Qonunchilik



Download 23,72 Kb.
bet1/6
Sana03.02.2022
Hajmi23,72 Kb.
#427044
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Kirish Qarshiyev Nazarbek

Kirish


Ilmiy izlanishlar va mustaqil ishlash natijalari shuni ko‘rsatadiki, respublikamiz ijtimoiy-iqtisodiy sohalarining rivojlanib borishi kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarining sifatini yanada takomillashtirishni, fan, texnika va texnologiyalarning zamonaviy yutuqlariga tayangan holda talabalarning bilim, malaka va ko‘nikmalarini rivojlantirib borish, izlanuvchanlikka, fikrlash qobiliyatlarini yuksaltirishda, axborot kommunikatsion texnologiyalar xizmatidan maqsadli ravishda samarali foydalanish imkoniyatlarini oshirishda, talabalar mustaqil ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish eng dolzarb muammolardan biridir.
O‘zbekistan Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning O‘zbekistan Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatning 2010 yil 27 yanvar kuni bo‘lib o‘tgan ko‘shma majlisida ―Mamlakatni modernizastiya qilish va kuchli fukarolik jamiyati barpo etish -ustuvor maqsadimizdir‖, hamda Vazirlar Maxkamasiiiig 2010 yil 29 yanvar kuni bo‘lib o‘tgan majlisidagi ―Asosiy vazifamiz-Vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini yanada yuksaltirishdir‖ mavzularidagi ma‘ruzalarida ham o‘quv jarayoiniga axborot- kommunikastiya va pedagogik texnologiyalarni, elektron darsliklar hamda multimedia vositadarini keng joriy etish xisobiga mamlakat maktablar, kasb- hunar kollejlari va listeylarida, oliy ta‘lim muassasalarida ta‘lim berish sifatini tubdan yaxshilash, ta‘lim muassasalarining o‘quv-laboratoriya bazasini zamonaviy o‘quv va laboratoriya, uskunalari, kompyuter texnikasi bilan mustaxkamlash vazifalari qo‘yilgan [4, 5, 6].
Kompyuter va axborot texnologiyalari o‘z foydalanuvchilaridan muloqot uchun ma‘lum bir darajadagi maxsus tayyorgarlikni talab qiladi. Bu tayyorgarlikning qay darajada mukammal bo‘lishi muloqotning sifat darajasini belgilaydi. Mazkur muammoni hal qilish esa, boshlang‘ich, o‘rta maxsus va oliy ta‘lim tizimidagi informatika fani va uni o‘qitish uslubiyoti oldida turgan eng dolzarb masalalardan biriga aylanib ulgurdi.
Ta‘lim to‘g‘risidagi qonunga asosan akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining maqomi tenglashtirilgan . Ularning talabalari va bitiruvchilari o‘zlarining oily o‘quv yurtiga kirishda yoki tanlagan yo‘nalish bo‘yicha faoliyat ko‘rsatishda, konstitutsiyaviy haq-huquqlarini amalga oshirishda teng huquqlidirlar. Shu bilan birga akademik litsey va kasb-hunar kolleji o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlari bilan bir-biridan ma‘lum ma‘noda farq qiladi .
Kompyuter yordamida hal qilinadigan har qanday masala uchun maxsus dastur ishlab chiqish talab qilinadi. Kompyuter yordamida yechimini kutayotgan masalalar uchun ―eski‖ dasturlash vositalari yordamida dasturlar ishlab chiqish iqtisodiy jihatdan o‘zini qoplamasligi hamda dastur ishlab chiqish jarayonining murakkabligi yangi dasturlash tillariga bo‘lgan ehtiyojni yuzaga keltiradi. Bu masala tajribali dasturchilar yoki dasturchi guruhlar tomonidan hal qilinadi. Ana shunday dasturchilarni tarbiyalab, voyaga yetkazish, ularni kelajakdagi kasbiy faoliyatlarida ehtiyojiga qarab foydalanishi uchun zarur ma‘lumotlarni (dasturlash asoslari, dasturlash tillari, axborot texnologiyalari va x.k.) o‘rgatishdek jarayonni samarali tashkil etish o‘quv yurtlaridagi dasturlash asoslari fani o‘qituvchilarining eng asosiy vazifasi hisoblandi.
Dasturlash tillari rivojlanishdan to‘xtagani yo‘q. Bugungi kunda ma‘lumotlarni ifodalash shakli, tuzilmasi va ishlash tamoyillari avvalgilaridan butunlay farq qilib, imkoniyatlari juda ham boy bo‘lgan yangi dasturlash tillari shakllandi va avvalgilariga nisbatan bir qator afzalliklarga ega bo‘lgan yangi versiyalar hisobiga rivojlanib bormoqda. Buning evaziga, dasturlash tillarini o‘qitishda bir qator muammolar yuzaga kelmoqda.

Download 23,72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish