Qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondoshuv, muammoli ta’lim, blits-so‘rov, , munozara, o‘z-o‘zini nazorat.
Adabiyotlar: A1; A2; A3; Q1.
FIZIKADAN O‘QUV MASHG‘ULOTLARNING TURLARI VA ULARNI TASHKIL ETISH METODIKASI
Fizikadan an’anaviy va zamonaviy dars turlari. Muammoli va dasturli dars. Dars-o‘quv mashg‘ulotining asosiy shakli.
Fizikadan masala yechish darsi va uni tashkil etish metodikasi.
Fizikadan laboratoriya mashg‘ulotlarini tashkil etish metodikasi.
Fizikani o’qitish jarayonida o‘quv texnika vositalar, ularning didaktik ahamiyati va qo‘llash metodikasi. Fizikadan namoyish tajribasi (natural, virtual) va uni o‘tkazish metodikasi.
Fizika fanidan o‘quvchilar bilimini nazorat qilish usullari. Talabalar portfoliolarini shakllantirish va amaliyotga tatbiq etish. Taksonomiyalar haqida tushuncha. Blumm taksonomiyasi. Testologiya haqida umumiy ma’lumot.
Iqtidorli va past o‘zlashtiruvchi o‘quvchilar bilan ishlash usullari. O‘quvchilarning mustaqil ishini tashkil etish.
Qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondoshuv, muammoli ta’lim, blits-so‘rov, , munozara, o‘z-o‘zini nazorat.
Adabiyotlar: A1; A2; A3; Q1.
FIZIKA TARIXI
Fizikaning paydo bo’lish tarixi. Fizik olimlarning hayoti va ilmiy faoliyatining didaktik ahamiyati. Antik davrda tabiatshunoslikda erishilgan yutuqlar. Olam tuzilishi haqida Geo va Geliosentrik nazariyalarning yuzaga kelishi.
Ilmiy maktab va akademiyalarning tashkil topishi. O‘rta asrlarda Musurmon renesansi. Bog’doddagi al-Ma’mun akademiyasi. Urganjdagi Ma’mun akademiyasi. Samarqanddagi Ulug’bek akademiyasi.
Hozirgi zamon fizikasi. Zamonaviy fizik ta’limotni yuzaga kelishi. Nisbiylik va kvant mexanikasi. Jahonda va respublikamizda bugungi kundagi fizika fani taraqqiyoti hamda ilmiy markazlarda olib borilgan ilmiy izlanishlar.
Fizika o‘qitish uslubi (FO‘U)
Fan sifatida, uning ilmiy tekshirish metodlari FO‘U ning fizika, falsafa, psixologiya va pedagogika bilan bog‘lanishi. O‘rta umumta’lim va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarida o‘qitishni takomillashtirishga FO‘U ning vazifalari va muammolari. FO‘U ning asosiy masalalari, ilmiy, ta’lim-tarbiyaviy dunyoqarashlari. O‘rta umumiy ta’lim tizimida FO‘U. O‘rta umumiy ta’lim maktablari va mutaxassislashtirilgan maktablarda fizika o‘qitishnirng asosiy maqsadlari. Umumta’lim maktablari uchun o‘quv rejalarini tuzish asoslari. Davlat rejalarida belgilangan fizika fani asoslarini chuqur o‘zlashtirish, bilim olish, o‘quv malakalari hosil qilish. Fizika kursining tabiiy o‘quv fanlari bilan bog‘liqligi.
Fizika masalalarini echish uslublari. Turli xildagi masalalarni echish metodikasi. Fizika o‘quv eksperimentini o‘tkazish uslubi va texnikasi. Namoyish tajribalarini tayyorlash va ko‘rsatish metodikasi va texnikasi. Boshqa tur o‘quv eksperimentlari: frontal laboratoriya ishlari, laboratoriya ishlari va fizikadan praktikum. Fizika o‘qitish jarayonida o‘quvchilarning faoliyatini faollashtirish. Fizikani muammoli o‘qitish usullari. Fizika o‘qitish uslublarini klassifikatsiyasi. O‘qitish usulini tanlash mezoni. Dasturiy o‘qitish. Fizikadan bilimlarni tekshirishda dasturiy metodi.
Ta’limda innovatsion texnologiyalarni qo‘llash. Fizika o‘quv mavzulariga pedagogik va axborot texnologiyalarni qo‘llash usullari.
Fizika ta’lim samaradorligini oshirishga xizmat qiladigan pedagogik texnologiyalari:
didaktik o‘yin;
muammoli ta’lim;
modulli ta’lim;
hamkorlikda o‘qitish;
loyihalash texnologiyasi va axborot texnologiyalaridan foydalanish.
O‘rta umumta’lim o‘quv yurtlarida FO‘U ning xususiyatlari. (O‘rta umumta’lim, o‘rta maxsus ta’lim, maxsus mutaxassislashtirilgan maktablarda). O‘qitishning asosiy formasi–dars. Dars turlari. Fizika dars turlari va tuzilishlari, yangi materialni o‘rganish, bilimni shakllantirish, bilimlarni chuqurlashtirish va umumlashtirish, bilimlarni tekshirish va baholash. Kombinatsiyalangan dars. Fizikani o‘qitish maqsadlari va o‘qitish jarayonini rejalash orasidagi bog‘lanish. Fizikadan o‘quv materialini rejalashtirishga qo‘yiladigan uslubiy talablar. Turli darslarga o‘qituvchining tayyorgarligi, reja–konspekt tuzish, seminar va konferensiya darslarini rejalashtirish. Fizika o‘qitish jarayonida insoniy va milliy tarbiyani amalga oshirish. Fizika yo‘nalishidagi akademik litsey fizika dasturining ilmiy–uslubiy tahlili. Fizikani o‘qitishda zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish uslublari. Fizikadan fakultativ va maxsus kurslarni tashkil etish va o‘rgatish uslublari. Fizika o‘qitishda o‘quvchilarni mustaqil ishlarga o‘rgatish. Mustaqil ish turlari, ularni tashkil etish usullari.
O‘quvchi bilimlarini tekshirish va baholash kriteriyalari, bilimlarni og‘zaki, yozma tarzda va laboratoriya ishi natijalarini tekshirib baholashda reyting tizimi. Muallimlik amaliyotini o‘tkazish uslubi va texnikasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |