Kitob davlat qo'riqxonasi 1979 yil 22 martda O'zbekiston Respublikasi hukumati 26-raqamli farmoni bilan Kitob davlat geolog qo'riqxonasini tashkil qildi. Maydoni 233 3938 gao Kitob qo'riqxonasi Zarafshon tog' tizmalarining Jindidaryo daryosining chap qirg'og'idan Qashqadaryoning Kitob rayonigacha bo'igan joylarda joylashgan. Qo'riqxona relefining balandligi dengiz sathidan 1300 m dan 2650 m gacha. Hududda Obi Safit, Xo'jaqo'rg'on, Zinzilbon, Novabak, Kushnova, Qizilolma, Kule, Jarshafi, Tushlik kabi vodiylar joylashgan. Hisor va Xazrat Sulton tog' tizmalarining quyi qismida eng chiroyli manzara Shirdog' joylashgan. Iqlimi. Qo'riqxona hududining iqlim keskin kontinental. Yilda yog'ingarchilik 600 mm dan ko'p bo'imaydi. Yog'ingarchilikning 60% kuz-qish mavsumlariga to'g'ri keladi. Havo namgarchiligi 33%dan 63%gacha. Iyul oyida harorat +350 , yanvarda minimal harorat _300 va undan pastroqqa tushadi. Tuprog'i och-jigarrang, qo'ng'ir o'rmonli va bo'z tusli tuproqdan tashkil topgan. Ushbu tuproqlarda paleozoy davridagi faunalar (hayvo-ot dunyosi)ning unikal (yagona) kollektsiyalari topilgan va ular hozirda muzeylarda saqlanadi. (Florasi). Nabotat QO'riqxona hududida 800 turdagi o'q ildizi o'simliklar mavjud. O'rmon o'simliklaridan Zarafshon archalari o'sadi. Yaproqli o'simliklardan Turkiston zarangi, Buxoro bodomi, qatrong'och, irg'ay va boshqalami uchratish mumkin. Kichik o'rmonlarda esa grek yon- 'og'i, tol va archalami uchratish mumkin. Hududda manzarali o'simiklaming 300 turdan ko'p xillari, yuzlab turdagi ozuqa o'simliklar, efir moyli o'simliklar, 6 turdagi namataklar, 280 turdagi meditsina va tibbiyotda ishlatiladigan dorivor o'simliklar, ulardan 22 turi O'zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan. Ulardan: yunon ajoyibotlari, yovvoyi gladiolus, Fostyer va shtyembyerg Fishyer lolalari, piyozgul, O'zbekiston chinnigul (gvozdika), kavrak (fyerula) singarilar eng kamyob turlar hisoblanadi. Faunasi. Hudud o'zining boy, qiziqarli hayvonot dunyosi bilan mashhur bo'lib o'zining archa o'rmonlari, tog'lari, cho'qqilari, sharshara, landshaftlari kabi bioxilma-xillik kompleksini tashkil etadi. Bu yerlarda entomo -faunaning ob'ektlari, ya'ni 80 turdan ko'proq kapalaklami ko'rish mumkni. Ulaming 4 turi O'zbekiston Respubliasining Qizil kitobiga kiritilgan. 23 oilaga oid bo'igan 51 turdagi o'rgimchaklar, Raksimonlaming 11 turini uchratish mumkin. Suv jonzotlaridan 3 turdagi baliqlar, 2 tur amfibiya (yer suv jonzotlari) 14 tur sudralib yuruvchilar. 128 turdagi qushlar hamda 21 turdagi sutemizuvchilar mavjud. Umumiy jonzotlarning 168 turi mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |