Samarqand davlat universiteti I. U. Urazbaev n. J. Xodjaeva j. Qudratov



Download 32,89 Kb.
Pdf ko'rish
bet27/111
Sana30.01.2023
Hajmi32,89 Kb.
#905485
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   111
Bog'liq
438cce77cd0fc5de0e97fcaf81b20fc8 TUPROQ BIOLOGIYASI VA EKOLOGIYASI

Hymenoptyera-Pardaqanotlilar 
turkimi juda xilma xil bo‗lgan 
qanotli hashoratlarni o‗z ichiga oladi. Ular orasida fitofag, yirqich, parazit 
va nekrofaglari bor. 
Pardaqanotlilar orasida ayniqsa chumolilar tuproq hosil bo‗lish 
jarayonida katta ahamiyatga ega. N.A.Dimoning ko‗rsatishicha chumolilar 
15 sm gacha qalinlikda tuproqni 8-10 yil davomida qayta ag‗darib chiqadi. 
Ular ayniqsa tropik va subtropik iqlimli o‗lkalarda keng tarqalgan. 
O‗rta Osiyoda keng tarqalgan turi bu qir chumolilaridir. U 
o‗simliklarning urug‗lari bilan oziqlanadi. Qum chopqir chumolisi - 
Cataglyphis aenescens oilasi 100-130 individlardan iborat. Bu chumoli gil 
soz tuproqli saxroda in qurib yashaydi. Ini tegishli tuproqdan hosil 
qilingan halqasimon do‗nglik bilan o‗ralgan. CHumoli 


45 
o‗simliklarning urug‗larini iniga tashib to‗playdi. Taqir tuproqlarda esa 
qora chopqir chumoli tarqalgan. 
CHumolilar in qazib tuproqni yumshatib, g‗ovak qiladi, tuproqning 
quyi mineral qatlamlarini yuqoriga ko‗tarilishiga sabab bo‗ladi. 
CHumolilar o‗simlik urug‗larini iniga oilb kirib tuproqni organik 
moddalar bilan boyitadi. 
Mikroorganizmlar kabi tuproqning paydo bo‗lishi va rivojlanishida 
bo‗g‗im oyoqlilar tipi vakillari katta ahamiyatga ega. Bular tuproqdagi 
organik qoldiqlarning parchalanib, mineral holatga o‗tishida ma‘lum 
bosqichda turadi. 
2.12.
 
Mammalia- Sut emizuvchilar cinfi. 
Sut emizuvchilar megafauna tarkibiga kiradi. Ulardan kemiruvchilar 
va ayrim hashorotxo‗rlar tuproq bilan bog‗langan. Tovushonsimonlar va 
yirqichlar tuproqdan in qurish uchun vaqtinchalik pana joy sifatida 
foydalanadi. Yirik o‗txo‗r hayvolar o‗simlik bilan oziqlanib, hazm 
bo‗lmagan ozuqa qoldiqlari, Ya‘ni ikkilamchi maxsulot hosil qiladi. 
O‗txo‗r hayvolar tuproqga mexanik ta‘sir ko‗rsatadi, o‗simliklarning 
mahsuldorligini oshiradi, organik moddalarning qisman minerallashishida 
qatnashadi. Tuproqni qazib unda doimiy hamda in qurib yashovchi 
hayvolar tuproqga katta ta‘sir ko‗rsatadi. Bu hayvonlarning faoliyati tufayli 
juda ko‗p tuproq massasi bir joydan ikkinchi joyga ko‗chadi. Tuproqning 
o‗ziga xos tuzilishi va uning kesmasi hamda o‗sha joyning relefi o‗zgaradi. 
Kemiruvchilar sut emizuvchilar orasida eng ko‗p sonli turlarga ega 
bo‗lganturkum bo‗lib bularga-sichqon, kalamush, tovushqon, ondatra, 
yumronqoziq, va boshqa hayvonlar kiradi. Ular o‗simliklarning urug‗, 
poyalari, tuganaklari, piyozboshlari, ildizpoyalari va barglari bilan 
oziqlanadi, ularning ko‗pchiliklari tuproq ostida oziq moddalarni zahira 
holda to‗playdi. Bu hayvonlarning ba‘zilari is‘temol qilingan oziqasining 
bir qismini hazim qilmagan holda muhitga qaytaradi, masalan 
yumronqoziq 12%, xomyak 25%.Ularning ko‗pchilik turlari tuproqda 
yashaydi, lekin ozuqa qidirib tuproqning yuzasiga chiqadi. Kemiruvchilar 
fitofaglar, ko‗pchiligi o‗z inlarida ozuqa g‗amlaydi va tuproqni 
ekskrementlar bilan boyitadi. 


46 
Bizning saharoli va chala saxro tuproqlarimizda yumronqoziq
qo‗shoyoq va qumsichqonlar ancha muhim ahamiyatga ega. Bu 
hayvonlarning siydigi ta‘sirida tuproqning ishqoriy xususiyati ortadi, 
inlaridagi tuproqqa suvda yeriydigan tuzlar, ayniqsa bikarbonatlar ko‗p 
shimilgan bo‗ladi. 
Sut emizuvchilar in yoki pana joy qurishi bilan tuproqdagi 
o‗simliklarga hamda tuproqning mexanik va kimyoviy xususiyatlariga 
katta ta‘sir ko‗rsatadi. 

Download 32,89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish