Samarqand davlat universiteti geografiya va ekologiya fakulteti ekologiya va hayot faoliyati xavfsizligi


II. EKOLOGIYA LABORATORIYASIDA ISHLATILADIGAN IDISHLARI VA ASBOBLARI



Download 2,33 Mb.
bet46/46
Sana02.01.2022
Hajmi2,33 Mb.
#307532
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   46
Bog'liq
Ekologiya asoslari majmua

II. EKOLOGIYA LABORATORIYASIDA ISHLATILADIGAN IDISHLARI VA ASBOBLARI.
Ekologiya laboratoriyasida tajribalarni bajarishda issiqlikka, kislota, ishqor, erituvchilar, oksidlovchi va qaytaruvchilar ta’siriga chidamli maxsus idishlar va asboblar ishlatiladi. Talaba laboratoriyada ishlatiladigan idishlar va asboblarning turi, hamda ularning vazifalarini mukammal bilishi lozim. Ekologiya laboratoriyasidagi barcha asboblar 2 turga: umumiy va individual foydalanish asboblariga bo`linadi.

Umumiy foydalanish asboblari - tarozilar, quritish shkaflari, qizdirish va kuydirish pechlari, havo surish nasoslari, idish quritgichlar va boshqalar laboratoriyaga doimiy qo`yiladi hamda ulardan talabalar yil davomida foydalaniladilar.

Individual foydalanish asboblari – gaz yondirgichi, spirt lampasi, shtativ, probirkalar, kolbalar, o`lchov silindrlari, menzurkalar va boshqalar talabalar tomonidan bajariladigan tajribalar xususiyatidan kelib chiqib foydalaniladi.

Talabalar mashg`ulotga kelguncha kafedra laborantlari tomonidan har bir mashg`ulot uchun kerakli asbob va idishlarni laboratoriya stollari ustiga tayyorlab qo`yiladi. Ayrim laboratoriya ishlarini bajarishda individual foydalanish asboblari majmuasidan iborat. Laboratoriya qurilmasi yig`iladi. Talabalarning bunday qurilmalarni yig`ishlari albatta, laborant yoki o`qituvchi nazorati ostida amalga oshiriladi. Quyida ekologiya laboratoriyalarida qo`llaniladigan ayrim umumiy va individual foydalanish asboblari hamda ularni ishlatish qoidalari haqida so`z yuritiladi.

1. Spirt lampasi va gaz yondirgichlari Moddalarni isitish uchun elektr plitalari, spirt lampasi va gaz yondirgichlari ishlatiladi, odatda shishadan yasalgan bo`lib, uning zich berkitib turadigan qalpog`i, paxtadan tayyorlangan piligi bo`ladi. Unga denaturat etil spirti quyiladi. Spirt lampadan foydalanib bo`lingach, uning ichidagi spirt uchib ketmasligi uchun shisha qalpoqchasi yopib qo`yiladi.

2. Metall shtativlar Ko`pchilik kimyoviy tajribalarni o`tkazish va kimyoviy laborotoriya qurilmalarini yig`ish maqsadida metall shtativlardan foydalaniladi. Metall shtativ (4- rasm, a) taglik (1) va balandligi 25110 sm, diametri 0,30,8 sm bo`lgan dasta (2) dan iboratdir. Shtativga ikkita to`g`ri burchakli gardish (mufta) (3) o`rnatilgan. Har bir gardishda diametri 0,50,8 sm keladigan o`zaro bir-biriga tik ikkita yumalok teshik bo`ladi. Teshiklardan biri gardishni shtativ dastasiga vint (4) yordamida mahkamlash uchun xizmat qiladi. shtativ (a), odatda, tomchi usul asboblari sifatida sifatida, shuningdek qisqich va xalqasi bir oz katta bo`lgan shtativ (v) esa, nisbatan katta asbob va idishlarga qo`llaniladi.



Kimyoviy va o`lchov shisha idishlar Tajriba ishining mazmuniga va qanday sharoitda o`tkazilishiga qarab ekologiya labarotoriyalarida turli xil idishlardan foydalaniladi. Ko`pincha shisha idishlardan (5- rasm): probirka (1), stakan (2), yassi tubli, yumalok tubli va konussimon kolbalar (3,4,5), voronka (6), byuks (7), soat oynasi (8) ishlatiladi. Bunday idishlardan kimyoviy reaksiyalarni o`tkazishda (probirkalar), eritmalar tayyorlashda va qaynatishda (stakanlar, kolbalar va soat oynasi), moddalarni sintez qilishda (kolbalar), moddalar va ular eritmalarini bir idishdan boshqa idishga quyishda yoki filtrlashda (voronkalar), moddalarni saqlashda (byukslar) hamda boshqa maqsadlarda foydalaniladi. 3-rasm. Kimyoviy shisha idishlar: 1-probirka; 2-shisha stakan; 3-tubi yassi kolba; 4-tubi dumaloq kolba; 5- konussimon kolba; 6-voronka; 7-eksikator; 8-likopcvha. Oddiy kimyoviy shisha idishlar bilan bir katorda suyuqliklarning hajmini o`lchash uchun har xil hajmdagi o`lchov kolbalari (4.a- rasm), o`lchov silindrlari (4. b- rasm), pipetka, qisqichli va jo`mrakli byuretkalardan (4.c- rasm) foydalaniladi. 9 4-rasm. a-O`lchov kolbalar; b-o`lchov silindrlari; c-o`lchov byuretkalar.




Bunday o`lchov idishlarida qaynatish, bug`latish, kimyoviy reaksiyalar va shunga o`xshash boshqa jarayonlarni o`tkazish mumkin emas. Ekologiya laboratoriyalarida ishlatilgan idishlarni toza holatda saqlash, kelgusidagi tajribalarni aniq va to`g`ri bajarilishini ta’minlaydi. Shuning uchun talaba tomonidan tajribalarni bajarib bo`lingach, darhol ishlatilgan idishlarni laborant ko`rsatmasi bo`yicha, dastlab oddiy suvda yuvib, so`ngra distillangan suvda chayib, maxsus quritish moslamalarida quritilishi lozim.



4. Laboratoriya elektron tarozilar Laboratoriya tarozilari – deyarli barcha soha laboratoriyalarida yuqori aniqlikda ishlovchi, og`irlikni o`lchovchi qurilma. Hozirgi kunda elektron tarozilarni ilm va texnikaning zamonaviy yutuqlaridan foydalanib ishlab chiqarilmoqda. Aniqlik bo`yicha laboratoriyada qo`llanadigan tarozilar ikki xil bo`ladi: analitik tarozilar (0,1 mg dan ko'p bo'lmagan o'lchamda) va aniq o'lchovchi tarozilarga (1 g dan 1 mg gacha bo'lgan ajratma bilan) bo'linadi. Ba`zi tarozilar qo`shimcha funksiyalarga ega, masalan gidrostatik o`lchash (suyuqliklarni va qattiq moddalarni zichligini aniqlash), dinamik o`lchash va h.k. Laboratoriya ko'lamlari kalibrlash turiga qarab, ya'ni tashqi og'irliklar, ichki og'irliklarni kalibrlash va avtomatik kalibrlash bilan laboratoriya ko'lamlari bo'yicha tasniflanishi mumkin.


УСИМЛИКЛАР



Download 2,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish