Yoruglik nuri vakuumda intensivligi va qutblanishi o’zgarmasdan nur yo’liga qo’yilgan plastina yoki filtrlar bir qancha effaktlarni hosil qiladi. Birinchidan, plastina yoki filtr yorug’lik nuri bir qism energiyasini boshqa turdagi energiyaga masalan, issiqlikka aylantirishi mumkin. Bu hodisaga yutilish deyiladi. Ikkinchidan, ular tushayotgan nurlanish energiyasining bir qismini ajratib barcha yo’nalishlar bo’ylab chastotasini o’zgartirmasdan sochadi. Bu hodisaga elastik sochilish deyiladi. Umuman olganda nurni tushish yo’nalishi va qutblanishidan farq qiluvchi boshqa yo’nalishda va qutblanishda sochadi.
Yutilish va sochilishi natijasida tushayotgan nur energiyasi yutilgan va sochilgan nur energiyasiga teng miqdorda kamayadi. Вu yoqotilish so’nish deyiladi. Bu so’nish darajasi tushayotgan nur qutblanish tashkil qiluvchilari uchun turlicha bo’lishi mumkin. Bu xodisa dixorizm deyiladi va bu xodisa nurning plastina yoki filtrdan o’tgandan keyin nurning qutblanganlik holatini o’zgartirishi mumkin.
Shaffoflik yorug’lik intensivligining plastina yoki filtrdan o’tgandan keying va oldingi qiymatlari nisbati bilan belgilanadi. Shaffoflik quyidagi formula bilan aniqlanadi
bu erda dastlabki intensivlik va nurning plastina yoki filtrdan o’tgandan keyingi intensivligi. Shaffoflik yorig’likning plastina yoki filtrdan necha foizi o’tganligini ko’rsatadi. Plastina yoki filtrning shaffofligi 50% deyilsa, demak ularda yorug’lik intensivligi ikki marta kamayadi. Shaffoflik (T) va yutilish (A) o’rtasida quyidagicha bog’lanish mavjud:
Вirinchidan, agar ma’lum to’lqin uzunlikli yorug’lik nuri biror miqdorda aralashmali eritmadan o’tganda fotonlar ko’p bo’lmagan miqdordagi yutuvchi kimyoviy birikmalar bilan to’qnashadi va mos holda yuqori shaffoflikni va past spectral yutilishni kutishimiz mumkin. Agar shu nur konsentartsiyasi yuqori bo’lgan eritmadan o’tsa fotonlar ko’p miqdordagi yutuvchi kimyoviy birikmalar bilan to’qnashadi va mos holda past shaffoflikni va yuqori spectral yutilishni kutishimiz mumkin. Shunday qilib spectral yutilish namuna konsentratsiyasiga bog’liq.
Ikkinchidan, agar nur namunada uzoq yo’l o’tsa o’tkazish koeffitsiyenti past va spectral yutilishli katta bo’ladi, hamda nur namunada kam yo’l o’tsa o’tkazish koeffitsiyenti yuqori va spectral yutilishli kichik bo’ladi. Bu ikki mulohaza quyidagi proporsionallikka olib keladi:
Bu erda, proporsionallik koeffitsiyenti, nur yo’li uzinligi va yutuvchi material konsentratsiyasi. Nur yo’li santimetrlarda, yutuvchi birikmalar konsentratsiyasi mollarda o’lchanganda proporsionallik koeffitsiyentini molyar yutilish qobiliyati deyish mumkin va proporsionallik Buger-Lambert qonuniga aylanadi: