348
III BO‘LIM. IJTIMOIY ISHDAGI KASBIY-ETIK QADRIYATLARNING
AMALIY AHAMIYATI
12-bob. TURLI MIJOZ VA GURUHLAR BILAN IJTIMOIY ISH OLIB
BORISH AMALIYOTI ETIK MASALALARI
Reja:
1. Marginal guruhlar tushunchasi. Marginallik sabablari
2. Marginal guruhlarning jamiyatdagi holati
3. Turli yosh, moddiy maqom, madaniyat, jinsdagi va boshqalar bilan
ishlashda axloqiy qadriyat va prinsiplar.
Tayanch so‘z va iboralar
: marginallik, marginal guruh, turli yosh, maqom,
madaniyat, jins, prinsip.
1. Marginal guruhlar tushunchasi. Marginallik sabablari
Kishilar o‘z hayot faoliyati jarayonida birlashib, tashkil etadigan guruhlar
muammosi sotsiologiya va ijtimoiy psixologiyaning muhim masalasi hisoblanadi.
Ijtimoiy munosabatlar amalda har doim ijtimoiy guruhlar o‘rtasidagi munosabatlar
sifatida namoyon bo‘ladi, shu bois mazkur tuzilmalar
mavjudligining barcha
jihatlarini bilish talab etiladi. Eng avvalo, ijtimoiy guruh nimaligini bilish
muhimdir. Bu masala xususida fanda turli fikrlar ilgari surilgan. Masalan,
demografiya, statistika, psixologiyada shartli guruhlar tushunchasi ishlatiladi. U
tadqiqotchi tomonidan kishilarning o‘rganilayotgan muayyan belgiga ko‘ra
birlashtirilishini anglatadi.
Ijtimoiy
fanlar doirasida
ijtimoiy guruh
deganda amalda mavjud bo‘lgan
shunday bir birlik tushuniladiki, unda kishilar birgalashib muayyan faoliyatni
amalga oshiradilar yoki o‘xshash hayot sharoitlarida kun kechiradilar va shu bois
o‘zlarini mazkur birlikka mansub deb hisoblaydilar. Sotsiologiya uchun guruhlarni
ajratishning obyektiv mezonini ajratish muhimdir.
Mazkur mezon asosida
sotsiologiya har bir guruhni, uning jamiyat va o‘z tarkibidagi shaxslar bilan
munosabatlarini tadqiq etadi. Ijtimoiy psixologiyaga boshqacha yondashuv xos: u
guruhning inson ongi va xulq-atvoriga ta’sirini o‘rganadi. Bu yerda guruh
jamiyatning shaxsni kamol toptiradigan real bo‘g‘ini sifatida o‘rganiladi. Umumiy
psixologiya
doirasida eng avvalo, mazkur shaxsning boshqa kishilar hozirligidagi
xulq-atvori xususiyatlari tadqiq etiladi.
Bu borada Forobiy o‘zining “Fazilat, baxt-saodat va kamolot haqida”
kitobida fozil shahar mohiyati va unda fuqarolarning bir-biriga nisbatan
munosabatlarining mazmun-mohiyati haqida shunday deydi: “Fozil shahar o‘ziga
tayangan, tabiati sog‘lom bo‘lgan insonlar guruhidan iboratki,
ularning har biri
baxt-saodatga yetkazishi mumkin bo‘lgan tushunchalarni qabul qilib, bu yo‘lni bir-
birlariga hamkorlik qilish ila mushtarak ravishda bosib o‘tadilar. Bunday shahar
aholisi umumiy qondoshlik, yashash makoni, irqi va urf-odatlarining mushtarakligi
asosidagina bir yerga to‘plangan emas. Zero, Fozil shaharda bu aytilgan omillardan
hech biri yo‘q yoki ularning bo‘lishi shaharning afzalligi yoxud biror imtiyozi
349
borligini belgilamaydi. Fozil shaharda insonlarning o‘zaro aloqasi uchun vosita va
ularni birlashtiruvchi narsa “umumiy ashyolar” to‘g‘risidagi “umumiy qarash”
bo‘lib, mazkur qarashning o‘zi “umumiy faoliyat”ga
aylangan, ya’ni, yagona
ashyoga nisbatan ilm va amal shahar aholisining umumiy xususiyati bo‘lib
qolgandir”
411
.
Sotsiologiya va ijtimoiy psixologiyada ijtimoiy guruhga faoliyat subyekti
sifatida yondashish odat tusini olgan. Faoliyat mazmunining birligi uning
xususiyatlari birligiga sabab bo‘ladi. Guruhning psixologik
xususiyatlari qatoriga
Do'stlaringiz bilan baham: