343
bo‘lmasin. Suhbatni erkin holatda olib borish lozim (oyoq va qo‘llarni chalishtirish
suhbatdoshni “berkitib qo‘yadi”). Mijoz va ijtimoiy xodim bir-birining qarshisida
emas, yonida (masalan, divanda) o‘tirishganda suhbat ancha ochiq bo‘ladi.
3. Yonma-yon o‘tirgach, darrov mijozning shaxsiy maydoniga (120 sm)
surilish lozim. Biroq, bunda 45 sm gacha bo‘lgan masofa intim zona hisoblanib,
unga “kirish uchun” faqat yaqin odamlarga ruxsat beriladi.
4. Teginib o‘tirish ochiq suhbatga chorlaydi. Suhbatning biror qismida imo-
ishora yoki harakatlar bilan mijozga tegilsa, bu hol tabiiy ko‘riladi.
5. Mijozning so‘zlariga diqqat bilan quloq solish lozim.
Odatda, barcha zarur axborotni mijoz o‘z suhbatining dastlabki 30
daqiqasida bayon qiladi. Vaqtning qolgan kismida esa bayon qilingan axborot
takrorlanadi va suhbat mavzusi uchun unchalik zarur bo‘lmagan chekinishlar
qilinadi.
Demak, muzokara olib borishda quyidagi qoidalariga amal qilish lozim:
o‘z oldingizga qo‘ygan
vazifani nazardan qochirmang, nima bilan
shug‘ullanayotganingiz haqida beriladigan savolga javob berish uchun tayyor
bo‘lib turing.
e’tiborli bo‘ling va suhbatdoshingizning gapini bo‘lmang.
Suhbatdoshingizni u yetti uxlab tushiga ham kirmagan narsada ayblamang.
Bu uni mudofaa mavqeyiga o‘tib olishga majbur qiladi va muzokaralarning
umumiy asabiyligi va agressivligiga sabab bo‘ladi.
Muzokara boshidanoq samimiy va oqko‘ngil bo‘ling.
Suhbatdoshingizga
hurmat bilan munosabatda bo‘ling, lekin uning oldida yaltoqlanmang.
Suhbatdoshni eshitishni biling. Uning haqiqiy motivlari va istaklarini
tushunishga xatti-harakatlari, imo-ishoralari va so‘zlari nimalarni ifodalayotganini
anglashga harakat qiling.
Suhbatdoshingizni
o‘z
tomoningizga
“ag‘darib
olishga”,
uning
muammolarini o‘zingiz hal qilib berishga urinmang.
O‘z muammoingizda vakolatli bo‘ling, sizga berilgan savolning javobini
bilmasangiz, uni ichingizdan to‘qib chiqarmang va sizga berilmagan savolga javob
berishga harakat qilmang.
Kambag‘allik va nochorligingiz bilan “maqtanmang”.
O‘tmish to‘g‘risida emas, kelajak to‘g‘risida ko‘proq gapiring.
“Mayda gap” bo‘lmang va muhim bo‘lmagan masalalar yuzasidan tortish-
mang. Tashakkur bildiring (yordam,
ajratilgan vaqt, masalahat va h. k. uchun).
Suhbatdoshingizga u bilan uchrashuvingiz siz uchun juda muhim bo‘lganini
etkazib qo‘ying.
Muzokaralar muvaffaqiyatsizlik bilan tugashiga doimo tayyor turing.
Mijozlarning muammolarini hal qilishda ijtimoiy ishchi ko‘pincha boshqa
muassasa, tashkilot va idoralarning mutaxassislariga yordam so‘rab murojaat
qilishiga to‘g‘ri keladi. Bir marotabali shaxsiy muloqotlar uzoq muddatli o‘zaro
majburiyatlarga nisbatan ijtimoiy ishchi uchun murakkabroq bo‘ladi, uning
faoliyati samaradorligini pasaytiradi. “Kerakli” odamlar
va tashkilotlar bilan
hamkorlik aloqalarini to‘g‘ri o‘rnata bilish ijtimoiy ishchi muvaffaqiyatining
344
kafolatidir. Bunda quyidagi hamkorlik munosabatlari rivojlanishiga xalaqit
berayotgan muammolarni ham e’tiborga olish lozim:
- tomonlar manfaatlarining noaniqligi va kelishtirilmagani;
- kutilayotgan natijalar to‘g‘risidagi tasavvurlarning turlichaligi;
- o‘zaro axborot almashishning zaifligi;
- munosabatlarni huquqiy jihatdan shakllantirilmagani.
Moliyaviy mablag‘larni jalb qilish va ulardan
foydalanish masalasidagi
noaniqlik. Rejalashtirishning yo‘qligi, kim nima uchun mas’ul ekani to‘g‘risida
tasavvur shakllantirilmagani.
Ijtimoiy ishchining faoliyatida verbal va noverbal vositalar yordamida
amalga oshiriladigan, rasmiy-ish doirasida amalga oshiriladigan, bevosita muloqot
shakli bo‘lgan suhbatga katta o‘rin ajratiladi. Ish yuzasidan o‘tkaziladigan
suhbatlar quyidagi xususiyatlarga ega:
♦ hamkorlarning o‘z mavqelarini aniq va ishonarli qilib bayon qila olish
layoqatlari va muloqot maqsadlarini hisobga olgan holda muzokara predmetiga
tanlab yondashish;
♦ sherikning so‘zlariga munosabat
bildirishning tezligi; sheriklar fikri va
takliflariga tanqidiy baho berish;
♦ subyektiv va obyektiv omillarni hisobga olish va baholashga tahliliy
yondashuv;
♦ mazkur muammo bo‘yicha mavjud nuqtayi nazarlarni tanqidiy tahlil qilish
orqali o‘zining ahamiyatini bilish va sheriklarning malakalarini oshirish;
♦ muammoni hal qilishga aloqadorligi va mas’ulligini his qilish.
Xizmat yuzasidan suhbatlarni o‘tkazish bo‘yicha quyidagi tavsiyalar
beriladi:
1) suhbat rejasini oldindan yozib olish, eng muhim iboralarni tanlash;
2) suhbatdoshga suhbat davomida vaqti-vaqti bilan ta’sir o‘tkazish
tamoyilidan foydalanish: noxush momentlarni yoqimlilari bilan almashtirib turish,
suhbatning boshida va oxirida ijobiy narsalar to‘g‘risida gapirish;
3) suhbatdoshning asosiy motivlarini doimo yodda tutish:
uning kutishlari,
shu suhbat natijasida u qo‘lga kiritmoqchi bo‘layotgan afzalliklar, uning
mavqelari, o‘zini namoyon qilish istagi, adolat tuyg‘usi, o‘zini hurmat qilishi;
4) suhbatga aloqasi bo‘lmagan chet kishilarning hozir bo‘lishidan qochish;
5) har qanday vaziyatda xushmuomala bo‘lish, yuksak didni namoyish
qilish;
6) suhbatdoshning ijobiy javob berishiga ko‘maklashish;
7) suhbatdosh “yo‘q” deb javob berishi mumkin bo‘lgan savollarni
chetlab
o‘tishga intilish;
8) agar suhbatdosh sizning fikringizga qo‘sxilmasa, uni batafsil bayon
qiling;
9) suhbat mavzuidan chetga chiqmaslikka harakat qilish, yo‘l-yo‘lakay
chekinishlardan qochish, fikrni ishonarli qilib optimistik kayfiyatda ifodalash.
Shuni ham esda tutish zarurki, suhbatdoshning so‘zlarini
beodoblik bilan
bo‘linganda, uning o‘z fikrini bayon qilishiga asossiz yo‘l qo‘yilmaganda, uning
345
dalillarini e’tiborga olmaganda yoki mazax qilganda, faktlar buzib ko‘rsatilganda,
asossiz shubhalar bayon qilinganda va boshqa shu kabi holatlar suhbatning
risoladagiday o‘tishiga xalaqit beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: