Fanning o‘quv rejadagi boshqa fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi va uslubiy jixatdan uzviy ketma – ketligi
Ushbu kurs 6 semestrlardada amalga oshiriladi. Fizika kursini boshqa o‘quv fanlari bilan bog‘lanishning amalga oshirish quyidagi maqsadlarni ko‘zlaydi:
tabiiy–ilmiy bilimlarning dialektik birligi asosida tabiat haqida yagona qarashlarni shakllantirish;
bilimlarni tizimlashtirishni tashkil etish;
o‘quvchilarda hodisalar, tushunchalar, nazariyalar orasida har tomonlama bog‘lanish borligini o‘rgata olish ko‘nikmasini shakllantirish;
o‘quvchilarning bilimlarini generalizatsiyalash-tabiat asosiy qoidalarning umumiyligi, ularning tabiiy-ilmiy bolimlarning turli sohalari uchun ahamiyati haqidagi tasavvurlarni hosil qilish.
Fizika va matematika kurslarining bog‘liqligini alohida ajratib ko‘rsatish. Fizika va kimyo, astronomiya kabi fanlarning bog‘liqligi.
Fizika kursining jamiyatshunoslik va biologiya, geografiya, mehnat ta’limi bilan bog‘liqligini, fizik hodisa, tushuncha va qonunlarini ko‘rsatib berish, shuningdek, fanlar bilan uzviy bog‘liqligini asoslab berishdir.
Fanning ishlab chiqarishdagi o‘rni
Talabalar fandan olgan bilimi o‘rta maktablar, akademik litseylar va kasb–hunar kollejlarida va Oliy ta’lim muassasalarida dars berish jarayonida yordam beradi.
Fanni o‘qitishda zamonaviy axborot va pedogogik texnalogiyalar
O‘zbekiston Respublikasida uzluksiz ta’lim tizimini isloh qilish mutaxassislarning yangi avlodini yuqori kasbiy madaniyat, ijodiy va ijtimoiy faollik, ijtimoiy-siyosiy hayotga mustaqil moslashish ko‘nikmalari hamda istiqbol rejalarini belgilash va hal etish qobiliyatlarini shakllantirishga yo‘naltirilgan.
Mazkur vazifani bajarishda zamonaviy pedagogik texnologiyalarga alohida ahamiyat beriladi.
Didaktika ishlab chiqargan har qanday texnologiya talabalarning bilish faoliyatini faolllashtirish va ta’lim samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Ular quyidagilardir:
didaktik o‘yin texnologiyalari;
muammoli ta’lim texnologiyalari;
modulli ta’lim texnologiyalari;
hamkorlikda o‘qitish texnologiyasi;
loyihalash texnologiyasi.
O‘qitishda namoyish tajribalari, o‘quv filmlari virtual laboratoriyalar, multimediali elektron qo‘llanmalar, internet tarmog‘idan–ko‘rgazmali materiallardan foydalanish.
Shuningdek, ma’ruza, amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlarida mos ravishda ilg‘or pedagogik texnologiyalardan foydalanish tavsiya etiladi.
O‘quv jarayoni bilan bogliq ta’lim sifatini belgilovchi holatlar quyidagilar: yo‘qori ilmiy-pedagogik darajada dars berish, muammoli ma’ruzalar o‘qish, darslarni savol-javob tarzida qiziqarli tashkil qilish, ilgor pedagogik texnologiyalardan va mul’timedia vositalaridan foydalanish, tinglovchilarni undaydigan, o‘ylantiradigan muammolarni ular oldiga qo‘yish, talabchanlik, tinglovchilar bilan individual ishlash, erkin muloqot yuritishga, ilmiy izlanishga jalb qilish.
Do'stlaringiz bilan baham: |