45
o‗simliklarning urug‗larini iniga tashib to‗playdi. Taqir tuproqlarda esa
qora chopqir chumoli tarqalgan.
CHumolilar
in qazib tuproqni yumshatib, g‗ovak qiladi, tuproqning
quyi mineral qatlamlarini yuqoriga ko‗tarilishiga sabab bo‗ladi.
CHumolilar o‗simlik urug‗larini iniga oilb kirib tuproqni organik
moddalar bilan boyitadi.
Mikroorganizmlar kabi tuproqning paydo bo‗lishi va rivojlanishida
bo‗g‗im oyoqlilar tipi vakillari katta ahamiyatga ega.
Bular tuproqdagi
organik qoldiqlarning parchalanib, mineral holatga o‗tishida ma‘lum
bosqichda turadi.
2.12.
Mammalia- Sut emizuvchilar cinfi.
Sut emizuvchilar megafauna tarkibiga kiradi. Ulardan kemiruvchilar
va ayrim hashorotxo‗rlar tuproq bilan bog‗langan. Tovushonsimonlar va
yirqichlar tuproqdan in qurish uchun vaqtinchalik
pana joy sifatida
foydalanadi. Yirik o‗txo‗r hayvolar o‗simlik bilan oziqlanib, hazm
bo‗lmagan ozuqa qoldiqlari, Ya‘ni ikkilamchi maxsulot hosil qiladi.
O‗txo‗r hayvolar tuproqga mexanik ta‘sir ko‗rsatadi, o‗simliklarning
mahsuldorligini oshiradi, organik moddalarning
qisman minerallashishida
qatnashadi. Tuproqni qazib unda doimiy hamda in qurib yashovchi
hayvolar tuproqga katta ta‘sir ko‗rsatadi. Bu hayvonlarning faoliyati tufayli
juda ko‗p tuproq massasi bir joydan ikkinchi joyga ko‗chadi. Tuproqning
o‗ziga xos tuzilishi va uning kesmasi hamda o‗sha joyning relefi o‗zgaradi.
Kemiruvchilar sut emizuvchilar orasida eng ko‗p sonli turlarga ega
bo‗lganturkum bo‗lib bularga-sichqon,
kalamush, tovushqon, ondatra,
yumronqoziq, va boshqa hayvonlar kiradi. Ular o‗simliklarning urug‗,
poyalari, tuganaklari, piyozboshlari, ildizpoyalari
va barglari bilan
oziqlanadi, ularning ko‗pchiliklari tuproq ostida oziq moddalarni zahira
holda to‗playdi. Bu hayvonlarning ba‘zilari is‘temol qilingan oziqasining
bir qismini hazim qilmagan holda muhitga qaytaradi,
masalan
yumronqoziq 12%, xomyak 25%.Ularning ko‗pchilik turlari tuproqda
yashaydi, lekin ozuqa qidirib tuproqning yuzasiga chiqadi. Kemiruvchilar
fitofaglar, ko‗pchiligi o‗z inlarida ozuqa g‗amlaydi va tuproqni
ekskrementlar bilan boyitadi.
46
Bizning saharoli va chala saxro
tuproqlarimizda yumronqoziq,
qo‗shoyoq va qumsichqonlar ancha muhim ahamiyatga ega. Bu
hayvonlarning siydigi ta‘sirida tuproqning ishqoriy xususiyati ortadi,
inlaridagi tuproqqa suvda yeriydigan tuzlar, ayniqsa bikarbonatlar ko‗p
shimilgan bo‗ladi.
Sut emizuvchilar in yoki pana joy qurishi bilan tuproqdagi
o‗simliklarga hamda tuproqning mexanik
va kimyoviy xususiyatlariga
katta ta‘sir ko‗rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: