Samarqand davlat universiteti huzuridagi


Darsga puxta tayyorgarlik ko’rish



Download 473,54 Kb.
bet9/44
Sana31.12.2021
Hajmi473,54 Kb.
#220131
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   44
Bog'liq
ERGASHEVA MATLUBA BURXONOVNA

1. Darsga puxta tayyorgarlik ko’rish.Ko’p holatlarda o’qituvchilarning aksariyati darsga tayyorgarlik ko’rishga u qadar jiddiy e’tibor berishmaydi. Bu pedagogik jihatdan noto’g’ri. Hech qanday tayyorgarliksiz darsga kirish, aytish joiz bo’lsa, axloqsizlik ko’rinishi sanaladi.

Aslini olganda darsga tayyorgarlik ko’rish o’z mutaxassisligini yaxshi bilan o’qituvchi uchun u qadar qiyin emas. Bunda asosiy e’tibor darsning umumiy loyihasini ishlab chiqish, maqsadlarni to’g’ri belgilashga qaratilishi zarur.Mashg’ulotning sifatli o’tishning eng muhim talablari quyidagilardir:

1. Maqsadni aniq belgilab olish.

2. Mashg’ulotni tashkil etishdan kutilayotgan natijani avvaldan, maqsadga muvofiq tarzda belgilash.

2. Mashg’ulot loyihasini avvaldan tayyorlab olish.

3. Mavzudan chetga chiqmaslik.

5. Mashg’ulotlarda talabalarning alohida faollik ko’rsatishlariga imkon berish.

6. Mashg’ulotni samarali yakunlash.

Ta’lim jarayonini tashkiliy jihatdan to’g’ri tashkil etishga erishishning o’zigina yetarli emas. Tashkiliy jihatdan to’g’ri tashkil etilgan ta’lim jarayonining muvaffaqiyatini o’qituvchi tomonidan qo’llaniladigan metodlar (ta’lim metodlari) ham ta’minlaydi.

O’qitish metodlarini tanlashda ular orasian innovatsion xarakterga ega bo’lganlarini tanlab olish muhim.

Mashg’ulotni tashkil etishda dastlab o’z yechimini topishi zarur bo’lgan yetakchi maqsad va aniq pedagogik vazifalar aniqlab olinadi. So’ngra ularga muvofiq keladigan oraliq (xususiy maqsadlar)ga erishishni kafolatlovchi bir guruh metodlar ko’rib chiqiladi. Undan keyin ta’lim jarayonini yuqori darajada tashkil etishga imkon beradigan va maqsadga yo’naltirilgan optimal yo’llar tanlab olinadi.

An’anaviy ta’limda o’qituvchi – talaba, o’qituvchi –talabalar, talaba – talaba o’rtasida o’zaro hamkorlik kuzatilmaydi. Talabalarda mashg’ulotga qiziqish, rag’bat (motiv) deyarli mavjud bo’lmaydi. Bu jarayonda o’qituvchi talabalarga quyidagicha ta’sir ko’rsatadi (1-rasm):




Aytib o’tilganidek, ta’lim jarayonida o’qituvchi va talabalar o’rtasidagi o’zaro hamkorlik muhim ahamiyatga ega. Ta’limiy hamkorlikni yuzaga keltirishga yordam beradigan metodlar interfaol metodlardir.

Mantiqan interfaollik shaxslarning suhbat (dialog), o’zaro hamkorlikka asoslangan harakat, faoliyatni olib borishlarini ifodalaydi. Bu sifat talabalar mustaqil bilim olishni qay darajada to’g’ri tashkil eta olayotganligini kuzatish, nazorat qilish, yo’l-yo’riq ko’rsatish, zarur o’rinlarda pedagogik va metodik maslahatlarni berish ta’lim samaradorligini ta’minlaydi.

Interfaol ta’limda o’qituvchi va talaba, o’qituvchi va talabalar, talaba – talabalarning o’rtalarida o’zaro hamkorlik, hamfikrlilik, hamjihatlik yuzaga keladi. Bu hamkorlik o’quv materialini o’zlashtirish, nazariy va amaliy bilimlarni boyitishga xizmat qiladi. Shuningdek, muammoli vaziyatlarning ijobiy hal etilishini ta’minlaydi. Ta’lim jarayonining ishtirokchilari o’rtasidagi o’zaro psixologik yaqinlik va birlikni ham yuzaga keltiradi. O’qituvchi va talabalarning birgalikdagi harakatlari, o’zaro ta’sirlari va hamkorliklari ta’lim jarayonida qo’lga kiritilaigan muvaffaqiyatlar uchun asos bo’lib xizmat qiladi (2-rasm):


Interfaol ta’limda o’qituvchi va talabalar, talabalar o’rtasida yuzaga keluvchi o’zaro munosabat odatda u yoki bu muammoni qay tarzda hal etish, qarorlarni qabul qilish to’g’risidagi takliflarning ilgari surilishi va yakuniy qarorning qabul qilinishini ifodalaydigan munozara shaklida namoyon bo’ladi.

Interfaol metodlar turli masalalar va o’zaro munosabatlarning keng qatlamini o’z ichiga oladi. Biroq, o’quv materialini samarali o’zlashtirish yo’llari qanday bo’lishidan qat’iy nazar talabalarning shaxsiy tajribalari ta’limning asosiy manba bo’lib hisoblanadi.

Bu turdagi ta’lim jarayonida talabalar quyidagi sub’ekt va ob’ektlar bilan o’zaro munosabatda bo’ladi:

1) o’qituvchi bilan (ya’ni talaba o’qituvchi tomonidan berilgan savoliga javob berayotganda);

2) taklif qilingan shaxslar bilan (guruh talabalari ma’lum predmet asoslarini o’zlashtirish chog’ida tegishli sohada faoliyat yuritayotgan biror bir tashkilot yoki jamoa a’zolari bilan muloqot qilishlari mumkin);

3) tengdoshlari yoki turli yoshdagi talabalar bilan (juftlik asosida ishlash vaqti);

4) kichik (3-5 nafar talabani qamrab oluvchi) guruhning a’zolari bilan;

5) katta (6-9 nafar talabani qamrab oluvchi) guruhning a’zolari bilan (rolli o’yinlarni o’ynash, debat, davra suhbati, mushoira, munozara va boshqalarda ishtirok etish);

6) talabalar jamoalari yoki keng aholi qatlami bilan (kichik ilmiy izlanishlarni olib borish, ijtimoiy topshiriqlarni bajarish jarayonida);

7) ayrimtexnik vositalar bilan (kompg’yuter, tele va audio apparatlar, video kameralar, slaydlar, kinoprojektorlar va h.k.).

Shuni yodda tutish kerakki, talabalarning soni ta’lim yoki o’zaro munosabatning sifati hamda samaradorligini belgilamaydi. “O’zaro hamkorlik”ning muhim jihati uning yuzaga kelishi bo’lib, u asosida talabalar muayyan predmet bo’yicha fan asoslarini mustaqil, bir-birlari bilan o’zaro faol munosabatda o’zlashtirish ko’nikmalariga ega bo’ladi.

Bizning fikrimizcha, ta’lim jarayoniga interfaol metodlarning tatbiq etilishi o’qitishning samarali kechishini ta’minlash bilan birga, o’zaro hamkorlik asosida ta’lim olish uchun ma’lum sharoitlarni vujudga keltiradi. Interfaol shaklda tashkil etiluvchi ta’limning samarasi juda yuqori. Bugungi kunda o’qitishda interfaol ta’lim metodlari asosiy o’rin tutayotganligining sababi ular bilim berish samaradorligini ta’minlashning eng optimal yo’lidir.

O’qitish jarayonida interfaol ta’lim metodlaridan foydalanishda quyidagi omillarga ham e’tibor qaratish zarur:

1. Talabalar imkoniyatlarining pedagogik texnologiya (o’yin, amaliy trening, mashqlar) maqsadi va vazifalariga mos kelishi. Tanlangan texnologiya mohiyatiga ko’ra ta’limda o’qituvchi u yoki bu rol (tashkilotchi-lider, kommunikator (aloqa o’rnatuvchi), muammolarni hal qilishda maslahatchi roli)ni bajarishiga to’g’ri keladi.

2. O’qituvchining talabalar guruhlariga ta’sir ko’rsata olish layoqatiga egaligi. Bu jarayonda jo’shqin, ta’sirchan suhbat, bahs-munozarani tashkillashtira olishi, uni samarali tashkil etishi va albatta, natijani qo’lga kirita olishiga o’zida ichki ishonch va qat’iyat topa bilishi lozim. SHaxslararo muloqatda suhbat, dialog, ularning yo’nalishi, mazmuni, yetakchi g’oyasi, ishtirokchilarning dunyoqarashi, bilim doirasi, o’y-kechinmalari juda muhim. Suhbat, dialoglarda “sub’ekt-sub’ekt” ko’rinishdagi muloqotning kechishi ishtirokchilarning bir-birlariga bildirayotgan ishonchlari, zarur o’rinlarda bir-birlarini qo’llab-quvvatlashlariga imkon beradi. Aynan mana shu holat ta’lim jarayonining samarali kechishini ta’minlaydi.

Dialogda doimo ko’p fikrlilik va ularning xilma-xilligi ko’zga tashlanadi. SHu jihatiga ko’ra ta’lim jarayonida interfaol o’zaro ta’sir ko’rsatishda barcha ishtirokchilarning faolliklariga ko’ra o’rganilayotgan mavzuga oid ayrim muammolar muhokama asosida hal qilinadi. Talabalarning ta’limiy faolliklari u yoki bu o’qituvchi shaxsiga munosabat bildirishga emas, balki muloqat orqali o’quv masalalarini hal qilish, bilimlarga o’zlashtirishga qaratiladi. Aynan dialogda talabalar, eng avvalo, muayyan muammoga, uning turli jihatlariga nisbatan qarama-qarshi munosabat bildiradi, ayrim holatlarda esa bir-birlarining fikrlarini to’ldiradi, bir-birlarini o’zaro qo’llab-quvvatlaydi. Bu esa talabalar tomonidan bilimlarni puxta o’zlashtirilishini ta’minlabgina qolmay, ular o’rtasida hamkorlik, hamfikrlilik yoki fikrlar qarama-qarshiligini yuzaga keltiradi. Talabalarning erkin, mustaqil fikrga ega bo’lishlarida, ularda o’z fikrlarini bayon eta olish layoqatining shakllanishida bu muhim ahamiyat kasb etadi.

Zamonaviy sharoitda O’zbekiston ta’lim tizimida interfaol ta’lim metodlaridan faol, keng va samarali foydalanilmoqda. Quyida “Ko’p o’zgaruvchili funksiya va uning limiti” modulini o’qitishda samarali qo’llash mumkin bo’lgan interfaol metodlarning ayrimlari xususida to’xtalib o’tiladi.


Download 473,54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish