IP Multimedia Subsystem konsepsiyasi. IMS standartlashtirish.
Multimedia aloqa tarmoqlarini boshqarish tamoyillari
IP-telefoniya texnologiyalari asosida ovozni paketli uzatish tamoyili. Kodeklar va ularning turlari.
AMG, TMG, DSLAM mediashlyuzlari va ularning imkoniyatlari.
Huawei firmasining SoftX (Softswitch) qurilmasi strukturasi va uning imkoniyatlari.
Multimedia aloqa tarmoqlarida sinxronizatsiya.
Multimedia aloqa tarmoqlarida sinxronizatsiya.
Multimediali aloqa tarmoqlarida raqamli oqimlarni sinxronizatsiya qilish asoslari
Sinxronizatsiya deganda aloqa tarmog‘ining funksional elementlari bilan axborotni uzatish, kommutasiya qilish va ishlov berishning ayrim muxim elementlari orasida muvofiqlashtirish tadbiri tushuniladi. “Sinxronizatsiya” atamasi aloqa tarmog‘i va uning ayrim elementlarining faoliyat yuritishini turli jarayonlarini tavsiflash uchun qo‘llaniladi. Raqamli UFTga nisbatan sinxronizatsiyaning uchta jixatini ko‘rib chiqish maqsadga muvofiqdir:
- taktli sinxronizatsiya;
- siklli sinxronizatsiya;
-tarmoq sinxronizatsiyasi;
Taktli sinxronizatsiya umumiy bitlar oqimidan sinxronizatsiya signalini ajratib olishga asoslangan. U bitlar darajasida (taktli intervallar) uzatish va qabul qilish qurilmalarining ishlashini vaqt bo‘yicha moslashtirish uchun zarur
Ovoz va tasvir sinxronizastiyasi
Ovoz va tasvir sinxronizastiyasi
Multimedia sektsiyasi bir necha oqimlardan iborat bo‘lib, ularning xar biri RTP ning aloxida sektsiyasida uzatiladi. Kodlash formatlari bilan bog‘liq kutilishlar jiddiy farq qilgani uchun turli xil oqimlarda 1-rasmda ko‘rsatilgandek, boy berish vaqti xar xil bo‘ladi.
Multimedia oqimlarini sinxronizatsiyasi
Odatda sinxronizatsiya tovush va tasvir oqimlarini tekislash (tenglashtirish) uchun qo‘llaniladi, ammo mazkur texnologiya oqimlarining istagan turlari uchun ham qo‘llanilishi mumkin. Ko‘pincha tovush va tasvirni ayrim oqimlarga bo‘lish sektsiya ishtirokchilarining nimani afzal ko‘rishlariga bog‘liq bo‘ladi. Ayrimlar video konfyerensiyalarda faqat tovushni qabul qilishni afzal ko‘rishadi. Bu ishtirokchilar soni ko‘p bo‘lgan konfyerensiyalar uchun ayniqsa muximdir.