54
bo‗yoq- flyuroxromlar bilan bo‗yaladi, ular yorig‗likda uzun to‗lqinli
nurlar chiqaradilar, natijada hujayralarni kimyoviy
tarkibiga qarab ajrash
imkoni paydo bo‗ladi. Ko‗pchilik floroxromlar mikroorganizmlar uchun
zararsiz shu sababli ularni tirik holda ham kuzatish mumkin. Bu usulda
oddiy ko‗k lampa yorug‗ligidan ham foydalanish mumkin, buning uchun
yorug‗lik ko‗k yorug‗lik diametri orqali o‗tkazdiriladi.
Flyuoressensiya usuli yordamida o‗lik hujayralarni
tiriklaridan ajratish
mumkin.
Elektron mikroskop
. Elektron xodisalar fizikasini rivojlanishi, 40 chi
yillarda elektron mikroskop kashf qilishiga sabab bo‗ldi.Elektronlar oqimi
to‗lqin uzunligi,yorug‗lik to‗lqin uzunligiga nisbatan bir necha marta
qisqa,shu sababli juda kichkina detallarni qo‗rish mumkin.SHisha linzalar
o‗rniga «elektron linzalar»yani elektron magnit maydon ishlatiladi.
Elektronlar kuchli tarqalish va yutish xususiyatga ega bo‗lganliklari sababli
turli
malekulalar tomonidan yutiladi, shu sababli hamma sistema baland
vakkumga (simob ustuniga nisbatan 10
-4
mm) solinadi. Obekt
suvsizlantirilishi lozim, aks xolda suv qaynab ketishi natijasida obekt
bo‗ziladi. Obektni elektronlar oqimi bilan nurlantirilganda, unda termik va
radiasion o‗zgarish kuzatiladi. Ruxsat etilgan masofa,
yani zarrachalar
orasidagi masofa, zamonaviy elektron mikroskoplar uchun 10
o
A bo‗lib
unda 100 ming marotaba kattalashtiriladi.Odatda mikrobiologiyada 10- 30
ming marta kattalashtirishdan foydalanadilar.Elektron mikroskop virus va
faglarning tuzilishi va korpuskulyar tabiatini aniqlash imkonini berdi, lekin
ichki submikroskopik tuzilishini aniqlashga imkon bermaydi. 60 70
yillarda shved olimi SHestrond ultrakesma olish uchun maxsus mikrotosh
yaratadi. Unda metallarni harorat tasirida kengaishi prinsipidan
foydalangan bo‗lib, 100 -150
o
A qalinlikdagi kesmalar olish imkonini
beradi. Bu o‗z navbatida mikroorganizmlar
virus va faglarning ichki
tuzilishini o‗rganish imkonini beradi.
Lui Pastyer davridayok styerilizasiya va toza kultura usullaridan keng
foydalanilgan. Bir to‗rga kiruvchi bakteriyalar kulturasi
toza kultura
deyiladi. Toza
55
kulturalar olish orqali bakteriyalar morfologiyasi,
rivojlanishi va
fiziologo- biokimyoviy xususiyatlari o‗rganladi.
Bir turdagi bakteriya individlarining yig‗indisi bakteriya kulturasi
deyilib, ulardan toza kulturani ajratish uchun odatda har qanday namuna
mikroorganizm yoki bakterial kulturadan har xil suyultirilgan namunalar
tayyorlanadi va ularni qattiq oziqa muhtiga eqiladi Ularni malum muddat
termostatda optimal haroratda o‗stirilganda
ayrim-ayrim bakteriya
koloniyalari hosil bo‗ladi. Ana shu koloniyalar nazariy jihatdan bir
bakteriya hujayrasidan hosil bo‗lgan individlar yig‗indisidan iborat bo‗lib,
ularning o‗lchamlari, shakllari va boshqa xususiyatlari bir xil bo‗ladi..
Amaliyotda toza bakteriya kulturasini olish uchun suyultirilgan namuna
qattiq oziqa muhtiga bir necha marta «o‗kazilib», mikroskop ostida
ularning morfologiyasi kuzatiladi va boshqa xususiyatlari o‗rganiladi.
Mikromanipulyator yordamida har bir hujayradan toza bakteriya
kulturasi tayyorlanadi.
Toza kultura olish maqsadida ozuqali muhitlardan foydalaniladi. Ikki
xil ozuqali muhitlar ajratiladi:
1.
Tabiiy ozuqa muhiti.
2.
Sun‘iy ozuqa muhiti.
Do'stlaringiz bilan baham: