Samarqand davlat universiteti geografiya va ekologiya fakulteti ekologiya va hayot faoliyati xavfsizligi


T u g a y d i g a n t a b i i y r e s u r s l a r



Download 2,33 Mb.
bet30/46
Sana02.01.2022
Hajmi2,33 Mb.
#307532
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   46
Bog'liq
Ekologiya asoslari majmua

T u g a y d i g a n t a b i i y r e s u r s l a r zaxirasiga va ulardan jadallik bilan foydalanish ko'lam iga bog'liq ravishda kishilik jamiyati ehtiyojlarini faqat ma’lum davr davomida ta’minlashi mumkin. Ular tabiatda o'z-o'zidan tiklanmaydi. Insonlar tomonidan bunday resurslarni yaratish mumkin emas. Chunki tiklanmaydigan resurslar tabiatda uzoq geologik davrlarda va jarayonlarda kimyoviy elementlarning to'planishi natijasida hosil bo'ladilar. Ular tabiiy biogeokimyoviy siklda qatnashmasliklari www.ziyouz.com kutubxonasimumkin emas. Biosferada kimyoviy elementlar miqdorini optimal darajasi ana shunday boshqarilgan va boshqariladi. Tugaydigan resurslar o'z navbatida qayta tiklanmaydigan, tiklanadigan va nisbatan tiklanadigan resurslarga boiinadi.

Qayta tiklanmaydigan resurslar - umuman tiklanmaydi yoki insonlar tomonidan ulardan foydalanish davri davomida juda sekinlik bilan tiklanadi. Bunday resurslarga neft, toshko'mir va boshqa qazilma boyliklar kiradi. Bu resurslardan foydalanish, albatta, ularning tugashiga olib keladi. Shuningdek, qayta tiklanmaydigan tabiiy resurslarni muhofaza qilish, ulardan tejabtergab, oqilona, kompleks ravishda foydalanishda namoyon bo'ladi. Bundan maqsad ularni qazib olish va qayta ishlash vaqtida yo'qotilishini kam aytirishga erishish hamda bu resurslarni boshqalariga yoki sun’iy yaratilganlarga almashtirishdan iborat. Tabiiy resurslarning ko'plab turlari XXI asrda tugaydi degan noto'g'ri bashoratlarga ko'pchilik olimlar tanqidiy munosabat bildirmoqdalar. Bunday bashoratchilar ikkilamchi xomashyolarni qayta ishlash texnologiyalarining takomillashib borishini, sun’iy materiallardan foydalanish hajmini tobora o'sib borayotganligini, energiya ta’minotini ortib borishi evaziga xomashyolarni va yer qa’rining chuqur qismida joylashgan neft saqlovchi qatlam lardan neft qazib olish texnologiyalarining yaratilayotganligini hisobga olmaganlar. XX asrning boshlarida sayyoramizda neft zaxiralari 190 million tonnani tashkil qilgan bo'lsa, 30 yildan so'ng 1090 million tonna deb baholangan. 1970-yillarda yer qa’ridan 33 milliard tonna neft va 15 trillion m? gaz qazib olingan. Hozirgi kunga kelib faqatgina quruqlikdan topilgan neft zaxiralari 27 milliard tonna, potensial zaxiralari bilan hisoblaganda esa 68 milliard tonna deb baholanmoqda. Kelajakda okeanning chuqur tubida joylashgan neft saqlovchi hududlardan neft qazib olish imkoniyatlari mavjud. Hisob-kitoblarga ko'ra hozirgi kundagi jadal qazib olish sharoitida yer yuzi aholisining asosiy metallarga bo'lgan resurslar zaxiralari quyidagicha (million tonna hisobida): alyuminiy - 1500; kumush - 65; xrom - 20: kobalt - 220; mis - 2; molibden - 50; oltin - 3,5; platina-9; qalay-1; volfram-400; uran100; vanaddiy - 2500; rux - 6. Shuning uchun entiyojaan kelib chiqib, u yoki bu xomashyo zaxirasidan foydalanishda, geologik www.ziyouz.com kutubxonasiqidiruv ishlari samaradorligini yaxshilash imkonini beruvchi va qazilma boyliklari qazib olish usullarini takomillashtirishni ko'zda tutuvchi ilmiy-texnika yutuqlarini hisobga olish muhim ahamiyatga ega. Taraqqiyotning hozirgi bosqichida bilimlarimiz doirasida hozircha birinchi guruh tugaydigan resurslarini qayta tiklanmaydigan resurslar deb hisoblashga haqlimiz. Q a y t a t i k l a n a d i g a n t a b i i y r e s u r s l a r deb ma’lum tabiiy sharoitda undan foydalanish davomida doimiy ravishda qayta tiklab borish imkoniyati boMgan resurslarga aytiladi. Bunday resurslarga o'simliklar va hayvonot dunyosi, qator mineral resurslar, masalan, koM tubida yigMluvchi tuzlar, torf qatlamlari hamda tuproqlar kiradi. Ammo ularni tiklash va ko'plab ishlab chiqarishni ta’minlash uchun ma’lum shart-sharoitlar yaratish lozim. Qayta tiklanadigan resurslarni tiklash jarayoni turli xil tezlikda kechadi. Tuproqlarda 1 sm.li gumus qatlami hosil qilish uchun 300-600 yil, kesilgan o'rmonlarni, ovlanadigan hayvonlarni tiklash uchun esa o‘nlab yillar talab etiladi. Tabiiyki, qayta tiklanadigan resurslardan foydalanish darajasi ularning tiklanish tezligiga mos kelishi kerak. Aks holda qayta tiklanadigan tabiiy resurslar qayta tiklanmaydigan resurslarga aylanib qolishi mumkin. Masalan, tuproq oMik tuproqqa aylanishi, hayvonot va 0‘simlik turlari esa umuman yo'qolib ketishi mumkin. Shuni ham nazarda tutish lozimki, ko'plab tabiiy resurslar juda sekinlik bilan tiklanadilar. O 'rm on, tuproq, hayvonlarning ko'plab turlari shular jumlasidandir. Bunday resurslar n i s b a t a n t i k l a n a d i g a n t a b i i y r e s u r s l a r deb ataladi. Ular shunday tabiiy resurslarki, ularni tiklash uchun insonning bir necha avlodi umri talab etiladi. Bu guruhga suv, shamol, o'tloq, irrigatsiya, sanoat va boshqa turdagi tuproqlar eroziyasini ham kiritish mumkin. M a’lumki, tuproqlarning haydaladigan yuqori qisminigina tabiiy sharoitda tiklash uchun bir necha ming yil talab etiladi. Ko'p yillik daraxtlardan tashkil topgan o'rmonlarni ham nisbatan tiklanadigan tabiiy resurslar qatoriga kiritish mumkin. Masalan, sakvoy daraxti 6 ming yilgacha umr ko'rishi va balandligi 100 metrdan ortiq bo'lishi mumkin. San-Fransisko yaqinida o'sadigan bu ulkan daraxtlarni ayovsiz kesish hisobiga hozirgi kunga kelib ularning bir necha donasi qoldi, xolos. Hozir u yerda maydoni 424 akrali qo'riqxona tashkil etilgan. Bu yerda sakvoylarning bir oylik ko'chatlaridan tortib, yirik. www.ziyouz.com kutubxonasiammo bir necha namunalari o'stirilmoqda. Sakvoy daraxti po'stlog'ining qalinligi 30 sm.dan ortiq bo'lganligi sababli yong'inga chidamli hisoblanadi. Ko'plab sakvoylar Amerikaning taniqli insonlari nomi bilan ataladi. Masalan, «General Sherman» deb ataluvchi sakvoy daraxtining balandligi 91 metrni, diametri 20 metrni, og'irligi esa 2000 tonnani tashkil etadi. Bu kabi daraxtning bir donasidan olingan yog'och materiallarini tashish uchun bir butun temir yo‘l tarkibi talab etiladi. Bitta sakvoy daraxtidan olinadigan yog‘ochdan 45 ta bir xonali uy qurish mumkin. Sibir kedri Rossiyada bir necha million gektar maydonni egallagan bo‘lsa-da, ularni ham nisbatan tiklanadigan tabiiy resurslar qatoriga kiritish lozim. Uning umr ko‘rish davomiyligi 300 yilga yetadi. Boshqacha so‘z bilan aytganda, bir necha inson avlodi umriga teng. T u g a m a y d i g a n r e s u r s l a r . Bunday resurslarga shartli ravishda koinot, iqlim va suv resurslarini kiritish mumkin. Koinot resurslariga quyosh radiatsiyasi, dengiz suvlarining to‘lqinlanish energiyasi va shu kabilar kiradi. Ular deyarli tugamaydi va ularni muhofaza qilish(masalan, quyoshni) atrof-muhitni muhofaza qilish uchun obyekt bo‘la olmaydi. Chunki insoniyat bunday imkoniyatga ega emas. Ammo, quyosh energiyasining yer yuzi bo‘ylab tarqalishi atmosfera holatiga, uning ifloslanganlik darajasiga bog'liq. Bunday omillarni esa insoniyat boshqara oladi. Iqlim resurslari. Atmosfera issiqligi va namligi, havo, shamol energiyasi deyarli tugamaydi. Lekin atmosfera turli mexanik qo'shimchalar, sanoat korxonalari va transport vositalarining turli gazlari hamda radioaktiv moddalar bilan ifloslanishi natijasida uning tarkibi sezilarli darajada o‘zgarishi mumkin. Havo musaffoligi uchun kurashish bu tabiiy resursni himoya qilishning muhim vazifalaridan biridir. Suv resurslari umuman biosfera uchun tugamaydigan resurslardir. Biroq, chuchuk suvning zaxiralari va miqdori yer yuzining turli qismlarida keskin o'zgarib turadi. Daryo va ko‘l suvlarining kamayishi bilan bog'liq chuchuk suv yetishmovchiligi hamda suvlarning ifloslanishi hozirgi kunda sezilarli darajada tezlashdi. Shuning uchun chuchuk suv sarfi va tozaligi ustidan nazoratni kuchaytirish lozim. Amaliy jihatdan dunyo okeani suvlari tugamaydigan resurslar hisoblanadi. Ammo, ularga neft www.ziyouz.com kutubxonasimahsulotlari, radioaktiv va boshqa chiqindilarning to‘kilishi xavf solmoqda. Bu hoi o ‘z navbatida okean suvlarida hayot kechiruvchi hayvonlar va o^imliklarning yashash sharoitlarini o‘zgartirib yubormoqda. I n s o n n i n g t a b i a t g a v a t a b i i y r e s u r s l a r g a t a ’ s i r k o ‘ r s a t i s h s h a k l l a r i . Jamiyatning tabiatga ta ’siri to‘g‘ridan-to‘g‘ri va yashirin holatda boMishi mumkin. To'g'ridan-to'g'ri ta'sir ko'rsatish deganda insonlarni tabiatga ochiqdan-ochiq ta’siri tushuniladi. Yer osti qazilmalarini qazib chiqarish, o‘rmonlardan foydalanish kabilar tabiatga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir ko‘rsatish oqibatlaridir. Masalan, qazilma boyliklami qazib olish nafaqat harakatdagi shaxtalar, rudniklar, karyerlar hududidagi biogeosenozlarning buzilishiga, balki qo‘shni tabiiy hududlarning gidrogeologik rejimining buzilishiga ham olib keladi. U joylarda mahalliy qurg‘oqchilikning sodir boMishini tezlashtiradi, hayvonot va o ‘simliklar dunyosini o‘zgartirib yuboradi, tuproqlarda kechadigan suv ta’minoti bilan bogMiq boMgan jarayonlaming buzilishiga olib keladi va hokazo. Ko‘p hollarda korxonalar u yoki bu mahsulotni ishlab chiqarish vaqtida hosil boMgan oqava suvlarni tozalamasdan ochiq suv havzalariga oqizishi natijasida baliqlar va ular uchun ovqat hisoblangan mayda o‘simlik va mikroorganizmlar nobud boMadi.


Download 2,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish