O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI
VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
Zamonaviy televizion studiya fani bo`yicha
Amaliy ish
Mavzu: Video va televizion kameralar bilan ishlash jarayonlari.
|
Bajardi: 513-18-guruh talabasi
HASANOV SARVARBEK
Tekshirdi: S.IBODULLAYEV
Toshkent – 2022
Video va television kameralarning asosiy farqlari kameralarning tuzilishida va ularning ishlatilish sohalaridadir. TV shoularni suvratga oladigan va jonli efirlarni uzatishga mo’ljallangan bu turdagi kameralar asosan biror bir joyga o’rnatilgan holatda bo’ladi. Odatiy video kameralar esa bundan mustasno ravishda operatorlar qo’lida yoki egnidagi mahsus moslamaga o’rnatilgan bo’ladi.
Video va television kameralar bilan ishlash jarayonida ilk navbatda kameralarimiz texnik holati bilan tanishib chiqishimiz zarur. Bitta studiyada joylashgan va bir xil obyektlarni suvratga olayotgan kameralarimizdagi sozlamalarham bir xil bo’lmog’I darkor. Misol uchun studiyadagi ikkita kamerramizning biri 1080x720 Ikkinchisi esa 720x480 ekran o’lchamida videoga olayotgan bo’lsa. Videolarni tahrirlab qayta ishlash jarayonida bizga birmuncha noqulayliklar tug’dirishi mumkin. Shu bilan birga ikkita kameramizning rang harorati ikki xil sozlangan bo’lganda ham bizda ikkala kameradan yaxlit mahsulot olish jarayonimizda bir biriga qovushmaydigan kadrlar to’plami paydo bo’lib qoladi. Bitta videoda tasvir sariq ikkinchisida esa ko’k rangli tasvir bo’lib qoladi(1-rasm).
1-Rasm.(Yorug’lik haroratlaridan anmunalar)
Kichik studiyalarda ko’rsatuvlarni suvratga olishda asosan 2 ta kameradan foydalaniladi(2-rasm). Agarda ko’rsatuv ishtirokchilari va undan ko’proq bo’lganda kameralar soni 3 ta bo’lgani maqul.
2-Rasm.(Kichik virtual studiya)
Bunda 1-Kamera asosiy kamera va kameraning vazifasi ko’rsatuvning barcha ishtirokchilarini yaxlit bitta kadrda olib berishdan iborat(3-rasm).
3-Rasm.(2 takamera bilan uy studiyasi)
Studiyada faqatgina 2-3 kishilik debatlar emas, balki umuman boshqacha shoular bo’lishi ham mumkin. MIsol uchun oshxona shoulari. Bu turdagi studiyalarda bir nechta kameralar bo’lishi lozim. Doimgidek bitta asosiy kamera ko’rsatuv qahramonlarni to’liq planda olib berish uchun. Qo’shimcha ravishda amalga oshirilayotgan jarayonlarni olib berish uchun qo’shimcha kameralar ham kerak, chunki ko’rsatuvimizning asosiy mazmuni ovqat pishirayotgan qahramon emas balki pishayotgan ovqatdir(4-rasm).
4-Rasm.(cook chef shousi kadr orti jarayoni)
Xulosa o’rnida kameralarni ishlatish joyiga qarab tanlab olishimiz kerak ochiq havoda yorug’lik kam va dekoratsiyalarsiz muhitda odatiy video kameralar, ichki studiyalarda television kameralardan foydlangan maqul. Albatta television kameralar va Odatiy video kameralar yildan yilga yangicha versiyalar chiqib bormoqta. Hozirgi kunda RED yoki ARRI rusimli KIT cameralar juda ommalashib bormoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |