Mavzu: Multimediyali aloqa tarmoqlarida sinxronizatsiya. Reja: Sinxronizatsiya turlari. Ovoz va tasvir sinxronizatsiyasi



Download 33,26 Kb.
Sana28.04.2022
Hajmi33,26 Kb.
#588773
Bog'liq
Mavzu Multimediyali aloqa tarmoqlarida sinxronizatsiya. Reja S


Mavzu: Multimediyali aloqa tarmoqlarida sinxronizatsiya.
Reja:

1.Sinxronizatsiya turlari.
2.Ovoz va tasvir sinxronizatsiyasi.
3.Sinxronizatsiya aniqligi.

Sinxronizatsiya deganda aloqa tarmog’ining funksional elementlari bilan axborotni uzatish, kommutatsiyalash va ishlov berishning ayrim muhim elementlari orasida muvofiqlashtirish tadbiri tushuniladi.


―Sinxronizatsiya atamasi aloqa tarmog’i va uning ayrim elementlarining faoliyat yuritishini turli jarayonlarini tavsiflash uchun qo’llaniladi. Raqamli UFTTga nisbatan sinxronizatsiyaning uchta jixatini ko’rib chiqish maqsadga muvofiqdir:
-taktli sinxronizatsiya
-siklli sinxronizatsiya
-tarmoq sinxronizatsiyasi;

Taktli sinxronizatsiya, umumiy bitlar oqimidan sinxronizatsiya signalini ajratib olishga asoslangan. U bitlar darajasida (taktli intervallar) uzatish va qabul qilish qurilmalarining ishlashini vaqt bo’yicha moslashtirish uchun zarur. Siklli sinxronizatsiya, turli manbalardan kelayotgan axborotlar, bitlarning umumiy oqimida axborotlar blokining boshi va oxirini aniqlash uchun zarur, ya‘ni uni qabul qilishda to’g’ri taqsimlash uchun. Tarmoq sinxronizatsiyasi, axborot uzatishda yuqori sifat taminlanishi uchun tarmoqning turli nuqtalarida (shu jumladan xalqaro ulanishlarda) taktli signallarning uzoq muddatli aniqliligi va barqarorligining berilgan korsatkichlarini ta‘minlaydi.


Tarmoq sinxronizatsiya uchun kvars va atom generatorlaridan foydalaniladi. Ular yuqori aniqlikdagi etalon signallarni ishlab chiqaradi. Masalan odatdagi kvars generatorining barqarorligi bir yilda 10-6 ni tashkil etadi. Rubidiyli, seziyli va vodorodli atom generatorlarining barqarorligi ancha yuqori. Xususan, seziyli generator bir yilda 10-13 barqarorlikni taminlaydi.


Ovoz va tasvir sinxronizatsiyasi.
Multimediya seansi bir nechta oqimlardan iborat bo’lib, ularning har biri RTPning alohida seansida uzatiladi. Kodlash formatlari bilan bog’liq kechikishlar amaliy farq qiladi, 5.6- rasmda ko’rsatilganidek, turli xil oqimlarda boy berish vaqti har xil bo’ladi.

5.6- rasm. Multimediya oqimlarining sinxronizatsiyasi
Odatda sinxronizatsiya tovush va tasvir oqimlarini tenglashtirish uchun qo’llaniladi, ammo mazkur texnologiya istalgan turdagi oqimlar uchun ham qo’llanilishi mumkin. Ko’pincha tovush va tasvirni alohida oqimlarga bo’lishni sean ishtirokchilarining nimani afzal ko’rishlariga bog’liq bo’ladi. Ba‘zilar video konferensiyalarda faqat tovushni qabul qilishni afzal ko’rishadi. Ayniqsa bu ishtirokchilar soni ko’p bo’lgan konferensiyalar uchun muhimdir.
Jo‘natuvchining o‘zini tutishi. Jo’natuvchi multimediya oqimlarini sinxronizatsiyalash jarayonida, umumiy va oqim vaqtini muvofiqlashtirish to’g’risida RTCP paketlari orqali davriy xabardor qilish va umumiy sathni ishga tushirish yo’li bilan yordam beradi. Umumiy soat o’zgarmas tezlikda yuradi, qabul qiluvchiga esa 5.6-rasmda ko’rsatilganidek, oqimlardagi tezliklarni tenglashtirishga yordam beruvchi axborot beriladi.
Umumiy va oqim vaqti orasidagi muvofiqlik RTCP paketini shakllantirish vaqtida aniqlanadi. Umumiy Treference vaqti RTP paketining vaqt belgisida aks ettiriladi:
TRTP = Treference∙ Raudio + Oaudio
Bunday soatlarning siljishini (surilishiini) hosil qilamiz:
Oaudio = Taudio – (Tailable – Daudio_capture) Raudio.
Tavailable - operatsion tizimdagi kechikishlar bilan, Daidio_capture esa ma‘lumotlarni kechikish jarayonining davomiyligi bilan aniqlanadi.
Download 33,26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish