3.2.
Mikrobiologiya fanining rivojlanish tarixi
Mikroorganizmlar kashf etilmasdan oldin ham inson qatiq, vino
tayyorlashda, novvoychilikda mikrobiologik jarayonlaridan keng qo‗lamda
foydalanib kelgan. Qadim zamonlardanok shifokorlar va tabiashunoslar
ko‗pgina yuqumli kasalliklarning kelib chiqish sabablarini izlay boshlagan
edilar. Masalan, Gippokrat (bizning yeramizdan oldingi 460 - 377
yillarda), Lukresiy (95 - 50 yillarda) va o‗sha davrning boshqa yirik
olimlarning ishlarida turli - tuman yuqumli kasalliklarning sababchisi tirik
tabiatga bog‗liq ekanligi ko‗rsatilgan. O‗rta Osiyo halqlari avvaldanok
chechak, moxov va boshqa kasalliklar to‗g‗risida malumotlarga ega edi.
Abu Ali ibn Sino (900 - 1037) bu kasalliklarning sababchisi tirik
mavjudotlar ekanligini, ular suv va havo orqali tarqalishini aytgan.
Mikroorganizmlarning ochilishi mikroskopning kashf etilishi bilan
bevosita o‗zviy bog‗liq. Birinchilar qatori Gans va Zaxariy YAnsen,
so‗ngra G. Galiley va K. Drebbel tomonidan mikroskoplar yaratildi va
takomillashtirildi.
Gollandiyalik olim Anton van Levenguk (1632-1723) o‗zi yasagan
mikroskop yordamida iflos suvni, turli xil organik moddalarni
suyuqliklarini, har xil moddalar qaynatmalarini, va tish kiri namunalarni
tekshirib, ulardagi mikroorganizmlarni kuzatib «Anton Levenguk kashf
etgan tibbiyot sirlari» kitobida (1695) mikroorganizmlarning shakllarini
tasvirlab bergan.
50
Rus tadqiqotchisi M.M. Tyerexovskiy (1775) o‗zining ―Animal
qo‗llar to‗g‗risida‖ asarida mikroorganizmlari bor damlamani isitib,
sovitilsa, ―animal‘qo‗lalar‖ halok bo‗lib ketishini va ancha vaqtgacha
qayta paydo bo‗lmasligini ko‗rsatib berdi. Fransuz Pushe va boshqa,
olimlar bu tajribalarni rad etdilar va qaynatilgan sho‗rvada bir qancha
vaqtdan keyin mikroorganizmlar yana paydo bo‗lishini isbot qilib berdilar.
Haqiqatni kim isbotlab bersa, o‗sha kishiga mukofat tayin qilgan fransuz
akademiyasi bu baxsni bartaraf etishga qaror qildi. SHo‗rvani uzoq
qaynatib mahkam bekitib qo‗yilsa va havodagi mikroorganizmlar unga
tushurilmaydigan bo‗lsa, sho‗rvada mikroorganizmlar rivojlanmasligini
ko‗rsatib bergan Lui Pastyer shu mukofotga sazovar bo‗ldi.
Mikroorganizmlarning o‗z-o‗zidan paydo bo‗lishi to‗g‗risidagi nazariya
shu tariqa o‗zil- kesil rad etildi (1860).
Mikroorganizmlar kashf etilishi bilan ularni sistemaga solish va
klassifikasiyalash zaruriyati tug‗ildi. XVIII asrning eng atoqli sistematigi
K. Linney barcha mikroorganizlarni ―xoos‖degan nom bilan bitta
gruppaga birlashtirdi. CHindan ham o‗simliklar va hayvonlar bir-biridan
etarli darajada aniq ajralib turadi, xolbuki, mikroorganizmlarni qanday
bo‗lmasin biror gruppaga kiritish juda qiyin. SHunday bo‗lsada XVIII
asrning
oxirlarida
mikroorganizmlarni
klassifikasiyalashda
urinib
ko‗rishdi.
Avvaliga
mikroorganizmlar
hayvon
va
o‗simlik
mikroorganizlari o‗rtasida oraliq o‗ringa ko‗yildi (Myullyer,1786).
So‗ngra 1852 Petri ba‘zi mikroorganizlar o‗simliklar dunyosiga kiradi, deb
taxmin qildi. Kox (1854) vibrionlarning tashqi shakli, o‗sishi va
ko‗payishi tuban suv o‗tlariga o‗xshashligiga qarab ularni tuban
o‗simliklar (Schizophita) gruppasiga kiritdi. Negeli mikroorganizmlar
ham, xuddi zamburug‗lar singari, xlorofilga ega bo‗lmasdan chirib
kelayotgan
organik
moddalar
hisobiga
oziqlanishini
aniqladi.
Mikroorganizmlarning ko‗payishi xususiyatlarini hisobga olib (yunoncha
schizo-bo‗linmoq),
Negeli
ularni
alohida
bo‗lak
zamburug‗lar(Schizomycetes-shizomisetlar) gruppasiga birlashtirdi.
51
Gekkel‘ 1866 yili barcha mikroorganizmlar gruppasini hozir ham
qo‗llaniladigan ―protistlar‖(yunoncha protistos- eng birinchi) degan
yig‗ma nom bilan birlashtirishni taklif etdi.
Mikroorganizmlar klassifikasiyasiga Kox va Negeli bakteriyalar
morfologiyasini o‗rganishni asos qilib olishdi. Bu mikrobiologiyada ikki
yo‗nalishga-monomorfizm va pleomorfizm paydo bo‗lishiga olib keldi.
XIX
asrning
boshlarida
pivo
shirasini
achitadigan
mikroorganizmlar - achitqilar (1837) kashf etildi, keyinchalik esa parazit
zamburug‗lar – ipak qurti kasalligining qo‗zg‗atuvchilari (muskardinalar)
bilan odamda uchraydigan kal kasalligining qo‗zg‗atuvchilari tasvirlab
berildi. Birok, Fransuz olimi Pastyerning genial ishlarigina zamonaviy
ilmiy mikrobiologiyaning rivojlanishiga asos bo‗ldi.
Lui Pastyer ma‘lumotiga ko‗ra kimyogar bo‗lib, o‗z umrini
mikroorganizmlarni o‗rganish va yuqumli kassalliklarga karshi kurash
usullarini ishlab chiqishga bag‗ishladi. Qiziqishlarining doirasi juda keng
edi: u bijg‗ish jarayonlarini (1857) va mikroorganizmlarning o‗z-o‗zidan
paydo bo‗lmasligini (1860), vino va pivo pishirish sirlarini (1865), ipak
qurti kasalliklarini (1868) o‗rgandi. Bijg‗ish (sut kislotali va moy kislotali
bijg‗ish) jarayonlarini o‗rganib, Pastyer bu jarayonlar mikroorganizmlar
tufayli yuzaga kelishini aniqladi. O‗sha mikroorganizmlar orasida u
anaeroblarni,
Ya‘ni
kislorodsiz
yashab
ko‗paya
oladigan
mikroorganizmlarni birinchi bo‗lib topdi. Keyinrok Pastyer gazli
gangrenaning anaerob qo‗zg‗atuvchisini kashf etdi.
Keyinchalik Pastyer chirish jarayonlarini o‗rganar ekan, bu
jarayonlar ham mikroorganizmlar tufayli paydo bo‗ladi, degan xulosaga
keldi. Pastyerning kashfiyotlari mashhur ingliz xirurgi Jozef Listyerga
kimyoviy moddalarni mahalliy tarzda ishlatib, jarohatlarning yiringlashiga
qarshi davolashda, shuningdek atrof – muhitdagi mikroorganizmlarni
yo‗qotish uchun choralar ko‗rishga (antiseptika bilan aseptikaga) imkon
berdi.
52
Mashhur nemis mikrobiologi Robert Kox mikrobiologiya texnikasi
metodlarini
muqammalashtirib,
mikroorganizmlarning
tuzilishini
o‗rganishiga yordam bergan bo‗yash usullarini taklif etdi, mikroskopiyada
Abbe yoritgichidan foydalandi, mikrofotosurat olishni joriy etdi.
Mikrobiologik tekshirishlarning Kox tomonidan ishlab chiqilgan usullari,
infeksion
kasalliklar
qo‗zg‗atuvchilarini
faqat
bir
tur
mikroorganizmlardan iborat toza kultura holida ajratib olishga imkon
berdi. Kox mikroorganizmlarni o‗stirish uchun oziq muhitlari tayyorlash
uslubini ishlab chiqdi. SHun so‗ng ozuqali muhitda hujayradan paydo
bo‗lgan mikroorganizmlar populyasiyasi koloniyalar ko‗rinishida o‗stirish
mumkin bo‗ldi.
Rus biolog olimi Ilya Ilich Mechnikov mikrobiologiya bilan
immunologiyaning rivojlanishiga g‗oyat katta xissa qo‗shdi. U
immunitetning
fabusitar
nazaryasini
yaratdi.
Mechnikov
odam
organizmiga kirib qolgan kasallik qo‗zg‗atuvchi mikroorganizmlardan
odamni himoya qiladigan eng muhim mexanizmlarning biri hujayra
ximoyasi ekanligini ko‗rsatib berdi. Masalan yalig‗lanishda oq qon
tanachalari, Ya‘ni leykositlar inson organizmi to‗qimalariga o‗tib qolgan
mikroorganizmlarni ushlab qolib xazm qilib yuboradi. Mana shu
hujayralarga Mechnikov fagositlar deb nom berdi (yunoncha-phagos-
xazm qiluvchi, eyuvchi, zytos-hujayra degan so‗zlardan olingan).
Viruslarning kashf etilish tarixi XIX asr oxirlaridan boshlanadi,
o‗sha davrda ikkita yosh tadkikotchi D.I.Ivanovskiy bilan V.V Polovsev
Ukraina va Bessarabiyadan tamaki kasalligi bilan qiziqib qolishdi.
Ivanovskiy kasal o‗simliklar bargidan olingan shira sog‗lom barglarga
surtiladigan bo‗lsa, bularning kasallanishiga sabab bo‗lishini aniqlashga
muvaffaq bo‗ldi. Biroq, mikroorganizmlar oziq muhitida o‗sib chiqqani
yo‗q, barg shirasi esa filtrlardan o‗tkazilganidan keyin ham yuqumli bo‗lib
qolavyerdi. Ivanoskiy tamaki kasalligi filtirining mayda - mayda
teshiklaridan ham o‗tib ketadigan va oziq muhitlarida o‗smaydigan juda
mayda agentdan paydo bo‗ladi, degan xulosaga keldi (1892). Tamaki
kasalligini o‗rgangan
53
daniyalik botanik Martin Beyerink yangi kashf etilgan moddani virus deb
atadi va uni «suyuq holdagi tirik yuqumli modda» deb ta‘rifladi.
XX asrning boshlarida bakteriyalarning viruslari (bakteriyaofaglar),
keyinchalik esa aktinomisitlarlarning faglari (aktinofaglar) topildi.
Viruslar odamda uchraydigan talaygina va aksari juda og‗ir o‗tadigan
kasalliklarning qo‗zg‗atuvchilari bo‗lib chiqdi. Ular ba‘zi o‗smalarning
vujudga kelishiga ham sabab bo‗ladi, deb taxmin qilinadi.
Mamlakatimizda mikrobiologiyani rivojlanishi uchun qulay sharoit
mavjudligi tufayli uning nazariy va amaliy masalalari bilan bog‗liq bo‗lgan
sohalari: oziq-ovqat sanoati, konsyerva sanoati, sut mahsulotlarini qayta
ishlash sanoati, pivo pishirish sanoati, turli aminokislotalar, oqsillar,
antibiotiklar va vitaminlar ishlab chikarish sanoatlari yanada rivoj
topmoqda. O‗zbekistonda A.M.Muzafarov, M.I.Mavloniy, S.A.Askarova,
A. F.Xolmurodov, I.J.Jumaniyozov, K.D.Davronov, I.A Muzafarova va
boshqalar mikrobiologiya fanining rivojlanishiga katta xissa qo‗shgan
olimlardir.
Do'stlaringiz bilan baham: |