jadal ... - LEX.UZ


  1. PF-6269-сон 24.07.2021. Davlat xizmatlari ko'rsatish ... -LEX.UZ


  1. PF-29-сон 03.12.2021. Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish ...


  1. PF-6099-сон 30.10.2020. Sog'lom turmush tarzini keng tatbiq ...


Download 41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish