Nazorat savollari
1.Tabiiy resurslar deb qanday resurslarga aytiladi?
2. Real va potensial resurslar mazmunini tushuntiring?
3. Tugaydigan resurslardan oqilona foydalanishning ekologik asoslari ?
11-MAVZU: QO’RIQXONA MILLIY BOG’LARDA BIOLOGIK XILMA-XILLIKNI MUHOFAZA QILISH.
Fan-texnikaning rivojlanish davrida yer resurslariga inson omilining kuchi tasiri bilan bir qatorda, tabiatni qo'riqlashdek muhim vazifa dolzarb masalalardan biriga aylangan. Bu kabi muhim vazifani bajarishda esa dunyoning ko'pgina hududlarida qo'riqxona hamda milliy bog'lar barpo etilgan. QO'riqxona bu ma'lum bir hududdagi tabiat komponentlarini tabiiy holicha saqlashga ajratilgan muayyan maydondir. Shuni takidlab o'tish joizki, aynan shunday qo'riqxona mavjud bo'lgan hududlardagi o'z tabiatiga xos komponentlar, yani relef shakllari, tog' jinslari, ochilib qolgan minyerallar, buloqlar, ajoyib g'or, o'simlik va hayvonlar, ko'llar saqlab qolinadi, Xullas, qo'riqxonalarda o'sha hudud-ga xos bo'igan tabiat komponentlari hamda uning tabiiy elementlarini saqlashga etibor byeriladi. Ular o'z navbatida xalq boyligi sifatida qaraladi. Yurtimizda bu kabi qo'riqxona va milliy bog'lar talaygina. Bugungi kunda O'zbekiston Respublikasining ko'pgina qo'riqxona va milliy bog'lari yirik Regional-ilmiy markazlarga aylangan. Ular orqali biz mamlakatimiz tabiatida sodir bo'layotgan o'zgarishlami aniqlashda muhim ahamiyatga ega bo'layotganini kuzatamiz. Turli xildagi hayvonlar va madaniy o'simliklami turlarini ko'paytirishda qo'riqxona va milliy bog'laming roli katta. Ular flora va fauna turlarining genofondini saqlab qolishda ham muhim o'rin tutadi. Davlatimizda tabiatning bioxilma-xilligini saqlash haqidagi davlat qonunlari-tabiatni saqlash, undan maqsadga muvofiq foydalanish va reproduktsiya qilish kabi masalalami amalga oshirishga yo'naltirilgan. Respublikada «Atrof-muhitni muhofaza qilish haqida», «Hayvonot olami», «Nabotot olamini muhofaza qilish va ulardan foydalanish» kabi bir qator qonunlar mavjud. Buguugi kunda Respublikamizda 9 ta davlat qo'riqxonalari, 2 ta milliy bog', 9 ta davlat buyurtmalari, 13 ta o'rmon ho'jaliklari, 1 ta kamyob hayvonlami ko'paytirish davlat markazi Davlat qo'riqxonalari; Kompleks (landshaft) buyurtmasi; Tabiat bog'lari; Davlat tabiat yodgorligi; alohida tabiat obektlari va komplekslari hududlarini saqlash va qayta tiklash; Landshaftlami qo'riqlash; Tabiat resurslarini boshqarish hududlari. Umuman jahon miqyosida bunday muhofaza qilinadigan hududlar soni hozirgi kunda 20 mingdan ortiq. Respublikamizdagi shu kabi hududlami bazilari haqida to'xtalib o'tamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |