Samarqand davlat universiteti isoqjon negmatov ijtimoiy ishning etik


 Marginal guruhlarning jamiyatdagi holati



Download 3,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet260/320
Sana26.01.2023
Hajmi3,6 Mb.
#903183
1   ...   256   257   258   259   260   261   262   263   ...   320
Bog'liq
544380b408b004544d7b8cdc14ddc379 Ijtimoiy ishning etik professional qadriyatlari

 
2. Marginal guruhlarning jamiyatdagi holati 
Mustabid bir tuzum o‘laroq XX asrda bor-yo‘g‘i 70-yil yashagan Sobiq 
Ittifoq otlig‘ davlatda ko‘plab millatlarni marginal guruh holatiga solindiki, 
o‘shanda boshidan og‘ir kunlarni o‘tkazgan millatlar tarixini o‘qib, insonning 
matonatiga, bardoshiga qoyil qolmaslikning iloji yo‘q. Bunda ko‘plab kam sonli 
millatlar mustabid tuzum davrida nafaqat og‘ir azoblarga duchor qilindi, balki ular 
o‘z vatanidan ham ayrilib, marginal guruhga aylandi. Murosasizlik ijtimoiy kam 
ta’minlangan guruhlarning marginallashuviga, ularning ijtimoiy va siyosiy 
hayotdan chetlashib qolishiga, ularga nisbatan kamsitish va zo‘ravonlikning 
kuchayishiga olib kelishi mumkin. 
Avval boshdanoq zo‘ravonlik ustiga qurilgan sobiq Ittifoqda XX asrning 
birinchi yarmi muhim o‘rin tutadi. Bu davlatda 1922-yildan 1953-yilgacha 31 yil 
davomida Iosif Stalin hukmronlik qilgan. U bugun nafaqat SSSR tarixida, balki 
jahon tarixida eng yovuz va qonxo‘r shaxslar qatorida eslanadi. Axir uning 
hukmronlik-yillarida turli bahonalar bilan millionlab odamlar o‘z uylaridan 
badarg‘a qilindi, qamaldi, o‘ldirildi... Natijada jamiyatda marginal guruh 
a’zolarining soni oshishiga sabab bo‘ldi. 
Avvaliga “oq gvardiyachilar”ga qarshi kurash, kollektivlashtirish, keyin 
“mamlakatni yot unsurlardan tozalash”, ikkinchi jahon urush davrida “sotqinlar” 
eng oxirida esa “imperializm tarafdorlari” kabi ayblovlar bilan millionlab insonlar 
mahv etilgan. Stalin va uning eng yaqin yordamchisi bo‘lgan Lavrentiy Beriyaning 
ana shunday yovuz ishlaridan biri, o‘z vatanida yashab turgan bir qancha 
millatlarni sotqinlikda ayblab, boshqa joylarga quvg‘in qilgani bo‘lgan. 


352 
1943-yilda qorachoylar, qalmiqlar, 1944-yilda esa chechenlar va ingushlar
bolqorlar, qrim-tatarlar, mesxeti turklar, kurdlar va xemshinlilar o‘z ona 
yurtlaridan boshqa o‘lkalarga surgun qilingan. Surgun qilinganlarni go‘yoki 
vatanga xiyonat qilishda ayblashgan. Qrim-tatar, chechen, ingush, qalmiq, 
bolqorlar nemislarga josuslik qilishda ayblangan bo‘lsa, mesxeti turklar, kurdlar va 
xemshinlilar Turkiya foydasiga josuslikda ayblangan. 
Keyinchalik bu millatlar aslida sotqinlik qilmagani ma’lum bo‘ldi. Ularning 
ba’zilari shunchaki o‘ch olish uchun badarg‘a qilingan bo‘lsa, ba’zilarining yashab 
turgan yeri kerak bo‘lgani uchun quvilgan. Aynan qrim-tatar va mesxeti 
turklarning yashab turgan yerlarini olib qo‘yish uchun ular mislsiz azobga mubtalo 
qilingan. Tarix shohid: qrim-tatarlar Qrimdan quvilgach, u yerga ko‘plab ruslar 
ko‘chib borgan
412

1989-yilda qrim-tatarlar o‘z vataniga qaytib borganda u yerda ularga tegishli 
barcha narsa boshqalar tomonidan egallab olingan edi. Shunday bo‘lsa-da, qrim-
tatarlarga tarixiy vataniga qaytib borishga ruxsat berildi. Mesxeti turklarga esa 
tarixiy vataniga qaytib borishga ruxsat ham berishmaydi. Sababi ularning tarixiy 
vatani Mesxetiya gruzinlar tomonidan egallab bo‘lingan edi. Shu tariqa, bu millat 
vatansiz qoladi. 
Quvg‘in qilinganlarning qariyb barchasi (qalmiqlardan boshqa) 
musulmonlar, buning ustiga, asosan, Kavkazda yashaydigan xalqlar hisoblanadi. 
Stalinning kelib chiqishi gruzin ekanligini inobatga olsak, Kavkaz xalqlarini, 
buning ustiga, asosan, musulmonlar o‘z uyidan badarg‘a qilinishi bejiz emasdi. 
Olimlarning ta’kidlashicha, “turli madaniyatlar, dinlar, sivilizatsiyalar avval 
ham o‘zaro muloqotda bo‘lgan, ayni vaqtda ko‘pincha keskin adovat va murosa-
sizlik ro‘y berib turgan. Ammo bularning asosiy manbalari hududiy jihatdan 
bo‘lishgan, bir-biridan ajratilgan holatda bo‘lgan. Endilikda migratsiya oqimlari 
mavjud to‘siqlardan oshib o‘tmoqda, turli madaniyat va turmush tarzlarini jahon 
maydonidagi yagona makonga jipslashtirmoqda. Ijtimoiy o‘zaro munosabatlarning 
bir-biriga singib boruvchi tig‘iz tarmog‘i vujudga kelmoqda. Ana shunday 
sharoitdagi notolerantlik keskinlikni kuchaytirib, milliy darajada ham, jahon 
darajasida ham ijtimoiy tuzumlarning hayot faoliyatiga to‘sqinlik qilmoqda”. 

Download 3,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   256   257   258   259   260   261   262   263   ...   320




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish